
Benimle
Abdulloh ibn Amr ibn Os rodiallohu anhudan rivoyat qilinadi
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: ikki mo’mining ruhi bir kunlik masofadan turib o’zaro muloqatda bo’ladi. O’zlari bir birlarini ko’rmasa ham dedilar.
Darhaqiqat, mo’minlar o’zaro muhabbat qo’ysalar, hech qachon bir birlarini esdan chiqarmaydilar, doimo birodarlarining haqlariga duo qiladilar. Boshqa shaharda bir biridan uzoqda yashasa ham, doimo bir birlarini eslab borgan kelganlardan salom yuboradilar hullas ular qalban, ruhan doimo birga bo’ladilar.
Odoblar hazinasi kitobidan
Benimle
Yaxshilik qil suvga ot bilsa baliq bilar, bilmasa Xoliq bu ma’jozan aytilgan bo’lib Robbimiz hamma narsadan doimo xabardor shu biz uchun kifoya qiladi…
Riyo - kichik shirkdir ishlaringu insonlar uchun qilsang Robbim kim uchun qilgan bo’lsang mukofotini ushandan ol deydi. Nima qilsang ham ishlaringda xolis bo’lki mukofoting ham shunga ko’ra go’zal bo’lsin…
Kuningiz xayrli bo’lsin
💐
Benimle
Bu dunyoda eng baxtsiz odam - Qur’on o’qishni bilmaydigan, bilsa ham o’qimaydigan odam bo’lsa kerak…
Allohim bizni ko’p tilovat qiluvchi, o’qiganiga amal qiluvchi tirik Qur’onlardan qilsin…
Benimle
Kimdir kanalimni reklama qilib bergisi kemayapdimi?
🥹
🤭
Insonni hursand qilishi mumkin bo’lgan eng yaxshi ish - o’qish, o’qish va yana o’qish.
Bir kitobda o’qigan edim uzoq gap, tanbeh insonlarni sendan malollantiradi deya.. ha bu ayni haqiqat… haqiqatni tinglashni istamagan insonlarga qanchalik uzoq vaqt sarflab gapirsang ham foydasi yo’q faqat vaqtingni ketqizganing qoladi. Hech kimni o’zgartirishga harakat qilmaslik balki o’zini ustida ko’proq ishlab namuna bo’lib borish hozirgi kundagi maqsadga yetish uchun kerak bo’ladigan eng samarali yechimlardandir.
Ko’p gap haqiqatda insonni nadomat chekishiga sabab bo’ladi bejizga bu gap aytilmagan
Sukut qilib biron marta nadomat chekmadim, gapirib bir necha bor nadomat qildim.
Gapirish o’rniga ham uzoqroq tafakkur qilish kerak ekan. Inson o’qigan sari o’rgangan narsasini insonlar bilan ulashgisi keladi, yaxshi suhbotdosh bo’lsa hop hop unday bo’lmasa yozgan ma’qulmikan deb o’ylab qolyapman
🤔
Allohim bizlarni kam gapirib ko’p fikrlaydiganlardan qilsin
Sizlar nima deb o’ylaysiz bu borada ?
⬇️
❔
Benimle
Qiz bola nega murattab qoriya bo’lishi kerak, nega ilm o’rganishi kerak deydiganlarga ajablanaman, qiz bola qoriya, olima bo’lsa jamiyatga qanday foydalari bolishini hech o’ylab ko’rishmasmikin ?!
Oilasini islomiy ruhda shakillanishiga bolalarni yoshligidan shu muhitda kotta qilishga sabab bo’ladigan ayol kishi emasmi? Ayol kishi qoriya bo’lsa butun kunini yoddan qur’on tilovati bilan o’tiqazadi buning nimasi yomon? Axir bunday honadonda baraka tinchlik sakinat bo’ladi-ku, Ustida Qur’on tilovati qilinib tayyorlangan taomni yeyuvchi insonlardan yomon inson chiqishi mumkinmi aslo chiqmaydi Allohning izni bilan…
Ilm borasida ham hudda shunday ustozlarimiz aytganlaridek haqiqatta ilmli ayol barchani hurmat qiladigan go’zal xulq sohibasi bo’ladi Dinda shariatda barcha musulmon bilishi kerak narsalardan habardor bo’ladi halol haromni aralashtirmaydi barcha xususda insonlarni haqqidan Allohni haqqidan qo’rqadi va yaqinlarini ham shu narsaga undaydi… buning ham hech qanday yomon joyi yo’qku!!!
Bularni fazilatini agar bittalab sanaydigan bo’lsak vaqt ham yetmaydi… Bularni nega aytapman, dinga g’arazli kimsalar ayollarimizni o’zlarining yolg’on da’volari bilan ilm olishdan to’sishmasin!!! Unitmaylikki Xoliqiga vafosi bo’lmagan kimsaning hech qachon maxluqotga safosi bo’lmaydi
Benimle