Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

AI RI.uz

airiuz
🇺🇿 Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti https://airi.uz
Подписчики
1 020
24 часа
30 дней
Просмотры
207
ER
0,21%
Посты (30д)
33
Символов в посте
748
December 10, 02:31
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
10-dekabr – O'zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi qabul qilingan kun!
🔔
O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi 1992-yil 10-dekabr
kuni qabul qilingan. Ushbu milliy ramz – davlat suverenitetining yuksak timsoli sifatida qonunda belgilangan bo‘lib, unga
hurmat va sadoqat
bilan qarash har bir yurtdoshimizning muqaddas burchi hisoblanadi.
🎼
Madhiya – yuraklarda Vatan
tuyg‘usini uyg‘otuvchi kuchli ifoda. Unda xalqimizning o‘tmishi, bugungi kuni va yorqin kelajagi mujassam. Madhiya
milliy g‘urur
,
ezgu maqsad
va
xalqimizning mustahkam
birdamligini tarannum etadi.
🏛
Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti
jamoasi Sizlarni ushbu muhim sana bilan muborakbod etadi! Madhiyamiz ozod xalqimizning ulug‘ ovozi sifatida
tinchlik
va
barqarorlik ramzi
bo‘lib, millatlararo totuvlik va yurtimizning rivoji haqida butun dunyoga jar solishda davom etaversin!
#Madhiyamiz_33_yoshda
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
Website
|
LinkedIn

December 09, 10:17
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

"
Madhiya - mustaqillik timsoli" nomli tadbir bo'lib o'tdi
🏛
Bugun Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida
10-dekabr - O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun
munosabati bilan
"Madhiya - mustaqillik timsoli"
nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 33 yilligiga bag‘ishlangan ushbu tadbir avvalida davlat madhiyasi xodimlar ishtirokida ijro etildi.
✔️
Tadbir davomida Vatanga muhabbat, boy tariximiz va milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda madhiyamiz muhim tarbiyaviy vosita ekanligi, shuningdek, davlat madhiyasining mazmunini anglash hamda unga alohida ehtirom ko'rsatish zarurligi ta'kidlandi.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
Website
|
LinkedIn

December 09, 06:11
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

9-dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni
📣
9-dekabr sanasida dunyo hamjamiyati korrupsiyaga qarshi kurashish, halollik va shaffoflik tamoyillarini yanada mustahkamlashga qaratilgan
Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni
ni nishonlaydi.
✔️
Korrupsiya - mansab yoki xizmat vakolatlaridan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanish natijasida yuzaga keladigan, jamiyat rivoji va adolat tamoyillariga jiddiy zarar yetkazuvchi salbiy holat hisoblanadi. U nafaqat iqtisodiy barqarorlikka, balki fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchiga ham ta’sir ko‘rsatadi.
📨
Korrupsiyaga qarshi kurash - barchamizning umumiy mas’uliyatimizdir.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
Website
|
LinkedIn

December 08, 05:42
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga
bayram tabrigi

Праздничное поздравление
народу Узбекистана по случаю Дня Конституции
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

December 08, 02:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Konstitutsiyamiz_33_yoshda
#qomusimiz_baxtimiz
🏛
Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti
jamoasi barcha yurtdoshlarimizni
8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
qabul qilingan kun hamda ushbu sanaga
33 yil
to‘lishi munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.
📚
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – bu erkinlik va tenglik tamoyillarini kafolatlaydigan, har bir fuqaroga huquq va burchlarini belgilab bergan ulug‘vor hujjatdir. Bugungi kunda Konstitutsiyamizning asosiy qoidalari jamiyatimizda tinchlik, osoyishtalik va barqaror rivojlanish poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda.
❗️
Sizlarni Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun bilan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadoningizga fayz-u baraka tilaymiz.
🇺🇿
Xalqimiz tinch, yurtimiz obod bo‘lsin!
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
Website
|
LinkedIn

December 05, 11:30
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

“Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!”
🤗
Bugun Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi
ga bag'ishlangan
“Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!”
nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
⭕️
Tadbirda O‘zbekiston Konstitutsiyasining mamlakat hayotidagi o‘rni, uning erkin va farovon hayotimiz uchun mustahkam huquqiy poydevor ekanligi alohida ta’kidlandi. Shu bilan birga, Konstitutsiyaga nisbatan hurmat va ehtiromni doimiy saqlash, uning g‘oyalarini har bir fuqaro hayotida amalga oshirishning ahamiyati haqida so'z yuritildi.
⚡️
Tadbir doirasida so‘zga chiqqan ma’ruzachilar Konstitutsiyaning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi roli, adolat va tenglik tamoyillarini ta’minlashdagi ahamiyati haqida fikr bildirdi.
Telegram
|
🌐
Instagram
|

Facebook
|
📹
YouTube
|
🌐
Website
|
🌐
LinkedIn

December 05, 07:01
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Malaka kursini takomillashtirish so‘rovnomasida ishtirok
eting
!
📣
Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti
tomonidan Oliy ta'lim muassasalarida sun'iy intellekt yo'nalishida faoliyat olib borayotgan professor-o'qituvchilar uchun maxsus malaka kursi tashkil etish rejalashtirilgan.
📍
Ushbu so‘rovnoma kurs mavzulari, o‘qitish metodi va amaliy yo‘nalishlarini takomillashtirish hamda ularni pedagogik faoliyatingizga moslashtirishga qaratilgan.
📝
Kurs sifatini oshirish va uni amaliy jihatdan samarali tashkil etish uchun so‘rovnomada faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz.
📨
So'rovnomada qatnashish uchun havola ustiga bosing.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
Website
|
LinkedIn

December 03, 11:13
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

“Sun’iy intellekt va xalqaro huquq” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi
🏛
Bugun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida
“Sun’iy intellekt va xalqaro huquq”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
📌
Tadbir doirasida Institutning AKT startaplarini qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'i Shaxzodbek Yetmishboyev so'zga chiqib,
"Xalqaro indekslarda O'zbekiston Respublikasining sun'iy intellekt sohasidagi pozitsiyasi va ularning tahlili"
mavzusida ma'ruza qildi. Ma'ruzada mamlakatimizning global reytinglardagi o'rni va sohani rivojlantirish istiqbollari tahlil qilindi.
✔️
Konferensiya davomida sun’iy intellektning huquqiy, texnologik va metodologik jihatlari muhokama qilinib, uning global boshqaruv mexanizmlari hamda O‘zbekiston tajribasi to‘g‘risida fikr almashildi.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
Website
|
LinkedIn

December 03, 10:17
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

📺
📺
📺
📺
📺
📺
🫥
"O‘zbekiston 24" telekanalining "Ortga qaytmas islohotlar" dasturida mamlakatimizda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida amalga oshirilayotgan yangilanishlar hamda kelgusidagi rivojlanish istiqbollari keng muhokama qilindi.
🤗
Ushbu sonda Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari ishtirok etib, sohada amalga oshirilayotgan loyihalar, ishlanmalar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash hamda innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish yo‘nalishidagi faoliyat haqida ma’lumot berdi.

Telegram
|
🌐
Instagram
|

Facebook
|
📹
YouTube
|
🌐
Website
|
🌐
LinkedIn

December 02, 15:21
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#Konstitutsiyamiz_33_yoshda
Bilasizmi?
⭕️
Bugungi kunda mamlakatimizda dezinformatsiyaga qarshi kurashishda amaldagi qonunchilikka ko‘ra, O‘zbekistonda yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun javobgarlik belgilangan.
⭕️
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 202-2-moddasiga ko‘ra, jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlari yoki internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solinadi.

Telegram
|
🌐
Instagram
|

Facebook
|
📹
YouTube
|
🌐
Website
|
🌐
LinkedIn