Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Transport nazorati inspeksiyasi

Uztransnazorat
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi Veb sayt: https://gov.uztn.uz Murojaat uchun: E-mail: devon@uztn.uz Korrupsiya holatlari bo`yicha: 71-202-03-02 (515) Telegram bot: @anticorruption_uztn_bot
Subscribers
1 430
24 hours
30 days
220
Post views
1 409
ER
125,03%
Posts (30d)
68
Characters in post
943
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
March 12, 15:40
Media unavailable
4
Show in Telegram

Sirdaryo viloyati Transport boshqarmasida yig‘ilish bo‘lib o'tdi
Transport vazirligining Murojaatlar hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan Sirdaryo viloyati transport boshqarmasida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Transport vazirligining 2026-yil 19-yanvardagi 16-son buyrug‘i ijrosi, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
Transport vazirligi Murojaatlar bo‘limi boshlig‘i Oybek Mo'ydinov tomonidan murojaatlar bilan ishlash samaradorligini baholash tartibi hamda uning "yashil", "sariq" va "qizil” toifalar asosida amalga oshirilishi haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimi Otabek Komilov tomonidan korrupsiyaning oldini olish, unga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish hamda xodimlar o‘rtasida huquqiy ong va mas’uliyatni kuchaytirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Yig‘ilish yakunida murojaatlar bilan ishlash sifatini oshirish, takroriy murojaatlar sonini kamaytirish, xizmat intizomini mustahkamlash hamda korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
В Транспортном управлении Сырдарьинской области состоялось совещание
Отдел по работе с обращениями и противодействию коррупции Министерства транспорта провел совещание в Транспортном управлении Сырдарьинской области.
На совещании обсуждались исполнение приказа Министерства транспорта № 16 от 19 января 2026 года, вопросы совершенствования системы работы с обращениями физических и юридических лиц, а также противодействия коррупции.
Начальник Отдела по работе с обращениями Министерства транспорта Ойбек Муйдинов предоставил информацию о порядке оценки эффективности работы с обращениями и её осуществлении на основе "зелёной," "жёлтой" и "красной" категорий.
Также сотрудник отдела по противодействию коррупции министерства Отабек Комилов дал разъяснения по вопросам предотвращения коррупции, устранения способствующих ей факторов, а также повышения правосознания и ответственности среди сотрудников.
По итогам совещания были определены соответствующие задачи по повышению качества работы с обращениями, сокращению числа повторных обращений, укреплению служебной дисциплины и предотвращению коррупционных проявлений.

March 12, 15:39
Media unavailable
1
Show in Telegram

🚛
MILLIY TASHUVCHILAR DIQQATIGA!!!
Mamlakatimiz transport-logistika tizimini raqamlashtirish doirasida yuk tashuvlari shaffofligi va samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan
E-logistika
raqamli platformasining
Telegram kanali
ishga tushirildi.
Endilikda platformada e’lon qilingan mavjud yuklar haqidagi e’lonlarni real vaqt rejimida Telegram kanali orqali kuzatib borish mumkin.
⚠️
Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlarda yuklarni hech qanday o‘rtakashlarsiz va shubhali dispetcherlar ishtirokisiz aynan
E-logistika
platformasi orqali oling.
‼️
Transport vazirligi barcha bozor ishtirokchilarini ushbu platforma imkoniyatlaridan keng foydalanishga chaqiradi.
Sizning faol ishtirokingiz sohadagi yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish, turli “kulrang sxemalar”ning barbod bo‘lishi, har bir yukka munosib narx belgilanishi hamda sog‘lom raqobat muhitining rivojlanishiga hissa qo‘shadi.
🚛
ВНИМАНИЮ НАЦИОНАЛЬНЫХ ПЕРЕВОЗЧИКОВ!!!
В рамках цифровизации транспортно-логистической системы страны и в целях повышения прозрачности и эффективности грузоперевозок запущен
Telegram-канал
цифровой платформы
E-logistika
.
Теперь объявления о доступных грузах, размещенные на платформе, можно отслеживать в режиме реального времени через Telegram-канал.
⚠️
Находите грузы для местных и международных перевозок напрямую через платформу
E-logistika
, без посредников и сомнительных диспетчеров.
‼️
Министерство транспорта призывает всех участников рынка активно использовать возможности данной платформы.
Ваше активное участие будет способствовать сокращению доли теневой экономики в отрасли, пресечению различных "серых схем", установлению справедливой цены на каждый груз и развитию здоровой конкурентной среды.

March 12, 15:04
Media unavailable
3
Show in Telegram

Jizzax viloyati transport boshqarmasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Jizzax viloyati transport boshqarmasida Transport vazirligi mas’ul xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda boshqarma xodimlari hamda Transport nazorati inspeksiyasining Jizzax viloyati bo‘limi rahbariyati qatnashdi.
Yig‘ilish davomida
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”
gi Qonun hamda
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”
gi Qonun talablariga rioya etish masalalari muhokama qilindi.
Batafsil
Состоялось совещание в Джизакском областном транспортном управлении
В Джизакском областном транспортном управлении состоялось совещание с участием ответственных сотрудников Министерства транспорта. В нём приняли участие сотрудники управления и руководство Джизакского областного отдела Инспекции по надзору в сфере транспорта.
В ходе совещания были обсуждены вопросы соблюдения требований Законов
"Об обращениях физических и юридических лиц"
и
"О противодействии коррупции"
.
Подробнее

March 11, 08:53
Media unavailable
1
Show in Telegram

Fakt 24 | Yuk avtomobillarining vaznini o‘lchash nima uchun muhim?
Transport nazorati inspeksiyasi Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari bilan hamkorlikda yuk avtomobillarining vazn va hajm parametrlariga amal qilishi yuzasidan qo‘shma reyd tadbirlarini o‘tkazmoqda.
⚠️
Belgilangan me’yorlardan ortiqcha yuk bilan harakatlanayotgan hamda yukning hajm parametrlariga rioya qilmagan haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda.
#yangiliklar
🌐
gov.uztn.uz
|
✈️
Тelegram
|
📎
Facebook
|
🎞
YouTubе

March 11, 05:36
Media unavailable
1
Show in Telegram

#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
#Jizzax_viloyati
Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining sayyor majlisida
Transport nazorati inspeksiyasi inspektorlari tomonidan
avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullangan hamda taksilarni yagona tanish belgilari bilan jihozlashga doir talablarni buzgan haydovchilarga oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqildi.
#yangiliklar
🌐
gov.uztn.uz
|
✈️
Тelegram
|
📎
Facebook
|
🎞
YouTubе

March 08, 11:56
Media unavailable
1
Show in Telegram

🔹
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Transport nazorati inspeksiyasining Xorazm viloyati hududiy bo‘limi inspektorlari yo‘llarda harakatlanayotgan ayol haydovchilarni bayram bilan tabriklashmoqda.
Tadbir davomida ayol haydovchilarga samimiy tilaklar bildirilib, ularga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida gullar topshirildi.
#yangiliklar
🌐
gov.uztn.uz
|
✈️
Тelegram
|
📎
Facebook
|
🎞
YouTubе

March 08, 10:18
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bayram muborak aziz ayollar
🔹
Transport nazorati inspeksiyasi Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy bo‘lim inspektorlari ayol haydovchilarni 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tabriklashmoqda.
#yangiliklar
🌐
gov.uztn.uz
|
✈️
Тelegram
|
📎
Facebook
|
🎞
YouTubе

March 08, 08:32
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

👨‍💻
Transport nazorati inspeksiyasi jamoasi 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan yurtimizning barcha muhtarama onaxonlari, qadrli opa-singillari va dilbar ayollarini chin qalbdan samimiy muborakbod etadi.
🌷
Sizlar hayotimizning fayzi, oilalarimizning tayanchi, jamiyatimizning mehr-muhabbat va ezgulik manbaisiz. Sizlarning sabr-toqatingiz, mehribonligingiz va donoligingiz tufayli har bir xonadonimizda baxt, tinchlik va baraka hukm suradi.
🌸
Bugungi go‘zal bayram – bahorning ilk ayyomlarida nishonlanadigan 8-mart kuni sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayz-u baraka, qalblaringizga cheksiz quvonch tilaymiz.
🌹
Har doim e’zozda, hurmatda va baxtiyor bo‘lib yuring!
🗣
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
#yangiliklar
🌐
gov.uztn.uz
|
✈️
Тelegram
|
📎
Facebook
|
🎞
YouTubе

March 07, 17:05
Media unavailable
1
Show in Telegram

Transport nazorati inspeksiyasida 8-mart bayrami ko‘tarinki ruhda o‘tdi
Transport nazorati inspeksiyasida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosari Akbar Usmonov so‘zga chiqib, tizimda faoliyat yuritayotgan barcha xotin-qizlarni ushbu qutlug‘ bayram bilan samimiy muborakbod etib, ayollarning jamiyat hayotidagi o‘rni, oiladagi mehr-muhabbat va tarbiya maskani sifatidagi beqiyos hissasi, shuningdek, davlat va jamiyat rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasini alohida ta’kidladi.
Bayram munosabati bilan inspeksiyada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga gullar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
#yangiliklar
🌐
gov.uztn.uz
|
✈️
Тelegram
|
📎
Facebook
|
🎞
YouTubе

March 07, 15:34
Media unavailable
1
Show in Telegram

🚛
Mahalliy yuk tashuvlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar diqqatiga
Katta hajmli va og‘ir vaznli avtotransport vositalarida yuk tashuvlarini tartibga solish, yuk tashishdagi vazn va hajm me’yorlariga rioya etilishini ta’minlash masalasida
tadbirkorlar bilan yuzaga kelayotgan masalalarga yechim topish
maqsadida maxsus ishchi guruh tashkil etildi.
❗️
Transport vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi hamda Transport nazorati inspeksiyasi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh mazkur masala yuzasidan respublika miqiyosida vaziyatni o‘rganib, tahlil qilib, muammoli masalalar yechimi yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqadi.
⚠️
Shu maqsadda,
18 tonna va undan ortiq yuk tashish quvvatiga ega avtotransport vositalari
egalarini tegishli ma’lumotlarni shakllantirishda faol ishtirok etishga chaqiramiz.
‼️
Ma’lumotlarning aniq va to‘liq shakllantirilishi muammolar yechimida muhim ahamiyatga ega.
Tegishli ma’lumotlarni quyida taqdim etilgan shaklda to‘ldirib, Telegram orqali
@KattaHajmliyuklar
profiliga yuborishingiz so‘raladi.
Shuningdek, tegishli ma’lumotlarni
1393 qisqa raqamli telefon
orqali qoldirishingiz yoki
@TashuvchigaKomakBot
maxsus Telegram bot orqali ham jo‘natishingizni mumkin.