Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Aziz Rahimov

azizrakhimov_blog

Bog’lanish uchun: azizrahimov@rahimovschool.uz
Reklama olmaymiz.

Subscribers
53 000
Post views
45 953
ER
88,2%
Posts
860
October 09, 13:18
Media unavailable
1
Show in Telegram

Internetda hamma narsa bor. Google so‘raganimizga qarab ma‘lumot topib beradi.
Mening Youtube lentam va sizniki farq qiladi. Eski ko‘rgan videomizga qarab, yangisini tavsiya qiladi.
Shuning uchun ham, kimdir internetni “rasvo joy” deydi. Kimdir foydali deydi. Kimdir Youtubeda narsa o‘rganadi. Kimdir hayotini isrof qiladi.
Hayotdagi voqealarni ham shunga o‘xshatdim.
Atrofimizda bo‘layotganlarning hammasiga ham diqqatimiz yetmaydi.
Faqat
tanlaganimiz
va qidirganimizni
ko‘ramiz.
Kimdir urush paytida ham xursand bo‘lish uchun sabab
topadi
.
Kimdir esa yomon yangiliklarni ko‘raverib, yaxshi joyda ham, xo‘mrayib yuradi.
"O‘zingni baxtsiz deb o‘ylasang, aslida qanday ekanligini nima farqi bor" degandi Seneka.
"Baxtli bo‘lish uchun tom, non, sog‘liq kifoya" - degandi ajdodlarimiz.
Eh, shuncha narsa yozibman. Hammasini bitta mem bilan tushuntirib qo‘ysa bo‘lar edi:

October 03, 09:02

Yomon er bo‘lib, yaxshi ota bo‘lishning iloji yo‘q.
Yomon xodim bo‘lib, yaxshi rahbar bo‘lishning iloji yo‘q.
Yomon shogird bo‘lib, yaxshi ustoz bo‘lishning iloji yo‘q.

October 01, 07:26
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bir kilogram koʻmirning quvvati bilan, bir oy bitta chiroqni yoqib turish mumkin.
Yogʻning quvvati bilan bir yarimta. Benzin quvvati bilan ikkita.
Oʻshancha uran bilan esa uch millionta(!) chiroqni yoqib turish mumkin!
Moddalarning quvvat zichligi har xil.
Odamlarda ham shunday.
Odamlar bor, umri davomida bitta odamni (oʻzini) ham oʻzgartira olmaydi.
Odamlar bor, minglab odamlarni
oʻzgartiradi
. Minglab chiroqlarni yoqishadi. Biz ularni
haqiqiy ustozlar
deb nomlaymiz.
Chiroqlar kerak, chiroq yoquvchilar esa yanada koʻproq kerak.
Bayramingiz muborak, aziz Ustozlar.

September 30, 07:43

Nikohdan oldin gaplashib yurish kerak-mi?
Biz tengilar uylanganiga ancha bo’ldi. Birinchi mevalarni ko’rish mumkin deb o’ylayman.
Taniganlarim orasida uzoq gaplashib, sevishib, uylanganlar bor.
Dunyoqarashi, oilasini mosligini bilguncha (odatda bir necha daqiqa) gaplashib, sovchi bilan uylanganlar bor.
Ko’p xollarda ikkinchi toifa baxtliroq.
Tajribamga ishonmaganlar uchun, Robert Epshteynning 13 betlik tadqiqotini ham ko’rib chiqdim.
Sevgi ko’p hollarda mustahkam oilaga olib bormas ekan.
Mustahkam oila esa sevgiga bemalol olib borar
ekan
.
Demak, “Qirmizi olma” qo’shig’i haq bo'lib chiqdi:
Haqiqiy sevgi to’ydan keyin bo’larkan.

September 29, 06:27

Bu yil talaba bo’lgan do’stim! Sizga ba’zi ogohlantirishlarim bor.
Universitetga kirish qancha oson bo’lsa, o’qimaydiganlar foizi shuncha ko’p bo’ladi. Odatda, talabalarning ~80-90% qismi o’qimaydi. Eng zo’r joylarda ham shu
ahvol
. 90% ichida o’zini o’qiyotgandek ko’rsatayotganlar bor, ular ham, imtihondan keyin borini esidan chiqarib yuboradi.
Domlalarning katta qismi fanini sevmaydi. Buni ajratib olish qiyin emas. Sevganlar darsini o’tkazib yuborgingiz kelmaydi. Sevmaganlar darsiga esa, o’zingizni majburlab kirasiz.
“Shuncha umrim bekor o’tarmikan?” deb siqilmang.
Ishini sevgan domlalarni toping va ularning eng yaxshi talabasi
bo’ling
.
Kuchli talabalarning yonida yuring, do’st bo’ling.
Katta ehtimol, shu tanishlar butun umr saqlanib qoladi. Yana, ish topishingizda/boshlashingizda diplomingizdan ko’proq yordam
beradi
.

September 27, 04:49

Ha, qaniydi bilganimiz bilan amal qilishimiz orasi qisqa bo’lsa.
Bilishning o’zi, amal qilishga aylanib ketsa. Unday emas-da!
Al Pachino mashhur monologida aytgan
edi
:
Hayotimda chorrahalarga ko’p duch keldim. To’g’ri yo’l qaysi ekanligini doimo bilar edim. Istisnolarsiz bilar edim. Lekin hech qachon to’g’ri yo’llarni tanlamadim. Bilasizmi nimaga? U juda qiyin edi.
Yoki Morfeusning Neoga aytgan
so’zlarini
olaylik:
Neo, ertami kechmi,
xuddi menga o’xshab
,
tushunib yetasan: Yo’lni bilish bilan, yo’lni yurishning farqi bor.
Bilish bilan amal qilishning o’rtasida nima yotadi? Parallel muhitdagi
inshoda
gaplashgan edik – majburiyat.
Buyog’iga, o’zini majburlay olish – eng qimmat ko’nikma bo’lib qolsa kerak.
Bizni majburlay oladiganlar esa, eng aziz insonlar bo’lib qolsa kerak.

September 26, 04:23
Media unavailable
1
Show in Telegram

Past gravitatsiyada mushaklar kichrayadi. Suyaklar mo‘rtlashadi. Vall-i multfilmidagi odamchalarga o‘xshab, qisqa muddatda yura olmaydigan bo‘lib qolamiz. Yer tortish kuchi suyak-mushaklarimizni kuchli bo‘lishga majbur qiladi. Tana bosim bilan tirik.
Aqlimiz bilan ham shunday. Kitoblar, jumboqlar, yangi til, ijod, yodlashlarsiz zehnimiz noziklashib qoladi. Xotira pasayadi. Diqqat yo‘qoladi. Qisqa videolar davrida, aqllilar kamayib
ketayotgani
shundan. Aql ham bosim bilan tirik.
Qizig‘i, qalbimiz bilan ham shunday. Boshqalar g‘ami bilan yurmasak, o‘zimizdagi g‘amlar kattalashib ketadi. Mana, yosh Amerikalik sayohat qilmagani va soatiga 20$ topayotganidan
noliyapti
. Boshqalar – oilamiz, jamoamiz, mijozlarimiz, xalqimiz bo‘lishi mumkin. Qalb ham bosim bilan tirik.
Yuk olsak, yukimiz darajasiga chiqamiz. Yengillikni tanlasak, hozirgi yukimizni ham ko‘tara olmay qolamiz.

September 22, 01:03

Maktabni bitirganimga 18 yil bo'libdi. Yaxshi o'qiganimga qaramay, ~75 foizi esimdan chiqqan. Litseyda yana ham qattiqroq o'qigandik. Baribir 2/3 qismi esimizdan chiqqan. Oxir-oqibat unutib yuborsak, yaxshi o'qib nima qilamiz? Shunchaki, imtihon uchunmi hammasi?
Yaxshi o'qishning boshqa foydalari ham bordir balki?
Yechgan misollarimiz esimizda qolmas. Yechish uchun kerak bo'lgan
diqqat qila olish odati
biz bilan qoladi.
Yodlaganlar g'azallarimiz unutilib ketar. Yodlash sabab
rivojlangan xotiramiz
biz bilan qoladi.
Yozib to'ldirgan daftarlarimiz yo'qolib ketar. Yozaverish ortidan
kuchaygan tafakkurimiz
biz bilan qoladi.
Ba'zi ishlar faqat natijasi bilan emas, jarayoni bilan ham foyda olib keladi.
Yaxshi o'qish ham shulardan biri.

September 19, 11:32

Qo’l bilan yozishga qiynalib qolsam, oyoq bilan yozishga o’taman. Ya’ni, yurishni boshlayman.
Yurish, o’yinchoqlar to’la qopni silkitishga o’xshaydi. Qopni silkitsak, ichidagilar qimirlab, joyini topib oladi. Xuddi shunday, qancha ko’p yursak, shuncha fikrlarimiz tartiblanadi.
Yurayotganlar orasida xo’mrayganlarni ko’rmaymiz. Balki, tartibning oqibatidir. Mashina tirbandliklarida, kulayotgan odamni ko’rmaymiz. Balki, ko’p o’tirishning oqibatidir.

September 18, 05:33

Ishimiz yuzasidan har xil bino egalari bilan ko‘rishib turaman. Yillar davomida bitta qonuniyatni kuzatdim: Bizdagi boylarning ko‘pi ko‘ringanidan ancha boyroq bo‘lib chiqadi. Ya‘ni, darajasiga nisbatan oddiyroq yuradi. Balki, status xaridlariga ortiqcha pul ketkazmaganlari uchun ham, aktivlarga pula yig‘a olishgandir.
Bir vaqtning o‘zida, puli yo‘qlarning o‘zini boyroq qilib ko‘rsatayotganini kuzatamiz. Bo‘lib to‘lashga olingan telefonlar. Avtokreditga olingan inomarkalar. Qarzga olingan sayohatlar. Qiynalib qilingan hashamat to'ylar.
Boylar o‘zini faqirroq ko‘rsatgan. Faqirlar o‘zini boyroq ko‘rsatgan.
Bu qonuniyat balki faqat pulda emasdir? Inson axloqida ham shuni ko‘rdim. Uchratgan eng yaxshi odamlarim o‘zlarini maqtamas edi. Ishlaridan bilib olardim. Yoki atrofdagilar maqtardi.
Gapda yaxshi bo‘lganlar esa oxiri yaramas bo‘lib chiqdi. “Men unday, men bundayman” deydi. Birga ishlasangiz unday bo‘lib chiqmaydi.