
AI RI.uz
🇺🇿
Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti
https://airi.uz
Sun’iy intellektni rivojlantirish
bo‘yicha bank-moliya, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va energetikani ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab,
100 ta loyiha
amalga oshiriladi
.
Davlatimiz rahbari qadriyatlarimiz va madaniyatimizni o‘zida ifoda etadigan sun’iy intellektning milliy modelini ishlab chiqish boshlanganini e’lon qilindi.
Bu boy tariximiz va zamonaviy yondashuvlarni o‘zida uyg‘unlashtirib, yoshlarning yangi kreativ g‘oyalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Bu tizim samara berishi uchun
Birlashgan Arab Amirliklari
bilan hamkorlikda
“Bir million sun’iy intellekt yetakchilari”
dasturi ishga tushirilmoqda.
Shu yilning o‘zida
“AI study”
platformasi orqali kamida
100 ming
yoshlarimiz sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rganadi.
📩
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
Youtube
🌐
LinkedIn
🐦
X
⚡️
-iyun – Yoshlar kuni
Bugun – yurtimizning eng faol, bilimli va fidoyi qatlamiga, ertangi kun poydevorini yaratayotgan
yoshlarga bagʻishlangan bayramdir.
Yoshlar – bu orzular qanoti va millat kelajagining ishonchli suyanchig‘idir. Sizlarning tashabbuskorligingiz, g‘ayrat va salohiyatingiz, zamonaviy bilimlarga chanqoqligingiz Vatanimizni yuksak cho‘qqilarga olib chiqmoqda.
Har bir tashabbusingizga omad, qalbingizga esa doimo yurt sevgisi hamroh bo‘lsin!
Yoshlar – kelajak bunyodkorlari, bayramingiz muborak bo‘lsin!
📩
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
Youtube
🌐
LinkedIn
🐦
X
📺
O‘tayotgan haftaning muhim voqealari tahlili hamda Samarqandda bo‘lib o‘tgan Davlat xizmati forumi “Tahlilnoma” nigohida
Xalqaro forum — davlat boshqaruvi, raqamli texnologiyalar va jamoatchilikka xizmat ko‘rsatish sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun muhim platforma bo‘ldi.
Mazkur forum davlat xizmatlarini isloh qilishda global yondashuvlar, innovatsion yechimlar va ilg‘or tajribalarni chuqur tahlil qilish imkonini berdi.
O‘zbekistonning bunday yirik anjumanga mezbonlik qilgani mamlakatning ochiqlik, islohotlar va xalqaro hamkorlikka sodiqligidan dalolat beradi. Ishtirokchilarning faol muhokamalari va amaliy takliflari esa davlat xizmatlarini yanada samarali, fuqaroga yaqin va barqaror qilish yo‘lida muhim zamin yaratadi.
📺
Bugun
21:00 da
“O‘zbekiston 24”
telekanalining
“Tahlilnoma”
dasturi orqali ko‘rsatuvni to‘liq tomosha qilishingiz mumkin.
📩
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
Youtube
🌐
LinkedIn
🐦
X
Президент Шавкат Мирзиёевнинг матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига
табриги
—
Поздравление
Президента Шавкат Мирзиёева работникам печати и средств массовой информации
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X