Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Bizning Montessori Uy 🏡

bizningmontessoriuy

🏡
Maqsadimiz O’zbekzabon Onalarga Ummatni tarbiya qilishda o’rganayotkanlarimizni bo’lishish
🏠
Montessori tizimidan ilhomlangan uyimizga xush kelibsiz!
🏠
Farzandingizni aqliy rivojlanishi uchun mashqlar
🏠
Nutqni rivojlantirish

Subscribers
1 910
Post views
1 277
ER
67,24%
Posts
719
October 23, 09:16

Balki yana navbatdagi teskari fikrlardan biri
2-10 yoshli farzandi bor otalar (menga o'xshab)
Agar farzand o'z-o'zidan kelib sizni achomlab olmasa, ustingizga chiqib o'ynamasa, siz borligingizda jim bo'lib qolsa yoki "o'ta odobli" bo'lib qolsa, siz bilan hazillashmasa, orada masofa saqlaydigan bo'lsa, gaplarini sizga aytmasa, biror xato ish qilsayu uni sizdan berkitsa, o'rningizdan turganingizda yoki birortasini chaqirganingizda cho'chib tushsa...
chuqur o'ylab ko'rish kerak...
qayerdadir xato bo'lishi mumkin
balki sizdagi yuqori stres sabab bolaga nisbatan asossiz g'azabdorlik bordir...
balki telefon sabab bolaga nisbatan be'etiborlik bordir...
balki sizdan qo'rquv manbasi sifatida ko'p foydalanilar...
balki siz intizomli tarbiya deb o'ylagan narsa faqat qo'rquv ustiga qurilayotgandir...
qo'rquv bilan katta bo'lish bola kelajagiga o'ta salbiy ta'sir qilishi mumkinligini o'ylab ko'rish kerak.
Bunday muhitda o’sgan bolalarning o’ta kam foizida keyinchalik o’ziga bo’lgan ishonch oshib boradi. Bu boshqalarni o’ziga na’muna qilish orqali bo’ladi…
Bek Olimjon
23.10.25
Kongsvinger
Norvegiya
Original note:
kids, fear, fatherhood

October 22, 05:39
Media unavailable
1
Show in Telegram

Mashg’ulotlarni uy maktabi kanalimda joylab turibman. Sanash uchun qiziqarli mashg’ulot. Printerdan chiqarib bemalol foydalaning
🍁
🍂
🍂

October 20, 05:34
Media unavailable
1
Show in Telegram

Assalomu alaykum, aziz onajonlar
💛
Sofiya yaqinda 3 ga to’ladi in shaa Alloh va biz u bilan uyda o‘qishni — ya’ni, homeschoolni boshladik
🏡
Har kuni biz uyda kichik, ammo foydali mashg‘ulotlar qilishni rejalashtirganmiz: o‘yin, san’at, kitoblar, tajribalar
🎨
📚
va mana shu jarayonni boshqa onalarga ham ilhom bag’ishlash niyatida bo’lishib bormoqchiman in shaa Alloh
🌿
Shu sababli yangi sahifa ochdim — u faqat 0–5 yosh atrofidagi bolalari bor onalar uchun mo‘ljallangan. Bu yerda siz oson, tabiiy va foydali g‘oyalar olishingiz mumkin. Kanalda asosan audio va videolar bor bo’lganligi sababli, faqatgina shug’ullanish niyati bor Onajonlarni qo’shmoqchiman
🧸
Agar siz ham farzandingiz bilan biror qiziqarli mashg’ulotlar qilmoqchi bo’lsangiz, yangi sahifaga qo’shilishingiz mumkin. Asoan 2-5 yoshli bolalari bor Onajonlar uchun foydali bo’ladi
🍃
Quyidagi linkdan qo’shilish mumkin:
https://t.me/+Ya3ZPYld_LQ2ZTFi

October 13, 05:31

Ona suti haqida hozirgina o’rgangan juda qiziqarli ma’lumotim - emizishlar orasi qancha uzoq bo’lsa, unda keyingi emizish vaqtida prolaktin gormoni kamroq bo’larkan. Bundan tashqari emizish orasi uzoq bo’lib ketsa, sutdagi yog’ miqdori kamayar ekan!
Xulosa qiladigan bo’lsak,

orasini ko’proq qilib sog’sam yoki emizsam sut ko’proq chiqyapti deb, emizish/sog’ish orasini uzun qilmaslik kerak! Ko’p chiqgandek tuyulsa ham, bu sut tarkibi va hajmiga ta’sir qiladi.

o’qishda bo’lsa, iloji bo’lsa har 3 soatda sog’ib turish kerak (bu sutni to’kib yuborishga to’g’ri kelsa ham!)

voy ishim qolib ketadi, birozdan keyin emizaman, hozir soskaga ovunib tursin demaslik kerak! Ayniqsa bola yangi chaqaloq davrida. So’radimi, o’sha zahoti bering!

yana to’ymayapti deb, 1-2 emizish vaqtida smes bersangiz va bu davrda ko’krakdan sut chiqib ketmasa, bu nafaqat sutni kamaytiradi, balki bu sut tarkibidagi yog’ga ham ta’sir qilar ekan (hammada turlicha bo’ladi)!
🤱
LEKIN UNUTMANG! Hammda bu individual holat. Hammada har xil bo’ladi. Bu ma’lumot umumiy tadqiqotga ko’ra!
O’zingizga tez-tez ko’p-ko’p emayotgandek tuyulsa, to’ymayapti deb tahmin qilib, smesga o’tib ketmang! So’raganida bering! Bola bilib so’raydi.
Qisqa qilganda, soatga qarab emas, bolani xohishiga qarab emizing!
@bizningmontessoriuy

September 10, 18:44
Media unavailable
1
Show in Telegram

Hozirgi o’qiyotgan kitobimda juda kerakli parcha ko’rib qoldim. Chatgptdan tarjima qilib berishini so’radim:
1. Gapira olmaydigan kichkina bola taqiqlangan narsaga tegsa, uning kichina qo‘llarini urib qo’yish mumkin emasmi?
Bola hali gapirmasligi, bu uning tinglamasligini yoki tushunmasligini anglatmaydi. Kichkintoylar har kuni, har daqiqa nimanidir o‘rganib borishadi. Savol shundaki, ular aynan nimani o‘rganishmoqda? Ota-ona tanlov qiladi. U bolaning qo‘lini shapillatib urib, unga faqat bitta narsani o‘rgatishi mumkin: “Qilmaslik kerak bo‘lgan ishni bilishning yagona yo‘li — shapaloq yeyish.”
Yoki ota-ona bolaga hurmat bilan, kichkina inson sifatida yondashib, unga butun umr asqotadigan axborotni bera oladi. Masalan, bolani (yoki buyumni) olib qo‘yarkan, unga aniq va ravshan qilib tushuntiradi:
• “Pichoqlarni yalash mumkin emas. Mana bu qoshiqni yalasang bo‘ladi.”
• “Bu chinni itni sindirib qo‘yishing mumkin. Lekin o‘yinchoq iting sindirilmaydi.”
Ona shu gaplarni ko‘p marta qaytarishiga to‘g‘ri kelishi mumkin, ammo takror-takror berilgan izoh shapalatdan butunlay boshqacha xabar beradi.
@bizningmontessoriuy

September 04, 08:12
Media unavailable
1
Show in Telegram

SENTYABR 2025
Farzandingiz bilan birgalikda bajarish uchun har kuni savodxonlikni rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar
1-hafta

1 (Yozish):
Ob-havo jadvali tuzing. Surat va so‘zlardan foydalaning: quyoshli, bulutli, yomg‘irli. Har kuni belgilang.

2 (O‘ynash):
Bugun pufakchalar puflang. Bu nutq uchun zarur mushaklarni mustahkamlaydi.

3 (Gapirish):
Qarama-qarshi tushunchalarni muhokama qiling: katta va kichik, tun va kun, yorug‘ va qorong‘i.

4 (Qo‘shiq aytish):
Qo‘llaringizni urib, oddiy qo‘shiq ritmida kuylang.

5 (Sanash):
Halqa shaklidagi donlarni ipga tizib chiqing. Ularni sanang.

6 (O‘qish):
Hasharotlar haqidagi kitobni o‘qing. Yozda faol bo‘lishlarini tushuntiring.

2-hafta

7 (Yozish):
“Vazifalar ro‘yxati” yozing. Bolangizga bajarilgan ishlarni belgilashni o‘rgating.

8 (O‘ynash):
Qog‘oz, qalam va turli materiallardan foydalanib, ijodiy stansiya tashkil qiling. Bolangiz tasavvurlarini ishga solsinki, narsalar ixtiro qilsin.

9 (Gapirish):
Farzandingizdan “Qaysi o‘yinchoqni eng yoqtirasiz?” deb so‘rang. Shu haqda suhbatlashing va birga o‘ynang.

10 (Qo‘shiq aytish):
Sevimli qo‘shiqni qismlarga bo‘lib kuylang. Farzandingizni siz bilan birga kuylashga undang.

11 (Sanash):
Farzandingizning o‘yinchoqlarini sanang. Masalan, mashinalar yoki qo‘g‘irchoqlar sonini.

12 (O‘qish):
Oilaviy kitob klubi qiling. Har bir kishi navbat bilan o‘qib bersin.

13 (Yozish):
Qog‘oz qutiga teshiklar qiling, qalam orqali ulardan o‘tkazishni mashq qiling.

3-hafta

14 (O‘ynash):
Yopishqoq qog‘ozga turli narsalarni yopishtiring. Qaysilari yopishishini va yopishmasligini kuzating.

15 (Gapirish):
Farzandingizni sodda so‘zlarni qaytarishga rag‘batlantiring.

16 (Qo‘shiq aytish):
Farzandingiz sevimli qo‘shiqni aytsin yoki cholg‘u asbobida oddiy ohang chalib bersin.

17 (O‘ynash):
Uy buyumlarini (qoshiq, quti) olib, eng kattasidan kichigiga qarab joylashtiring.

18 (O‘qish):
Sevimli kitobni tanlang va qayta-qayta o‘qing. Farzandingiz nima bo‘lishini oldindan aytib bersin.

19 (Gapirish):
Qo‘lingiz bilan turli tovushlarni yasang. Farzandingiz ularni takrorlasin.

20 (O‘ynash):
Ov qilish o‘yiniga boring: uy ichidan turli narsalarni qidiring.

4-hafta

21 (Gapirish):
Navbat bilan bir-biringizga oddiy hikoyalar aytib bering.

22 (Qo‘shiq aytish):
“Agar sen baxtlisan” qo‘shig‘ini kuylang va raqs qiling.

23 (Sanash):
Kublardan foydalanib, qanchalik baland qurish mumkinligini o‘lchang.

24 (O‘qish):
Qog‘ozga “Sen uxlayapsanmi?” so‘zini yozing va ertalab-kechqurun kuylang.

25 (Yozish):
Bolangizning ismini yozing. Harf tovushini va so‘zlarni muhokama qiling.

26 (O‘ynash):
“Issiq va sovuq” o‘yinini o‘ynang. Qoidalari orqa tomonda.

27 (Gapirish):
Oila suratlarini ko‘rsatib, hikoya tuzing.

5-hafta

28 (Qo‘shiq aytish):
Oilaviy qo‘shiq ayting. Har kim bir qismidan kuylasin.

29 (Sanash):
Oila a’zolaringizni sanang. Qancha aka-uka, opa-singil, uy hayvonlari bor?

30 (O‘qish):
Farzandingizdan “Nima bo‘ldi?”, “Nega shunday bo‘ldi?” deb savol bering. Birgalikda hikoya tuzing.
*chatgpt tomonidan tarjima qilindi
@bizningmontessoriuy

September 01, 05:32
Media unavailable
1
Show in Telegram

Shu vaqt baribir o'tadi
Bizga uzoq vaqt kerak bo'ladi, deb o'ylashimiz bizni vahimaga soladi:
➡️
Ikki yil
ingliz tili o'rganib, IELTS topshirishim kerak, deysiz. Lekin o'sha vaqt bir tez o'tib ketadi.
➡️
Universitetda
to'rt yil
umrim ketadi, deb o'ylaysiz. Lekin o'sha vaqt bir zumda baribir o'tib ketadi.
➡️
Qur'on yodlashimga
4-5 yil
ketarkan, deb boshlamay yurasiz. Sizni boshqa narsa bilan band qilib, o'sha vaqt baribir o'tadi.
➡️
Arab tili o'rganishim uchun
uch yil
o'qishim kerak ekan, deb kirishmaysiz. Lekin shu vaqt ko'z ochib yumguncha o'tadi.
Siz esa bir narsaga erishganingiz yo erishmaganingiz qoladi.
Fikrlab ko'ring, "falon vaqt kerak" degan o'y sizni qancha yaxshiliklardan to'sdi.
©
ULUL ALBAB yozdi

September 01, 05:06
Media unavailable
3
Show in Telegram

Bu video yoningizdan sizga bolalarni toza havoga olib chiqishni eslatish uchun chiqdi
🤓
❤️
Chicagoda bu yil yoz juda issiq bo’ldi. Kunduzi bolalarni deyarli faqat yopiq joylarda olib yurdik
😅
endi havo juda sovub ketishidan oldin in shaa Alloh har kuni toza havoga chiqishni niyat qildik.
Sevara opa bir podcastni joylagandilar. Quyosh va vitamin d ning foydalari haqida. Shuni ko’rganimdan keyin bolalarni toza havoda olib yurish naqadar muhimligiga yana bir bora amin bo’ldim.
O’sha podcastda qisqacha nimalar deyilgan:
🌅
Tonggi quyosh nuri
Atigi
2 daqiqa tonggi quyoshda turish
dopamin darajasini
250% ga oshiradi
, bu esa kayfiyat va motivatsiyani kuchaytiradi.
🚬
☀️
Quyosh nuri va chekish taqqoslanishi
Shvetsiyada o‘tkazilgan tadqiqotda tashqarida ko‘p vaqtini o‘tkazgan chekuvchi ayollarning umr davomiyligi, ichkarida qolib chekmaydigan ayollarnikiga deyarli teng bo‘lgan. Bu esa
quyosh nuri juda kuchli himoya ta’siriga ega
ekanini ko‘rsatadi.
🌞
Quyosh va nafas olish salomatligi

Quyoshdan olinadigan D vitamini immunitet tizimini kuchaytiradi
, chunki u o‘pkadagi antimikrob peptidlarni faollashtiradi.
• Bu peptidlar
shamollash, gripp va hatto pnevmoniya kabi nafas yo‘llari infeksiyalaridan himoya qiladi
.

D vitamini yetishmaydigan odamlar
ko‘pincha surunkali nafas yo‘llari kasalliklariga (astma, O‘PBT) moyil bo‘lib, infeksiyalar ham ularda og‘irroq kechadi.
• Tadqiqotlarga ko‘ra,
quyosh nuriga muntazam chiqish
nafas olish kasalliklaridan shifoxonaga tushish va o‘lim xavfini kamaytiradi.
• COVID-19 davrida ham past D vitamini darajalari
o‘pka faoliyatining yomonlashishi
va yuqori xavf bilan bog‘liq bo‘lgani aniqlangan.
Shu joyigacha o’qigan bo’lsangiz, like bosib, bolalarni quyoshga albatta olib chiqing
😊
😊
🤓

September 01, 02:05
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🎉
Diqqat, aziz onajonlar!
Farzandingizning 0–3 yosh davrida nimalar muhimligini bilib oling
😀
Hurmatli onajonlar, sizni 3 kunlik bepul marafonga taklif qilamiz. U 3–4–5 sentyabr kunlari aynan bizning kanalimizda bo‘lib o‘tadi
👉
@namuna_ims
Marafonda siz :
😀
bolani qanday qilib to‘g‘ri va yumshoq tarzda taglikdan chiqarish;
😀
toddler kim va bu yoshning o‘ziga xos xususiyatlari;
😀
rivojlanishning birinchi bosqichida aqliy o‘sishni qanday qo‘llab-quvvatlash.
🎙
Marafonni AMI diplomiga ega 0–3 yosh pedagogi Uliyana Maryorova olib boradi. U 8 yillik tajribaga ega, aynan shu sohada ishlaydi. U Latviya davlatidan kelib, O‘zbekistonda onajonlarga Montessori metodikasini qo‘llash va bolalarni to‘g‘ri rivojlantirishda yordam beradi.
😀
Marafon davomida sizni sovg‘alar va chegirmalar kutmoqda. Shu jumladan, 7 sentyabr kuni o‘tkaziladigan pullik seminarimizga chegirmaga ega bo‘lasiz.
😀
Kanalga obuna bo‘ling, dugonalaringiz va tanish onajonlarni ham taklif qiling — chunki bu O‘zbekistondagi yagona shunday mutaxassisdir!
Birinchi sovg‘angizni o‘tkazib yubormaslik uchun ushbu post izohlarida

belgisi qoldiring.
Marafonda ko‘rishguncha!
😀
📱
Instagram
📱
Telegram

August 21, 19:07
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ona sutini saqlash
Eslatma: Men shifokor emasman va hech qanday meditsinaga aloqador darajam yo’q. Video shunchaki sizga ma’lumot yetkazish maqsadida yasaldi. Qo’llashdan avval albatta shifokoringiz bilan maslahatlashing iltimos!
Bu yo’riqnomalar Amerikaning CDC ya’ni Sog’liqni Saqlash Boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan. Ular Amerika iqlimi, sharoiti, ekologiyasidan kelib chiqgan holda tuzilgan. Bu yo’riqnomalar siz yashaydigan joyga qarab o’zgarishi mumkin.
Bu yo’riqnomalar o’z vaqtida tug’ilgan va hozirgi kunda sog’lom (misol uchun shamollamagan) bolajonlar uchun. Agar farzandingiz muddatidan oldin tug’ilgan yoki hozirgi kunda kasal bo’lsa, albatta shifokor bilan maslahatlashing!
@bizningmontessoriuy