
𝐙𝐨𝐦𝐢𝐧𝐥𝐢𝐤 𝐣𝐮𝐫𝐧𝐚𝐥𝐢𝐬𝐭 | 𝙳𝚘𝚜𝚝𝚘𝚗𝚋𝚎𝚔 𝙱𝚊𝚑𝚛𝚘𝚖𝚘𝚟
𝗭𝗼𝗺𝗶𝗻𝗶𝗺𝗶𝘇 𝘃𝗮 𝘆𝘂𝗿𝘁𝗶𝗺𝗶𝘇𝗱𝗮 𝗯𝗼'𝗹𝗮𝘆𝗼𝘁𝗴𝗮𝗻 𝘆𝗮𝗻𝗴𝗶𝗹𝗶𝗸𝗹𝗮𝗿𝗴𝗮 𝗯𝗲𝗳𝗮𝗿𝗾 𝗯𝗼'𝗹𝗺𝗮𝗻𝗴.
Bog‘lanish uchun:
@Dostonbek_Bahromov
You Tube sahifamizda Full HD formatda kuzating:
https://www.youtube.com/@dostonbek_bahromov
“O‘zbek tili — millat g‘ururi”
Bugun, O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan Zomin tumanidagi 16-umumta’lim maktabida joylashgan Alisher Navoiy monumenti maydonida
“O‘zbek tili — millat g‘ururi”
mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir Zomin tumani hokimi maslahatchisi Xayrulla Sidikov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari G‘anisher Saydullayev, harbiy qism ofitseri Farhod Mirzatillayev, tuman Axborot-kutubxona markazi rahbari Nargiza Anvarova, tuman hokimligi mutaxassisi Komiljon Bozorboyev hamda Musiqa va san’at maktabi hamkorligida tashkil etildi.
Tadbir avvalida Alisher Navoiy monumenti poyiga gul chambari qo‘yilib, ona tilimizga, milliy qadriyatlarimiz va buyuk ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan ehtirom ifodasi namoyon bo'ldi.
So‘ng ijodkor yoshlar va san’atkorlar tomonidan ona tilimizni madh etuvchi she’rlar, kuy va qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari ijro etildi.
https://youtu.be/ualeknKj5mg
@Zominlik_jurnalist
"O'zbekiston 24"
telekanalining
"O'zbekiston vaqti bilan"
ko'rsatuvi mehmoni
Islombek Baxromov
- rag'batlantirish tizimini raqamlashtiruvchi platforma yaratib, juda qulay va zamonaviy yechim o'ylab topgan Zominlik dasturchi,
🟡
"EDU COIN"
asoschisi haqida.
🎬
https://youtu.be/4nDWvzw3Hoc?si=uUjMZg5vLqd74NbD
Zomin turizm va madaniy meros texnikumi
9-sinf bitiruvchilari negizida
to`lmay qolgan guruhlar uchun qo'shimcha qabul ochilganini e'lon qiladi.
Qabul jarayonlarini turizm texnikumida
9-10-11-oktyabr
kunlari amalga oshiriladi.
Abituriyentlar shu vaqt ichida, shu yerga kelib hujjat topshirishingiz mumkin.
Bizda 9-sinf bitiruvchilari uchun quyidagi yo'nalishlar mavjud.
Dual ta'lim tizimida:
Vino mahsulotlarini ishlab chiqarish operatorligi
Kunduzgi ta'limda esa:
🏢
Mehmonxona xo'jaligini tashkil qilish va boshqarish
🍽
Oshpazlik
🏔
O'rmonchilik va ko'kalamzorlashtirish laboranti
Kerakli hujjatlar:
🪪
Tug'ilgan to'g'risidagi guvohnoma (metrka) yoki pasport
📲
SMS habar tasdiqlash uchun mobil telefon.
Eslatma: 11-oktyabrdan so'ng abituriyentlar qabuli tugatiladi.
Bu siz uchun so'ngi imkoniyat!
t.me/ZominTurizmtexnikumi
📹
Zomin turizm va madaniy meros texnikumida zakovat intellektual o'yini o'tkazildi.
🎬
https://youtu.be/eEw3TM92aJg?si=PgeQexJaNIHUzGva
Dostonbek Bahromov
lavhasi
🌹
Ustozga ehtirom
Ushbu rolik 1-oktyabr -
Ustoz va murabbiylar kuni
munosabati bilan
ustozlarga ehtirom
tariqasida tayyorlandi.
Videoda
Zomin turizm va madaniy meros texnikumi
ustozlari va o‘quvchilarini ko‘rishingiz mumkin.
🎬
Lavhani
You tube
Instagram
Telegram
sahifalarimiz orqali ham tomosha qilishingiz mumkin.
#tabrik
Jizzax viloyat xotin-qizlar tadbirkorlik markazi rahbari, xalq deputatlari Zomin tuman kengashi deputati -
Sadoqat Anarqulovna Bekmurodovaning
1-oktyabr -
Ustoz va murabbiylar kuni
munosabati bilan bayram tabrigi.
💐
E'tirof
Zomin tumani
Jarqishloq
qishlog‘ida joylashgan
55-umumta’lim maktabi
da
34 yil
dan buyon mehnat qilib kelayotgan ustoz –
Salomat
opa
Boymurodova
ning o‘rni beqiyos.
Prezidentimizning tegishli farmonlari asosida ta’lim sifatini oshirishda ilg‘or maktablar safida qayd etilgan mazkur maskan Jizzax shahrida bo'lib o'tgan
"O'qituvchilar va murabbiylar kuni"
ga bag'ishlangan bayram tantanalarida e’tirof etildi.
Shu fidoyiligi, sinf rahbarligidagi samarali faoliyati uchun Salomat opa
“O‘quvchilari oliygohlarga kirish ko‘rsatkichida eng yuqori natija qayd etgan sinf rahbari”
nominatsiyasida
30 million so‘m
lik pul mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Bu mukofot nafaqat ustozning, balki butun maktab jamoasining sharafidir.
Batafsil ma'lumot Dostonbek Bahromov lavhasida
https://youtu.be/4ecNKH7xgmc?si=HsiyzAegeo5nsFYH
#Zukko_kitobxon
Jizzax viloyati Zomin tuman Adliya bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan
"Mening mahallamda jinoyat bo'lmaydi"
dasturi doirasida
"Zukko kitobxon"
tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.
🎤
Muxbir:
Dostonbek Bahromov
🔺
https://youtu.be/Yn2DWMmi49M
🔻
Diyorbek Mirzaolimov Prezident qarori asosida yoshlarga berilayotgan imkoniyatdan foydalandi.
→
Prezidentimiz tashabbuslari asosida 2025-yil 14-fevral kuni qabul qilingan
"Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta'minlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"
gi
PQ-62-sonli
qarori asosida
Diyorbek Mirzaolimov
Yoshlar ishlari agentligi Zomin tumani bo'limi yordamida AT
"Aloqabank"
tomonidan
"Yoshlar biznesi"
dasturi asosida kredit olib, Yom qishlog'idan
"IELTS CAMP"
o'quv markaziga asos soldi.
Batafsil ma'lumot
videoda.
Dostonbek Bahromov lavhasi
Tayinlov
🇺🇿
Asatov Sardor Hakim o‘g‘li -
O‘zbekiston Respublikasi
Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi Bolalar
,
xotin-qizlar, ta‘limdagi yoshlarni va volontyorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bosh mutaxassisi
lavozimiga o'tkazilgan ochiq mustaqil tanlov g'olibi.
🔍
Tayinlovga qadar,
Asatov Sardor
Zomin tumanidagi "Xalqobod" mahallasi yoshlar yetakchisi
vazifasida faoliyat yuritib kelgan.
🤝
Jizzax yoshlari nomidan Asatov Sardorni yangi mas’uliyatli vazifa bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad tilaymiz!
@Zominlik_jurnalist