
AGRO LABORATORIYA|XOLDOROV_SH
🍇
Uzumda shingilni siyraklashtirish nima va nima uchun kerak?
Uzum yetishtirishda hosilni sifatli qilish uchun oddiy, lekin juda muhim usul bor — bu
shingilni siyraklashtirish
. Ya’ni, shingildagi ortiqcha donalar olib tashlanadi.
Qachon qilinadi?
Gullashdan keyin, donalar endi shakllana boshlagan paytda (odatda 10–20 kun ichida).
Qanday qilinadi?
• Juda zich joylashgan donalar olib tashlanadi
• Shingilning pastki qismi (uzun “dum” qismi) qisqartiriladi
• Shingil chiroyli va tartibli shaklga keltiriladi
Foydasi nima?
• Donalar yirikroq bo‘ladi
• Hammasi bir xil kattalikda yetiladi
• Shirinligi oshadi
• Kasallik kamroq bo‘ladi
• Bozorga chiroyli va sifatli mahsulot chiqadi
⚠️
E’tibor bering:
Hosil soni biroz kamayadi, lekin sifat oshgani uchun foyda ko‘proq bo‘ladi.
AGROLABORATORIYA-ILM BILAN
©️
Shovkat_Xoldorov
Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
👇
✅
Telegram|
✅
Facebook|
✅
Instagram|
✅
Youtobe|
Yer — bu shunchaki iqtisodiy aktiv emas, balki tuproq degan tabiiy resurs! Kun.uz tahririyati tomonidan 19-yanvar kuni e’lon qilingan “Yerlar xorijliklarga sotilyapti. Kelajakda buning oqibatlari qanday bo‘ladi?” mavzusidagi studiyada iqtisodchi Otabek Bakirov…
Dunyo mamlakatlarining oziq-ovqat mustaqilligi darajasi (tahlil)
Mazkur infografikada mamlakatlarning oziq-ovqat bilan o‘zini ta’minlash darajasi
7 ta asosiy oziq-ovqat guruhi
(go‘sht, sut, baliq, don mahsulotlari, dukkaklilar, meva va sabzavotlar) bo‘yicha baholangan.
🌍
Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki:
- Janubiy Amerika va Okeaniya davlatlarida oziq-ovqat mustaqilligi yuqori
- AQSh, Kanada, Rossiya va Markaziy Osiyoda o‘rta daraja kuzatiladi
- Afrika va Yaqin Sharq hududlarida past daraja qayd etilgan bo‘lib, bu asosan suv resurslari tanqisligi bilan bog‘liq
🇺🇿
O‘zbekiston uchun ahamiyati:
Mamlakat oziq-ovqat mustaqilligi bo‘yicha o‘rta pozitsiyada bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlarda ishlarni kuchaytirish muhim:
- suv resurslaridan samarali foydalanish
- iqlim o‘zgarishiga moslashuv choralarini kengaytirish
- innovatsion agrotexnologiyalarni joriy etish
📌
Xulosa:
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash — resurslardan oqilona foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va barqaror qishloq xo‘jaligi tizimini rivojlantirishni talab etadi.
AGROLABORATORIYA-ILM BILAN
©️
Shovkat_Xoldorov
Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
👇
✅
Telegram|
✅
Facebook|
✅
Instagram|
✅
Youtobe|
Urug‘siz tarvuz yetishtirish texnologiyasi haqida
Urug‘siz tarvuzlar zamonaviy seleksiya yutuqlari asosida olinadigan, yuqori talabga ega qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan biridir. Ushbu turdagi tarvuzlarning asosiy xususiyati – ularning urug‘ hosil qilmasligidir.
Genetik asos
. Urug‘siz tarvuzlar diploid (2n) va tetraploid (4n) o‘simliklarni chatishtirish orqali olinadi. Natijada hosil bo‘lgan o‘simlik triploid (3n) bo‘lib, xromosomalar sonining nomutanosibligi sababli urug‘ hosil qila olmaydi. Shu bois mevada faqat rivojlanmagan, yumshoq urug‘ qoldiqlari kuzatiladi.
Changlanish talabi
. Triploid o‘simliklar steril bo‘lgani sababli o‘zidan chang bera olmaydi. Biroq, meva hosil bo‘lishi uchun tashqi changlanish zarur. Shu maqsadda dalada urug‘li (diploid) tarvuz navlari pollinator/changlatuvchi sifatida ekiladi.
Ekish sxemasi
. Amaliyotda quyidagi sxemalar keng qo‘llaniladi:
- 3 qator urug‘siz tarvuz + 1 qator pollinator
- har 3 ta urug‘siz o‘simlikka 1 ta pollinator
Changlatuvchi polinatorlar navlar odatda urug‘siz tarvuzlarga nisbatan 7 kun kechikib ekiladi. Ularning gullash davrini uzaytirish uchun bosqichma-bosqich ekish usuli ham qo‘llaniladi.
Changlatuvchilar roli
. Changlanish jarayonida asalarilar muhim rol o‘ynaydi. Ular changni pollinator o‘simliklardan urug‘siz tarvuz gullariga ko‘chirish orqali meva hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Amaliy kuzatuvlarga ko‘ra, asalari faoliyati hosildorlikni sezilarli darajada oshiradi.
Xulosa
. Urug‘siz tarvuz yetishtirish genetik seleksiya, to‘g‘ri ekish sxemasi va samarali changlanish jarayoniga asoslangan murakkab agrotexnologik tizimdir. Ushbu texnologiyaning to‘g‘ri qo‘llanilishi yuqori sifatli va bozorbop mahsulot olish imkonini beradi.
AGROLABORATORIYA-ILM BILAN
©️
Shovkat_Xoldorov
Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
👇
✅
Telegram|
✅
Facebook|
✅
Instagram|
✅
Youtobe|
Paxta yetishtirishda rangli plyonka ostiga chigit ekishning ilmiy asoslari bo'yicha qisqa tahlil
O‘zbekiston sharoitida bu yil ilk bor paxta ekishda
shaffof
(avvaldan ekib kelinmoqda)
, qizil va ko‘k rangli plyonkalar
sinov tariqasida fermer dalalarida qo‘llanilayotganiga guvoh bo'layapmiz. Ushbu texnologiya tuproq mikroiqlimi va o‘simlik fiziologiyasini boshqarish orqali hosildorlikka ta’sir ko‘rsatishi bo'yicha ko'plab ilmiy manbalarda dalillar mavjud.
Shaffof plyonka
- Tuproq haroratini maksimal darajada oshiradi
- Nihol chiqishi va dastlabki o‘sish tezlashadi
Shaffof plyonka tuproq haroratini oshirib, ildiz rivojlanishi va oziqa elementlarining o‘zlashtirilishini kuchaytiradi. Sovuq bahor sharoitida ayniqsa samarali. Erta ekish uchun ideal. Begona o'tlar bosish havfi bor.
Qizil plyonka
- Yorug‘lik spektrini (Red va Far-red nurlar nisbatini) o‘zgartiradi
- O‘simlikning fiziologik javob reaksiyasini kuchaytiradi
- Quyosh radiatsiyasini yuqori darajada yutadi
Qizil mulch ostida o‘simliklar katta barg maydoni va biomassaga ega bo‘ladi. Paxtada tolalar uzunligi
FR/R yorug‘lik nisbati ta’sirida oshishi aniqlangan
. Bu hodisa phytochrome tizimi orqali boshqariladi
Ko‘k plyonka
- Tuproq haroratini barqaror oshiradi
- O‘simlik rivojlanishini muvozanatli olib boradi
- Namlikni saqlash va suv samaradorligini oshiradi
Ko‘k va qora rangli mulchlar tuproq harorati va namlik rejimini yaxshilab, o‘sish uchun optimal sharoit yaratadi. Barqaror hosildorlik uchun maqbul variant. Stabil variant (risk kam)
Umumiy ilmiy natijalar:
- Tuproq harorati oshadi
- Namlik saqlanadi → suvdan foydalanish samaradorligi ortadi
- Begona o‘tlar kamayadi (ko'k va qora plyonka)
- Hosildorlik o‘rtacha
20–30% gacha oshishi mumkin
Shuningdek dala tajribalarida:
- ko‘saklar soni ortishi
- biomassa oshishi
- lint hosili ko‘payishi qayd etilgan
⚠️
Muhim ilmiy eslatma:
Rangli plyonkalar ta’siri iqlim, tuproq va sug‘orish sharoitiga bog‘liq. Har bir rang barcha hududlarda bir xil natija bermasligi mumkin. Bu navning hususiyatlariga ham bog'liq bo'lishi ilmiy mabalarda aytib o'tilgan.
AGROLABORATORIYA-ILM BILAN
©️
Shovkat_Xoldorov
Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
👇
✅
Telegram|
✅
Facebook|
✅
Instagram|
✅
Youtobe|
O‘g‘itlashda eng ko‘p qilinadigan xato — me’yorni emas, tizimni bilmaslik.
Hosilni oshirish faqat ko‘proq o‘g‘it berish bilan emas,
balki
to‘g‘ri boshqarish
bilan bog‘liq.
🔑
Shu sababli 4R qoidasi muhim:
✔️
Kerakli o‘g‘it
✔️
Kerakli miqdor
✔️
Kerakli vaqt
✔️
Kerakli joy
Bu 4 ta oddiy prinsip orqali:
✅
O‘g‘it samaradorligi oshadi
✅
Xarajat kamayadi
✅
Tuproq degradatsiyasi oldi olinadi
✅
Hosil sifati yaxshilanadi
Zamonaviy dehqonchilik — bu ko‘proq berish emas,
to‘g‘ri berish
.
AGROLABORATORIYA-ILM BILAN
©️
Shovkat_Xoldorov
Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
👇
✅
Telegram|
✅
Facebook|
✅
Instagram|
✅
Youtobe|
Tuproqda karbonat (ohak) nimani anglatadi?
Tuproq analizida
CaCO₃
ko‘rsatkichi chiqsa, bu tuproqda ohak borligini bildiradi. Lekin bu yerda juda muhim bir farq bor:
umumiy karbonat
va
aktiv karbonat
bir xil narsa emas.
Umumiy karbonat (Total CaCO₃)
— tuproqdagi jami ohak miqdori. Bu tuproq qanchalik ohakli ekanini ko‘rsatadi.
Aktiv karbonat (Active CaCO₃)
— shu ohakning
eng faol, eng reaktiv
, ya’ni o‘simlikka, o‘g‘itga va tuproq reaksiyasiga tez ta’sir qiladigan qismi. Amaliyotda ko‘p hollarda
eng muhim ko‘rsatkich aynan aktiv karbonat
hisoblanadi.
Oddiy qilib aytganda:
Total CaCO₃
— jami zahira
Active CaCO₃
— real ta’sir kuchi
Shuning uchun tuproqda umumiy karbonat ko‘p bo‘lsa ham, agar aktiv qismi past bo‘lsa, muammo unchalik kuchli bo‘lmasligi mumkin. Aksincha, umumiy karbonat o‘rtacha bo‘lsa ham,
aktiv karbonat yuqori
bo‘lsa, o‘simlikda jiddiy muammolar kuzatiladi. Karbonat to‘planib qattiq ohakli qatlam (sement) hosil qiladi, bu esa ildiz va suv harakatini cheklaydi.
Karbonat tuproqqa qanday ta’sir qiladi?
1) karbonat tuproq
pH ini yuqoriroq ushlab turadi
. Karbonatli tuproqlarda pH odatda
7.1–8.5
oralig‘ida bo‘ladi. pH balandlashgani sari temir, rux, marganes va ba’zi boshqa elementlar o‘simlik uchun qiyin o‘zlashadigan holatga o‘tadi.
2) karbonat
fosforni bog‘lab qo‘yishi mumkin
. Ya’ni tuproqda fosfor bo‘lsa ham, o‘simlik undan to‘liq foydalana olmaydi. Dehqon ko‘p o‘g‘it bersa ham, natija kutilganidek bo‘lmay qolishi mumkin.
3) ayniqsa
aktiv karbonat yuqori bo‘lsa
, yosh barglarda
sarg‘ayish
kuzatiladi. Bu ko‘pincha
temir tanqisligi xlorozi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunda barg tomirlari nisbatan yashil turadi, barg oralari esa oqarib yoki sarg‘ayib ketadi.
4) karbonat profil bo‘ylab to‘planib, ayrim hollarda qattiq ohakli qatlam
hosil qilishi mumkin. Bu suvning pastga yurishini va ildizning chuqur rivojlanishini cheklaydi.
Qaysi hududlarda ko‘p uchraydi?
Karbonatli tuproqlar asosan
qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil hududlarda
ko‘p uchraydi. Shuning uchun O‘zbekiston sharoitida bu juda dolzarb masala. Ayniqsa bo‘z tuproqlar, adir oldi hududlari, ohakli ona jinsli maydonlar va ayrim eski sug‘oriladigan yerlarda karbonat muammosi tez-tez uchraydi.
Endi amaliy baholashga o‘tamiz.
Umumiy karbonat (Total CaCO₃, %):
0–5% — juda kam
5–10% — kam
10–25% —
ohakli tuproq
25% dan yuqori —
kuchli ohakli tuproq
Aktiv karbonat (Active CaCO₃, %):
0–5% — xavf past
5–10% — nazorat qilish kerak
10–20% —
muammo boshlanish ehtimoli yuqori
20% dan yuqori —
jiddiy xavf
Ayniqsa
aktiv karbonat 10% dan oshsa
, bog‘, tokzor va mikroelementlarga sezgir ekinlarda ehtiyot bo‘lish kerak.
20% dan yuqori
bo‘lsa, odatda muammo ancha kuchli bo‘ladi.
Karbonatli tuproqda qanday belgilar kuzatiladi?
-
yosh barglar sarg‘ayadi
-
temir, rux va boshqa mikroelementlar tanqisligi kuchayadi
-
fosfor o‘zlashtirilishi pasayadi
-
hosildorlik va mahsulot sifati tushadi
-
ildiz chuqur ketmaydi
-
suv shimilishi yomonlashadi
Bu muammo ayniqsa
uzum, olma, nok, shaftoli, o‘rik, sitrus, sabzavotlar
kabi sezgir ekinlarda yaqqol ko‘rinadi.
Qisqa amaliy tavsiya:
Agar tuproq karbonatli bo‘lsa, o‘g‘itlashni oddiy yondashuv bilan emas, tuproq reaksiyasini hisobga olib rejalash kerak. Ayniqsa fosforli va mikroelementli o‘g‘itlarda bu juda muhim. Organik modda qo‘llash, ildiz zonasini yaxshilash va laboratoriya tahliliga tayangan holda qaror qilish ko‘proq samara beradi.
AGROLABORATORIYA-ILM BILAN
©️
Shovkat_Xoldorov
Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
👇
✅
Telegram|
✅
Facebook|
✅
Instagram|
✅
Youtobe|
Tuproq tahlilidagi ikki muhim ko‘rsatkich - EC va CEC
Ko‘pchilik dehqon tuproq analizini olganda ko‘p raqamlarni ko‘radi. Lekin aslida tuproqni tushunish uchun
ikki ko‘rsatkich juda muhim. Bu EC
va
CEC
1️⃣
EC
— hozir o‘simlik oladigan oziqa.
EC (Electrical Conductivity)
— tuproq eritmasida qancha tuz va oziqa moddalar eriganini ko‘rsatadi. EC tuproq eritmasidagi erigan ionlar miqdorini ko‘rsatadi. Asosan quyidagi ionlar EC ni shakllantiradi:
Na⁺
Ca²⁺
Mg²⁺
K⁺
Cl⁻
SO₄²⁻
NO₃⁻
Oddiy qilib aytganda
o‘simlik ildizi hozir tuproqdan qancha oziqa ola oladi
. O‘simlik oziqani
faqat suvda erigan holatda
oladi.
Agar:
•
EC past
→ eritmada oziqa kam
•
EC me’yorida
→ o‘simlik yaxshi oziqlanadi
•
EC juda yuqori
→ tuproq sho‘rlanishining ham asosiy indikatori hisoblanadi.
EC oshishi:
- sho‘rlanish
- osmotik stress
- suv olish qiyinlashuvi bilan bog‘liq.
2️⃣
CEC — tuproqning oziqa saqlash qobiliyati.
CEC (Cation Exchange Capacity)
— tuproqning oziqa elementlarini ushlab turish qobiliyati (manfiy zaryadi orqali kationlarni adsorbsiya qilish qobiliyati). Tuproq zarrachalari, ayniqsa
loy va gumus
o‘ziga quyidagi oziqa elementlarini ushlab turadi: K, Ca, Mg, NH₄
Bu
tuproqning oziqa ombori
hisoblanadi.
Agar:
•
CEC past bo‘lsa
→ o‘g‘it tez yuvilib ketadi
•
CEC yuqori bo‘lsa
→ tuproq oziqani saqlaydi
CEC birliklari odatda:
cmol(+)/kg yoki meq/100 g
Tuproq turlariga qarab CEC
Qumli tuproqlar
→ 2–5 cmol/kg
Loy tuproqlar
→ 20–40 cmol/kg
Gumusga boy tuproqlar
→ 40+ cmol/kg
📌
EC va CEC birga ishlaydi
Yaxshi tuproqda ikki narsa bo‘lishi kerak:
1️⃣
Tuproq oziqani
saqlashi kerak (CEC)
2️⃣
O‘simlik oziqani
olishi kerak (EC)
Agar:
•
EC yaxshi, CEC past bo‘lsa
→ o‘g‘it tez yuvilib ketadi
•
CEC yuqori, EC past bo‘lsa
→ tuproqda oziqa bor, lekin ildiz tez ololmaydi
Xulosa
Sog‘lom tuproq:
• oziqani
saqlaydi (CEC)
• o‘simlikka
beradi (EC)
AGROLABORATORIYA-ILM BILAN
©️
Shovkat_Xoldorov
Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
👇
✅
Telegram|
✅
Facebook|
✅
Instagram|
✅
Youtobe|
📢
Agricultural Technology Expert (China Tech) qidirilmoqda
Xitoy agrotexnologiyalari bo‘yicha tajribaga ega ekspert izlayapmiz.
Yo‘nalishlar:
- Bog‘dorchilik
- Issiqxona texnologiyalari
- Irrigatsiya (sug‘orish tizimlari)
- AI
Talablar:
- Xitoyda o‘qigan yoki Xitoy agrar sektorini yaxshi biladigan mutaxassis
- Ingliz va xitoy tillarini bilishi
- Xitoyning davlat yoki xususiy tashkilotlari bilan aloqa o‘rnata olishi
Agar siz mos bo‘lsangiz yoki shunday mutaxassisni bilsangiz,
iltimos aloqaga chiqing:
https://t.me/sh_xoldorov
💼
Qulay va yaxshi maoshli ish taklifi mavjud.
1 kg oziq-ovqat yetishtirish uchun qancha yer kerak?
Oziq-ovqat ishlab chiqarishda faqat suv yoki o‘g‘it emas, balki yer maydoni
ham eng muhim resurslardan biridir. Quyidagi ma’lumotlar
1 kilogramm mahsulot yetishtirish uchun qancha yer kerak bo‘lishini
ko‘rsatadi.
Masalan, ayrim o‘simlik mahsulotlari juda kam yer talab qiladi:
• Sabzi —
0.3 m²
• Olma —
0.6 m²
• Pomidor —
0.8 m²
• Kartoshka —
0.9 m²
Bu degani, bunday mahsulotlarni yetishtirish uchun juda kichik maydon yetarli bo‘ladi.
Lekin chorvachilik mahsulotlari uchun yer talabi ancha katta:
• Sut —
9 m²
• Cho‘chqa go‘shti —
17.4 m²
• Pishloq —
87.8 m²
• Mol go‘shti —
326 m²
• Qo‘y go‘shti —
370 m²
Nega bunday katta farq bor?
Chunki go‘sht ishlab chiqarishda yer faqat hayvon uchun emas, balki
yem-xashak yetishtirish
,
yaylov
, va butun ishlab chiqarish jarayoni uchun ham ishlatiladi.
Global tahlillarga ko‘ra chorvachilik qishloq xo‘jaligi yerlarining taxminan 77 % ini egallaydi, biroq u inson iste’molidagi kaloriyaning 18 % ini va oqsilning 37 % ini ta’minlaydi (Poore & Nemecek, 2018).
Ushbu tahlil shuni ko‘rsatadiki, turli oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun yer talabi juda katta farq qiladi. Ayrim o‘simlik mahsulotlari juda kichik maydonda yetishtirilsa, chorvachilik mahsulotlari ko‘pincha ancha katta yer resurslarini talab qiladi.
Shu bilan birga, barcha yerlar bir xil emas. Ba’zi hududlar faqat yaylov sifatida foydalanishga mos bo‘lib, u yerda ekin yetishtirish mumkin emas. Shuning uchun oziq-ovqat tizimini baholashda nafaqat yer maydoni, balki yer sifati, oziq qiymati va ishlab chiqarish tizimi ham hisobga olinishi kerak.
Shu sababli eng muhim masala qaysi mahsulotni tanlashdan ko‘ra, yer resurslaridan samarali va barqaror foydalanishdir.
Kelajakdagi oziq-ovqat xavfsizligi faqat ko‘proq ishlab chiqarishga emas, balki mavjud yer resurslaridan qanchalik samarali foydalanishimizga bog‘liq!
AGROLABORATORIYA-ILM BILAN
©️
Shovkat_Xoldorov
Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
👇
✅
Telegram|
✅
Facebook|
✅
Instagram|
✅
Youtobe|