
Aqlli ikkichi
Odamlar sizni ko'rganda «tomi joyida emas» deyishi kerak.
Hamma kabi yashab, katta natijaga erishib bo'lmaydi.
Normal — bu hamma kabi bo'lish. Siz esa hamma kabi bo'lmasligingiz kerak.
Shunday hayot kechirsangiz, odamlardan ajralib qolaverasiz.
Yo'lda sizni tushunmaydilar. «Gʻalati» deb o'ylaydilar.
Muammo yo'q — siz gʻalatisiz. Erishmoqchi bo'lgan natijangiz ham gʻalati bo'lishi kerak.
Oddiy harakat — oddiy natija.
Oddiylikdan qoching.
Barcha muammolarni yechsa bo'ladi. O'limdan tashqari.
O'tgan yili o'tkazgan shogirdligimizda Suxrob ismli yigit bizga biznesni tizimlashtirishni o'rgangani keldi.
Shogirdlar orasida u eng iqtidorlilaridan biri edi. Shu sababli keyinchalik uni jamoamizga Team Lead sifatida qabul qildik.
Qariyb bir yil birga ishladik. Tizimlashtirish loyihalarini amalga oshirdik. Suxrob tadbirkorlarning qiyinini oson qilib berdi.
Ammo oradan ko'p o'tmay, unda saraton o'simtasi borligi ma'lum bo'ldi.
Vaziyat qanchalik jiddiy ekanini to'liq anglamay, men unga vazifalar berishda davom etdim.
Bir kuni u endi ishlashni davom ettira olmasligini aytdi va davolanish uchun tanaffus oldi.
Oradan bir oy o'tib, u vafot etdi. Bunga uch oy bo'ldi.
U bilan ishlayotgan paytimizda loyihalardagi texnik muammolar bizga juda katta ko'rinardi.
Ammo vaqt o'tib, ularning barchasi hal bo'ldi. Aslida ular unchalik katta muammo bo'lmagan ekan.
Afsuski, sog'liq bilan bog'liq ayrim muammolarga hali dunyoda yechim yo'q.
Hayot qisqa, mazmunli. Yechiladigan muammo bilan yechilmaydiganini farqlash — eng muhim ko'nikma ekan.
Bugun ortga qarab, Suxrobni ish bilan bezovta qilganimdan va unga davolanish uchun imkon qadar ertaroq sharoit yaratmaganimdan afsuslanaman.
Loyiha topiladi. Karyera qilinadi. Pul ham topiladi. Lekin hayotda bularning barchasidan muhimroq narsalar bor ekan.
Universitetni bitirib, bir yillik karyera qurishga ulgurgan shogirdimizni bir duo bilan eslab qo'yasizlar.
Doim bunday qiyin bo'lmaydi.
18-23 yoshlarimda hozirgidan 2-3 barobar ko'p ishlar edim. Chunki hech narsam yo'q edi.
O'sha payt bu jarayon abadiy davom etadigandek tuyular edi. 24/7 ishlash va doim qiyinchilik bilan yashash fikri meni qo'rqitgan.
Lekin bitta narsani bilmagan edim — cumulative effekti.
Oldin qilgan ishlaringiz natijasi 0 bo'lib qolmaydi. Keyingi ishlaringiz oldingi natijalar ustiga quriladi. Shu evaziga har yili osonlashaveradi.
Zal buning yorqin misoli. Birinchi oy — eng qiyin. Bir yildan keyin tana o'zgaradi, boshida qiynagan mashg'ulotlar endi oson tuyuladi. Chunki har mashg'ulot oldingi mashg'ulotlar natijasi ustiga minadi. Ular yig'ilib kelgan.
Mutaxassis bo'lib shakllanayotganda ham xuddi shunday. Shunchaki chidang. Vaqt o'tib osonlashadi.
Faqat natijasi yig'iladigan ishlarni tanlang.
Katta shaharda baxtli bo'lish qiyin.
Pekinda ikki yil yashadim. Doim nimadir xavotir berardi. O'rinsiz shoshilish. Nima uchunligini bilmasdim.
Javobi oddiy chiqdi — ritm.
Shahar 15 million kishi bilan juda tez yashardi. Men unchalik ko'nikmagandim.
Toshkentda ham xuddi shu.
MDH bo'yicha aholi soni bo'yicha uchinchi shahar. Ko'pchilik buni sezmaydi. Lekin ritm baland.
Kichkina shahardan kelgan odamga qiyin.
Men Toshkentda tug'ilib o'sganman. Lekin har kuz — xuddi shu.
Yanada ko'proq odam, shovqin va xavotir.
Katta shahar imkoniyat beradi. Lekin tinchlikni oladi.
Bitta post oldin 0 dan boshlash haqida gaplashgandik.
O‘shanda bitta yaxshi fikr aytildi: ba’zilar
0 dan emas, minusdan boshlaydi
. Ya’ni 1-qavatdan emas, podvaldan tepaga chiqadi.
Masalan:
— o‘z uyi yo‘qlar;
— to‘liq bo‘lmagan oilada katta bo‘lganlar;
— 16–22 yoshidan oilani boqishga majbur bo‘lganlar;
— oilaviy qarzlarni yopayotganlar.
Ular hayotni minusdan boshlayotgan odamlar.
Qolganlarning aksariyati esa shunchaki 0 dan boshlaydi. Shu sabab bu masalada ortiqcha drama qilishning hojati yo‘q.
Yana bir toifa bor — o‘zini sun’iy ravishda minusga tushiradiganlar. Ya’ni hayotini o‘zi qiyinlashtiradiganlar.
Masalan:
— keraksiz kredit va qarzlar oladiganlar;
— boshqalarga yoqish uchun yashaydiganlar;
— pulni boshqarishni bilmaydiganlar;
— ota-onasining aytganidan chiqmay, mustaqil qaror qabul qila olmaydiganlar.
Ba’zan insonning eng katta to‘sig‘i sharoiti emas, o‘zi qabul qilayotgan qarorlar bo‘ladi.
@aqlli_ikkichi
Erkinlikni xohlasangiz, stabillikdan voz kechishingiz kerak.
Biznes yoki freelance qilasiz — qancha pul topishingiz noma’lum.
Stabillikni xohlasangiz, erkinlikdan voz kechishingiz kerak.
Har oy maosh olasiz, lekin kompaniya belgilagan ishlarni qilasiz.
Bittada ikkalasini ham to‘liq tanlab bo‘lmaydi.
Nimanidir olish uchun, nimanidir yo‘qotish kerak.
Bittasi yaxshi, ikkinchisi yomon degan gap yo‘q.
Shunchaki, o‘zingiz uchun muhimrog‘ini tanlang.
Noma’lumlik bilan yashash qiyin bo‘lgani uchun, ko‘pchilik stabillikni tanlaydi.
@aqlli_ikkichi
Pulingiz yo‘qligida motivatsiya topish juda oson.
Qorin och, yegingiz keladi. Majbur qimirlaysiz.
Mashina&uy olganingizdan keyin esa eng haqiqiy o‘yin boshlanadi.
Chunki B nuqtada turib, C nuqtani ko‘ra olmaslik - eng katta muammo.
Atrofimda birinchi kichik muvaffaqiyatga erishib, keyin nima qilishni bilmay qolgan odamlar ko‘p.
Hamma narsasi bor. Puli yetadi. Lekin bundan ko‘proq ishlashdan ma’no ko‘rmaydi.
Agar hali A nuqtada bo‘lsangiz, sizga maslahat:
• B nuqtani kichik pul bilan bog‘lamang.
• C nuqtani oldindan o‘ylab qo‘ying.
@aqlli_ikkichi
2–3 kishi testosteron mavzusini o‘z talqinida tushuntiryapti va hamma bunga ishonib qolyapti.
Ko‘chada kimdan so‘ramang, o‘zini emotsional yoki “ayol kabi” tutadigan odamlarning testosteroni past, o‘ziga ishongan va qomati chiroyli insonlarning testosteroni esa baland, degan fikrni eshitasiz.
Demak, ular — “haqiqiy erkaklar”.
Murakkab mavzularni haddan tashqari soddalashtirib yuborish bilan kun kechiryapmiz. Vaholanki, bu nazariyaning noto‘g‘riligi birgina internet qidiruvi bilan ham ma’lum bo‘lishi mumkin.
Lekin masala testosteronda emas. Masala bundan chuqurroq.
Mustaqil tadqiqot qilishni bilmaydigan odamning hayoti juda qiyin kechadi.
Biror gapni eshitib, darhol ishonib qolish va mavzuni mustaqil o‘rganib ko‘rmaslik noto‘g‘ri xulosalar va noto‘g‘ri fikrlashga olib keladi.
Ishonuvchan odam bo‘lish xavfli.
Chunki sizni aldash ham, sizdan foydalanish ham oson bo‘ladi.
@aqlli_ikkichi
Apple mahsulotlarining O‘zbekistondagi eng yirik sotuvchilaridan biri — Smartlife rebrending qildi.
Menga yangi dizayn yoqdi.
Men texnikani bozordan emas, doim Smartlife’dan xarid qilaman. Chunki bozorlarda ko‘p aldanganman.
Tarmoqlar rivojlangan sari biz, xaridorlar, faqat yutamiz. Servis yaxshilanadi, narxlar tushadi, yolg‘on kamayadi.
Ibrohimjon akaga butun mamlakat bo‘ylab 100 ta filial tilab qolaman.