
Bizning Montessori Uy 🏡
Siz farzandingiz bilan his-tuyg’ular haqida suhbatlashasizmi?
📚
Buyurtma uchun:
@cuddlebug_admin
Narxlar bilan tanishish:
cuddlebug.uz
Ona bloggerlar ikkiyuzlamachimi?
2–4 yoshda bolalarning asosiy vazifasi o‘ynash va dunyoni o‘yinlar orqali o‘rganish, deb ko‘p aytaman. Lekin o‘zim 3,5 yoshida qizimga o‘qishni o‘rgatdim. Shunda men ikkiyuzlamachimanmi?
Qisqa qilib aytganda, yo‘q. Lekin bu yerda masalaning eng muhim qismi bor. Ingliz tilida buni “follow the child’s lead” deydi. Ya’ni siz bolaning tezligi va uning qiziqishlariga ergashasiz. Har bir bola o‘z tezligida rivojlanadi, deymiz-ku. Xuddi shu narsa.
Farzandli bo‘lganimdan keyin tushungan bir narsam bu — siz bolaga yoshiga mos sharoit yaratasiz, yoshi va ko‘nikmalariga mos mashg‘ulot va o‘yinchoqlar bilan ta’minlaysiz, u bilan hissiy bog‘liqlik o‘rnatasiz, unga his-tuyg‘ularini tushunishni o‘rgatasiz, bola bilan bitta “vibe”da bo‘lasiz, bola uchun o‘zingiz “safe space” — “xavfsiz maskan” bo‘lasiz (ya’ni bola har qanday tushunarsiz va xavfli holatda yoningizga yugurib kelishi mumkinligini biladi), shaxsiy chegaralarni o‘rgatasiz, bolani xuddi katta odamdek hurmat qilasiz, bolaga hurmat bilan, to‘liq so‘zlar bilan xuddi katta odam bilan gaplashgandek gapirasiz, qilish mumkin bo‘lmagan narsalarda “firm” turasiz… Keyin esa shunchaki bolani kuzatasiz.
Bola o‘zini xavfsiz his qilgan va eshitilganini sezgan muhitda gullab-yashnashni boshlaydi. O‘zi sekin-sekin qiziqish bildiradi. Sizning vazifangiz ana shu qiziqish bildirgan “moment”larni qo‘ldan boy bermaslik. Bolani majburlamasdan, pora bermasdan, eshitib, uning “lead”iga ergashib, “sensitiv davr”ini ushlab olib, to‘g‘ri yo‘nalish bilan unga biror narsalarni o‘rgatsangiz, bola barchasini tez ilg‘ab oladi. Asosiysi, bu yoshda bola jarayondan zavqlanishi, darslarni “qiyin burden” emas, balki shunchaki qiziq o‘yin deb qabul qilishi kerak. Bizning tajribamiz shunday bo‘lgan.
2–4 yoshda o‘qish-yozishni o‘rgatish shart emas! Bilishi ham shart emas! Shunchaki, agar bola o‘zi qiziqish bildirsa, siz uning qiziqishlarini inobatga olib, unga o‘rgatishingizda hech qanday ziyon yo‘q. Qiziqmasa ham hech narsa qilmaydi. Asosiysi, bolani bezdirib, bolaligini o‘g‘irlab qo‘ymaslik.
Bu yoshda asosiy ishlarni qilishni unutmang. Birinchisi — hissiy bog‘liqlik! Bolani eshiting, unga ishoning, u bilan hissiy bog‘laning. His-tuyg‘ular norma ekanligini bildiring, hislarini nomlashni o‘rgating.
Asosiysi, bolaga tamg‘a qo‘ymang! “Ha, bu o‘zi dangasa”, “erinchoq, qilgisi kelmaydi”, “sergap, bir joyda o‘tirmaydi” kabi tamg‘alarni! Birovlar qo‘yishiga ham yo‘l qo‘ymang! Siz uning himoyachisisiz!
Yana bir muhim jihat — to‘g‘ri maqtovni bilish, deb o‘ylayman. Bolaning har bir qadamini “voy, malades”, “barakalla”, “good job” deb maqtab tursangiz, bola faqat sizning maqtovingiz uchun biror ish qiladigan bo‘lib qoladi. Harakatni maqtash odatda to‘g‘ri bo‘ladi. “Zo‘r harakat qildingiz (You tried so hard)”, “Ustida qattiq ishlabsiz-a (You worked so hard on it)”, “O‘zingizdan faxrlanishingiz kerak (You should be proud of yourself!)” va shu kabi maqtovlar.
To‘g‘risi, menga o‘zbek tilida biroz soxta eshitiladi
🥲
🙈
Agar siz tabiiyroqlarini bilsangiz, yozib keting.
O‘zi bolalarini kam maqtaydigan xalqimizga bu mavzuni olib chiqqim kelmaydi. Lekin, menimcha, muhim qismlardan biri aynan shu.
Hali bir olim-u fuzalolarni tarbiya qilganim yo‘q (in shaa Alloh, olim-olimalarni, qori-qoriyalarni tarbiya qilish nasib qilsin), lekin deyarli 4 yil ichida onalik va erta ta’lim haqida o‘rgangan eng muhim anglashlarimdan biri shu.
Yana eng muhim joyi yodimdan chiqibdi. Bolangizni internetdagi bolalar bilan solishtirmang!!! Hamma o‘z tezligida va o‘z dunyosida rivojlanadi.
Barchamizga ilmli, iymonli, yurtiga foydasi teguvchi farzandlarni tarbiya qilish nasib qilsin
❤️
@bizningmontessoriuy
#bullying
Maktab o'quvchilar uchun doim ham ilm maskani emas. Ulkan sinov, mashaqqat, yangi bir jamiyatga moslashish va tan olinish uchun kurash maydoni hamdir.
Bu yo'lda unga ustozlar hamisha rahnamo, maslahatgo'y, ilm beruvchi bo'la oladilar..mi?
Men bugun aynan o'qituvchilarning o'zlari bolalarga bullying
(
Bulling
— bu biror kishini qasddan, muntazam ravishda xoʻrlash, haqorat qilish, kamsitish yoki unga nisbatan jismoniy va ruhiy zoʻravonlik ishlatish holatidir. WIKI
) qilishlari mumkin.
***
Shaxsan o'zim qilgan xatolarimdan boshlasam misol keltirishni.
Ilk ustozlik boshlagan yilim 5-sinf o'quvchisi familiyasini Aasomov deb yozardi negadir. Ikki-uch qayta xatosini to'g'rilab ketdim, eslab qolmadi. Bir kuni darsda hammaning ichida: "Familiyang A-a somov emas-ku!' (ikkita "a"ni ajratib aytdim) deb tanbeh berdim. Men buni masxaraalsh uchun emas, Aa ikkita a ekanligini tushunishi uchun aytdim, ammo sinf kulib yubordi, u qizarib ketdi va keyin bilsam bolalar uni "a-a-somov" deb chaqira boshlashibdi. O'qituvchi bo'laturib laqab to'qishlariga sababchi bo'lganimdan juda afsuslandim.
***
Yozgi ta'tildan qaytgan kunimiz zinada uchratgan bir o'quvchimning ancha to'lishganini payqadim. O'zimcha, "O'ho, nima bilan boqishdi seni, juda baquvvat bo'lib ketbsan-ku!" - deb hazil qildim. O'sha soniyada uning ko'zida xijolat aralash tashvish zohir bo'ldi-yu, yuragim shuvullab. ketdi. Keyin bilsam, u dorilar tufayli shunaqa ko'rinishga kelgan ekan.
(Men shunchaki so'z o'yini qabilida aytgan gaplarim, qilgan hazil-u kinoyalarim bilan necha kishining diliga ozor bergan bo'lsam o'zim bilmay, Alloh kechirsin..)
***
Bolaligimni eslasam..
Litseyda o'qigan paytim Erkin Karimovich degan jismoniy tarbiya o'qituvchimiz bo'lardi. Baquvvat bo'lmaganlarni qattiq masxaralardi. "tuberkulyoz" deb chaqirardi rangpar sinfdoshimizni, "petux" derdi qo'shiqchimizni. Bezillab turardik mazaxlaridan.
***
O'tgan hafta R. aytib qoldi. Sinfiga yangi o'quvchi kelibdi. Ustoz ismini so'rabdi.
- Xursandbek, - javob beribdi u.
-O', tanishganimdan xursandman! - debdi ustoz. Sinf kulibdi va endi unga kun berishmayapti ekan hadeb ismini askiya qilib..
***
Umuman, tashqi ko'rinish bilan bog'liq hazil bolaga eng og'ir botadigani.
1.Qiyofani hech kim tanlamaydi (ayam aytmoqchi, "naqsh ustidan kulyapsizmi, naqqosh ustidanmi?")
2. Shundoq ham, hoynahoy o'zi ham xijolat bo'ladi "nuqs"idan.
3. O'qituvchiki hazil qildi, demak, bolalar bemalol mazaxlashga tushadi.
Ko'pincha biz hazillashyapmiz deb o'ylab birovning dilini qattiq og'ritib qo'yamiz, chunki u odam buni mutlaqo hazil deb tushunmaydi, u HAQORAT va KAMSITISH deb qabul qiladi.
Shunday ekan, hazillashayotganda ehtiyot bo'ling.
Kimdir sizga yoqmaydigan hazil qilsa, bu sizga og'ir botayotganini yuziga ayting.
@suvaydo
Uy maktabimizda bir kun
📚
Ko’pchilikka qanday shug’ullanishimiz qiziq bo’lgani uchun qoldirdim
😊
Ma shaa Alloh deb qo’ying
❤️
@bizningmontessoriuy
Maslahat oshi!
Iltimos yordam bering!
Bilsangiz
@cuddlebug_uz
da “Yozgi o’qish dasturi” qilgan edik. Hozir g’oliblarni aniqlash bilan bandman. Ular orasida deyarli 10 kishida bir xil ko’rsatgich. G’oliblarni qanday topaman bilmayman
😅
Men aynan shu kategoriyada qiynalishimni bilardim
🫠
❤️
O-3 yosh!!!
Buncha zo’rsizlaaar! Buncha ko’p kitob o’qigansiz ma shaa Alloh barchaga
🥹
🥹
Farzandingiz o’zingiz orzu qilgandan ham olim olima bo’lib ulg’aysin
🤲
Endi g’oliblarni tanlash kerak
🫠
Xullas shart bo’yicha kim eng ko’p kitob o’qigan bo’lsa edi. Saralash uchun bunday qildim
Avval har kuni kitob o’qiganlarni ajratib oldim (jami 90 kun). Keyin har hisobot vaqtida (jami 6ta hisobot) rasm jo’natganlarni saraladim (1-5 kun oldinma ketin jo’natgan bo’lsa hisobga oldim)
Shunaqa qilganimda ham 10tacha odamda bir xil ko’rsatgich. Ular orasidan qanday qilib aniqlab olay
🥲
(yig’laydigan pomidor videosini tasavvur qiling)
Iltimos shu qatnashchilar orasidan 3 o’rinni qanday topishim mumkinligini haqida fikrlar qoldiring. Rahmat avvaldan!
Lekin shunaqa ma shaa Alloh natijalar! Zo’rsizlar dugonalar, rostan zo’rsizlar! Sizlardaka Onalar borlidigan faxrlanaman
❤️
@cuddlebug_uz
Sofiyaga o‘qishni tartib bilan o‘rgatish uchun bir nechta dasturlar qidirdim. Ular orasidan All About Reading dasturi “ko‘zimga yaxshi ko‘rindi”. Bugun shu dastur haqida kichkina obzor qilib bermoqchiman.
Dastur ichida “Ustozlar kitobi”, “Mashg‘ulotlar kitobi”, o‘qish uchun 3 ta kitob, so‘z va tovushlar uchun flashcardlar chiqadi. Dastur jami 53 ta darsdan iborat. Bu dasturni harflarni yaxshi bilib olgandan keyin boshlash kerak. Kuniga 20–30 daqiqa shug‘ullanish tavsiya etiladi. Bola bir kunlik darsni tugatmasa, davomini ertasi kuni ham qilsa bo‘ladi. Odatda biror tovush yoki qoida o‘rgatiladi. Keyingi darsda aynan shu qoida asosidagi kichkina hikoya o‘qiladi. Shu tariqa bola sekin-sekin oddiy CVC so‘zlardan qiyinroq so‘zlarni o‘qishga o‘tadi.
Menga eng yoqqan jihati — har bir dars uchun turlicha o‘yin va mashg‘ulotlar bor. Barchasi juda qiziqarli tarzda o‘ylangan. Deylik, bir kungi darsda qorni och sichqonga pishloqlarni yedirasiz. Pishloq ortida so‘z yozilgan bo‘ladi. Bola agar so‘zni o‘qiy olsa, sichqon uni yeydi, bo‘lmasa joyiga qaytarib qo‘yadi. Keyin yana sinab ko‘radi. O‘yinlar bolani zeriktirmaslik va mavzuni turlicha usulda o‘rganish uchun a’lo darajada tuzilgan! Barcha o‘yinlar uchun kerakli narsalar kitob ichidan chiqadi. Sizdan talab qilinadigani — bir kun oldin (biz o‘sha paytda qilamiz) kerakli qog‘ozlarni tayyorlab qo‘yish. Qolgani sekin, qiziq davom etib ketadi.
O‘qish uchun berilgan 3 ta kitobda ham juda qiziqarli hikoyalar bor. Hikoyani o‘qish davomida boladan qanday savollar so‘rash kerakligi ham yozilgan. Hikoyalar boshida juda oson bo‘ladi, ikkinchi kitobda qiyinlashadi, uchinchisida esa rasmda ko‘rganingizdek ancha murakkablashadi.
Kitobning asosiy shartlaridan biri — har kuni kamida 20 daqiqa bolaga biror kitob o‘qib berish.
Bu dastur sizga tayyor “shpargalka”! Qisqa qilib aytganda, siz hech narsani o‘ylab topmaysiz. Hammasi kitob ichida yozilgan, o‘qib, tushuntirib ketsangiz bo‘ldi. Biz hozir 35-darsga keldik. Menga ham, Sofiyaga ham juda yoqdi. In shaa Alloh, 1-darajani tugatib, 2-darajani olishni reja qilganmiz.
Keyin bu o‘quv yili uchun xuddi shu nashriyotning All About Math dasturini ham oldik. Kelsa, ishlatib ko‘rsak, uni ham in shaa Alloh obzor qilamiz. Agar sizga shunday ma’lumotlar qiziq bo‘lsa yoki siz ham uy maktabi uchun foydali narsalarni bilsangiz, bo‘lishib keting. O‘qiganingiz uchun rahmat!
Eslatma: Sofiya hozir 3,5 yoshda. Oktabrda, in shaa Alloh, 4 yoshga to‘ladi. Aslida bu yoshda bolaning asosiy vazifasi o‘ynash va dunyoni o‘yinlar orqali kashf qilish. Sofiya o‘zi harflar va o‘qishga qiziqib ketgani uchun kitobni tanishtirdik. Agar sizning farzandingiz hali qiziqish bildirmasa, hechqisi yo‘q! Barcha bolalar individual. Har biri o‘z vaqtida, o‘z tezligida albatta o‘rganadi.
@bizningmontessoriuy
Uraaa
🥳
🥳
🥳
Yana sovg’alar
🥳
🥳
🥳
Bu safar mini konkursimiz faqat instagramda
😊
😊
😊
Qatnashish va shartlari juda oson
🌸
:
https://www.instagram.com/p/Da1ppFakd5K/?igsh=MXNlaHJlYTFwMXU1
O’tgan safar telegramda kamchilik qatnashgani uchun, faqat instagramda
😊
Eslatib o’taman, “Yozgi kitob o’qish” g’oliblarini yoz oxirida eng ko’p kitob o’qiganlarga qarab aniqlaymiz. Bu esa shunchaki Bonus Mini konkurs
😊
🌸
Instagramda bog’cha opa urgan videosini ko’rdingiz. Yuragingiz achidi. “Jinnimi? Nimaga bolaga ozor beradi?!” Ichingiz to’la nafrat…
Lekin, o’zingizchi…?
O’zingizga hech qarab ko’rganmisiz. Asabingiz o’ta tarang bo’lib turganda, bolangiz biror yomon ish qilganida, bolangizga qo’l ko’targaningizda qarab ko’rganmisiz?!
Jahlingiz qattiq chiqqan, alamingizni kimdan olishni bilmay, ana shu mitti odamchani urib alamingizdan chiqqaningizda o’zingizga qarab ko’rganmisiz…?
His-tuyg’ularini tushuna olmasdan tinimsiz yig’layotganida “chakaging o’chsin, nimaga yig’layverasan” deb shapaloq tushirganingizda qarab ko’rganmisiz…?
Yomon ish qilganida tushuntirish o’rniga, odamlar oldida hijolat bo’lganingizdan urib, tarbiya berganingizda qarab ko’rganmisiz…?
Kimdir gapirganida, ularga atay qilib, bolangizni urganingizda qarab ko’rganmisiz…?
Agar sizni ham kimdir videoga olib turganida, ko’rgan odam “bunchalar vahshiy ona” degan bo’lardi. Hatto o’zingiz ham…
Uy-yumush, turmush, qaynona-qaynota, bolalar, jamiyat, tugamaydigan ishlar, xullas barchasidan charchaysiz… aslida sizga ham oson emas… bir ona sifatida sizni juda yaxshi tushunaman. His-tuyg’ularni tushunmay katta bo’ldingiz, jahlingizni qanday boshqarishni bilmaysiz… lekin…
Lekin, aynan shu jahlingiz chiqib, qo’llaringiz mushtlangan vaqtda to’xtang! Chuqur nafas oling! Nima qilayotganingizni o’ylab ko’ring. Kichik qadamlar bilan jahlingizni jilovlashga harakat qiling! O’zingizni boshqarishni o’rganing. Bu yerda voyaga yetgan shaxs siz - Onasiz! Kimdir his-tuyg’ularini boshqarishi kerak bo’lsa, bu sizsiz! Yoningizda turgan - Go’dak! U hali ko’p narsani tushunmaydi…
Qo’llaringiz mitti jussasini urmoqchi bo’lganida, o’zingizga eslating “bu siz emassiz! Siz bunday bo’lishni xohlamaysiz…”. Tarbiya va o’zgarishni farzandingizdan emas, o’zingizdan boshlang
❤️
Bolalarga zulm qaysidir nuqtada tugashi kerak. Siz ana shu buriluvchi nuqta bo’ling! Unutmang, agar sizni ham kimdir videoga olib turganida, o’zingiz haqingizda nima deb o’ylardingiz…
❤️🩹
@bizningmontessoriuy
Do’stlar, bizni instagramda qo’llab quvvatlang
🌸
https://www.instagram.com/p/DaIp-WmuttT/?hl=en
Oldindan rahmat
😊
https://youtu.be/UxLg986aOeA?is=5YjXubHOmSZIAyhI
Judayam zo’r! Ko’p savollarga javob bo’luvchi, ko’p Ota-Onalarga foydali bo’ladigan podcast bo’libdi. Chin qalbimdan ko’rishingizni tavsiya qilaman
❤️
❤️
❤️
Tarbiyada emotional connection degan narsa bor, shuni “hissiy bog’lanish” deb tarjima qilishardi ko’p holatlarda. Aynan bu podcastda “Ota Ona va farzand o’rtasidagi “rishta”” deb ta’rif berilibdi. Judayam chiroyli! Aynan shu rishta qanchalar muhimligi haqida ko’p Onalar bilishini xohlardim
“Bolani urib turish kerak, bo’lmasa taltayib ketadi” deydigan segment haliyam katta
🙈
ayniqsa 2000-yildan keyin tug’ilganlar shunaqa desa biram hafa bo’lib ketaman (yangi avloddaaa 2000-dan keyingilar). Shu jazo borasida ham judayam chiroyli gaplar bo’libdi. Aniq foydali bo’ladi!
O’zimga ko’p narsa oldim! Bolalar bilan o’ralashib, yodimdan chiqib ketayotganlari yodimga tushdi. Sizga ham foydali bo’lar deb ulashyapman. Bolalar bilan qanchalik qiyin bo’lmasin, bularni unutmasligimiz zarur
🌸
@bizningmontessoriuy