
Bizning Montessori Uy 🏡
Uraaa
🥳
🥳
🥳
Yana sovg’alar
🥳
🥳
🥳
Bu safar mini konkursimiz faqat instagramda
😊
😊
😊
Qatnashish va shartlari juda oson
🌸
:
https://www.instagram.com/p/Da1ppFakd5K/?igsh=MXNlaHJlYTFwMXU1
O’tgan safar telegramda kamchilik qatnashgani uchun, faqat instagramda
😊
Eslatib o’taman, “Yozgi kitob o’qish” g’oliblarini yoz oxirida eng ko’p kitob o’qiganlarga qarab aniqlaymiz. Bu esa shunchaki Bonus Mini konkurs
😊
🌸
Instagramda bog’cha opa urgan videosini ko’rdingiz. Yuragingiz achidi. “Jinnimi? Nimaga bolaga ozor beradi?!” Ichingiz to’la nafrat…
Lekin, o’zingizchi…?
O’zingizga hech qarab ko’rganmisiz. Asabingiz o’ta tarang bo’lib turganda, bolangiz biror yomon ish qilganida, bolangizga qo’l ko’targaningizda qarab ko’rganmisiz?!
Jahlingiz qattiq chiqqan, alamingizni kimdan olishni bilmay, ana shu mitti odamchani urib alamingizdan chiqqaningizda o’zingizga qarab ko’rganmisiz…?
His-tuyg’ularini tushuna olmasdan tinimsiz yig’layotganida “chakaging o’chsin, nimaga yig’layverasan” deb shapaloq tushirganingizda qarab ko’rganmisiz…?
Yomon ish qilganida tushuntirish o’rniga, odamlar oldida hijolat bo’lganingizdan urib, tarbiya berganingizda qarab ko’rganmisiz…?
Kimdir gapirganida, ularga atay qilib, bolangizni urganingizda qarab ko’rganmisiz…?
Agar sizni ham kimdir videoga olib turganida, ko’rgan odam “bunchalar vahshiy ona” degan bo’lardi. Hatto o’zingiz ham…
Uy-yumush, turmush, qaynona-qaynota, bolalar, jamiyat, tugamaydigan ishlar, xullas barchasidan charchaysiz… aslida sizga ham oson emas… bir ona sifatida sizni juda yaxshi tushunaman. His-tuyg’ularni tushunmay katta bo’ldingiz, jahlingizni qanday boshqarishni bilmaysiz… lekin…
Lekin, aynan shu jahlingiz chiqib, qo’llaringiz mushtlangan vaqtda to’xtang! Chuqur nafas oling! Nima qilayotganingizni o’ylab ko’ring. Kichik qadamlar bilan jahlingizni jilovlashga harakat qiling! O’zingizni boshqarishni o’rganing. Bu yerda voyaga yetgan shaxs siz - Onasiz! Kimdir his-tuyg’ularini boshqarishi kerak bo’lsa, bu sizsiz! Yoningizda turgan - Go’dak! U hali ko’p narsani tushunmaydi…
Qo’llaringiz mitti jussasini urmoqchi bo’lganida, o’zingizga eslating “bu siz emassiz! Siz bunday bo’lishni xohlamaysiz…”. Tarbiya va o’zgarishni farzandingizdan emas, o’zingizdan boshlang
❤️
Bolalarga zulm qaysidir nuqtada tugashi kerak. Siz ana shu buriluvchi nuqta bo’ling! Unutmang, agar sizni ham kimdir videoga olib turganida, o’zingiz haqingizda nima deb o’ylardingiz…
❤️🩹
@bizningmontessoriuy
Do’stlar, bizni instagramda qo’llab quvvatlang
🌸
https://www.instagram.com/p/DaIp-WmuttT/?hl=en
Oldindan rahmat
😊
https://youtu.be/UxLg986aOeA?is=5YjXubHOmSZIAyhI
Judayam zo’r! Ko’p savollarga javob bo’luvchi, ko’p Ota-Onalarga foydali bo’ladigan podcast bo’libdi. Chin qalbimdan ko’rishingizni tavsiya qilaman
❤️
❤️
❤️
Tarbiyada emotional connection degan narsa bor, shuni “hissiy bog’lanish” deb tarjima qilishardi ko’p holatlarda. Aynan bu podcastda “Ota Ona va farzand o’rtasidagi “rishta”” deb ta’rif berilibdi. Judayam chiroyli! Aynan shu rishta qanchalar muhimligi haqida ko’p Onalar bilishini xohlardim
“Bolani urib turish kerak, bo’lmasa taltayib ketadi” deydigan segment haliyam katta
🙈
ayniqsa 2000-yildan keyin tug’ilganlar shunaqa desa biram hafa bo’lib ketaman (yangi avloddaaa 2000-dan keyingilar). Shu jazo borasida ham judayam chiroyli gaplar bo’libdi. Aniq foydali bo’ladi!
O’zimga ko’p narsa oldim! Bolalar bilan o’ralashib, yodimdan chiqib ketayotganlari yodimga tushdi. Sizga ham foydali bo’lar deb ulashyapman. Bolalar bilan qanchalik qiyin bo’lmasin, bularni unutmasligimiz zarur
🌸
@bizningmontessoriuy
Atrofdagilar kulsa ham, bolalarga kitob o’qib berishda davom eting. Ular barchasini tushunadi
❤️
Disclaimer: bola bu yoshida mustaqil kitob o’qishni bilishi shart emas! Sofiya shunchaki harflarga juda qiziqib ketgani uchun o’rgattik. Hozirda faqat CVC (undosh unli undosh)li so’zlarni o’qiy oladi. Kayfiyatiga qarab! O’qigisi kelmasa o’qimaydi
😅
Agar sizga qanday qilib o’qishni o’rgatganimiz qiziq bo’lsa yozib qoldiring, in shaa Alloh bo’lishaman
❤️
@bizningmontessoriuy
“Rasmga olib, ro‘yxatga qo‘shamizmi?” yoxud ba’zida xarxashalarning oldini qanday olamiz?
O‘zbekistondan qaytganimizdan keyin Sofiyada (3.5 yosh) ajoyib yangi odat hosil bo‘ldi. Do‘konda ko‘rganini olib berishimizni so‘rash boshlandi.
(
Tushunishingiz uchun bu narsa “ro‘yxatimizda emas”ligini tushuntirib, do‘konda bemalol yurishimizni o‘rgatgunimcha millionta isterikalardan o‘tib, bir qop asab tolalarim allaqachon ketib bo‘lgan, lekin natijasi zo‘r bo‘lgandi Alhamdulillah. Sofiya bilan avvaldan kelishardik va do‘kon odatda isterikasiz o‘tardi. Shuncha mehnatim “bir tiyin” bo‘lganiga juda xafa bo‘lib ketdim to‘g‘risi…)
Sekin-sekin chegaralarni yana qo‘yishni boshladim. Bir kuni Dadasi Sofiya so‘raganida o‘yinchoq olib berdilar. Shundan keyin Sofiya Dadamdan so‘rasam “lyuboy” narsani olib berarkanlar degan tushunchaga kelib oldi. Qulupnay festivalidan ketayotganimizda “o‘yinchoq olmadik” deb yig‘ladi (birinchi marta
🥲
🥲
🥲
). Argumenti unda aynan shu o‘yinchoqdan yo‘qligi edi. Ha bu mantiqiy javob, lekin hamma narsani olib bera olmaymiz afsuski…
Oldin ishlatgan, keyin kerak bo‘lmagan usul yordamga keldi. Sizga ham foydali bo‘lsa deb yozib qo‘yayapman:
“Wow, zo‘r ekan, keling Hayit uchun (tug‘ilgan kun uchun) sovg‘alar jadvalingizga qo‘shib, rasmga olib qo‘yamiz, keyin bayram kelganda, shu rasmlar va list orasidan keragini tanlaymiz
🥰
”
Bori shu, shu gapni unaqasidan bunaqasidan tushuntiraverdim. Rasmga olasiz va jadvalga yozasiz.
Rozi bo‘lishi qiyin bo‘ldi. Lekin amallab ko‘ndi Alhamdulillah. “Keling, o‘zingiz bilan olib qo‘yaman, rasmga kuling” dedim (yuqoridagi rasm aynan o‘sha kundan). Aytgancha, Sofiya harflarni bilgani uchun, o‘sha narsa nomini “notes”ga yozsam, ko‘ngli tinchiydi (uzun so‘zlarni o‘qiy olmasa ham, birinchi harfni ko‘rib, ha deb ishonadi). Shu bilan ovundik, listimizga narsalar qo‘shib, sekin do‘konni tark etdik
😅
Keyingi safar kirganimizda ham potensial “sovg‘alar”ni rasmga oldi. Dadasiga ko‘rsatishga kelishdik. Sofiya esa chegaralarni sekin-sekin o‘rganishni boshladi. Shu vaqtda baqirsam (ishoning shunaqa o‘zimni bosaman
🥲
🥲
🥲
) yoki “jim bo‘lsa bo‘ldi” deb olib bersam ham bo‘lardi. Lekin bolalarga, ayniqsa kichkina bolalarga chegaralar juda zarur. Ularni esa shunchaki sokinlik bilan tushunib, ularning darajalariga tushib, ko‘zlariga qarab, qat’iy lekin sokin chegaralar qo‘yish kelajakda bolalarga (sizga ham) katta yordam beradi in shaa Alloh (berishidan umidvorman).
Xullas, sizda ham shu muammo bo‘lsa, sinab ko‘ring
❤️
Lekin vaziyatni eng yaxshi o‘zingiz bilasiz. Ba’zida ba’zi narsalarga ruxsat berish ham kerak
❤️
Aytgancha, Hayit kelganda “sovg‘alar jadvali”dan sovg‘ani olishni unutmang azizlar. Axir, sizga ishonishlari uchun siz haqqoniy bo‘lishingiz kerak
❤️
@bizningmontessoriuy
Siz qidirgan barcha savollarga javoblar aynan shu videoda
🌸
Ro’yxatdan o’tish uchun sayt:
yozdakitob.netlify.app
Shunday ajoyib imkoniyatni do’stlar bilan ham bo’lishing
✈️
Batafsil:
@cuddlebug_uz
🌞
📚
YOZDA KITOB O‘QIYMIZ!
yozdakitob.netlify.app
Bu yoz bolajonlarimiz uchun foydali va kitoblarga boy bo‘lsin!
Telefon o‘ynash, video tomosha qilish va multfilm o‘rniga — har kuni ozgina bo‘lsa ham kitob o‘qish odatini boshlaymiz
💛
@cuddlebug_uz
bolalar uchun
“Yozda kitob o‘qiymiz”
yozgi o‘qish dasturini boshlaydi.
📅
Muddat:
1-iyun — 31-avgust
👧🏻
👦🏻
Yosh kategoriyalari:
🌱
0–3 yosh — Kichik Ko‘chatlar
🦋
4–6 yosh — Ertak Izlovchilar
🏆
7–10 yosh — Kitob Chempionlari
🏅
Har bir kategoriya uchun sovrinlar:
🥇
1-o‘rin — 500,000 so‘mlik kitob sertifikati + Kubok
🥈
2-o‘rin — 300,000 so‘mlik kitob sertifikati + Medal
🥉
3-o‘rin — 200,000 so‘mlik kitob sertifikati + Diplom
📌
Qatnashish uchun:
Saytda ro‘yxatdan o‘ting:
Yozdakitob.netlify.app
Kuzatish varaqasini yuklab oling
Kitob o‘qilgan kunlarni belgilab boring
Har 2 haftada natijani adminga yuboring
Instagram va Telegram sahifalarimizga obuna bo‘ling
✅
Iltimos, halol bo‘ling — faqat haqiqatan kitob o‘qilgan kunlarni belgilang.
📩
Savollar uchun: *
@cuddlebug_admin
Yozdakitob.netlify.uz
Do’stlar, shu linkimizni do’stlaringizga ham ulashing
❤️
https://cuddlebuguz.netlify.app/
Endi xarid qilish yanada osonroq in shaa Alloh
🤎
🤎
Barchangizga Arafa Muborak!
Bizda esa zo’r yangilik. Uraaa
🥳
🥳
🥳
🥳
🥳
Vanihoyat bizda Katalog tayyor
🥰
🥳
Barcha kitoblarni, narxini, chegirmasini, mos yoshini ko’rish mumkin bo’lgan Katalog
📚
Endi buyurtma qilish in shaa Alloh yanayam oson bo’ladi
🥰
Shu linkka bosasiz, va bemalol butun assortiment bilan tanishasiz
😊
https://cuddlebuguz.netlify.app/
*hozircha test rejimda
🤓