Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Akhtam Yakubov blogi

akhtamyakubov
Xalqaro yurist, advokat, yuridik fanlari doktori, mediator, Qarshi xalqaro universiteti ta'sischisi va rektori, Sino tibbiyot texnikumi asoschisi, "Patronlar ligasi" va "1000X" Biznes klubi direktorlar kengashi a'zosi, motivator-kouch.
Подписчики
1 130
24 часа
15
30 дней
28
Необычный рост (24 часа)
Просмотры
3 946
ER
349,2%
Посты (30д)
1
Символов в посте
507
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
August 21, 23:14
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Суд ҳақида ҳамма гапириши мумкин. Аммо уни ичидан билганлар ва илмий нуқтаи назардан ўрганганлар нима дейди?
Барчаси
“Yakubov's” подкастининг 2-сонида
"Суд ҳақида айтилмаган гаплар — назариётчи ва амалиётчи талқинида
"
Тизерни кўринг. Асосий суҳбат эса — ундан ҳам қизиқ.
Подкастни тўлиқ
YouTube’
да томоша қилинг

August 11, 18:02
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

"Bugun bizdan xafa bo‘lishar, lekin ertaga rahmat aytishadi..."
Ta’limda bitta qat’iy qoidam bor:
sifat masalasida yon berilmaydi va vijdon sotilmaydi.
Ba’zan Davlat yakuniy imtihondan (GOS) o‘tolmay, diplom ololmagan talabalarim mendan xafa bo‘lishadi. Hozir ularning ko‘ziga qattiqqol va "yomon" ko‘rinayotgandirman...
Lekin bu talabchanlik ortida birgina maqsad bor — ularni izlanishga va haqiqiy bilim olishga majbur qilish.
20 yillik tajribamda ko‘rdimki, yuzaki baho emas, balki qiyinchilik bilan egallangan bilim butun umrga asqotadi.
Bugun ranjigan shogirdlarim ertaga hayotda o‘z o‘rnini topgach, sohasining mutaxassisi bo‘lgach:
"Yaxshiyamki, o‘shanda qattiq turishgan ekan,"
deb albatta rahmat aytishadi.
Ustozning vazifasi — talabaga vaqtincha yoqish emas, uni kelajakka tayyorlashdir.
Bilimsizlikka ko‘z yummaylik va hech qachon kasbiy vijdonimizga qarshi bormaylik.

August 07, 02:10
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yoshlarimiz va oʻsmirlarga bitta samimiy tavsiyam bor!
🎧
📚
Yaqinda
Mutolaa
ilovasida Vey Syuinning
«Garvard metodi»
nomli audiokitobini eshitishni boshladim. Toʻgʻrisi, undagi fikrlar va yondashuv menga juda maʼqul keldi.
Ayniqsa,
“Vaqtni boshqarish shaxsiy rivojlanishga xizmat qiladi”
degan qismi har bir yosh inson oʻylab koʻrishi kerak boʻlgan mavzu. Dunyoning eng kuchli universitetlarida liderlar qanday intizom va fikrlash bilan tarbiyalanishini juda sodda va tushunarli tushuntirib bergan.
Agarda boʻsh vaqtingizni unumli oʻtkazishni, oʻz ustingizda ishlashni va kelajak uchun mustahkam poydevor qoʻyishni xohlasangiz — bu kitobni albatta eshitib koʻring.

August 02, 18:53

https://youtube.com/live/WD3zyD9FtF4?si=_ZSpIN8qUfxz2tr8

August 02, 18:53

live da ko’rishga ulgurmaganlar uchun
😉

July 31, 13:03
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bugun Abdukarim Mirzayev bilan bir piyola choy ustida shunday samimiy va teran suhbat qurdik. Hayot, ma'naviyat, bugungi jamiyat va ta'lim haqida uzoq gaplashdik.
Suhbat davomida bitta muhim insayt qalbimga juda qattiq oʻrnashdi...
Sharq falsafasida, xususan Forobiyda bir tushuncha bor. Haqiqiy
Baxt-saodat
ga erishish uchun inson ma'lum bir zanjirni bosib oʻtishi kerak:
📍
Mantiq va Dalil

Aql

Me'yor

Odat

Xulq
➔ va yakunda
BAXT
.
Bugun oʻylab qoldim: biz ta'limda ham, hayotda ham eng asosiy halqani —
Mantiqan va teran fikrlashni
ushlab tolmayapmiz. Yoshlarimizga tayyor ma'lumotni beramiz, lekin fikrlashni, har bir narsada
me'yor
ni topishni va buni
odat
ga aylantirishni oʻrgatmaymiz. Natijada esa jamiyatda "bilimli", lekin "baxtsiz" insonlar koʻpayib ketyapti.
Abdukarim aka bilan suhbatda yana bir bor amin boʻldimki, asl ta'lim — bu shunchaki diplom yoki ma'lumotlar toʻplami emas. Asl ta'lim — bu insonning fe'l-atvorini va fikrini toʻgʻrilaydigan, uni baxtga yetaklaydigan jarayon.
Rasmga qarasam, suhbatning samimiyati va harorati barq urib turibdi. Shunday insonlar koʻpayaversin.
Sizningcha, bugungi ta'lim va hayotimizda ushbu zanjirning qaysi halqasi uzilib qolayotgandek?

June 26, 04:05

https://youtube.com/shorts/uL5vG8WeCZI?si=NpC_zZlvZ9WfYMVU

June 23, 13:33
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

June 21, 04:00
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#tavsiya
Mazkur tahliliy ma’lumotda sun’iy intellekt asosida faoliyat yurituvchi 92 ta zamonaviy servis va ularning qo‘llanish yo‘nalishlari yoritilgan boʻlib unda matn yaratish, tasvir va video generatsiyasi, dasturlash, ilmiy tadqiqotlar, biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, marketing hamda audio ma’lumotlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan eng ommabop platformalar haqida qisqacha ma’lumot berilgan.
Shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim, ilm-fan, boshqaruv va iqtisodiyot sohalaridagi ahamiyati, ularning mehnat unumdorligini oshirish, vaqt sarfini kamaytirish hamda qaror qabul qilish samaradorligini yaxshilashdagi o‘rni tahlil qilingan.
Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt servislaridan samarali foydalanish raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish va innovatsion rivojlanishni ta’minlashda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.
🔰
Obuna bo‘lishni unutmang:
🌐
Boshqa yangiliklar
👇
🔍
Veb-sayt
|

Telegram
|‌‌‌
📹
Youtube

June 20, 11:24
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

⚠️
Yuristlar kerak bo‘lmay qoladimi?
Adliya vaziri Akbar Tashkulov bilan exclusive suxbat
🔹
Kelajak huquqshunosi qanday bo‘ladi?
🔹
AI yuristlarning o‘rnini bosadimi?
🔹
Dunyoda yuz berayotgan huquqiy transformatsiyalar O‘zbekiston qonunchiligiga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda?
🔹
O‘zbekiston bu jarayonlarga qanchalik tayyor?
Batafsil tomosha qiling
!
🎙
Shu va boshqa dolzarb savollarga birgalikda javob izlaymiz.