
𝐙𝐨𝐦𝐢𝐧𝐥𝐢𝐤 𝐣𝐮𝐫𝐧𝐚𝐥𝐢𝐬𝐭 | 𝙳𝚘𝚜𝚝𝚘𝚗𝚋𝚎𝚔 𝙱𝚊𝚑𝚛𝚘𝚖𝚘𝚟
🏢
Yashnobod tumani "Kelajak" markazi
→
Kelajak markazi
→
Joriy yilning
24-aprel
sanasida Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan “
Kelajak markazi"
muhim va esda qolarli tadbirga mezbonlik qildi.
Bu yerda umumta’lim maktablari bitiruvchilari uchun keng qamrovli
“Ochiq eshiklar kuni”
hamda
“Iqtidor maktab ansambli”
Respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
👉
Batafsil ma'lumot Dostonbek Bahromov lavhasida
#Zomin_tumani_1_son_texnikumi
Dashtobod shahrida joylashgan Zomin tuman 1-sonli texnikumi o'quvchilarga qanday faoliyatda xizmat ko'rsatadi, qanday qulayliklarga ega?
Bu kabi savollarga video davomida javob olasiz
→
You Tube
Instagram
#Vet4UZ
Navruz Celebration 2026 | Vet4UZ Project | Uzbek National Food & Student Festival
🇺🇿
Navruz, a symbol of renewal and tradition, was widely celebrated at the
Tashkent Tourism and Hotel Management Technicum
. The campus was beautifully decorated, creating a vibrant festive atmosphere.
Exhibition areas were organized by regions of Uzbekistan, showcasing a rich variety of national dishes and cultural traditions. Visitors had the opportunity to experience the country’s diverse culinary heritage in one place.
The event was attended by a special guest —
Simona Strasburger
, Head of the
Swiss “VET4UZ” project,
an international partner of the technicum. Together with Director
Nargiza Bakirova
, she explored the facilities and educational environment.
#Maxsus_reportaj
Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida Navro'z bayrami qanday o'tdi?
👉
Batafsil ma'lumot videoda
👈
EZGULIK DAVOM ETMOQDA
🔻
Zomin tumani, Istiqlol QFY, Yom qishlog‘ida joylashgan, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasiga bag‘ishlangan
“Memorial”
majmuasini qayta ta’mirlash ishlari ezgu niyatli insonlar ko‘magida davom etmoqda.
🔻
Ana shunday sahovatli insonlardan biri — zominlik
Ravshan aka Xonimqulov
bo‘lib, ushbu xayrli ish uchun
500 000 so‘m
miqdorida ehson qildilar.
🔻
E’tiborlisi shundaki, Ravshan aka Yom qishlog‘ida qarindoshlarga ega emaslar. Ularning ota-bobolari
Qirq qishlog‘i
dan bo‘lishiga qaramay, yurtga, tarixga va ajdodlar xotirasiga bo‘lgan hurmat ularni bu savobli ishga chorladi.
🔻
Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, Qirqliklar ham avval Yom qabristonidagi maqbaraga yo‘lak qilish ishlarida katta hissa qo‘shganlar. Bu esa xalqimiz orasidagi mehr-oqibat, hamjihatlik va o‘zaro hurmatning yana bir yorqin namunasidir.
🔻
Yomlik hojilar va nuroniylar Ravshan aka Xonimqulovning bu sahiyligini yuksak e’tirof etib, ularga samimiy duolar qilishdi.
🔻
Aziz yurtdoshlar! Bunday ezgu ishlar faqatgina birlik va saxovat bilan amalga oshadi. Keling, barchamiz birlashib, ajdodlarimiz xotirasini munosib e’zozlashda o‘z hissamizni qo‘shaylik. Savobli ishda faol bo‘laylik va boshqalarga ham ibrat bo‘laylik!
Istiqlol QFY raisi: Sirojiddin
Suyarov
📞
+998970257920
Assalomu alaykum, hurmatli jamoamiz!
🔻
Zomin tumani,
Istiqlol QFY,
Yom qishlog‘i
da joylashgan, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan
“Memorial”
majmuasi bugungi kunda keng jamoatchilik ishtirokida hashar yo‘li bilan qayta ta’mirlanmoqda.
🔻
Mazkur muqaddas maskanda ismlari bitilgan bobolarimiz, otalarimiz, amakilarimiz hamda yaqin qarindoshlarimiz yodi abadiylashtirilgan.
🔻
Har yili ushbu maskanda Qur’on tilovatlari o‘qilib, yurtimiz tinchligi yo‘lida jon fido qilgan insonlar xotirasi yod etiladi. Ularning jasorati va fidoyiligi biz uchun doimo ibrat bo‘lib qoladi.
🔻
Shu munosabat bilan, siz aziz yurtdoshlarni ushbu savobli ishga o‘z hissangizni qo‘shishga chorlaymiz. Xususan, ustalar mehnatini qadrlash va ta’mirlash ishlarini yakunlash uchun mablag‘ yig‘ishda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.
Keling, barchamiz birlashib, ajdodlarimiz xotirasini munosib e’zozlaylik!
Hurmat bilan, Istiqlol QFY raisi:
Sirojiddin Suyarov
#tabrik
✍
Hurmatli jurnalist, mohir ijodkor,
“Sharq tongi”
gazetasi muharriri
Ehson Mirzo (Xayrulla Siddiqov)
!
Sizni muborak 45 yosh bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Siz — o‘z so‘ziga mas’uliyat bilan yondashadigan, haqiqatni qadrlaydigan, matbuot orqali jamiyatga nur ulashib kelayotgan fidoyi insonlardan birisiz. Yillar davomida orttirgan tajribangiz, teran fikringiz va kuchli qalamingiz bilan gazeta sahifalarini, o‘quvchilar qalbini boyitib kelmoqdasiz.
“Sharq tongi” nashri orqali Zominimiz hayoti, xalqimiz farovonligi va quvonchini yoritib, chinakam xalq jurnalisti sifatida hurmat qozongansiz.
Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy baxt va ijodingizga yana-da yuksak parvozlar tilaymiz. Qalamingiz o‘tkir, ilhomingiz so‘nmasin, har bir yozgan satringiz el qalbiga yetib borsin!
Yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!
Zominlik jurnalist Dostonbek Bahromov
📹
Navro‘z sahnasida “Jaxida” yangradi
→
Toshkent shahrida o‘tkazilgan Navro‘z bayrami tantanalari bu yil ham ko‘tarinki ruh va milliy an’analarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Bayram dasturidan o‘rin olgan kuy-qo‘shiqlar orasida xonanda Zominlik
Maftuna To‘rayeva
ijrosidagi
“Jaxida”
qo‘shig‘i alohida e’tibor qozondi.
Xalqona ohang va samimiy ijro uyg‘unlashgan ushbu qo‘shiq tomoshabinlarga o‘zgacha kayfiyat ulashdi. Qo'shiqda mehr-oqibat, sadoqat va milliy qadriyatlar tarannum etilib, Navro‘zning yangilanish va ezgulik ruhi bilan hamohang yangradi. Mazkur ijro Navro‘z tantanalariga o‘ziga xos fayz bag‘ishladi.
You Tube
Instagram
@Zominlik_jurnalist
📹
Navro'z bayrami yurtimizda keng nishonlanmoqda
→
🌸
Navro‘z bayramini folklor qo‘shiqlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Shu kunlarda poytaxtimizda o‘tayotgan bayram tadbirlarida Zomin tumanining
“Xumora”
folklor jamoasi ham munosib ishtirok etmoqda. Ular ijro etayotgan kuy-qo‘shiqlar, o‘lan va laparlar bayramga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishlamoqda. Bu haqida “Mahalla” telekanalining “Joyida” informatsion dasturi xabar berdi.
@Zominlik_jurnalist
Navro'z muborak
→
🌸
XUSH KELDING, NAVRO‘Z!
🌸
→
Bu yil Navro‘z bayramini
Zominda yanada shukuhli
kutib olamiz!
📅
21-mart
🕕
Soat 18:00
📍
Zomin shahri – Navro‘z to‘yxonasi
Bayram mehmonlari:
🎤
Baxtiyor Navo
– jonli kuy-qo‘shiqlar
🎙
Xurshid Davron
– qiziqarli chiqishlar
Bayram dasturxonida esa bahorning eng mazali
milliy taomlari
sizni kutmoqda.
🎁
Sovrinlar
:
🛺
Uch oyoqli skuter -
1 dona
🛵
Ikki oyoqli skuter -
2 dona
🖥
43 dyuymli smart televizor -
1 dona
🖥
32 dyuymli smart televizor -
1 dona
🍗
Duxovka -
1 dona
🧹
Changyutgich -
1 dona
🍱
Mikroto‘lqinli pech -
1 dona
🗜
Go‘sht maydalagich -
1 dona
📌
Dazmol -
5 dona
🫖
Elektir choynak -
3 dona
🛍
"Rizo" pardalar do‘konidan 10 % lik chegirma
- 5 dona
Homiylardan
300 000
so‘mlik
vaucherlar -
10 ta
📞
Joylarni band qilish:
+998939140531
+998930453177
✨
Navro‘z shodiyonasini biz bilan birga nishonlang!