
Akhtam Yakubov blogi
Xalqaro yurist, advokat, yuridik fanlari doktori, mediator, Qarshi xalqaro universiteti ta'sischisi va rektori, Sino tibbiyot texnikumi asoschisi, "Patronlar ligasi" va "1000X" Biznes klubi direktorlar kengashi a'zosi, motivator-kouch.
“Qilayotgan ishingizga oshiq boʻling!” — Laziz Adhamov
Forbes назвал топ-10 книг по саморазвитию на 2025 год — прикладной гид для системной прокачки навыков
Классика личной эффективности и лидерства
TELEFONDA GAPLASHISH MADANIYATI
ko‘pchilik hali bilmaydigan, lekin hammamizga kerak bo‘lgan qoidalar
Ba’zida “oddiy telefon qilish” ham madaniyat masalasi.
Har doim esda tutish kerak: *qo‘ng‘iroq — bu boshqa insonning vaqti va e’tiboriga kirish so‘rovi.*
1. Avval yoz, keyin qo‘ng‘iroq qil
Agar inson sizga yaqin do‘st emas yoki rasmiy aloqa bo‘lsa — darrov telefon qilinmaydi.
Avval yozing:
“Assalomu alaykum, qulay vaqtingizda 2 daqiqa gaplashsak bo‘ladimi?”
Bu hurmat. Bu zamonaviy muloqot madaniyati.
2. 3 bosqichli qoida
1️⃣
Telegramda yozish
2️⃣
Javob bo‘lmasa — SMS
3️⃣
Zarurat bo‘lsa — keyin telefon.
Har doim odamning “qulay vaqtini” hisobga oling.
3. ikkinchi liniyaga tushdingizmi?
Bir-ikki gudok yetadi. Odam band. Uzatib, keyin xabar yozing:
“Siz band bo‘ldingiz, qulay paytda o‘zim yozaman.”
Bu sizni madaniyatli va e’tiborli inson sifatida ko‘rsatadi.
4. “Assalomu alaykum”dan oldin “sizga qulaymi?”
Hech qachon “allo, meni eshityapsizmi?” bilan boshlamang.
To‘g‘risi shunday:
“Assalom alekum, Axtamman, bezovta qilmadimmi? yoki bemalol gaplasha olasizmi ?”
Bu nafaqat odob, balki professional muloqotning belgisi.
5. Ovozli xabar — qisqa va aniq
60 soniyadan oshmasin.
Muhim joylarini matn bilan yozib yuboring. Odam sizni oson tushunsin.
6. Dam olish payti — qo‘ng‘iroq vaqti emas
8-30 dan 21-00 gacha gaplashsa bo'ladi,
Kechqurun, yakshanba, bayram kunlari — faqat shoshilinch masala bo‘lsa.
Insonlar shaxsiy hayotini hurmat qilish — eng oliy madaniyat.
7. Gaplashib bo‘ldingizmi?
Yaxshi odat: suhbatdan so‘ng 2-3 bandli xulosa yozish:
“Kelishdik: 1) ... 2) ... Muddat: ...”
Bu professionalning belgisi.
Biz ko‘p narsa haqida gapiramiz — axborot texnologiyasi, kommunikatsiya, zamonaviylik.
Ammo *madaniyat* texnologiyadan oldin keladi.