
KOINOT SIRLARI
Kecha 21-oktabr kuni Botanika bog'ida Fan festivali bo'lib o'tdi.
Unda Fanlar akademiyasidan 25 ta ilmiy tadqiqot institutlari va tashkilotlar ishtirok etdi.
Fan festivaliga tashrif buyurganlar soni ham ko'p bo'ldi.
Festivalda teleskopdan foydanalish va teleskop orqali Quyoshni dog'lari ko'rsatildi
O‘ZBEKISTONDA 100 YILDAN OSHGAN JISMLARI TASVIRI SAQLANMOQDA
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya institutida 15 mingdan ortiq tarixiy fotoplyonka saqlanadi. Ularning ayrimlarida 1899-yilda osmon jismlari qanday ko‘ringani aks etgan. Bu tasvirlar koinotni o‘rganishda tarixiy kuzatuvlarni bugungi ma’lumotlar bilan taqqoslash imkonini beradi. Endi esa noyob ilmiy merosni raqamlashtirish va undan keng foydalanish uchun ochiq platforma yaratish zarurati yuzaga chiqmoqda.
Muxbir:
Muxlisa Abdujalilova
16:00 20.10.2026
📣
21-oktyabr – Toshkent Botanika bog'iga kirish bepul!
Hurmatli yurtdoshlar va bog‘imiz mehmonlari!
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i ma’muriyati
21-oktyabr
-
"Ochiq eshiklar kuni"
munosabati bilan tashrif buyuruvchilar uchun bog'ga kirish bepul qilindi.
Botanika bog‘i – tabiatni sevish, ekologik madaniyatni shakllantirish va oilaviy dam olish uchun eng yaxshi maskanlardan biridir.
Barchani Botanika bog‘ida kutib qolamiz!
F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i ma’muriyati.
Bizni kuzatib boring
👇
😎
Telegram
|
🌐
Websayt
😎
Facebook
|
😎
YouTube
|
😎
Instagram
“FORMULA 35” FAN FESTIVALIGA TAKLIF ETAMIZ!
Ilm-fan va innovatsiyalar olamiga unutilmas shoʻngʻishga tayyormisiz? Toshkent Botanika bog‘ida yoshlar va barcha ilm-fan ishqibozlari uchun haqiqiy bilim bayrami bo‘lib o‘tadi!
Festivalning maqsadi:
O‘quvchi-yoshlarda ilm-fanga qiziqishni oshirish, ularni zamonaviy texnologiyalar, amaliy tajribalar va tadqiqot muhiti bilan tanishtirish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash.
Festivalda sizni nimalar kutmoqda?
Bitta maydonda
9 ta interaktiv ilmiy zona
faoliyat yuritadi:
🧪
Kimyoviy qiziqarli tajribalar
🔭
Astronomik kuzatuvlar
🧩
Mantiqiy va matematik oʻyinlar
🌿
Tabiat va bioolamni oʻrganish
🏃♂️
Inson organizmi va sogʻlom turmush tarzi
🩸
Inson laboratoriyasi
⚡️
Yorugʻlik, lazer va plazma jarayonlari
🌱
Dorivor oʻsimliklar va bioaktiv moddalar
🎮
Multimedia kvestlari va adabiy viktorinalar
🗓
Sana: 2026-yil 21-oktyabr
📍
Manzil: Toshkent Botanika bog‘i
🔈
Tadbir dasturi:
10:00 – 13:00 — Interaktiv maydonlar ishi
14:00 – 17:00 — Interaktiv maydonlar ishi
17:00 – 17:30 — Yakuniy viktorinalar va sovrinli tanlovlar
Barchangizni ushbu qiziqarli va maroqli bilim bayramida kutib qolamiz!
Bizni kuzatib boring
👇
😎
Telegram
|
🌐
Websayt
😎
Facebook
|
😎
YouTube
|
😎
Instagram
Ertaga botanika bog'ida O'zR Fanlar akademiyasi tashabbusi bilan Fan festivali bo'ladi.
Unda Fanlar akademiyasiga qarashli institut va tashkilotlardan, jumladan Yadro, kimyo, fizik va astronomiya institutidan xodimlar qatnashadi.
O'zbekiston AQSh bilan Artemida shartnomasini imzolabdi
#Mobil_reportaj
#Media_tur
#Ochiq_muloqot
Butunjahon kosmos haftaligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya institutida "O'zcosmos" agentligi bilan hamkorlikda yoshlar hamda OAV vakillari uchun media tur hamda sohaning yetakchi olimlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Bizni kuzatib boring
👇
😎
Telegram
|
🌐
Websayt
😎
Facebook
|
😎
YouTube
|
😎
Instagram
Astronomiya institutida ochiq muloqot va foto-ko'rgazma: Koinot sirlari va zamonaviy tadqiqotlar
4–10-oktabr kunlari mamlakatimizda o‘tkazilayotgan Butunjahon kosmos haftaligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Astronomiya institutida yoshlar hamda OAV vakillari bilan ochiq muloqot
tashkil etilmoqda.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad:
✔️
Yosh avlodda astrofizika, koinotni tadqiq etish va zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishni oshirish;
✔️
Astronomiya sohasida erishilayotgan ilmiy natijalarni keng jamoatchilikka atroflicha yetkazish.
Muloqot davomida:
❗️
Taniqli olimlar va astrofiziklar bilan erkin savol-javoblar;
❗️
O‘zbekiston astronomiya fani erishayotgan so‘nggi yutuqlar taqdimoti;
❗️
Yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy-amaliy tavsiyalar beriladi.
🗓
Sana: 9-oktabr
🔈
Vaqti: 16:00
📍
Manzil: Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti (Toshkent sh., Astronomiya ko‘chasi, 33-uy)
Bizni kuzatib boring
👇
😎
Telegram
|
🌐
Websayt
😎
Facebook
|
😎
YouTube
|
😎
Instagram
Endi kech
😑
😑
Qayerga qocha olishadi?
Agarda Qora tuynukni sayyoramizga sun'iy ravishda tez yaqinlashtirilsa
@astronomiya
🌌
HAUMEA — QUYOSH TIZIMIDAGI ENG G‘ALATI DUNYOLARDAN BIRI
🪐
🥚
Haumea — Neptun orbitasidan tashqarida, Kuiper kamarida joylashgan mitti sayyora. U 2003-yilda kuzatilgan, 2008-yilda esa rasman Haumea nomini olgan.
🔄
Eng qiziq xususiyati — shakli!
Haumea deyarli shar shaklida emas. U juda tez aylangani sababli cho‘zinchoq, ellipsoid shaklga ega.
⚡
Haumea o‘z o‘qi atrofida taxminan 3,9 soatda bir marta aylanadi.
📏
O‘lchami: taxminan 2 300 × 1 700 × 1 100 km
☀️
Quyoshdan o‘rtacha masofasi: ~43 astronomik birlik
⏳
Bir yili: taxminan 284 Yer yili
🌑
Ikki yo‘ldoshi bor:
🌙
Hiʻiaka
🌙
Namaka
💍
Yana bir hayratlanarli jihati — Haumeaning halqasi ham bor!
🧊
Haumea asosan muz va toshli materiallardan tashkil topgan deb hisoblanadi. Uning yuzasi esa juda yorqin — yangi muz qatlami mavjudligidan dalolat beradi.
💫
Haumea — shunchaki uzoqdagi muzli shar emas.
U tez aylanadigan, cho‘zinchoq shakldagi, ikkita yo‘ldoshi va hatto halqasi bo‘lgan sirli kichik dunyo.
@astronomiya