Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

KOINOT SIRLARI

astronomiya
🏛 Bu sahifa O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya instituti ilmiy hodimlari tomonidan yuritilMayapti 🏛 Sahifa maʼmuriyati: 👤
Подписчики
2 812
24 часа
-3
30 дней
-8
Просмотры
1 092
ER
38,83%
Посты (30д)
7
Символов в посте
833
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Исследования и академия
Краткое описание
July 27, 13:21

Ertaga to'lin Oyni kuzatmoqchi bo'lganlar bormi?

July 26, 05:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Andromeda galaktikasi qachon ko'rinadi?
Andromeda galaktikasini bugun tunda ham ko'rish mumkin. Albatta nisbatan kattaroq teleskop bilan shahardan tashqari yorug'lik nurlari halal bermaydigan joydan turib kuzatish tavsiya etiladi.
Andromeda galaktikasi Persey yulduz turkumi bilan yonma-yon. Shu sababli 13-avgust sanasida Adromenda galaktikasini ham osmondan qidirib ko'rish uchun yetarli vaqt topish mumkin.
P.S. Hulkar yulduz to'dasini (Pleiades yoki "yetti opa singil") oddiy ko'z bilan ham oson topish mumkin (Toshkent markazidan ham ko'rinadi).

July 25, 16:14

Avgust oyida ro'y beradigan astronimk hodisalar
2-avgust: Merkuriyning g'aribiy elongatsiyasi
Ertalab Quyosh chiqishidan avval osmonning sharqiy qismida Merkuriy yaxshi ko'rinadi.
O'zbeksitondan ko'rish mumkin, yorqin yulduz bo'lib ko'rinadi.
12-avgust: To'liq Quyosh tutilishi
Rossiyaning shimoliy hududlari, Greenlandiya, Islandiya, Ispaniya hududlaridan ko'rniadi. Alyaska, Kanada, Afrikaning g'arbiy hududlari va AQShning shimoliy hududlaridan qism tutilish ko'rinadi.
O'zbeksiton hududidan ko'rinmaydi
.
12-13-avgust: Perseid meteor yomg'iri.
Bir soat ichida 60 ta gacha meteorning atmosferaga kirib yonoshini ko'rish mumkin. 1862-yil kashf etilgan Swift-Tuttle kometasining qoldiqlari Yer atmosferasiga kirib, xalq tilida
"yulduz uchishi"
ni hosli qiladi. Bus jismlar atmosferaning yuqori qisminida yonib tugaydi, yergacha yetib kelmaydi. Hodisa aslida 17-iyuldan 24-avgustgacha davom etib, 12-13-avgust sanasida eng ko'p meteor yomg'iri kuzatiladi.
15-avgust: Veneraning sharqiy elongatsiyasi
Venera sayyorasini Quyosh botgach osmonning g'arbiy hududida juda yorqin yulduz sifatida topish mumkin.
Venerani kuzatish uchun juda yaxshi imkoniyat.
28-avgust: Qisman Oy tutilishi
Oy Yerning soyasiga kirib o'tadi. Bu hodisani Afrika, Yevropa hududlari va Amerika qit'asidan ko'rish mumkin.
Avgust oyida sayyoralarni osmonda quyidagi vaqtlarda ko'rish mumkin.
Kechki payt (shom payti) - Venera,
tunda -Saturn va Neptun,
tunning ikkinchi yarmida -Mars va Uran, ertalabga yaqin esa Yupiter va Merkuriy sayyoralarini ko'rish mumkin.

July 24, 18:26
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Bugun Oyni kuzatdik
Bugun Astronomiya instituti yaqinidagi bog' hududida Astronomiya institutiga qarashli Celestron teleskopida Oyni kraterlari va Veneraning fazasi (ya'ni Oy kabi uning ham fazalari bor) bog'ga tashrif buyuruvchilarga ko'rsatildi.
Oyning teleskop orqali tasvirini o'z ko'zi bilan bilan ko'rgan bolalar ham, turli yoshdagi qiziquvchilarning ham hayrati cheksiz bo'ldi.
Hammani rasmga olmadim lekin
🙂
Kuzatuvlarga yaqindan yordam bergan Baxtiyorov Javohir va Azimjon Azimovga tashakkur
Aslida bu ush bu teleskopni test qilish ham bo'ldi men uchun. Shu sabab sizlarni taklif qilmagan edim. Lekin keyingi safar avvaldan e'lon qilib, taklif qilaman

July 15, 20:02
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🌌
Yerda qora tuynuk energiyasini olish tajribasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi
Fiziklar uzoq yillar davomida faqat nazariy jihatdan mavjud deb hisoblangan hodisani ilk bor
laboratoriya sharoitida namoyish etdilar
.
🔬
AQShning
City University of New York (CUNY)
Ilg‘or ilmiy tadqiqotlar markazi olimlari
Nature
jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda aylanuvchi qora tuynuk energiyasini olish mexanizmini sun’iy qurilmada muvaffaqiyatli modellashtirdilar.
💡
Tajriba 1969-yilda
Roger Penrose
va 1971-yilda
Yakov Zeldovich
tomonidan ilgari surilgan mashhur nazariyalarni amaliy jihatdan tasdiqladi.
Tajriba qanday ishladi?
⚙️
Olimlar haqiqiy mexanik aylanish o‘rniga elektron rezonatorlar halqasidan foydalandilar. Tizim parametrlarining vaqt va fazoda sinxron o‘zgarishi natijasida
“sun’iy aylanish” (synthetic rotation)
hosil qilindi.
📡
Shu tufayli elektromagnit to‘lqinlar tizim bilan go‘yoki
yorug‘lik tezligidan ham tezroq aylanayotgan obyekt
bilan o‘zaro ta’sirlashgandek bo‘ldi.

Natijada ayrim to‘lqinlar qurilmadan
qo‘shimcha energiya olib chiqdi
va amplitudasi sezilarli darajada kuchaydi. Bu hodisa fizikada
superradiant kuchayish
deb ataladi.
Bu nimani anglatadi?
🌍
Mazkur natija nafaqat fundamental fizika uchun, balki amaliy texnologiyalar uchun ham katta ahamiyatga ega.
U quyidagi yo‘nalishlarda yangi imkoniyatlarni ochadi:
🔹
simsiz aloqa tizimlari;
🔹
fotonika va optik qurilmalar;
🔹
kvant texnologiyalari;
🔹
metamateriallar;
🔹
laboratoriya sharoitida qora tuynuklar va boshqa ekstremal kosmik hodisalarni modellashtirish.
🚀
Bir paytlar faqat nazariyada mavjud bo‘lgan Penrose va Zeldovich g‘oyalari bugun tajriba orqali tasdiqlanmoqda. Bu esa zamonaviy fizikaning eng muhim yutuqlaridan biri sifatida baholanmoqda.
📖
Manba:
Nature
(2026) —
Experimental observation of superradiant amplification using synthetic rotation.
#QoraTuynuk
#Penrose
#Zeldovich
#Superradiance
#Nature
#Astrofizika
#KvantTexnologiyalari
#Fotonika
#IlmFan

July 13, 09:11
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Kichik sayyoralarga o‘zbek olimlarining nomi berildi
2026-yil 9-iyul kuni
Xalqaro astronomiya jamiyatining Kichik jismlar bo‘yicha qo’mitasi (WGSBN) tomonidan e’lon qilingan rasmiy bayonotda
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya institutining ikki nafar olimi - Kamoliddin Ergashev va Otabek Burxonov nomlari ikki kichik sayyora ̶ asteroidga berilgani ma’lum qilindi.
Yangi nomlar WGSBN Bulletenining 6-jild, 11-sonida e’lon qilindi. Endilikda xalqaro astronomik kataloglarda ushbu osmon jismlari (131358)
Kamolergashev
va (121339)
Otabekburkhonov
nomlari bilan qayd etiladi.
Ma’lumot o‘rnida:
Avvalroq bu ikki olim NASAning sayyoraviy modofaa tajribasi doirasidagi faol ishtiroki va hissasi uchun NASA tomonidan “Group Achievement Award” mukofoti bilan taqdirlangan edilar.

July 09, 17:12
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Qora tuynuk energiyasi va uni o‘rab turgan muhit
2026-yilda International Journal of Geometric Methods in Modern Physics jurnalida “Dynamics of energy extraction near a rotating Kiselev black hole” nomli maqola e’lon qilindi.
Tadqiqot aylanuvchi qora tuynuk atrofida energiya qanday ajralib chiqishini tahlil qiladi. Odatda bunda asosiy omil sifatida qora tuynukning aylanish tezligi qaraladi. Bu ish esa yana bir muhim jihatga e’tibor qaratadi: qora tuynukni o‘rab turgan muhit ham bu jarayonga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada chang, nurlanish va qora energiyaga o‘xshash maydon holatlari solishtirilgan.
Hisob-kitoblar ayrim holatlarda Penrose jarayoni samaradorligi odatiy Kerr qora tuynugiga nisbatan taxminan 30 foizgacha yuqori bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, qora energiyaga o‘xshash muhitda bu ta’sir kuchliroq ko‘rinadi.
Bu natijalar qora tuynuklar atrofidagi kuchli jetlar, kvazarlar va faol galaktika yadrolarining energiya manbaini tushunishda muhim ahamiyatga ega.

June 20, 16:09

Ertaga 21-iyun, yilning eng uzun kuni deyishyapti. Shu rostmi?
Yaxshi hamki yakshanba dam olish kuniga togri kelibdi. Koproq dam olarkanmizda
😁

June 16, 17:21
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

June 16, 17:21
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram