
Nazorat inspeksiyasi
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi rasmiy telegram kanali
Aloqa raqami: (71) 202-00-11 (1814)
Navoiyda tadbirkorlar uchun amaliy seminar o‘tkazildi
✅
2025-yil 16-iyul kuni Navoiy shahridagi “Shirin” madaniyat saroyida tadbirkorlar uchun keng qamrovli seminar
tashkil etildi. Tadbir Navoiy viloyati hokimligi, Adliya vazirligi va Soliq boshqarmasi, Qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash, raqobatni rivojlantirish hamda
texnik jihatdan tartibga solish sohasida faoliyat yurituvchi mutasaddi tashkilotlar – O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi, UzTEST DUK hamda UzMMI Navoiy filiallari
hamkorligida o‘tkazildi. Uchrashuvni viloyat MTRK keng yoritdi.
➡️
Seminar davomida
110 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari vakillari
ishtirok etdi. Unda ishtirokchilar o‘z faoliyatiga oid dolzarb savollarga javob oldilar. Shuningdek,
19 nafar tadbirkorning mavjud muammolari yuzasidan mutasaddi idoralarga masalalar biriktirilib, ularni tezkor hal qilish bo‘yicha
chora-tadbirlar belgilandi.
🌐
Tadbir tadbirkorlarning
huquqiy, texnik va iqtisodiy bilimlarini oshirish, ularni xalqaro standartlar va zamonaviy talablar asosida ish yuritishga rag‘batlantirish, amaliy ko‘mak berish maqsadida
tashkil etildi.
🎚️
Seminar ishtirokchilari bunday uchrashuvlarning
muntazam o‘tkazilishi tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilashga
xizmat qilishini ta’kidladi.
📰
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi Matbuot xizmati
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
👇
💬
Telegram
|
💬
Facebook
|
📷
Instagram
Jizzax viloyatida isitish qozonlari (kotyol) hamda gorelka
mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarda o‘rganish ishlari davom etmoqda
✅
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi Jizzax viloyati bo‘limi xodimlari i
shlab chiqarilayotgan va sotuvdagi isitish qozonlari (kotyol) hamda gorelka mahsulotlari texnik reglament va standartlar talablariga muvofiqligi
yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
🔗
O‘tkazilgan o`rganishda
Jizzax shahridagi «Avg'on bozori» savdo majmualarida
joylashgan savdo do‘konlarida hamda bozorlar hududida sotilayotgan
savdo nuqtalaridagi qo‘lbola pechlar, kotyollar va gorelka mahsulotlari
o‘rganildi.
✍️
O‘rganish natijalariga ko‘ra, qo‘lbola pech va kotyol mahsulotlari amaldagi texnik reglament va standartlarga nomuvofiqligi, markirovkasi va ishlab chiqaruvchisining muvofiqlik sertifikati mavjud emasligi aniqlandi.
💫
Bu bilan
UzTR 880-026:2017 texnik reglamenti 4-bob, Markalash va qadoqlash 41-bandi talablariga rioya etilmagan, hamda “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 6-bandi talablariga
amal qilinmagan.
🟢
O‘rganishlar davomida
Jizzax shahridagi «Avg'on bozori» savdo majmualarida joylashgan savdo do‘konlarida hamda bozorlar hududida sotilayotgan savdo nuqtalaridagi qo‘lbola pech va kotyol mahsulotlarida UzTR 880-026:2017 texnik reglamentining 4-bob, 41-bandi talablariga
to‘liq amal qilinmaganligi aniqlandi.
🫥
Ushbu o‘rganishlar davomida savdo do‘konlari xodimlari va ishlab chiqaruvchilarga
UzTR.880-026:2017 «Gaz holatidagi yoqilg‘ida ishlovchi apparatlarning xavfsizligi to‘g‘risida»gi
umumiy texnik reglament talablari bo‘yicha tushuntirish va ogohlantirish ishlari olib borildi.
📰
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi Matbuot xizmati
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
👇
💬
Telegram
|
💬
Facebook
|
📷
Instagram
“Baxmal tuman maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi” davlat muassasasida nazorat tadbiri yakunlandi
📂
Inspeksiyaning
Jizzax viloyati bo‘limi tomonidan Baxmal tuman maktabgacha va maktab ta'limi davlat muassasasida davlat nazorati
o‘tkazildi.
🫥
‘tkazilgan davlat nazorati natijasida, davlat muassasasida jami 585 dona o‘lchov vositalari mavjud bo‘lib, shundan
415 dona
o‘lchov vositalari davlat metrologik tekshiruvdan o‘tkazilmaganligi aniqlandi.
Jumladan:
— 108 dona elektron tarozi,
— 4 dona avtomobil spidometri,
— 109 dona inson bo‘y o‘lchagichi,
— 97 dona shishali termometrlari;
— 97 dona mexanik
yarimavtomatli sfigmomanometrlar
metrologik tekshiruvdan o‘tkazilmasdan foydalanib kelinganligi aniqlandi.
🏓
Bu bilan
O‘zbekiston Respublikasi “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasi talabi
buzilgan.
🚪
Tekshiruv yakunida
Baxmal tuman maktabgacha va maktab ta'limi davlat muassasasi mas‘ullariga ma‘muriy chora ko‘rildi va 415 dona o‘lchash vositalaridan foydalanishni taqiqlash bo‘yicha
ko‘rsatma berildi.
✍️
a‘lumot uchun,
o‘lchash vositasi — o‘lchashlar uchun foydalaniladigan va normalangan metrologik xususiyatlarga ega bo‘lgan texnika vositasi
hisoblanadi.
📰
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi Matbuot xizmati
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
👇
💬
Telegram
|
💬
Facebook
|
📷
Instagram
🔴
Studiya 24 | Liftlar xavfsizligi: yangi tizim, yangi talablar
#Oʻzbekiston_24
🌐
standart.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
Navoiyda isitish qozonlariga oid o‘rganish ishlari o‘tkazildi
✅
2025-yil 16–17-iyul kunlari
Inspeksiyaning Navoiy viloyati bo‘limi xodimlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida
Navoiy shahri hududida isitish qozonlariga oid monitoring va o‘rganish ishlari
amalga oshirildi.
📎
O‘rganishlar asosan
qurilish mollari savdosi bilan shug‘ullanuvchi 70 ta savdo nuqtalari
hamda kichik ishlab chiqarish sexlarini qamrab oldi. Natijalarga ko‘ra,
yoz mavsumi boshlanganligi sababli isitish qozonlariga talab pasaygani,
do‘konlarda ushbu mahsulot savdosi kamayganligi kuzatildi. Shuningdek, sexlarda asosan temir darvoza va reshetkalar ishlab chiqarilayotgani aniqlandi.
🎚️
O‘rganishlar davomida
Navoiy shahridagi “Darxon” qurilish mollari savdo majmuasida joylashgan “NAVOIY-BIZNES-IMKON” MCHJga qarashli 68-sonli
savdo do‘koni faoliyati ham ko‘zdan kechirildi.
🏷
Mazkur savdo nuqtasida
tabiiy gazda ishlaydigan “kulbola” tipidagi isitish qozonlari 1 million so‘mdan ortiq narxlarda sotilayotgani aniqlanib,
mahsulotlar normativ hujjatlar asosida ishlab chiqarilmagani, markirovkasiz ekani va muvofiqlik sertifikatiga ega emasligi qayd etildi.
✨
Do‘kon sotuvchisi mazkur isitish qozonlarining ishlab chiqaruvchisi to‘g‘risida ma’lumotga ega emasligini bildirdi. O‘rganishlar yakuniga ko‘ra,
2025-yil 17-iyul kuni ushbu savdo nuqtasiga 11/933-sonli ogohlantirish xati
rasmiylashtirilib, korxonaga yuborildi.
📰
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi Matbuot xizmati
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
👇
💬
Telegram
|
💬
Facebook
|
📷
Instagram
Xorazm viloyatida malaka oshirish kurslari tashkil etildi
✅
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida
2024-yil 10-oktabr kuni
texnik jihatdan tartibga solish sohasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor rejalar yuzasidan o‘tkazilgan taqdimotda,
2025-yil davomida 20 ming nafar tadbirkorlik subyekti vakillarining malakasini oshirish vazifasi
belgilangan edi.
📝
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi Xorazm viloyati bo‘limi, O‘zbekiston standartlar instituti, "UzTEST" davlat muassasasi hamda "O‘zMMI" davlat muassasasining Xorazm viloyati hududiy bo‘limlari hamkorligida
Urganch shahrida navbatdagi malaka oshirish kurslar
i tashkil etildi.
🎚️
Ushbu o‘quv kurslari doirasida
tadbirkorlik subyektlari vakillari zamonaviy ilmiy-texnik, iqtisodiy va huquqiy ma’lumotlar bilan
tanishtirildi. Xususan,
mahsulotni muvofiqligini deklaratsiyalash tizimi, uning joriy etilishi va amaliyotdagi afzalliklari haqida
batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
📰
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi Matbuot xizmati
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
👇
💬
Telegram
|
💬
Facebook
|
📷
Instagram
Eksportyor korxonalarda texnik reglament talablari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi
✅
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2025-yil 8-apreldagi PQ–136-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-fevraldagi 109-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalari xavfsizligi to‘g‘risida”gi
texnik reglament talablari amaliyotga keng joriy etilmoqda. Shu munosabat bilan joylarda mazkur reglament mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar olib borilmoqda.
📝
Xususan, Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida tashkil etilgan
logistika markazida — yetishtirilgan tarvuz mahsulotini eksportga va ichki bozorga yetkazib berishga ixtisoslashgan maskanda — qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalar ishtirokida targ‘ibot-tashviqot ishlari
amalga oshirildi. Tadbir davomida texnik reglament hamda Hukumat komissiyasi yig‘ilishi bayonida belgilangan talab va qoidalarning dolzarbligi keng yoritildi.
📝
Mazkur tushuntirish ishlari
“Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi” va “Karantin xizmati”ning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida
tashkil etildi.
✉️
Ushbu chora-tadbirlar
eksportyor korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning mahsulotlarini xalqaro standartlarga moslashtirish hamda ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirishga
xizmat qiladi.
📰
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi Matbuot xizmati
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
👇
💬
Telegram
|
💬
Facebook
|
📷
Instagram
Eksportyor korxonalarda texnik reglament talablari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi
✅
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2025-yil 8-apreldagi PQ–136-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-fevraldagi 109-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalari xavfsizligi to‘g‘risida”gi
texnik reglament talablarini amaliyotda keng joriy etish maqsadida joylarda tizimli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
🎚️
Xususan, Navoiy viloyatining Navbahor tumanida joylashgan
“Muxabbat bog‘i” MCHJ, “Zarafshon Golden Group” MCHJ va “Navoiy-Koreya” qo‘shma korxonasi
kabi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarda mazkur reglament hamda Hukumat komissiyasi
yig‘ilishi bayoni mazmun-mohiyati, unda belgilangan talab va qoidalarning dolzarbligi yuzasidan keng qamrovli tushuntirish tadbirlari
o‘tkazildi.
📝
Tadbirlar
“Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi” hamda “O‘zTest” davlat muassasasi
mutaxassislari ishtirokida tashkil etildi.
✉️
Mazkur tushuntirish ishlari
eksportyor korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning mahsulotlarini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish,
shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
📰
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi Matbuot xizmati
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
👇
💬
Telegram
|
💬
Facebook
|
📷
Instagram
Farg’onada tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: muammolar yechimi amaliy yondashuvda izlandi
📍
Farg’ona viloyati Oltiariq tumani Toshxirmon ko‘chasi 181-uy,
“Tinchlik meva eksport” MCHJ binosida
huquqiy himoya va tartibga solish masalalariga bag‘ishlangan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir
Respublika ishchi guruhi ishtirokida, belgilangan reja-grafik asosida
tashkil etildi.
✅
Uchrashuvda
Adliya vazirligi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Farg’ona viloyati hokimi o‘rinbosari, viloyat soliq boshqarmasi, Markaziy bankning viloyat bosh boshqarmasi, shuningdek, Savdo-sanoat palatasining viloyat boshqarmasi vakillari
ishtirok etdi.
🎚
Tadbir davomida
tadbirkorlik subyektlari faoliyatida yuzaga kelayotgan muammo va to‘siqlar atroflicha muhokama qilinib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan
mutasaddilardan batafsil tushuntirishlar oldilar.
📝
Tadbirkorlarga
huquqiy, moliyaviy, soliq va texnik tartibga solish yo‘nalishlarida
amaliy ko‘mak berildi.
✨
Ushbu ochiq muloqot
tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilish, ularning faoliyatini yanada yengillashtirish va erkin iqtisodiy muhitni mustahkamlash yo‘lida
muhim qadam bo‘ldi.
📰
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi Matbuot xizmati
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
👇
💬
Telegram
|
💬
Facebook
|
📷
Instagram
⚠️
Сўнгги 2 йилда республикада ўрнатилган 11,4 мингта лифтнинг 8,9 мингтаси (78 фоиз) техник синовдан ўтказилмаган
Бу ҳақда Техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги Ахборот хизмати раҳбари Рауфжон Расулов
маълум қилди
.
⚫️
Бундан ташқари, 6 мингтаси (52%) техник паспорти ҳамда 7,4 мингтасида (65%) техник хизмат кўрсатувчи мавжуд эмас.
⚫️
Лифтларни хавфсизлигини таъминлаш соҳасини тартибга солиш мақсадида, ушбу соҳада самарали тизимни жорий этган Европа Иттифоқи
ва Туркия тажрибаси асосида, Ўзбекситонда халқаро талабларга тўлиқ мувофиқ бўлган ва лифтларнинг бутун ҳаёт цикли, лойиҳалашдан тортиб утилизацияциягача бўлган босқичларда хавфсизликни таъминлашга қаратилган бутунлай янгича тизим жорий қилинмоқда.
⚫️
Амалда республикамизда ўрнатилган лифтларда сервис хизматлари ҳамда техник кўрикларини ўтказиш самарасиз бўлган. Ривожланган илғор мамлакатларнинг (Туркия, Хитой, Бирлашган Араб Амирликлари) самара бериб келаётган бой тажрибасига асосланган ҳолда биноларга ўрнатилган лифтларнинг сервис ва техник кўрикдан ўтказиш бўйича янги амалиёт жорий этилмоқда.
✍️
Батафсил
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
Медиабанк