Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Aqlli ikkichi

aqlli_ikkichi
Muallif: Ravshan Turgunov. Biznes qilyapman. Xulosalarim va xatolarim sizga pul va vaqt tejab beradi.
Подписчики
9 236
24 часа
-6
30 дней
105
Просмотры
4 798
ER
51,95%
Посты (30д)
13
Символов в посте
618
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Бизнес и управление
Краткое описание
October 24, 12:22

Kurslar dangasalar uchun.
Iqtidorli va shijoatli odamlar self-study qiladi.
«Kursda ustoz bo'ladi, ustozsiz o'rganib bo'lmaydi» — demang.
Kurs o'tayotgan odam — pul evaziga o'qitadigan ustoz.
Pul bermasangiz, sizga o'xshagan odamni shogird qilmasdi. Bepulga eng iqtidorlisini o'qitadi.
Masala shundaki: aksariyat odam dangasa va pul bermasa o'rganmaydi.
Bu post avtodidaktlar (outlierlar) uchun.
Iltimos, tizimli ta'limga chalg'ib yurmang.
Sizlar solo tezroq o’sasizlar.

October 23, 15:27

Ismimni o’zgartirdim.
Endi men - Ravşan Turğunovman. Aqlli Ikkiçi telegram kanalining muallifi.
Qattiq x va yumshoq h bitta harifga aylansa, yangi alifboni e’tirozlarsiz qabul qilishga va targ’ib qilishga tayyorman)

October 23, 12:20

O‘zbekistonda sotib olish qobiliyati past.
Mijozga biror mahsulot sotish qiyin. Chunki eng muhim faktor — narx.
Mijozlar doim arzonroq narsani qidirishadi. Hatto ikkita har xil mahsulot bo‘lsa ham, arzonrog‘ini tanlashadi.
Raqobat sust bo‘lgani uchun o‘zimizda biznes qilish oson, deyishingiz mumkin.
Lekin bu yerda giperkompensatsiya bor: bozorda pul kam.
Tezroq 5–10 yil o‘tishini kutayotgan tadbirkorman.
YIM yiliga 6,8% o‘smoqda. Bu degani, 5–10 yilda sal o‘zimizga kelib olamiz.
Istalgan tadbirkorning CRM’ini oching. Har birida mahsulot sotib olinmaganining eng ko‘p uchraydigan sababi — narx.
Menga «Marketingni o‘rgan» yoki «Narxga emas, sifatga qarab oladigan odamlar ham bor» deb aytishingiz shart emas.
Barcha usullarni qo‘llab, shu xulosaga keldim.
Iqtisodiyotni rivojlantirish kerak.
AQShdagi cherkovlarga beriladigan ehsonlar miqdori bizning YIM’imizdan
kattaroq
.
Hali qiladigan ishlarimiz ko‘p.
Divandan faqat sanoqli insonlar emas, hamma turishi kerak.

October 20, 12:33

Gapida turmaydigan odamlardan uzoq yuring.
Va’dasini bajarmadi. Aytgan vaqtida pulni bermadi. Gapiga javob bermadi.
Bunday odamlar hech narsaga erishmaydi. Bunday odamlar bilan ishlash sizni ham orqaga tortadi.
Eng yomoni - tadbirkor boshida shunday odamlar bilan ishlashga majbur bo'ladi.
Kattalashgan sari siz pul va tanlov paydo bo’ladi.
Imkoni paydo bo’lishi bilan bunday odamlarni mijozlar va xodimlar safidan chiqarib tashlang.
Voz kechishdan qo'rqmang. O'rniga yaxshiroq odamlar keladi.

October 17, 09:08

Xohish - eng katta cheklov.
Xohish bo'lsa, istalgan narsaga erishish mumkin.
Oldin resurslar cheklov edi.
Bilim olish qiyin edi.
Shaharga kelib bitta yaxshi ustoz topishingiz kerak edi.
Hozir AI davrida istalgan ma'lumotni bepul o'rganish mumkin.
Internet davrida ma'lumotni o'zingiz filtr qilishingiz kerak edi. Hozir shuni ham qilish shart emas.
Barcha ishlar osonlashib boryapti, sharoitlar yaxshilanib boryapti.
Bitta narsa o'zgarmay turibdi — odam xohishi.
Xohishni boshqarish instrumenti hali yo'q. U odamning o'ziga bog'liq.
Mukkasidan ketganlar hozirgi raqobatda yutib chiqadi.
Bir narsani boshqalardan ko'ra karrasiga ko'proq xohlaganlar yutib chiqadi.
Yaxshi zamonlar kuchsiz odamlarni yaratadi.
Kuchsiz odamlar ko'p bo'lgan joyda kuchlilar yutib chiqadi.

October 13, 11:14

«Asoschilar» loyihasiga tashqaridan qaraganda, hammasi chiroyli tuyulishi mumkin.
Lekin bu yo‘l ancha qiyin bo‘lgan. Bugun ko‘pchilikka tanish bo‘lgan «Asoschilar» bir vaqtlar minusda ishlagan.
Hatto orada loyihani yopgan paytlarim ham bo‘lgan.
«Ish odami» podcastiga taklif qilishgandi, bugun esa suhbatimiz chiqdi.
Suhbatda bosib o’tgan yo’lim haqida gaplashdik. Manga ko’tarilishga yordam bergan usullar bilan ochiqchasiga bo’lishdim.
Dardim ko‘p ekan, ancha gapirib yuboribman. Rozi bo‘lasiz
🙂
Ko’rish

October 12, 10:23

Eh, sodda o‘zbegim.
Nega ko‘rishni tavsiya qilmayman?
• Bu jurnalistlar Yevropada o‘tirib, qog‘ozga yozilgan ma’lumotlarni o‘qib berishadi.
• Bu ko‘rsatuvlarning ham o‘z maqsadi bor. Siz esa ularni xolis axborot deb qabul qilib, propaganda ta’siriga tushib qolishingiz mumkin.
• Kimdir sizdan hech qanday manfaat ko‘zlamasdan, dunyo sirlarini ochib beryapti deb o‘ylash — ahmoqlik.
Axborotni shunchaki iste’mol qilmang. Uning ortida kim turganini, kim moliyalashtirayotganini va qanday maqsad ko‘zlanganini ham o‘ylang.

October 12, 09:08

Ozodlik radiosini ko‘rmayman. Sizga ham tavsiya qilmayman.
YouTube’chi sifatida menda bitta savol bor: ular bu videolarni qaysi pulga olyapti?
Videolar ichida reklama yo‘q, pullik ko‘rsatuvlar ham ko‘rinmaydi. Lekin har kuni yangi videolar chiqadi.
Professional videoprodakshn, jurnalistik surishtiruvlar va katta jamoani saqlash arzon emas. Bunday faoliyatga oyiga $50 000–$100 000 ketishi mumkin.
Eng qizig‘i, ozodlik radiosi yagona emas. Boshqa MDH davlatlarida ham o’zining ozodlik radiolari bor.
Yana qizig‘i, ularni qaysi davlat moliyalashtirayotganini ochiq manbalardan topish mumkin)))

October 09, 10:12

10 yil oldin odamlar ustimdan kulishgan narsalar:
1) «Sandaka botanik bo‘lib ingliz tilini o‘rganishga vaqtim yo‘q».
IELTS’dan 8.0 oldim. Ingliz tili menga ko‘plab eshiklarni ochdi: kitoblar, yangi bilimlar va xalqaro spikerlar. Bu gapni aytgan odamlar bilan vaqt o‘tib gaplashmay qo‘ydim. Chunki qiziqishlarimiz har xil bo‘lib ketdi.
2) «Hamma narsani tartibga sola olmaysan, hayot sen o‘ylagandan ancha qiyinroq. Urinib ham o‘tirma».
2023-yilda bizneslarni tizimlashtirish bilan shug‘ullanadigan kompaniyaga asos soldim. Jamoamiz 20 kishiga yetdi va 30ta kompaniyani tizimlashtirdik.
3) «Ha, endi chala sportchisan-da, o‘zingcha».
10 yildan beri muntazam shug‘ullanib kelaman va sportdan katta energiya olaman. Menga shu gaplarni aytgan odamlarning o‘zida esa ortiqcha vazn va sog‘liq bilan bog‘liq muammolar bor.
4) «Sen juda urishqoqsan. Faqat o’zingnikida turasan va hech kim bilan kelisha olmaysan».
Qayerga bormay, o‘z qoidalarimni o‘rnatishga harakat qilardim. Oxir-oqibat, 100 kishilik jamoani boshqaradigan CEO bo‘ldim. Bugun esa tadbirkorman.
Qarorlaringiz to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanini bilish uchun 10 yil kerak bo‘ladi.

October 05, 13:29

Farrosh boshlang’ich marketologdan ko’proq pul topadi.
Bu - bozor qoidasi.
Jismoniy kasblarda boshidan yaxshi pul beriladi. Lekin vaqt o’tib daromad o’smaydi.
Aqliy kasblarda boshida kam yoki umuman pul to’lanmaydi. Lekin vaqt o’tib maosh o’sib boradi.
Bugun shogird marketolog, dasturchi, injener bepulga ishlashiga qaramasdan, oyiga $10,000 topadigan mutaxassis bo’lishi mumkin.
Aksariyat, qiyinchiliklarga turib bermasdan, bittada pul olib keladigan oson yo’lni tanlaydi.
Oson yo’llar esa katta pulga olib bormaydi.