Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Abdusattor

abdusattor

Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal
✉️
Takliflar uchun:
@AbdusattorFD_bot
Maqsad Club:
@maqsadobuna

Subscribers
67 300
Post views
59 658
ER
88,25%
Posts
153
October 18, 13:21
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📈
Maqsad klubida o'zi nima
bor?
Maqsad klubimiz 2024-yil iyun oyidan buyon faoliyat yuritadi. Shu vaqtgacha klubdagilar uchun o’nlab video darsliklar va foydali kontentlar ulashib keldik. Xususan, o'zimning
“Maqsadli inson ko’nikmalari”
darslarim
, Aziz Rahimovning oylik mutolaa qilingan kitob obzorlari, Javohir Quvvatovning falsafa asoslari darsliklari
va boshqa mutaxassislarning video darslari klubdagilar uchun taqdim etilgan.
⚖️
Xo'sh bundan klubdagilarga nima foyda?
Hozirgi zamonaviy insonning eng katta og'rig'i atrofida
ma’lumot ko‘pligi va ma'lumot shovqinidan ma’no topa olmasligida.
Har kuni o‘nlab videolar, postlar, maslahatlar ko'rasiz, chet el podkastlarini eshitasiz lekin ichki o‘sish nolga teng.
Maqsad klubi esa shu bo‘shliqni to‘ldiradi.
Klub sizga nafaqat yangi bilim, balki
yangi nigoh
beradi. Har bir dars sizni o‘zingiz bilan yuzlashtiradi:
nimaga intilayapsiz, nimani yo‘qotayapsiz va nima sizni harakatga keltiradi?
🎯
Agar siz ham o‘zingizni chuqurroq tushunishni, hayotingizni ongli ravishda qurishni istasangiz
Maqsad klubiga qo‘shiling.
Klubda sizni javoblar emas,
sizni o‘zgartiradigan savollar
kutmoqda.
Klubga qo'shilish uchun
@maqsadobuna
ga "+" yuboring

October 16, 13:37
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Inson energiyasi ham telefondagi batareyaga o‘xshaydi. Faqat farqi shundaki, bizga “quvvat tugadi” degan ogohlantirish kelmaydi.
Har kuni sizning e’tiboringizni so‘raydigan o‘nlab “ilovalar” bor: ish, telefon, ijtimoiy tarmoqlar, boshqalar fikri… Natijada, kechga borib sizning “batareya foizingiz” nolga yaqinlashadi, so’ngra siz buning sababi sifatida ishingizni, odamlarni yoki hayotingizni ayblaysiz.
Aslida esa muammo energiya taqsimotida.
Siz kuchni o‘lchovsiz sarflaysiz va quvvatni qayerdan olishingizni bilmayapsiz.
Aynan shu mavzuda Maqsad klubimizga video darslik joylaganmiz.
😎
📥
Videodan parcha
:
https://youtu.be/vmnKCiK4n78

October 04, 13:49
Media unavailable
1
Show in Telegram

1816-yilda Rene Leynek stetoskopni ixtiro qilganida tibbiyot butunlay o‘zgarib ketgan. Avval shifokorlar yurak urishini bemorning ko‘kragiga quloqlarini qo‘yib “taxminan” tinglashardi. Stetoskop esa tovushlarni aniq eshitishga yordam berdi va shifokorlar haqiqiy holatni biladigan bo‘lishdi.
Hayotimiz ham shunga o‘xshaydi. Biz ham o‘zimizcha taxminlar bilan yashaymiz. Masalan, ko‘pchilik “Men telefonda ko‘p vaqt o‘tkazmayman” deb o'ylaydi. Ammo raqamlar boshqacha gapiradi. Xuddi shifokor yurakni stetoskop bilan eshitgandek, telefoningizdagi ekran vaqti ham sizning odatlaringizni aniq ko‘rsatadi. Farqi shundaki, u sizni qochib bo‘lmaydigan haqiqat bilan yuzlashtiradi.
Taxminlar o‘zimizni aldaydigan narsa xolos. Haqiqat esa faqat aniq o‘lchovlarda bo'ladi. Shunday ekan, hayotingiz uchun "stetoskop" yarating.

September 26, 08:19
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

😃
Startup Garage rezidenti Tridmo startupi ICT haftaligida AloqaVentures fondidan $50,000 investitsiya jalb qildi
.

😃
At ICT Week, the Startup Garage resident Tridmo attracted a $50,000 investment from the AloqaVentures fund.
Instagram
|
LinkedIn
|
X (Twitter
) |
Facebook
|
YouTube

September 21, 08:44
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📵
Telefon va internetdan ikki haftalik tanaffus
So‘nggi tadqiqotlardan birida odamlar
ikki hafta davomida smartfon va internetdan foydalanmay yashadi
. Natija hayratlanarli bo‘ldi:

Ularning
diqqatni jamlash qobiliyati keskin yaxshilandi
.

Ta’sir shunchalik kuchli ediki, odamning yoshi 10 yilga “yoshargandek” bo‘ldi ya’ni miyaning diqqat saqlash darajasi yoshlikdagi kabi tiklandi.
Tadqiqot, bizning e’tiborimizni eng ko‘p o‘g‘irlaydigan narsa
cheksiz internet oqimi va smartfon bildirishnomalari ekanlgini ko'rsatdi.
Deyarli bir yil oldin biz Maqsad klubimizga aynan shu mavzuda "Diqqat" nomli video joylagan edik. Videoni ko‘rishingizni tavsiya qilaman.

September 16, 10:12
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Hayotda doimo kuchli odam emas, o‘zgarishga tez moslasha olgan odam oldinga chiqadi.
Bunga tariximizda ko’plab misollar bor, masalan:
- Sanoat inqilobida mashinalarni qabul qilgan ustalar boyidi, rad etganlar esa hunaridan ayrildi.
- Mustaqillik yillarida bozorga moslashgan tadbirkorlar yutdi, moslashmaganlar esa imkoniyatini yo‘qotdi.
- Internet davrida onlayn savdo qilganlar katta biznes qildi, e’tibor bermaganlar esa orqada qoldi.
Demak, moslashuvchanlik faqat omon qolish emas, balki rivojlanish kaliti.
Shu mavzudagi qisqa video YouTube kanalimizga joylandi, to‘liq dars esa Telegramdagi MAQSAD klubimizda.
📹
:
https://youtu.be/_9nZKHkKTWA

September 05, 16:21

Insonni harakat qilishga undaydigan eng kuchli instrument bu - birov uchun ma’suliyat olishdir.
Erkak uylanganidan keyin, nega baraka keladi deb o’ylaysiz? Inson hayotida birinchi marta birov uchun ma’suliyat olishni boshlaganidan, to’xtash ilojisi yo’qligini xis qilishni boshlaydi. Va bu xissiyotdan keyin, hechqaysi erkak oldingiday bo’lolmaydi. Yoshlik, aynan shu yerda to’xtaydi. Bu erkaklar hayotidagi bayram va fojia nuqtasi.
Fojia — chunki bu majburiyatdan endi hechqachon qochib bo’lmaydi. Bayram — chunki bu majburiyatdan hechqachon qochib bo’lmaydi.
Biri sizni umringizni oxirigacha qulga aylantiradi, ikkinchisi esa qaxramonga.

September 04, 13:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

Oʻzbekistonliklar uchun
+1 ta vizasiz davlat
— Iordaniya
🇯🇴
Endi o‘zbekistonliklar
30 ta davlatga
vizasiz,
43 ta davlatga
kelganda/elektron viza bilan tashrif buyurishlari mumkin.
Masalan, Gruziya, Turkiya va BAAga vizasiz sayohat qilishingiz mumkin. Yaqinda esa Xitoy ham bu ro'yxatga qo'shildi.
🛫
Toshkent-Tbilisi
1,8 mln so'm
https://i.avs.io/ugw2MRmt
🛫
Farg‘ona-Istanbul
2,5 mln so‘m
https://i.avs.io/zUAlwz_M
🛫
Toshkent-Dubay
1,4 mln so'm
https://i.avs.io/4dXblSG9
🛫
Samarqand-Urumchi
3,2 mln so‘m
https://i.avs.io/YkNGu7Wg
🛫
Urganch-Boku
1 mln so'm
https://i.avs.io/KxjRl9mF
Oʻzbekistonliklar uchun vizasiz mamlakatlarning toʻliq roʻyxati va chiptalar narxlari bilan
aviasales.uz kanalida
tanishing
👈

August 26, 14:16
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🔔
Klubimizda jonli efir!
Tadbirkor, “Meraki” brendining asoschisi Shohbozbek Dolimov bilan
⏳️
31-avgust kuni soat 19:30’da
jonli efir o’tkazamiz. Ayni vaqtda Shohbozbek Dolimov xalqaro “
Ironman
” musobaqalariga tayyorgarlik ko’rmoqda. Bu musobaqa quyidagi bosqichlarda o’tkaziladi:
🏊‍♂️
Suzish
: 3,86 kilometr masofaga.
🚴
Velosport
: 180,25 kilometr masofaga.
🏃‍♂️
Yugurish
: 42,195 kilometr masofaga.
*
Bularning barchasi bir vaqtda va ketma-ketlikda amalga oshirilishi kerak
.
Shohbozbek Dolimov hozir “Half Ironman” yutug’ini olgan. Ya’ni to’liq “Ironman” musobaqasining yarmini bosib o’tgan. Shu munosabat bilan klubmizda u inson bilan manashu bosib o’tgan mashaqqati haqida suhbatlashamiz. Sizni qiziqtirgan savollar bo’lsa ushbu post ostiga qoldiring.

August 24, 12:35
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Utopia va dispotia
Bu faqat kitoblardagi mavzu emas, balki bizning hayotimizni shakllantiradigan tanlovdir. Agar siz bu fikrlar nima ekanligini bilsangiz, siz jamiyatda qanday yo‘ldan yurishni ongli ravishda tanlaysiz. Yoki bu mavzulardan bexabar bo'lib, boshqa birovning tanlovi sizning hayotingizni boshqarishini kuzatasiz. Bu esa erkinlik o‘rniga zulm, orzu o‘rniga esa umidsizlik olib keladi.
Aynan shu mavzuda Maqsad yopiq klubimizga "Utopia nima?" nomli video joyladik. Videoda klub spikeri Javohir Quvvatov utopia va dispotia nima degan savolga batafsil javob bergan. Videoning bir qismini YouTube kanalimizga ham qo'ydik!
📹
:
https://youtu.be/A9JvkiB88Ms