Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

𝐙𝐨𝐦𝐢𝐧𝐥𝐢𝐤 𝐣𝐮𝐫𝐧𝐚𝐥𝐢𝐬𝐭 | 𝙳𝚘𝚜𝚝𝚘𝚗𝚋𝚎𝚔 𝙱𝚊𝚑𝚛𝚘𝚖𝚘𝚟

Zominlik_jurnalist
𝗭𝗼𝗺𝗶𝗻𝗶𝗺𝗶𝘇 𝘃𝗮 𝘆𝘂𝗿𝘁𝗶𝗺𝗶𝘇𝗱𝗮 𝗯𝗼'𝗹𝗮𝘆𝗼𝘁𝗴𝗮𝗻 𝘆𝗮𝗻𝗴𝗶𝗹𝗶𝗸𝗹𝗮𝗿𝗴𝗮 𝗯𝗲𝗳𝗮𝗿𝗾 𝗯𝗼'𝗹𝗺𝗮𝗻𝗴. Bog‘lanish uchun: @Dostonbek_Bahromov You Tube sahifamizda Full HD formatda kuzating: https://www.youtube.com/@dostonbek_bahromov
Подписчики
577
24 часа
14
30 дней
-463
Просмотры
1 324
ER
230,68%
Посты (30д)
3
Символов в посте
694
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
February 28, 08:05
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#табрик
Hurmatli Dostonbek Baxromov!
Mehnarsevar, iqtidorli, o'ziga xos muhabbatga limmo-lim to'la qalb egasi!
Sizni bugungi tavallud ayyomingiz munosabati bilan samimiy muborakbod etaman. Sizga mustahkam Sihat , uzoq-umr, oilaviy mukammal baxt, saodatmand hayot tilayman.
Tumanimizda samarali fidokorona mehnat qilib kelayotgan, o'z o'rniga munosib yoshlarimizdan deb bilaman. Bir so'z bilan aytganda sizni qadrlayman.
Sadoqat Bekmurodova.
Jizzax viloyat Xotin-qizlar Tadbirkorlik markazi rahbari.
Xalq deputatlari Zomin tuman kengashi deputati

February 20, 11:51
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📹
Jizzaxda "Dual ta'lim tashkil etish afzalliklari" mavzusida o'tkazilgan forum.

Jizzax viloyatida kasbiy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish va ularning bandligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Ana shunday muhim tadbirlardan biri —
Jizzax ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida
“Dual ta’limni tashkil etish afzalliklari”
mavzusida tashkil etilgan forum bo‘ldi.
🔎
To'liq tafsilotlar
Dostonbek Bahromov
lavhasida
.
🎥
You Tube
📱
Instagram
📡
Telegram

February 14, 06:56
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Zomin_turizm_va_madaniy_meros_texnikumi
Zomin turizm va madaniy meros texnikumi
da yana bir amaliy ahamiyatga ega ochiq dars tashkil etildi. Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlashga qaratilgan dual ta’lim tizimi asosida tahsil olayotgan
O‘rmon xo‘jaligi texnigi
yo‘nalishi talabalari uchun navbatdagi mashg‘ulot issiqxonada bo‘lib o‘tdi.
Batafsil ma'lumot Dostonbek Bahromov lavhasida

February 10, 12:19
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📹
Zomin turizm va madaniy meros texnikumi

Joriy yilning
10-fevral
sanasida
Zomin turizm va madaniy meros texnikumi
ga Jizzax viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i
Sarvar Nazarqosimov
tashrif buyurdi.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad
— ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonlari hamda amaliyot bazalari faoliyati bilan yaqindan tanishishdan iborat bo‘ldi.
Batafsil ma'lumot Dostonbek Bahromov lavhasi

February 03, 04:06
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

📹
Oshpazlik bo'yicha o'quv amaliyoti

Zomin turizm va madaniy meros texnikumi
da amaliy mashg‘ulotlarga boy, mazmunli o‘quv jarayoni bo‘lib o‘tdi.
Oshpazlik taomlarini tayyorlash o‘quv amaliyoti
fanidan Oshpazlik yo‘nalishi
23–25-guruh
o‘quvchilari uchun amaliyot mashg‘uloti tashkil etildi.
Mazkur o‘quv amaliyoti tajribali pedagog
Sevara Shoyzoqova
hamda oshpazlik bo‘yicha master
Navruza Nurullayeva
tomonidan olib borildi.
Amaliyot jarayonida o‘quvchilar jahon taomlaridan biri bo‘lgan
“Sezar salati”
, milliy taomimiz — mazali
“Somsa”
hamda desertlar ichida ommalashib borayotgan
“Trayfl”
tayyorlash usullarini o‘rgandilar.
Quvonarlisi, ushbu turdagi amaliy darslar texnikumda har hafta muntazam ravishda tashkil etib borilmoqda.
Dostonbek Bahromov lavhasi
You Tube

February 02, 12:25
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

📹
Zomin turizm va madaniy meros texnikumida ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot tadbiri

Joriy yilning
2-fevral
sanasida
Zomin turizm va madaniy meros texnikumi
da kasbiy ta’lim tashkilotlarida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash hamda diniy vaziyatni sog‘lomlashtirishga qaratilgan muhim targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Zomin tumani bo‘linmasi rahbari
G‘anisher Saydullayev
, Zomin tumani targ‘ibot guruhi rahbari
Saodat Alimova
, Zomin tumani IIB Tezkor-qidiruv xizmati Terrorizmga qarshi kurashish guruhi katta tezkor vakili, kapitan
Inoyatullo Bekmurodov
, shuningdek, texnikumning pedagog xodimlari va talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida bugungi globallashuv davrida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, diniy bag‘rikenglik tamoyillarini mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Dostonbek Bahromov lavhasi

January 28, 10:25
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#Turizm_
targ'ibot
Zomin tumanidagi
15-sonli
umumta’lim maktabida yoshlar kelajagiga daxldor muhim targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda
Zomin turizm va madaniy meros texnikumi
jamoasi tomonidan bitiruvchi hamda bitiruv ostonasidagi o‘quvchilar bilan bir qatorda
ota-onalar
uchun ham keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borildi.
Ta’kidlash joizki, yoshlarni ongli kasb tanlashga yo‘naltirishga qaratilgan bunday uchrashuvlar Zomin tumanidagi
boshqa maktablarda
ham davom ettiriladi.
🎤
Batafsil ma'lumot Dostonbek Bahromov lavhasida
🎬
You tube

January 27, 08:21
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Texnikum_
targ'ibot
Zomin turizm va madaniy meros texnikumi
tomonidan olib borilayotgan kasb-hunarga yo‘naltirish tadbirlari Zomin shahridagi
60-sonli umumta’lim maktabi
da davom etdi.
Texnikum vakillari maktabdagi
9-sinf
hamda
11-sinf
o‘quvchilari bilan birma-bir uchrashib, har bir sinfda alohida tushuntirish ishlarini amalga oshirdi.
Uchrashuvlar davomida o‘quvchilarga
Zomin turizm va madaniy meros texnikumi
da mavjud ta’lim yo‘nalishlari, amaliy mashg‘ulotlar, zamonaviy moddiy-texnik baza hamda bitiruvchilar bandligini ta’minlash borasidagi imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Texnikum vakillari tomonidan
fevral
oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan
“Ochiq eshiklar kuni”
tadbiriga o‘quvchilar taklif etildi.
Aytish joizki, yoshlarni kasbga yo‘naltirishga qaratilgan bunday manzilli va tizimli targ‘ibot ishlari kelgusida ham
boshqa maktablarda
davom ettiriladi.
🎤
Dostonbek Bahromov lavhasi
🎬
You tube

January 26, 12:05
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#Texnikum_
targ'ibot
Zomin turizm va madaniy meros texnikumi
o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan kasb-hunarga yo‘naltirish targ‘ibot ishlari davom etmoqda. Navbatdagi manzil Zomin shahridagi
16-sonli umumta’lim maktabi
bo‘ldi. Unda texnikum vakillari ishtirok etib, o‘quvchilarni zamonaviy kasblar sari yo‘naltirish masalasiga alohida e’tibor qaratdi.
Uchrashuv davomida
9–11-sinf
o‘quvchilariga texnikumda yo‘lga qo‘yilgan ta’lim yo‘nalishlari, amaliy mashg‘ulotlar, hamda bitiruvchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, kafedra mudiri
Xayrulla Jonzoqov
so‘zga chiqib, texnikumda yaratilgan sharoitlar va ta’lim sifati bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirib, o‘quvchilarni fevral oyida o‘tkaziladigan
“Ochiq eshiklar kuni”
tadbirida faol ishtirok etishga chorladi.
Bu kabi targ'ibot ishlari Zomin tumanidagi boshqa ta’lim muassasalarida ham davom ettiriladi.
Dostonbek Bahromov lavhasi
🎬
You tube

January 20, 18:25
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#Texnikum_
targ'ibot
Bugun
Zomin turizm va madaniy meros texnikumi
o‘qituvchilari Zomin shahridagi
1-umumta’lim
maktabida bo‘lib,
2026–2027-o‘quv yili
uchun qabul jarayoniga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirini o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida
9–11-sinf
o‘quvchilari texnikumda mavjud yo‘nalishlar, yaratilgan zamonaviy sharoitlar hamda kasbiy ta’limning afzalliklari bilan yaqindan tanishtirildi.
Tadbirda kafedra mudiri
Xayrulla Jonzoqov
so‘zga chiqib, o‘quvchilarni kelajak kasbini ongli tanlashga chorladi. Shuningdek, fevral oyida o‘tkaziladigan
“Ochiq eshiklar kuni”
tadbiriga maktab o‘quvchilarining tashrifi rejalashtirilgani ma’lum qilindi.
Aytish joizki, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirishga qaratilgan bunday targ‘ibot ishlari kelgusida ham izchil davom ettiriladi.
Dostonbek Bahromov lavhasi
🎬
https://youtu.be/6tlVcDBPowQ?si=LSPXDiVxSniZfOzb