Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

AIRI.uz

airiuz
🇺🇿 Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti https://airi.uz
Subscribers
3 689
24 hours
30 days
Post views
286
ER
7,75%
Posts (30d)
18
Characters in post
852
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Research & Academia
Summary
August 12, 06:38
Media unavailable
3
Show in Telegram

Xanchjouda robotlar uchun ilk kasbiy maktab ochildi
⚡️
Xitoyning Xanchjou shahrida robotlarni kasbiy ko‘nikmalarga o‘qitish va sertifikatlashga ixtisoslashgan Hangzhou Robot School rasman ish boshladi.
Robotlar:
🔹
kasbiy ko‘nikmalarni o‘rganadi;
🔹
real ish sharoitlarida sinovdan o‘tadi;
🔹
baholashdan so‘ng sertifikat oladi;
🔹
maxsus kod orqali sertifikatlangan holda ishga joylashtiriladi.

Robotlarga shunchaki harakat qilish emas, balki vaziyatni tushunish, fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish va muayyan kasbiy vazifalarni bajarish qobiliyatlarini o'rgatish maqsadida maktabga ilk 30 ta robot qabul qilindi.
👉
Shuningdek, ta’lim tizimi texnika, sog‘liqni saqlash, san’at va sport yo‘nalishlarini
qamrab oladi
.

Telegram
|
🌐
Instagram
|

Facebook
|
📹
YouTube
|
🌐
Website
|
🌐
LinkedIn

August 11, 05:29
Media unavailable
7
1
Show in Telegram

"Top-100 startap" tanlovida akseleratsiya bosqichi boshlandi!
🤗
"Top-100 startap" tanlovining saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilar uchun akseleratsiya dasturi doirasidagi ilk darslar boshlandi.
📚
Onlayn va oflayn tartibdagi akseleratsiya darslari davomida ishtirokchilarga startap yaratish va uni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan
eng muhim bilim va ko‘nikmalar
beriladi.
💡
Ular startap g‘oyasini to‘g‘ri shakllantirishdan tortib,
biznes modelini ishlab chiqish, mahsulotni rivojlantirish, bozorni tahlil qilish, marketing, moliyaviy rejalashtirish, investorlar bilan ishlash va loyihani taqdim etishgacha
bo‘lgan yo‘nalishlarda amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar.
👨‍🏫
Darslar tajribali mentorlar va soha mutaxassislari tomonidan olib borilib, ishtirokchilar o‘z loyihalari ustida amaliy ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
🗣️
"Top-100 startap" - g‘oyadan natijagacha bo‘lgan yo‘lning navbatdagi bosqichi!

Telegram
|
🌐
Instagram
|

Facebook
|
📹
YouTube
|
🌐
Website
|
🌐
LinkedIn

August 07, 12:31
Media unavailable
4
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantirish boʻyicha erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan
taqdimot
bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился
с презентацией
по достигнутым результатам и дальнейшим приоритетным задачам развития экосистемы искусственного интеллекта в нашей стране.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
LinkedIn
|
X

August 06, 09:23
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

"Sun'iy intellekt va kelajak kasblari" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi
🤗
Bugun Raqamli texnologiyalar vazirligi majlislar zalida
Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti
hamda
Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi
xodimlari ishtirokida
"Sun'iy intellekt va kelajak kasblari"
mavzusida tadbir o'tkazildi.
🗣️
Tadbirda sun'iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish, ularning turli soha va tarmoqlarda keng joriy etilish hamda SI texnologiyalarining dunyo mehnat bozori va kasblar rivojiga ko'rsatayotgan ta'siri yuzasidan ma'ruzalar tinglandi.

Dastlab, texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) -
Sayyora Ibragimova
"Sun'iy intellekt va kelajak kasblari: zamonaviy texnologiyalar va ilmiy tadqiqotlarning istiqbollari"
mavzusidagi taqdimotida, sun'iy intellektning ilm-fan, ta'lim va innovatsion rivojlanishdagi o'rni hamda istiqbolli yo'nalishlari haqida batafsil ma'lumot berdi.
📈
Shuningdek, sun'iy intellekt bo'yicha mutaxassis
Kamoliddin Nishonov
"Sun'iy intellekt vositalaridan samarali foydalanish va ularning ta'lim hamda mehnat bozoridagi o'rni"
mavzusida ma'ruza qilib, zamonaviy SI vositalaridan unumli foydalanish, yangi kasblarning shakllanishi va mavjud kasblarning transformatsiyasi haqida fikr yuritdi.
📥
Tadbir yakunida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, sun'iy intellektning jamiyat, ta'lim tizimi va mehnat bozoriga ta'siri yuzasidan savol-javoblar hamda fikr almashildi.

Telegram
|
🌐
Instagram
|

Facebook
|
📹
YouTube
|
🌐
Website
|
🌐
LinkedIn

August 05, 03:52
Media unavailable
3
Show in Telegram

Tarixiy kun: O'zbekistonning Samarkand-2028" sun’iy yo‘ldoshi muvaffaqiyatli orbitaga
chiqarildi
🚀
Bugun 5-avgust kuni
STAR.VISION
kompaniyasi tomonidan Xitoyning Shandun provinsiyasi qirg‘oqlari yaqinidagi dengiz start platformasidan
Samarkand-2028
va Lampung-1 giperspektral sun’iy yo‘ldoshi uchirildi.
🛰
Mazkur loyiha O‘zbekiston tarixidagi eng yirik xalqaro kosmik loyihalardan biri bo‘lib, milliy kosmik dastur rivojida yangi bosqichni boshlab berdi. Shuningdek, u O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ilmiy-texnologik hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Fazoga uchirish jarayonini to'liq quyidagi havolalarda tomosha qilishingiz mumkin:
🟢
https://www.youtube.com/live/wrJzZe_G9wk?feature=shared
🟢
https://www.linkedin.com/events/7490552641425465344/theater/
Batafsil:
👉
https://digital.uz/oz/news/view/202204
На Русском
In English
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
LinkedIn
|
X

August 04, 17:30
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Brifing:
“Samarkand-2028” sun’iy yo‘ldoshi uchirilishi
📣
2026-yil 5-avgust kuni Toshkent vaqti bilan 07:00–09:00 oralig‘ida Xitoyning Haiyan Sharqiy kosmodromidan "Samarkand-2028" yerni masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshi orbitaga uchiriladi.
💬
Sun’iy yo‘ldosh giperspektral kuzatuv texnologiyasi hamda “O‘zbekkosmos” mutaxassislari ishlab chiqqan sun’iy intellekt moduli bilan jihozlangan. Olinadigan ma’lumotlar qishloq xo‘jaligi, suv resurslari, ekologiya, favqulodda vaziyatlar monitoringi, shaharsozlik va boshqa sohalarda qo‘llaniladi.
📈
Mazkur missiya O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ilmiy-texnologik hamkorlikning muhim natijasi bo‘lib, mamlakatimiz kosmik salohiyatini yanada mustahkamlaydi.
➡️
Video:
https://youtu.be/Mx6tQNuRycY?si=NM5e6MaVVcFos8Qq
🖥
Batafsil:
https://gov.uz/oz/uzspace/news/view/201978
———
Брифинг: запуск спутника "Samarkand-2028"
📣
5 августа 2026 года с 07:00 до 09:00 по ташкентскому времени с космодрома Хайян (Восточный космодром), Китай, состоится запуск спутника дистанционного зондирования Земли "Samarkand-2028".
🔗
Спутник оснащён современной гиперспектральной системой наблюдения и модулем искусственного интеллекта, разработанным специалистами "Узбеккосмос". Получаемые данные будут использоваться в сельском хозяйстве, управлении водными ресурсами, экологии, мониторинге чрезвычайных ситуаций, градостроительстве и других сферах.
🔖
Миссия "Samarkand-2028" является важным результатом научно-технологического сотрудничества между Узбекистаном и Китаем и укрепляет космический потенциал нашей страны.
▶️
Видео:
https://youtu.be/Mx6tQNuRycY?si=NM5e6MaVVcFos8Qq
▶️
Подробнее:
https://gov.uz/ru/uzspace/news/view/201978

Telegram
|
🌐
Instagram
|

Facebook
|
📹
YouTube
|
🌐
Website
|
🌐
LinkedIn

August 04, 05:46
Media unavailable
3
Show in Telegram

Oshxonalar uchun mo'ljallangan yangi avlod robotlari taqdim etildi
🔊
Britaniyaning "Moley Robotics" kompaniyasi sun'iy intellekt va robototexnikani birlashtirgan robot oshxonasini namoyish etdi.
📈
Ikkita robot qo‘l professional oshpazning barcha asosiy harakatlarini bajaradi. Mahsulotlarni aralashtiradi, qovuradi, qaynatadi, ziravorlarni kerakli miqdorda qo‘shadi va kerakli harakatlarni inson aralashuvisiz avtomatik tarzda amalga oshiradi.
📥
Kompaniya texnologiyani dastavval premium darajadagi uylar uchun moslashtirgan bo'lsa, endilikda mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish maskanlari va restoranlar kabi B2B segmentiga ham yetkazib berishni boshladi.

Telegram
|
🌐
Instagram
|

Facebook
|
📹
YouTube
|
🌐
Website
|
🌐
LinkedIn

August 03, 09:20
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🔖
Telefon raqamga ruxsatsiz reklama yuborish taqiqlanadi
Manba:
PQ-265-son,
15.07.2026-yil.

Telegram
|
🌐
Instagram
|

Facebook
|
📹
YouTube
|
🌐
Website
|
🌐
LinkedIn

August 03, 06:18
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🔥
🔥
🔥
🔘
Adizova Zuhro Ma’ruf qizining
“Bir jinsli bo‘lmagan g‘ovak muhitda issiqlik va namlik o‘tkazilishi jarayonlarini sonli modellashtirish”
mavzusidagi texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun ilmiy tadqiqoti xususida.
🎥
"
YouTube" orqali ko'rish uchun
havola.
📝
Maqolani o'qish uchun
havola.

Telegram
|
🌐
Instagram
|

Facebook
|
📹
YouTube
|
🌐
Website
|
🌐
LinkedIn

July 31, 10:22
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
#Mustaqillik35
#Uzb35
🗣️
Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
↗️
Yurtimizning tinchligi, mustaqilligi va bugungi taraqqiyoti xalqimizning hamjihatligi, fidoyiligi hamda mashaqqatli mehnati samarasidir.
🤗
Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi barcha yurtdoshlarimizni ushbu qutlug‘ bayram - Mustaqillik ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi. Sizlarga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, xonadoningizga fayzu baraka va yurtimiz ravnaqi yo‘lida ulkan zafarlar tilaymiz.
🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
🎥
Institut jamoasining bayram tabrigini tomosha qilish uchun havola ustiga bosing:
https://youtu.be/5Yk7SGdydH4

Telegram
|
🌐
Instagram
|

Facebook
|
📹
YouTube
|
🌐
Website
|
🌐
LinkedIn