
KOINOT SIRLARI
🏛
Bu sahifa O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya instituti ilmiy hodimlari tomonidan yuritilMayapti
🏛
Sahifa maʼmuriyati:
👤
Yana bir kosmik gamma chaqnashning optik nuri AZT-22 teleskopida ham aniqlandi
Marhamat Quyoshimizdagi tabiiy hodisalar - shamollar, bulutlar, yomg'ir do'l )
@astronomiya
C/2025 A6 (Lemman) kometasining 2025-yil 13-oktabr sanasidagi tasviri
C/2025 A6 (Lemman) kometasining 2025-yil 27-sentyabr sanasidagi tasviri
C/2025 A6 (Lemmon) kometasining orbital davri 1350 yilga teng. Bu esa ushbu kometani keyingi safar ko'rish uchun 1400 yil kutish kerak degani.
C/2025 A6 (Lemmon) 8-noyabr sanasida Quyoshga juda yaqin ya'ni 79 mln km gacha yaqinlashadi (o'z orbitasining perigelliy nuqtasidan o'tadi).
21-oktabr sanasida esa C/2025 A6 (Lemmon) orbitasi boylab harakati davomida Yerga maksimal yaqinlashib o'tadi. 21-oktabr kuni kometa Arktur yulduzidan 10 daraja uzoqlikda bo'ladi.
21-oktabr kuni C/2025 A6 (Lemman) kometasi Ho’kizboqar ( ruscha: Волопас, lotincha: Bootes) yulduz turkumida joylashgan bo'ladi. Rasmda Katta ayiq (Ursa Major) va Kichik ayiq (Ursa Minor) yuluz turkumlarga nisbat kometaning osmondagi joylashuvi berilgan.
Tavsiya: shahar chiroqlaridan uzoqroqda, kichik teleskop yoki durbin yordamida Quyosh botgandan keyin shimoli-g'arbiy osmon sohasidan kometani topish mumkin.
Oy apogey va perigey nuqtasida
Bu rasmda Yerdan Oyga qaralganda uning Yerga eng yaqin holati hamda eng uzoqdagi holati o'lchamlarini farqi yaqqol ko'rinadi
Manba: Sheridan Williams
GRB 251013C
Bir necha soat avval kuzatilgan GRB (gamma-nur chaqnashi) ning optik tashkil etuvchisi rasmda keltirilgan. Bu turdagi astronomik hodisalar massiv yulduz kollapsi natijasida yoki qo'shaloq kompakt (Neytron yulduz juftligi yoki Neytron yulduz-Qora o'ra juftligi)ni o'zaro birlashishidan paydo bo'ladi deb qaraladi.
Bu obekt bir necha kundan beri kuzatilib kelinmoqda. Balki yana bir necha kun kuzatishni imkoni bo'lar. Bu endi obektning ravshanligini kamayishi va teleskoplarning imkoniyatiga bog'liq. GRBlar boshqa astronomik obektlardan farqli juda jez xiralashadi. Shu sababli ularni o'rganish biroz qiyinroq
Gavitatsion linza
Maydanak observatoriyasidagi AZT-22 teleskopi 2.5 soat avval kuzatgan obyekt. Bu obyekt gravitatsion linzalangan obekt bo'lib, "2025wny" nomi bilan vaqtincha ro'yxatga olingan.
Obektning tasviri chapdagi oynaning yuqori qismning o'ng chetida yaxshi ko'rinadi.
Gravitatsion linzalangan obektlar deb kuzatuvchi (biz)ga va juda olisdagi osmon jismining nurlari massiv obekt gravitatsiyasi tomonidan egrilanishga uchrashi natijasida olisdagi obekt nuri 2 yoki undan ko'proq komponentlarga ajralishi tufayli ayni bir obekt bizga bir nechta obekt sifatida ko'rinishidir.
Bu orqali biz va olis obekt orasidagi massiv obekt (bu qora o'ra bo'lishi ham mumkin)ni massasini aniqlashga imkon beradi.
Bu kabi obektlar Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasini ham amaliy isbotlaydi.
Maidanak observatoriyasida o'rnatilgan yangi qurilma (ALLSKY kamera) tomonidan olingan bugungi tungi osmonning o'zgarishi
Osmondagi yulduzlarning ko'pligini ko'rdingizmi?
Maidanak Obekservatoriyasidagi tungi osmonning ko'rinishi.
Bu rasm "Allsky camera" orqali olingan. Bu qurilma orqali observatoriyadagi ob-hav va osmon holatini masofadan bilib turiladi.
Rasmda Mashxur Orin yulduz turkumi ham yaqqol ko'rinib turibdi. Siz qaysi osmon jismlari yoki yulduz turkumlarini rasmda ko'rdingiz?
Bu rasm ertalabga yaqin olingan, shuning uchun yulduzlar osmonda kamdek ko'rinyapti!