
Benimle
Postlarim men uchun qadrli ularni mehr va o’z hissiyotlarim bilan yozaman olsangiz manba bilan oling!
Oh kitoblarimaaa sizlarni qanchalik yaxshi ko’rishimni bilganingizda edi
😭
😭
sizni o’z onamdan ham yaqinlarimdan ham qizg’onaman shu sababdan ham hatto o’qib turishga ham bera olmayman oh sizlara sizlara…
Benimle
Bu hayotta rohat bo’ladigan bo’lsa, lazzat bo’ladigan bo’lsa u faqat ilm olishdadir…
الدنيا حلم، والآخرة يقظة، والموت متوسط بينهما، ونحن في أحلام من أملٍ، ومن حاسب نفسه ربح، ومن غفل خسر، ومن نظر في العواقب نجا، ومن أطاع هواه ضل، ومن صدق الله نجا
Bu dunyo – tush, oxirat – uyg‘oqlik, o‘lim – ikkisining orasidagi ko‘prik. Biz esa umid degan tushda yashayapmiz. Kim o‘zini hisob-kitob qilsa, najot topadi; kim g‘aflatda bo‘lsa, ziyon ko‘radi; kim oqibatga boqsa – qutuladi; kim nafsiga ergashsa – yo‘ldan adashadi; kim Allohga sadoqatli bo‘lsa – najot topadi.
Hasan Basriy
▫️
Benimle
Dinning bari xulqdir.
Xulqda senda qancha ziyodalik bo’lsa, dining ham shuncha ziyodalashadi.
Ibn Qayyum
▫️
Benimle
ثمّة جراح لا تُداوى إلا بالقرآن
و هموم لا تنفرج إلا به،
وآلام لا تسكن إلا معه،
وتساؤلات لا تنحل إلا بالرجوع إليه،
القرآن ملجأ ودواء وسكن؛
لذا تجد أهدأ الناس بالاً وأسعدهم أهل القرآن.
"اللهم اجعلنا من أهل القرآن
🤍
"
Ba’zida shunday yaralar bo‘ladi-ki, ularni faqat Qur’on davolaydi;
Shunday g‘am-tashvishlar borki, ular faqat Qur’on orqali yengillashadi;
Shunday og‘riqlar borki, ularni faqat Qur’on tinchlantiradi;
Shunday savollar borki, faqat Qur’onga murojaat qilgandagina javob topadi.
Qur’on – pana, davo va xotirjamlik manbaidir.
Shuning uchun ham eng osoyishta, eng baxtli insonlar – Qur’on ahlidir.
“Allohim, bizni Qur’on ahlidan qilgin”
🤍
Benimle
Sabr juda nozik, ammo kuchli iroda talab qiladigan amal. Azmu qarorli bo’lish degani. Bo’lib o’tganlarni qabul qilish endi bo’ladiganlarga esa tayyorgarlik ko’rishdir. Shunchaki oh fig’on qilish emas.
Benimle
Barchamiz muhabbatga muhtojmiz…
Insonning qalbi shunchalik kattaki biror narsa uni to’ldira olmaydi, va shunchalik mo’rtki, eng yengil narsa bilan ham uni sindirish zarar yetkazish mumkin
Ehtiyot bo’ling…
🪻
#tarjima
Benimle
Baxtli Tana, Baxtli Miya
“Agar kayfiyatingiz yomon bo‘lsa, sayrga chiqing. Agar kayfiyatingiz hanuz yomon bo‘lsa, yana sayrga chiqing.”
— Gippokrat
Hech kimga sir emas.
Barchamiz jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishimiz kerakligini bilamiz. Biz mashqlar vazn nazoratida, mushaklar va suyaklarni mustahkamlashda, kasallik xavfini kamaytirishda, o‘z-o‘ziga ishonchni oshirishda va hayotga bo‘lgan ijobiy munosabatni shakllantirishda foydali ekanini bilamiz. Bu foydalar endi hech kimga yangilik emas.
Ammo ommaviy axborot vositalarida kam muhokama qilinadigan jihat shuki,
jismoniy mashq miyani qayta ulab, uni yuqori darajadagi fikrlash uchun qayta tashkil qiladi.
Ko‘pchilik jismoniy mashqlarning fikrlash, xulq, qaror qabul qilish va boshqalar bilan qanday aloqasi borligi haqida o‘ylamaydi.
Ilm-fan tanamizga bo‘lgan yondashuvimizda inqilob yasadi — xususan, miyamizga. Bizning miyamiz tirik qolish uchun harakatda bo‘lishga muhtoj. Shu bobda harakatda qolishning sog‘lomlik va baxt uchun asab tizimini qanday saqlab qolishi tushuntiriladi. Jismoniy faollik, xuddi uyqu va ovqatlanish kabi, miyani tozalovchi “Brain Wash” dasturining muhim qismidir, chunki u DNK ifodasini bevosita boshqarib, miyamizdagi qaror qabul qilish markazi — prefrontal korteks bilan bog‘lanishni tiklaydi.
Ming yillar davomida harakat va jismoniy faollik hayotning ajralmas, zaruriy qismlari edi. Odamlar omon qolish uchun harakat qilishga majbur edi — ov qilish, yig‘ish, yurish. Bizning miyamiz rivojlangan sari harakat ichki ehtiyojga aylandi. Biz resurslar va omon qolish imkoniyatlari uchun boshqa odamlar bilan raqobatlasha boshladik.
Ijtimoiy olimlar shunday xulosaga kelishdiki:
miya faolligi bilan ijtimoiy aloqalarga kirishish, murakkab jamiyatlar barpo qilish, muloqotda bo‘lish, ijodkorlik bilan fikrlash o‘rtasida bevosita aloqa bor.
Antropologlar o‘tkazgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,
jismonan faol bo‘lgan hayvonlar
— xususan, yirik guruhlarda yashovchi, ko‘p harakat qiladigan hayvonlar — eng rivojlangan miya hajmiga ega bo‘ladi.
Bu hayvonlar BDNF (Brain-Derived Neurotrophic Factor — miya o‘sishini ta’minlovchi oqsil) kabi moddalarni ko‘proq ishlab chiqaradi va ularning sog‘lig‘i sezilarli darajada yaxshilanadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,
harakat qilish — murakkab va yuqori darajadagi kognitiv qobiliyatlar
bilan chambarchas bog‘liq.
Bizning
juda murakkab va ayniqsa katta prefrontal korteksimiz
— bu bizning aql-zakovatlilik va yuqori samaradorlikka qodir bo‘lishimizni ta’minlaydigan miyaning qismidir — aynan jismoniy harakatlar bilan rivojlangan. Biz bu qobiliyatlarni harakat evaziga qo‘lga kiritganmiz.
Bu esa savol tug‘diradi:
Agar endi biz jismoniy faol bo‘lmasak, nima bo‘ladi?
Biz o‘z miyamizning asl funksiyalaridan uzoqlashamiz. Harakatsiz yashash natijasida prefrontal korteks sustlashadi, odamlar o‘zini boshqarolmaydigan, xavotirli va tushkun bo‘lib qoladi aynan zamonaviy jamiyatda keng tarqalgan muammoyimiz manashu jihatga e’tibor bermasligimizdan kelib chiqmoqda
Brain Wash kitobidan
Benimle
Cho’pon qo’ylar sonin bilgani yaxshi,
Minbarda olimlar bo’lgani yaxshi.
Bog’bonga yarashmas xofizlik xullas,
Hamma o’z ishini qilgani yaxshi!
Xayrulla Hamidov
Benimle