
Aziz Rahimov
Biror ma’lumotni o‘qiyman.
Xuddi shu ma’lumotni kimdir gapirib beradi.
Gapirib bergani yaxshiroq esimda qoladi.
Sababi haqida o‘ylab qoldim.
Topdim shekilli:
Suhbatlarda hissiyot qo‘shiladi.
-“
Menga gapiryapti
” deb yaxshiroq eslab qolamiz.
Shu kuzatuvdan matn o‘qish uchun ham layfxak chiqib kelyapti:
-“
Men uchun yozgan
” deb o‘qish.
Bu usulda o‘qisak, odatdagidan ko‘proq xafa bo‘lishimiz mumkin.
Hechqisi yo'q.
Chunki maqsadimiz ham shu:
Ta’sir qilgani uchun eslab qolish.
Ishga olish suhbatlarida ko‘p qatnashganman.
Oldingi ishxonasi haqidagi fikriga qarab, suhbatdoshlar ikkiga bo‘linar edi.
Minnatdor bo‘lganlar:
“Buni o‘rgandim, ko‘p odamlar bilan tanishdim, mana bu ishlarni qildim” deyishadi.
Noshukur bo‘lganlar:
“Qadrimga yetmadi, mendan kuchsizni rahbar qilishdi, umrim ketdi” deyishadi.
Ilk suhbatlarim 2018-yilda boshlangan edi.
Demak, javoblarga qarab, oqibatlar haqida xulosa qila olamiz.
Minnatdorlarning holati yaxshilandi. Rahbar, tadbirkor, inflyuyenser bo‘lib ketganlar ham bor.
Noshukurlarning darajasi uncha o‘zgarmadi. Tepaga chiqqanlari ham ozginadan keyin qaytib tushishdi.
Tabiatimizga shukr qilish emas, cheksiz xohishlar
xos
.
Ba’zilar shu tabiatiga qarshi chiqib, minnatdor holda yashaydi.
Keyin hayot minnatdor bo‘lish uchun yana sabablar taqdim qiladi.
Bundan ikkita xulosa olamiz:
Noshukurlarni ishga olmang. Ko‘tarilmaydigan xodimni nima qilasiz?
Shukrni ko‘paytiring. Noshukur bo‘lsangiz,
yutqazasiz
.
"Amal qilishga ulgurmasam, o’qib nima qilaman?"
Shunday o’ylab, o’qimay qo’yadiganlar bor.
Bu fikrga uchta e’tirozim bor:
1- Amal qilish uchun o’qish yetarli emas. Yodlash ham kerak. Esimizda turgan narsaga amal qilishimiz ehtimoli 50%. Esimizda turmasa 0%. Demak, amal qilishga ko’p o'qish emas, o'qiganimiz esimizda turmasligi xalaqit beradi.
2- Fizika-matematikani maktab paytida o’qiymiz. Ehtiyojdan ancha oldin. Iqtisod va tarix fanlari bilan ham shunday. Chunki ehtiyoj kelganda, o’qishga vaqt topilmay
qoladi
.
3- Yodlamasak ham, ishlatmasak ham, har bir o’qigan narsamiz tafakkurimizni
kengaytiradi
. SI tufayli tafakkur torayishi
jarayonida
, bu bizga cheksiz ustunliklar beradi.
Daromad ko’payganidan keyin, puldorlarning aksariga hurmatingiz kamayadi.
Obunchalilar ko’payganidan keyin, mashhurlarning aksariga hurmatingiz kamayadi.
Ilmiy ish qila boshlasangiz, professorlarning aksariga hurmatingiz kamayadi.
Mansab zinalaridan chiqa boshlasangiz, rahbarlarning aksariga hurmatingiz kamayadi.
Bir tarafdan tushunarli.
Odam o’zida yo’q narsaga ko’proq qoyil qoladi.
Boshqa tarafdan, yuqoridagi yutuqlar, oddiy ishlar + omadning natijasi ekanligini tushuna boshlaysiz.
Bitta holat bundan mustasno ekan.
Nafsingiz bilan kurash ko’payganidan keyin, nafsidan g’olib kelganlarga hurmatingiz kamayib qolmaydi. Ko’payib boradi.
Jarayonga kirishmaguncha bu ishni oddiy deb o’ylagan edingiz.
Kirishganingizdan keyin, oddiy ko'ringan odamlarning buyukligi bilinib qoladi.
Dars berish bilan jiddiy shug‘ullanib ko‘rganlar biladi:
Natijaga qobiliyat yetmasligi to‘siq emas. Xohish yetmasligi asosiy to‘siq bo‘ladi.
Makarenko ham buni bilar edi. Shu sababli banditlardan muhandis va shifokorlarni chiqargan edi.
Suxomlinskiy ham buni bilar edi. Shu sababli aqli pastlardan a’lochilarni chiqara olgan edi.
Fizik Devid Doytch ham shuni
aytyapti
: Matematikani hamma o‘qiy oladi. Yetarlicha qiziqsa, xohlasa bo‘ldi.
O'rganishga xohish yetishmaydigan zamonda yashayapmiz.
Ta’limdagi o‘zgarish ham sun’iy intellektdan kelmaydi. Bepul darslik va eng zo‘r onlayn ustozlar anchadan beri bor.
Bizga xohlatadiganlar, qiziqtiradiganlar yetishmaydi.
Xohishlar qayerdan keladi?
Atrofimizdan.
Yonimizdagilar xohlayotgan narsani xohlashni boshlaymiz.
Ulardagi narsaga erishishni istab qolamiz.
Rene Jirar buni Mimesis deb atagan
edi
.
Demak,
Bir narsaga erishmoqchimisiz?
O'sha narsaga xohishni kuchaytiring. Qolgan usullarni ishlatish uchun ham xohish kerak.
Xohishni kuchaytirmoqchimiz?
Kuchli xohlayotganlar oldida yuring.
Ko‘proq ishlarga ulgurishni xohlaymiz.
Yechim izlaymiz.
Topish uchun navbatdagi kitobni tugatib chiqishimiz mumkin.
Youtubeda yana bir videoga bosishimiz mumkin.
Ulgurish muammosiga uchramaydigan SI dan maslahat olishimiz mumkin.
Yoki ming yillardan beri sinalgan usullarni tanlashimiz mumkin:
Seneka
: Kechga borib ishlarimni tahlil qilaman.
Hazrati
Umar
(r.a): Hisob-kitob qilinmasdan, o‘zingizni hisob-kitob qiling!.
Biznes tilida buni reja-fakt deyishadi.
Ertalab “Nima qilmoqchiman?” deb yozib chiqamiz.
Kechqurun “Nimalar qildim?” deb yozib chiqamiz.
Qila olmaganlarimizning sabablarini tahlil qilamiz.
🟢
Rahimov School
Ibn Sino filiali
Tarbiyaviy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari
lavozimiga nomzodlarni saralamoqda!
Ushbu lavozimga yoshi 35 va undan yuqori bo'lgan ayol nomzodlar ko'rib chiqiladi.
🟢
Ish sharoitlari:
🟢
Oylik maosh:
15 - 20 mln
— Oyda
2 marta
maosh olish - avans va oylik (barqarorlik kafolatlanadi)
— Har o'quv yili
oshirib
boriladigan ish haqi
—
Mehnat kodeksiga
muvofiq mehnat munosabati
— To'liq ish kuni
,
6/1
—
Farzandingiz
maktabimizda o‘qishiga har oy
3 100 000
so'mgacha chegirma
— O'zingiz va farzandingiz uchun oylik saqlanadigan
kasallik ta'tillari
— Oshxonamizda
rejim
bo'yicha protein,vitamin va minerallarga boy
nonushta,tushlik,tolma choy
— 8
kishidan iborat
tarbiyachi kuratorlar jamoasiga rahbarlik qilish
—
20K nomzodlar
ichidan saralanib olingan
professional
hamkasblar
— Alohida,
keng
va
shinam
xona
— Hurmatga asoslangan, sokin va professional ish muhiti
— Kasbga oid
kurs
va
treninglar
to'lovi maktab
tomonidan
qoplanadi
—
Muntazam maktab
asoschilari
tomonidan trening va kurslar
🟢
Sizdan kutiladi:
• Yoshi 35 va undan yuqori bo'lgan ayol nomzodlar
• Jamiyatga yoshlarga ta'lim va tarbiya berib hissa qo'shishga bel bog'lagan
• Oliy ma'lumotli:
— Nizomiy nomidagi TDPU
— O‘zbekiston Milliy universiteti
— Xalqaro Islom Akademiyasi
— Pedagogika yo‘nalishidagi boshqa davlat OTMlari
•
Tarbiya, bola psixologiyasi, ta'lim sifatini tushunish
•
O'qituvchilik hamda sinf rahbarlik tajribasi ustunlik beradi
•
O'quvchilarni ruhlantira oladigan yutuqlarga ega bo'lish
•
Xodimlarni boshqara olish qobiliyati
•
Jamoada ijobiy muhit yarata olish
•
Chet tillarni bilish ustunlik beradi (rus yoki ingliz tili)
🟢
Asosiy vazifalar
• Maktabdagi o’quvchilarning ma’rifiy va tarbiyaviy masalalariga ma’sul bo’lish
• Zarur hollarda individual yondashuv asosida o‘quvchilar bilan suhbat va tarbiyaviy ishlar olib borish
• Kurator va tarbiyachilarni samarali foaliyatini ta’minlash
• O’quvchilarning ota-onalari bilan suhbatlashish, zaruriy tavsiyalar berish
•
Psixologlar bilan hamkorlikda o'quvchini maktabdagi faoliyatini nazorat qilish
🟢
Ishga kirish uchun
— Arizangizni botdagi «Qaynoq ish o‘rinlari
🔥
» tugmasini bosish orqali qoldiring:
@rahimovschool_jbot
Vakansiya va foydali ma'lumotlar kanali -
Ta'lim bering
Daromadni ko‘paytirishning oddiy usuli bor.
Skot Adams tavsiya qilgan.
Ko‘nikmalar va tushunadigan sohalarni ko‘paytirish.
Faqat o'z yo‘nalishimiz bilan cheklanib qolmaslik.
Bittagina ishni qila oladigan ikkita odamdan (masalan, sotuvchi va o‘qituvchi)
Ikkita ishni qila oladigan bitta odam qimmatroq bo‘ladi. (Sota oladigan o‘qituvchi, boshqara oladigan dasturchi)
Ikki barobar emas.
Uch barobar qimmatroq.
Chunki ikkita odam hali o‘zaro gaplashishi kerak.
Kelisha olishi kerak.
Bu vaqt oladi.
Odam o‘zi bilan esa daqiqasiga 4000 ta so‘z tezligida gaplasha
oladi
.
G‘oyani davom ettirsak-chi?
O‘nta ko‘nikmasi bor va o‘nta sohani tushunadigan odam bo‘lsa-chi?
Bunga erishish vaqt oladi. Sabr qilib, erisha olgan yuz barobargacha qimmatroq
bo‘ladi
.
Qanday qilib bolani taqiqsiz tarbiya qilish mumkin?
"Alohida mavzu" jamoasi ko‘plab tomoshabinlarimiz kutgan “Farzand tarbiyasi” suhbatining 2-qismini tayyorladi! Ushbu sonda
Hasanxon qori
va
Aziz Rahimov
bilan bolalar tarbiyasining eng nozik jihatlari haqida suhbatni davom ettirdik.
Suhbat davomida siz:
- Nega bolalarga taqiq qo'ymaslik kerak?
- Bolalarga do'stlaridan misol keltirish to'g'rimi?
- Nega farzandimiz bizga o'xshashiga undamasligimiz kerak?
- Qaysi ayblarni bilmaganga olishlik kerak?
- Qanday qilib yomon xulqli bolani o'zgartirish mumkin?
- Farzand tarbiyasida jazo qanday qo'llaniladi?
- Farzand kamoli uchun sarflangan pul muhimmi yoki vaqt?
Shu kabi savollarga javob olasiz!
📌
Bu suhbatni har bir ota-ona ko'rishi shart. Ko'ring va yaqinlaringiz bilan ham ulashing:
https://youtu.be/7FetZ1DrhFY
@alohidamavzu
Ramazon hayiti katta bayramlarimizdan.
Nishonlashimiz sababi esa ramazon
tugaganiga
xursand bo'lganimizdan emas.
Mo'minlarda rahmat oyi tugashidan xafalik ko'proq bo'ladi.
Yaqinimizni chet elga kuzatgandek bo'lamiz. Ham xursandmiz. Ham xafa.
Nishonlashimiz mag'firat umididan.
Ahmad ibn Hanbal aytganlaridek – haqiqiy hayit haqiqatdan mag'firat bo'lganlarniki.
Ramazon davrida o'zgara olganlarniki.
Shu rahmat oyida orttirgan odatlarimiz, ichki holatimiz keyingi ramazongacha yetib borsin.
Umrimiz oxirigacha yetib borsin.
Omin.
Ramazonni foydali o'tkazganlarga ramazon hayiti muborak!