Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

AGRO LABORATORIYA|XOLDOROV_SH

agrolaboratoriya

Yerdan foydalanuvchi tomorqa egalari, dehqonlar, fermerlar va klasterlar uchun
-Tuproq, O'simlik, Sug'orish suvi laboratoriya tahlili
- Agro Konsalting
📧
@agrolaboratoriya_admin
📮
sh.m.xoldorov@gmail.com

Subscribers
1 050
Post views
555
ER
52,94%
Posts
6 074
October 15, 16:08
Media unavailable
1
Show in Telegram

AQShda qoplama (cover) ekinlaridan foydalanish tez sur’atda ortmoqda
2022-yilgi AQSh Qishloq xo‘jaligi ro‘yxati ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi besh yilda fermerlar tomonidan qoplama ekinlardan foydalanish 17% ga oshib, umumiy maydon 17,99 million akrga yetgan. Bu mamlakatdagi jami ekin maydonlarining 4,7 foizini tashkil etadi.
Purdue universiteti (CME Ag Economy Barometer) so‘rovlariga ko‘ra, tajribali fermerlar endi qoplama ekinlarni yanada kengroq maydonda joriy etmoqda — agar 2021-yilda ularning 25 foizi maydonining chorak qismini qoplagan bo‘lsa, 2024-yilga kelib bu ko‘rsatkich 57 foizga yetgan.
Qoplama ekinlar tuproq unumdorligini oshiradi, eroziya xavfini kamaytiradi, suvni ushlab qoladi va uglerod zaxirasini boyitadi — bu esa regenerativ dehqonchilik tamoyillarining asosiy yo‘nalishidir.
AGROLABORATORIYA-ILM BILAN
©️
Shovkat_Xoldorov
Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
👇
💬
Telegram|
💬
Facebook|
📷
Instagram|
📺
Youtobe|

October 10, 14:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

O‘g‘itlashda 4K Qoidasi.
O‘g‘itlashda asosiy maqsad – o‘simlikka kerakli oziqani berish, lekin ortiqchasini isrof qilmaslik va tuproq hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaslikdir.
Kerakli o‘g‘it
•O‘simlikka aynan qaysi element (azot, fosfor, kaliy va boshqalar) yetishmasa, shunga mos o‘g‘it tanlanadi.
Kerakli miqdor
•O‘g‘it me’yorida berilishi shart: kam berilsa hosil pasayadi, ortiqcha berilsa tuproq sho‘rlanadi va zaharlanish xavfi tug‘iladi.
•Miqdor tuproq tahlili va ekin turi asosida belgilanadi.
Kerakli vaqt
•O‘g‘it eng zarur bosqichda beriladi.
•Masalan:
- Azot o‘sishning boshida va gullashdan oldin.
- Fosfor ekish oldidan yoki dastlabki rivojlanishda.
- Kaliy Ekish oldi va ekish davrida.
Kerakli joy
•O‘g‘it o‘simlik ildiziga yaqin solinadi, shunda o‘simlik uni tez o‘zlashtiradi.
•Yuzaga sepib qo‘yishdan ko‘ra, chuqurchaga yoki qator oralig‘iga berish samaraliroq.
AGROLABORATORIYA-ILM BILAN
©️
Shovkat_Xoldorov
Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
👇
💬
Telegram|
💬
Facebook|
📷
Instagram|
📺
Youtobe|

October 06, 09:39
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

“Ildiz va ang’izni qoldirish” degan amaliyot dehqonchilikda tuproqni sog‘lomlashtirish va barqaror hosildorlikni ta’minlash uchun qo‘llanadigan agrotexnik chora hisoblanadi.
Nima degani?
Ildizni qoldirish –
hosil yig‘ib olingandan keyin ekin ildizlarini yulib tashlamasdan tuproqda qoldirish. Masalan, bug‘doy, paxta yoki beda ildizlari tuproqda qoladi va asta-sekin chirib, organik modda (gumus) manbaiga aylanadi. Bu jarayon tuproqning biologik faoliyatini kuchaytiradi, havo va suv o‘tkazuvchanligini yaxshilaydi.
Ang’izni qoldirish
– hosil yig‘ib olingandan keyin yerda qoladigan poya, barg, somon va boshqa o‘simlik qoldiqlarini yondirmasdan yoki olib ketmasdan tuproqda qoldirish. Ular keyinchalik chirib, organik o‘g‘it vazifasini bajaradi.
Foydasi
Tuproq unumdorligini oshiradi – organik modda va oziq elementlar tabiiy ravishda qaytadi.
Sho‘rlanish va eroziya xavfini kamaytiradi – qoldiq massasi shamol va yomg‘irdan tuproqni himoya qiladi.
Biologik xilma-xillikni qo‘llab-quvvatlaydi – chirigan ildiz va poya mikroorganizmlar, chuvalchanglar uchun oziqa manbaidir.
Tuproq tuzilishini yaxshilaydi – ildizlar chiriganda tuproqda bo‘shliqlar hosil bo‘lib, suv shimilishi va havo almashinuvi yaxshilanadi.
O‘zbekistonda qo‘llanishi
So‘nggi yillarda resurs tejovchi texnologiyalar va konservatsion dehqonchilik dasturlari doirasida bu amaliyot targ‘ib qilinmoqda.
Paxtachilikda – ko‘p joylarda paxta poyasini maydalab tuproqqa aralashtirish yoki qoldirish amaliyoti bor. Bu tuproqdagi organik modda miqdorini oshirish va mineral o‘g‘itlarga qisman muqobil bo‘lishi mumkin.
Don ekinlarida – bug‘doy somoni yoki qoldiq biomassani yondirmasdan qoldirish orqali keyingi ekin uchun tuproqni oziqlantirish tavsiya qilinadi.
Bedapoya va dukkakli ekinlar – ildiz nodulalari orqali azotni bog‘lab, keyingi ekinlar uchun tabiiy azot manbaiga aylanadi.
Muammo va to‘siqlar
Ayrim fermerlar poyani yoqib yuborish amaliyotini davom ettiradi, chunki tez va “toza” deb hisoblashadi. Lekin bu tuproqning organik moddasini yo‘qotadi va zararli gaz chiqaradi.
AGROLABORATORIYA-ILM BILAN
©️
Shovkat_Xoldorov
Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
👇
💬
Telegram|
💬
Facebook|
📷
Instagram|
📺
Youtobe|

October 01, 04:06
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Bu – tuproqning “slake testi”, ya’ni suvda mustaxkamligini sinash.
Bir necha daladan tuproq olib, uchta idishga solib, ustidan suv quying. Keyin biroz kutib, qarang.
1-idish (chapda): Oddiy dala tuprog‘i. Yillar davomida kimyoviy o‘g‘it va zaharlar bilan ishlov berilgan.
2-idish (o‘rtada): 5 yil davomida qayta tiklovchi usulda (regenerativ) ishlangan dala tuprog‘i.
3-idish (o‘ngda): O‘rmon tuprog‘i. Ferma yonidagi yovvoyi yerda olingan.
Taqqoslab qaralsa, farq juda katta: kimyo ishlatilgan dalaning tuprog‘i tez buziladi, hayotdan, oziq va mustahkamlikdan qolgan. O‘rmon va qayta tiklovchi dala tuprog‘i esa sog‘lom, tuzilishi mustahkam, suvda tez yemirilmaydi.
Bu muhim, chunki dehqon uchun dalaning hosildorligi bevosita tuproqning sog‘lig‘iga bog‘liq. Agar tuproq suvda tez yemirilsa, demak u mustahkam emas, suvni ham oziqni ham tutib turolmaydi – hosil past bo‘ladi. Sog‘lom tuproq esa suvni shimib saqlaydi, oziqa moddasini ushlab turadi va ildiz yaxshi rivojlanadi. Shuning uchun slake test dalada tuproqni ko‘z bilan ko‘rib baholashning eng oddiy, lekin juda foydali usuli hisoblanadi.
AGROLABORATORIYA-ILM BILAN
©️
Shovkat_Xoldorov
Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
👇
💬
Telegram|
💬
Facebook|
📷
Instagram|
📺
Youtobe|

September 29, 16:09
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Xitoyning Hubei viloyatida 126 km uzunlikdagi yangi avtomagistral qurildi. Eng qizig‘i — yo‘l dalalaru sholi poya-hovuzlarni buzmasdan, ustunlar ustiga qurilgan.
Mashinalar tepada erkin yuradi, pastda esa dehqonlar dalasini ekishda, baliqchilar hovuzida ishlashda davom etadi. Shunday qilib, ham taraqqiyot, ham tabiat birgalikda asrab qolinyapti.
To'g'risi bugungi kunda xar qanday sohada ilm, innovatsiya va yangilik bo'lsin bu Xitoyda. Avvallari mendan qaysi davlatda o'qishni davom ettirishni maslahat sifatida so'rashsa Germaniya, Yaponiya, AQSh der edim. Tan olib aytish kerak hamma yo'nalishda Xitoyliklar boshqa davlatlarni "choy damlab kelishga yuborvorayapti". Xitoyga boring, ulardan hozir o'rganish vaqti.
AGROLABORATORIYA-ILM BILAN
©️
Shovkat_Xoldorov
Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
👇
💬
Telegram|
💬
Facebook|
📷
Instagram|
📺
Youtobe|

September 24, 17:27
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Tuproqlarda fosforning turli shakllari
🔎
🟫
🇵
Tuproqda fosfor (P)ning mavjudligi
uning umumiy miqdoriga emas, balki qanday kimyoviy “havzalar”ga (pool) taqsimlangani va shu havzalardagi harakatchanligiga bog‘liq. Fosfor aylanishini tuproqning
pH darajasi, organik modda miqdori, tuproqning yuvilganligi (weathering darajasi)
hamda
mikroblar faoliyati
belgilab beradi.
1️⃣
Mollisols (Dasht tuproqlari – AQSh, MidWest)
Yosh va unumdor tuproqlar.
🔹
Yuqori organik modda miqdori, pH neytralga yaqin.
🔹
Fosforning katta qismi
o‘simlikka tez o‘tuvchi
shaklda.
➡️
Demak, bu tuproqlar eng fosforga boy va unumdor hisoblanadi.
2️⃣
Oxisols (Tropik tuproqlar – Guiana Shield, Braziliya va h.k.)
Juda qadimiy, kuchli yuvilgan tuproqlar.
🔹
Asl mineral fosfor tugab ketgan.
🔹
Temir va alyuminiy oksidlari ko‘p →
fosforni qattiq bog‘lab qo‘yadi
.
➡️
Fosforning katta qismi
o‘simlikka umuman yetib bormaydigan
shaklda.
3️⃣
Spodosols (Ihota o‘rmon tuproqlari – Skandinaviya)
Juda kislotali, qumoq tuproqlar.
🔹
Fosfor yuqori qatlamdan oqib ketib, pastki qatlamlarda organik moddalar va metall oksidlariga qattiq bog‘lanadi.
➡️
Fosfor mavjudligi juda past, o‘simliklar uchun
kam o‘zlashtiriladigan
tuproqlar.
4️⃣
Alfisols (O‘rmon-dasht tuproqlari – Sharqiy Xitoy, Markaziy Yevropa)
O‘rtacha yuvilgan, o‘rtacha unumdor tuproqlar.
🔹
Fosforning bir qismi organik, bir qismi loyga bog‘langan, bir qismi esa oson o‘zlashtiriladigan shaklda.
➡️
O‘rtacha fosfor mavjudligi
– Spodosol va Oxisollarga qaraganda unumdorroq.
Xulosa:
Fosforning o‘simlik uchun mavjudligi uning
tuproqdagi shakliga
bog‘liq. Unumdor dasht tuproqlarda (Mollisol) fosfor juda yaxshi mavjud, lekin qadimiy tropik va kislotali o‘rmon tuproqlarida (Oxisol va Spodosol) deyarli o‘zlashtirilmaydi.
Rasmda ko‘rib turganingiz –
dunyo bo‘yicha tabiiy tuproqlarda fosforning taqsimlanishi
🗺
AGROLABORATORIYA-ILM BILAN
©️
Shovkat_Xoldorov
Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
👇
💬
Telegram|
💬
Facebook|
📷
Instagram|
📺
Youtobe|

September 22, 15:09
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🌶
Bulg'or qalampir mevalari nega achchiqlashib yoki g‘alati shaklda chiqadi?
Ko‘p dehqonlar bulg'or qalampir mevasi shirin bo‘lishi kerak bo‘lsa ham achchiqlashib ketishi yoki g‘alati shaklda chiqishini ko‘rishadi. Buni ko‘pincha navdan yoki hasharotdan deb o‘ylashadi. Aslida esa asosiy sabab – issiq, suv va ozuqa bilan bog‘liq stresslar.
⚠️
Eslatma: bu yerda aytilayotgan achchiqlik chili qalampirdagi “o‘tli achchiq” emas. Bu – shirin qalampirda ham paydo bo‘ladigan yoqimsiz achchiq ta’m.
🌡
Issiq ob-havo – harorat baland bo‘lsa, qalampirda shakar kamayadi, aksincha, achchiqlikni keltirib chiqaradigan moddalar ko‘payadi.
🌱
Shakli buzilishi – ko‘pincha trips yoki shira kabi hasharotlardan deb o‘ylashadi. Ular ham zararlaydi, lekin ko‘p hollarda shaklning buzilishi o‘g‘it yetishmasligidan bo‘ladi.
💧
Issiq + suv yetishmasligi – uzoq davom etsa, meva nafaqat g‘alati shaklda bo‘ladi, balki qattiqligi va saqlanish muddati ham yomonlashadi.
🪴
Gidroponikada – tuproq bo‘lmagani uchun o‘g‘itlashdagi kichik xato ham tez bilinadi. Eritma qog‘ozda to‘g‘ri ko‘rinsa ham, o‘simlikda muammo bo‘lishi mumkin.

Xulosa: muammoni faqat bir tomondan qarab bo‘lmaydi. Issiq-sovuqlik, suv, o‘g‘it hammasini birga tekshirish kerak.
AGROLABORATORIYA-ILM BILAN
©️
Shovkat_Xoldorov
Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
👇
💬
Telegram|
💬
Facebook|
📷
Instagram|
📺
Youtobe|

September 22, 15:00
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

O‘simlik ildiz ajratmalari va mikroblar orqali ozuqa olish
🦠
🧪
🌱
O‘simliklar ozuqani shunchaki tayyor holatda olmaydi — ular tuproq muhitini faol boshqaruvchi “arxitektorlar” bo‘lib, kimyoviy signallar orqali tuproq kimyosi va mikroblar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.
🔬
Ozuqa yetishmovchiligi paytida ildizlar maxsus metabolitlarni ajratadi. Ular:
1️⃣
Tuproqda kam bo‘lgan ozuqalarni erkinlashtiradi
2️⃣
Shu ozuqani olishga yordam beruvchi mikroblarni jalb qiladi
📌
Temir yetishmasa – ildizlar kumarinalar va benzoksazinoidlar chiqarib, temirni erkinlashtiradi va siderofor ishlab chiqaruvchi bakteriyalarni jalb qiladi.
📌
Fosfor tanqisligida – ildizlar strigolaktonlar chiqarib, arbuskulyar mikoriza zamburug‘lari (AMF) bilan aloqani faollashtiradi. Ular ildiz tizimini kengaytirib, fosforni izlab topadi.
📌
Azot yetishmasa – dukkaklilar ildizlari flavonoidlar chiqarib, azotni bog‘lovchi rizobiyalarni jalb qiladi. Misol uchun, makkajo‘xori boshqa foydali bakteriyalarni chaqiradi.
🖼
Rasm: Ozuqa yetishmovchiligi paytida ildiz chiqaradigan asosiy metabolitlar (Uribe-Acosta va boshq., 2025; DOI: 10.1093/plphys/kiaf349).
AGROLABORATORIYA-ILM BILAN
©️
Shovkat_Xoldorov
Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
👇
💬
Telegram|
💬
Facebook|
📷
Instagram|
📺
Youtobe|

September 12, 04:19
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Hosil va inson salomatligi o‘rtasidagi bog‘liqlik
🌾
🍽
❗️
Yashirin ochlik — odamlar kaloriyani yetarli iste’mol qiladi, lekin tanaga zarur vitamin va minerallar yetmaydi. Bu dunyoda 2 milliarddan ortiq kishiga ta’sir qiladi.
🌿
O‘simlik mahsulotlari bizning asosiy oziq manbamiz bo'lib bizga kerak bo'ladigan 80% kaloriyani, 56% oqsilni, 50–95% vitaminni va 40–85% minerallarni beradi.
🍞
Lekin bugungi asosiy don ekinlari (bug‘doy, guruch, makkajo‘xori) tarkibida foydali mikroelementlar kam. Hosildorlikka qaratilgan seleksiya ko‘p hollarda “oziq moddalar suyultirilishi”ga olib kelgan: ya’ni don ko‘paygan, lekin foydali moddalar kamaygan.
Bunga qarshi chora-tadbirlar:
1️⃣
Ekinlarni xilma-xillashtirish
Faqat g‘alla emas, balki dukkaklilar, sabzavot, mevalar, jo‘xori, tariq, quinoa kabi ekinlarni ham ko‘paytirish.
2️⃣
Agrotexnikani to‘g‘ri qo‘llash
Biofortifikatsiya (maqsadli o‘g‘itlash) va tuproq sog‘lig‘ini asrab, ekinlarning mikroelement tarkibini boyitish.
3️⃣
Yangi navlar yaratish
Seleksiya orqali o‘zi ko‘proq temir, sink (ruh), vitamin yig‘adigan navlarni yaratish.
4️⃣
Fermerlarni o‘qitish
Hosil sifati faqat miqdor bilan emas, tarkibidagi foydali moddalar bilan ham baholanishini tushuntirish.
Sog‘lom tuproq bo‘lmasa, sog‘lom inson bo‘lmaydi.
AGROLABORATORIYA-ILM BILAN
©️
Shovkat_Xoldorov
Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
👇
💬
Telegram|
💬
Facebook|
📷
Instagram|
📺
Youtobe|

September 07, 16:28
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🗑
Dunyoda 1 yilda 400 mln tonna plastik chiqindi
(ya’ni ulkan tog‘dek chiqindi. Manba: OECD)
📦
Asosiy manbalar (eng ko‘pdan kamga):
• Qadoqlash – 156 mln t (butilka, paket, oziq-ovqat qutilari)
• Iste’mol buyumlari – 47 mln t (o‘yinchoq, idish-tovoq va h.k.)
• Transport – 48 mln t (avto detallari)
• To‘qimachilik – 43 mln t (sintetik matolar)
• Qurilish/elektronika – 38 mln t
• Boshqa – 68 mln t
🙌
Har kuni qilsa bo‘ladigan 6 qadam:
Paket o‘rniga mato sumka oling.
Qayta to‘ldiriladigan butilka/idishdan foydalaning.
Do‘konda ortiqcha qadoqni rad eting: “Paket bermang, iltimos”.
Ichimlikni katta butilkada yoki “dispenserdan” oling – kamroq chiqindi.
Bir martalik stakan, trubka, idishlarni iloji boricha ishlatmang.
Mahalliy yig‘ish joyida plastikni alohida topshiring.
AGROLABORATORIYA-ILM BILAN
©️
Shovkat_Xoldorov
Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
👇
💬
Telegram|
💬
Facebook|
📷
Instagram|
📺
Youtobe|