
Aqlli ikkichi
Muallif: Ravshan Turgunov.
Biznes qilyapman. Xulosalarim va xatolarim sizga pul va vaqt tejab beradi.
Hech qanday shartlarsiz faqat ayollarni va yosh bolalarni yaxshi ko‘rishadi.
Erkak kishi faqat qandaydir shartlarda yaxshi ko‘riladi, shunchaki emas.
Kattaroq natijalarga erishish kerak va pulsiz yurib bo‘lmaydi deb ko‘p postlar yozganman.
Oilaviy 3 million so‘m oylikka baxtli yashasa ham bo‘ladi deb ba’zilar javob qoldirishadi.
Balkim bunday ham yashayotganlar bordir, lekin erkak kishini g‘ururi bunday past ambitsiyalar bilan yashashga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Hech narsaga erishmaydigan lox bo‘lishni normallashtirish katta xato.
Bunday hayot tarzida odam baxtliroq yashab ketmaydi, chunki erkak kishi natijalariga ko’ra yaxshi ko‘riladi.
@aqlli_ikkichi
Yoshlar pul topishni boshlashi bilan uydagilarga yordam berishga harakat qilishini ko‘ryapman.
Bunga qarshiligim yo‘q, lekin aksariyat holatlarda bu yordam uydagilar bosimi sababi bo‘lyapti.
Karyerani sindirish uchun eng mashhur usullardan, hali o‘zi oyoqqa turmagan yigit birovlarni ko‘tarmoqchi.
Karyerini va biznesni birinchi 5 yili juda nozik, boshida hech kimga yordam berib bo‘lmaydi.
Boshida faqat o‘zingizga sarmoya qilasiz. Oyoqqa turmasdan siz hech kimga "должен" emassiz.
Pulsiz erkak kishi ota-onasiga ham kerak emas. Endi pul topishni boshlaganda o‘zingizni boshida qurib oling.
Pul oqimlarini va minimal ehtiyojlarni (uy, kapital) to‘g‘rilab olgandan keyin birovlarga yordam bersa bo‘ladi.
@aqlli_ikkichi
Klubimizdagi yirik tadbirkorlarga e’tibor berdim, ko‘chada ularni ko‘rsangiz, ular katta ishlar qilyapti demaysiz.
Endi biznesni boshlagan kichik tadbirkorlar esa, boridan ko‘ri o‘zini boyroq ko‘rsatgisi keladi. Negadir ular aksessuarlar va mashinalarga katta e’tibor berishadi.
Real katta ishlarni qiladigan odamlar esa kimdir kabi ko‘rinish uchun harakat qilmaydi. Boshqalarni e’tiborini tortish uchun keraksiz xarajatlar qilmaydi.
Vaqt o‘tib kamtarlik katta natijalar siri deb o‘ylashni boshladim.
@aqlli_ikkichi
Ingliz tili ustozim Dilshod aka va Davron aka. Kitob o‘qishni o‘rgatgan do‘stim Abror. Biznes qilishni va boshqarishni o‘rgatgan ustozlarim Aziz Rahimov va Davronbek Turdiev.
Bularsiz Asoschilar loyihalari, bugungi natijalar va hattoki bu kanal ham bo‘lmas edi. Har bir jarayonni o‘zini ustozi bo‘lgan, ularsiz o‘zimning 2.0 yoki 3.0 versiyasi bo’la olmas edim.
Jarayoningizga mos ustoz toping, quloq soling, kamtar bo‘ling. Nasib qilsa, natijalarga erishganda ularni hissasini eslaysiz.
@aqlli_ikkichi
Ijtimoiy tarmoqlarda kommentlarga e’tibor beraman, u yerda nafrat ko’p.
Odamlar 30 sekundli videodan xulosa qilib, boshqa notanish odamni haqorat qilishyapti.
Atrofimni tahlil qildim, bitta ham muvaffaqiyatli inson negativ komment yozmas ekan.
«Sendan ishlari yaxshiroq ketayotgan heyterni hech qachon ko’rmaysan»
Kichkina odatlarga e’tiborliroq bo’ling.
Nafratga to’lganlar energiyasini harakatga emas, emotsiyalarga ketkazadi.
@aqlli_ikkichi
Intizom hech qachon yechilmaydigan muammo ekan
Uni faqat vaqtinchalik yecha olasiz, dangasalik baribir qaytib keladi.
Doim sport bilan shug‘ullanib sog‘lom bola olmaysiz, qachondir tashlab qo‘yasiz.
20 yoshingizdagi yaxshi odatlarni 30 yoshda qilmay qolasiz, ularni qaytadan shakllantirishingiz kerak bo’ladi.
Kimdir yana intizomni shakllantiradi va o‘zining eng zo‘r versiyasi bo‘ladi.
Kimdir esa faqat o‘tmishdagi yutuqlari bilan faxrlanib yuradi.
@aqlli_ikkichi
Ichimda student yashaydi.
Haligacha yilni boshini sentabrdan hisoblayman.
Yozda dangasaman, tana damga balkim o‘rgangandir.
Kuz men uchun eng samarali fasl.
Tana boshqacha ishlab ketadi.
Havoga qaraganda, kuz bugundan boshlandi.
Eng katta kashfiyotlar fasli bilan!
@aqlli_ikkichi
Xohishlarini boshqara olmaydigan insonlar boy bo‘la olmaydi
Eng qizig‘i - nafsimiz faqat narxida tushadigan narsalarni xohlar ekan (kiyim, gadjetlar, mashina).
Narxini yo‘qotadigan narsalar qamoqqa o‘xshaydi. Boshida qimmatga olasiz.
Ular tez eskiradi va 1-2 yildan keyin yangi olishingiz kerak.
Eskisini 2 baravar arzonroq sotasiz, yangisini yana qimmatga olasiz.
Kambag‘allik dumalog‘i, hech qachon o‘zidan sizni chiqarmaydi.
Birinchi 10-15 ming dollaringizni Jentraga emas, uyni boshlang‘ich to‘loviga bering.
Keyingi pullarga ham xuddi shu qoidani qo‘llab ketasiz.
@aqlli_ikkichi
O‘zbekistondagi eng katta quruvchi bilan podcast oldik
Marat aka hozirni o‘zida 25 mingta xonadon quryaptilar.
Qanday yondashuv va usullar ishlatib ular kengayyaptilar?
Barchasi podcastda eksklyuziv qilinib ochildi
👇
https://linktw.in/QOWzuq
Boy odamlarni muammolarini yeching, ular yaxshiroq to‘laydi
Biznes qilishni boshlaganimda katta chekli sohani tanlaganman, chunki ko‘p ishlab, kam pul topish qiziq bo‘lmagan.
Kimdir arzon cheklarga bo‘lsa ham katta miqdorda odamlar bilan ishlashni yoqtiradi, bu ularning tanlovi.
Katta cheklarni tanlaganimdan keyin, katta odamlarning muammosini yechish kerakligini tushundim.
Chunki puli ko‘p odamlar oddiy muammolarni yechimiga ham ko‘proq to‘lashga tayyor.
Shunday qilib tizimlashtirish sohasiga kirib qoldik, tizim uchun tadbirkorlar ko‘p to‘laydi.
Tizim ularga halovat olib keladi, bu esa puldan afzal.
@aqlli_ikkichi