Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Transport nazorati inspeksiyasi

Uztransnazorat
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi Veb sayt: https://gov.uztn.uz Murojaat uchun: E-mail: devon@uztn.uz Korrupsiya holatlari bo`yicha: 71-202-03-02 (515) Telegram bot: @anticorruption_uztn_bot
Подписчики
1 440
24 часа
30 дней
30
Просмотры
364
ER
25,49%
Посты (30д)
84
Символов в посте
880
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
April 28, 13:39
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Ijtimoiy_himoya
#Toshkent_viloyati
Transport xizmatlari sifati jamoatchilik e’tiborida
Transport nazorati inspeksiyasi Toshkent viloyati hududiy bo‘limi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Angren shahrida jamoatchilik nazorati tadbirlari o‘tkazildi. Ushbu tadbirlarda Ijtimoiy inspeksiya, Nogironlar assotsiatsiyasi hamda “Yuksalish” umummilliy harakatining Toshkent viloyati bo`limlari vakillari faol ishtirok etishdi.
Nazorat ishlari Angren shahrida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi 1- va 2-sonli avtobus yo‘nalishlarida, shuningdek, Angren temir yo‘l vokzali hududida tashkil etildi. Tadbir davomida jamoat transportlarida xizmat ko‘rsatish sifati, yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ayniqsa imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulayliklar mavjudligi atroflicha o‘rganildi.
O‘tkazilgan jamoatchilik nazorati davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar belgilandi. Tadbir ishtirokchilari bunday hamkorlikdagi nazorat ishlari aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, fuqarolarning transportdan foydalanishdagi qulayliklarini oshirishga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tishdi.
Mazkur jamoatchilik nazorati tadbirlari kelgusida ham izchil davom ettirilishi rejalashtirilgan.
#yangiliklar
🌐
gov.uztn.uz
|
✈️
Тelegram
|
📎
Facebook
|
🎞
YouTubе

April 28, 12:28
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

⚡️
⚡️
⚡️
Kiberfiribgarlar tuzog`iga tushib qolmang!
Ogoh bo`ling!
#yangiliklar
🌐
gov.uztn.uz
|
✈️
Тelegram
|
📎
Facebook
|
🎞
YouTubе

April 28, 12:22
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona xalqaro aeroportini rivojlantirish konsepsiyasi bilan
tanishdi.
Shu bilan Farg‘ona viloyatiga tashrif yakunlandi, davlatimiz rahbari Toshkentga qaytib keldi.

Президент Шавкат Мирзиёев
ознакомился
с концепцией развития международного аэропорта Ферганы. На этом поездка в Ферганскую область завершилась, глава нашего государства вернулся в Ташкент.
#Mirziyoyev
#safar
#Fargona
#aeroport
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X

April 28, 09:27
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#Attestatsiya
👍
Ayni vaqtda Transport nazorati inspeksiyasi mas’ul xodimlari tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini olish uchun attestatsiyadan
o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan
Nizom
ga ko‘ra, nazorat qiluvchi organ xodimlari maxsus attestatsiyadan o‘tishlari shart.
Kimlar attestatsiyadan o‘tishi kerak?
👍
Tadbirkorlar faoliyatini tekshirish huquqiga ega bo‘lgan xodimlar;
👍
Maxsus guvohnomasining muddati tugayotgan shaxslar;
👍
Tekshirish huquqini olishga ilk bor tavsiya etilgan, kamida 2 yillik stajga ega xodimlar.
👍
Attestatsiya jarayonlarini
ushbu havola
orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.
#yangiliklar
🌐
gov.uztn.uz
|
✈️
Тelegram
|
📎
Facebook
|
🎞
YouTubе

April 28, 04:38
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

MILLIY TASHUVCHILAR DIQQATIGA
2026-yil 1-may kuni Transport vazirligi hamda O‘zbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi bilan birgalikda milliy tashuvchilar (korxona rahbarlari va vakillari) ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuvda “Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishning ruxsatnoma tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Hukumat qaroriga (114-son, 25.03.2026-y.) muvofiq
xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni milliy tashuvchilar orasida taqsimlash, berish va ulardan foydalanishning yangi tartibi
, shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga transport xizmati ko‘rsatishni tashkil etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1118 sonli Qonun bilan Transport nazorati inspeksiyasiga ma’muriy
huquqbuzarlik holatlarini aniqlash va ularga ma’muriy jazo choralarini qo‘llash yuzasidan berilgan vakolatlar bo‘yicha
tushuntirish beriladi.
Uchrashuvda Transport vazirligi, Transport nazorati inspeksiyasi, Bojxona qo‘mitasi, Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish Markazi mutasaddilari ishtirok etishadi.
Uchrashuv joyi:
Toshkent davlat transport universiteti
Uchrashuv vaqti:
1-may soat 16:00
ВНИМАНИЮ НАЦИОНАЛЬНЫХ ПЕРЕВОЗЧИКОВ
1 мая 2026 года Министерство транспорта совместно с Ассоциацией международных автомобильных перевозчиков Узбекистана проведёт встречу с участием национальных перевозчиков (руководителей и представителей предприятий).
На встрече будет разъяснён
новый порядок распределения, выдачи и использования иностранных/многосторонних разрешений среди национальных перевозчиков
в соответствии с Постановлением Правительства "О мерах по коренному совершенствованию разрешительной системы международных автомобильных перевозок грузов и пассажиров" (No 114 от 25.03.2026 г.), а также полномочия, предоставленные Инспекции по контролю в сфере транспорта Законом РУз No ЗРУ-1118 "О внесении изменений и дополнений в некоторые законодательные акты Республики Узбекистан, направленных на совершенствование системы организации оказания транспортных услуг"
в части выявления административных правонарушений и применения мер административного взыскания.
Во встрече примут участие должностные лица Министерства транспорта, Инспекции по надзору в сфере транспорта, Таможенного комитета, Центра по изучению проблем развития транспорта и логистики.
Место встречи:
Ташкентский государственный транспортный университет
Время встречи:
1 мая, 16:00

April 28, 04:38
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Inspeksiya xodimlari Islom sivilizatsiyasi markazida bo`lishdi
Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari tomonidan Islom sivilizatsiyasi markaziga uyushtirilgan tashrif ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati bilan alohida ajralib turdi. Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad xodimlarning tarixiy bilimlarini boyitish hamda ularning dunyoqarashini kengaytirishdan iborat bo‘ldi.
Tashrif davomida inspeksiya xodimlari markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, unda saqlanayotgan boy tarixiy manbalar, nodir qo‘lyozmalar va qadimiy eksponatlarni katta qiziqish bilan tomosha qilishdi. Shuningdek, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Ali ibn Sino, Al-Xorazmiy kabi ajdodlarimizning ilmiy merosi haqida qimmatli ma`lumotlarga ega bo`lishadi.
Ekskursiya davomida xodimlar zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan interaktiv ko‘rgazmalar bilan ham tanishishdi. Ushbu ko‘rgazmalar orqali tashrif buyuruvchilar tarixiy voqealar va jarayonlarni yanada jonli va tushunarli tarzda his etishdi.
#yangiliklar
🌐
gov.uztn.uz
|
✈️
Тelegram
|
📎
Facebook
|
🎞
YouTubе

April 27, 10:02
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev jamoatchilik vakillari bilan birga Farg‘ona vodiysi shaharlarini bog‘lovchi yangi elektropoyezdda Qo‘qondan Marg‘ilonga
keldi.

Президент Шавкат Мирзиёев вместе с представителями общественности
прибыл
из Коканда в Маргилан на новом электропоезде, связавшем города Ферганской долины.
#Mirziyoyev
#safar
#Fargona
#poyezd
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X

April 27, 10:02
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Fargʻona viloyatiga tashrifi Qoʻqon shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” massivida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishdan
boshlandi.

Поездка Президента Шавката Мирзиёева в Ферганскую область
началась
с ознакомления с созидательной работой в жилом массиве «Янги Узбекистон» в городе Коканде.
#Mirziyoyev
#safar
#Fargona
#massiv
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X

April 25, 04:54
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Temir yo‘l kesishmalari ko‘rikdan o‘tkazilmoqda
“Temir yo‘l kesishmalaridan foydalanish qoidalari”ga muvofiq, “Qo‘ng‘irot MTU” filiali tasarrufidagi Nukus–Qo‘ng‘irot, Urganch–Xiva–Shovot hamda To‘rtko‘l–Miskin yo‘nalishlarida joylashgan temir yo‘l kesishmalarining holatini o‘rganish bo‘yicha ko‘rik ishlari boshlandi.
Mazkur tadbirlarda Transport nazorati inspeksiyasi, YPX xodimlari, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, “Qo‘ng‘irot MTU” filiali hamda boshqa tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
Ko‘rik davomida temir yo‘l kesishmalarining umumiy holati va toifalanishi, avtotransport vositalari haydovchilari hamda mashinistlar uchun ko‘rinish masofasi, kesishma navbatchilarining bilim va malaka darajasi atroflicha o‘rganilmoqda.
Shuningdek, temir yo‘l kesishmalarida o‘rnatilgan texnik vositalar — signalizatsiya qurilmalari, svetoforlar, yoritish chiroqlari, yo‘l belgilarining mavjudligi va ularning sozligi sinchiklab tekshirilmoqda.
O‘tkazilayotgan ko‘rik tadbirlari temir yo‘l kesishmalarida harakat xavfsizligini ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarning oldini olishga qaratilgan.
#yangiliklar
🌐
gov.uztn.uz
|
✈️
Тelegram
|
📎
Facebook
|
🎞
YouTubе

April 25, 04:40
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hudud va tarmoqlarda iqtisodiy oʻsishni taʼminlash boʻyicha birinchi chorak yakunlari tahlili va yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan
videoselektor yigʻilishi
boʻlib oʻtdi.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось
видеоселекторное совещание
по анализу экономического роста в регионах и отраслях в первом квартале и приоритетным задачам на период до конца текущего года.
#Mirziyoyev
#videoselektor
#iqtisodiyot
#tahlil
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X