Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Aziz Rahimov

azizrakhimov_blog
Bog’lanish uchun: @rahimov_aziz Reklama olmaymiz.
Subscribers
60 304
24 hours
-10
30 days
62
Post views
69 111
ER
114,6%
Posts (30d)
1
Characters in post
499
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 01, 03:39

qabulda so‘rayman:
-nega maktab almashtiryapsiz?
-ustozi aytdi, farzandimiz u muhitda uvol ketarkan, kuchliroq joyga olib keldik.
o‘qituvchimiz qabulda ishladilar.
ancha orqada qolgan bir o‘quvchiga rahimlari keldi.
-imtihondan o‘tmasa ham, kafillikka olib,
o‘qitaman
dedilar.
bir o‘qituvchimiz borlar. ba’zi o‘quvchilar bilan o‘ynab, boshqalar bilan jiddiy, yana kimdirga mehribonlik bilan gapiradilar.
ustozlikda eng to‘g‘ri ish o‘zgarib turadi: ketkazish, chaqirish, turli usullarda gapirish.
chunki kuchli ustoz bo‘lishning aniq formulasi yo‘q.
bo‘lganida 200ta pedagogik asar o‘qigan makarenko topa olar edi.
bittagina qonuniyat bor bo‘lsa kerak:
shogirdlarini chin dildan yaxshi ko‘rish.
bu esa pokiza qalbsiz qiyin kechadi.
shuning uchun ham,
tanigan eng yaxshi odamlarimizni eslab chiqaylik,
aksari ustozlar bo‘ladi.
muallimlar kuni muborak!
yaxshi odamlar kuni muborak!

September 20, 11:04

eng foydali ixtirolar oldindan ma'lum
bo'lmaydi
. oldindan kutilganida, ularni kashf qilib bo'lishar edi.
ishxonamizda kutilmagan odamlar yulduz(kuchli) bo'lib chiqadi. yulduz bo'lishi oldindan ma'lum bo'lganida, ular bizgacha yetib kelmas edi.
hayotimizdagi katta musibatlar kutilmagan joydan (va vaqtda) keladi. kutilganida, musibatning zarbasi katta bo'lmas edi.
bilganlarimizning aksar qismini ham kutilmagan joydan
o'rganamiz
. kutilgan joylar kutilgan, tayyorgarlik ko'rilgan (demak kichkina) foyda olib keladi.

September 19, 14:52

kibr tashqaridan kelgan fidbekni qabul qildirmaydi.
fidbek kelmasa, o’zgarish kelmaydi.
o’zgaradigan dunyoda o’zgara olmaslik, o’yindan chiqishga sabab bo’ladi.
shuning uchun ham:
rahbarni ulug’lash va u bilan bahslashmaslik – cho’kayotgan ishxonaning belgisi
anchadan beri uzr so’ralmagan xonadon – baxtsiz oilaning belgisi
kamchiliklar gaplashilmagan do’stlik – vaqtinchalik munosabat belgisi

September 12, 13:38

fikrlarimizni yozmaguncha, sayoz tafakkurimizni ko‘rmaymiz.
taymer bilan hisoblamaguncha, bekor yurganimizni bilmaymiz.
eski rasmlarimizga qaramaguncha, qariganimizni sezmaymiz.
xarajatlarimizni kiritmaguncha, o‘zimizni tejamkor hisoblaymiz.
niyatlarimizni tahlil qilmaguncha, “yaxshi odamman” deb o‘ylaymiz.
o'zgarish "o'lchash"dan boshlanadi.

September 11, 06:03

double benefit
ko‘proq ishlagan ham ko‘proq topadi, ham pul ishlatishga kamroq vaqti qoladi.
kamroq yegan ham yeyishdan, ham hammomga qatnashdan vaqt tejaydi.
instagramga kirmagan ham vaqti ortib qoladi, ham behuda istaklari kamayib ketadi.

September 09, 09:12

mas’uliyatiga qarab uch xil xodimlarni ko‘rdim.
1. topshirilgan ishni to‘liq bajarmaydi. bo‘shab ketmaslik darajasida ishlaydi. bozor kadrga och bo‘lgan sohalarda uni rostdan ham bo‘shatib yuborishmaydi. “yo‘qdan ko‘ra”.
2. topshirilgan ishni to‘liq bajaradi. natijada bitta shirkatda yillab ishlaydi. bozorda ham doim ish topa oladi.
3. topshirilgan ishlardan tashqari, aytilmagan (lekin foydali bo‘lgan) ishlarni ham qilib boradi..
shu uchinchi toifa yaqin kelajakda rahbar bo‘lib ketadi. ba’zilari tadbirkorlikka ham
o‘tadi
.
1- va 2-toifadagilar shu hamkasblariga qarab ko‘tarilish sababini tushunmaydilar. "
biz ham ishlayapmiz-ku"
, deydilar. xuddi ivan va ishchi
latifasidagi
kabi.
tushunmasliklari sababi oddiy. odam o‘zida yo‘q narsani na ko‘ra oladi, na o‘lchay oladi.

September 07, 07:13

raqamli dunyomizga moslashgan maqollar:
kuzatadigan beshta blogingni o'rtachasisan.
instagramga yaqin yursang, istaklaring ko'payadi.
brauzer(yoki gpt) tarixingni ko'rsat, kimligingni aytaman.
do'st blog(fikr)ingga qarab, dushman instagram akkaunting (ya'ni ko'rinishing)ga qarab muomala qiladi.
yaxshi qiz blogidan tashqariga chiqmaydi.
yigit kishiga 40ta app kam.
akkauntingdagi kabi bo'l, yoki akkauntingni asling kabi yurgiz.
yetti o'lchab, bir linkning ustiga bos.
ko'zoynakning ham kamerasi bor.
rilsga to'ymagan, storisga ham to'ymaydi.
kelin kelsa, "
screen time
"ga boq.

September 02, 15:47

mahsulot o’zgarishi uchun moddaning hammasi emas, bir qismi o’zgarishi ham yetarli bo’lishi mumkin.
sut qatiqqa aylanishi uchun bir necha tomchi achitqi yetadi.
mevali suvlarning aksarida sharbat yoki meva hidi 1% bo’ladi.
xuddi shu tartibni odamlarda ham ko’ramiz.
Prays
-
Lotka
qonuniga ko'ra, sohadagi asosiy yangiliklarni bir nechtagina olim olib keladi.
Dyurantlar
yozadi
: xalqni kam sonli avliyolar o’zgartiradi.
Taleb
yozadi
: iqtisodni kam sonli yetakchilar o’stiradi.
shuning uchun ham o’zgarish olib kelmoqchi bo’lsak, ikkita yo’l qoladi:
noyob yetakchi bo’lib yetishamiz.
yoki
shunday yetakchini topib, ergashamiz.

August 31, 09:39

chanqoqning cho‘qqisi suvni rohatli qiladi
ochlikning cho‘zilishi ovqatni shirin qiladi
mehnatda charchash damda vijdonni tinch qo‘yadi
yolg‘onsiz pul topish uyquni xotirjam qiladi
uzoq muddatda erishish yutuqni qadrli qiladi
hissiyotlarni tashqaridan qidiramiz
asli ularning manbasi ichimizda bo‘ladi

August 29, 17:02

Yarim doim ham o‘rtada emas.
70 yillik umrning yarmi 21 yoshda o‘tib ketgandek
tuyuladi
.
Ishning yarim qiyinchiligi o‘rtasida emas, boshlab olishda
bo‘ladi
.
400 betlik kitobning yarim foydasi ilk 50 betida
bo‘ladi.
Million yig‘ishning yarim qiyinchiligi ilk 50-100k da
bo‘ladi.
Kunning yarmi peshinda emas, tonggi 9-10 larda o‘tib
ketadi
.