
Nazorat inspeksiyasi
🇺🇿
O
’
zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Ansabxon Akaidinovich Zakirov O
’
zbekison texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
🌐
standart.uz
|
😎
Facebook
|
😎
Instagram
|
😎
YouTube
Kitob — tafakkur va taraqqiyot manbai
📚
Texnik jihatdan tartibga soliş sohasida nazorat inspeksiyasida
xodimlarning kitobxonlikka bölgan qiziqişini oşiriş maqsadida navbatdagi
«Kitobxonlik soati»
taşkil etildi.
➡️
Mazkur tadbir Özbekiston Respublikasi Prezidentining
2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son qarori
ijrosini taʼminlaş, xodimlar örtasida
mutolaa madaniyatini rivojlantiriş
va kitobxonlikni kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirişga qaratildi.
📖
Bir soat davomida xodimlar
özlari tanlagan asarlarni mutolaa qilib
, kitobdan olgan taassurotlari va öqilgan asarlar mazmuni haqida fikr almaşdilar.
🧠
Bunday mutolaa maşğulotlari
bilim va dunyoqaraşni kengaytiriş
, tafakkurni boyitiş hamda xodimlarning
şaxsiy va kasbiy rivojlanişiga
xizmat qilmoqda.
❕
Kitobxonlikni yaxşi anʼanaga aylantiriş
— maʼnaviy ösiş, izlaniş va yangi bilimlarni egallaşning samarali yöllaridan biridir.
Rasmiy sahifalarimizga obuna böling!
👇
🌐
Şebsite
|
💬
Telegram
|
💬
Facebook
|
📷
Instagram
“Sulton Tex Group” to‘qimachilik klasteri faoliyati bilan tanishildi
🫥
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori vazifasini bajaruvchi
Lazizbek Saidoripov
Qashqadaryo viloyatidagi “Qashqadaryo” erkin iqtisodiy zonasida joylashgan
“Sulton Tex Group”
to‘qimachilik klasterining mato ishlab chiqarish va bo‘yash fabrikasi faoliyati bilan tanishdi.
Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha joriy yil 13-martda qabul qilingan qaror doirasida tashkil etilgan mazkur korxona to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan yirik loyihalardan biri hisoblanadi.
Umumiy qiymati 54 million AQSH dollarini tashkil etuvchi loyiha doirasida yiliga 20 ming tonna mato ishlab chiqarish va bo‘yash quvvatiga ega ishlab chiqarish liniyalari ishga tushirilgan. Fabrikada 840 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.
Korxonada resurslardan oqilona foydalanish, suv va energiya sarfini kamaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, qiymati 3 million AQSH dollariga teng bo‘lgan yopiq suv aylanishi tizimi ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan suvning 95 foizdan ortig‘ini tozalash va qayta ishlatish imkonini beradi. Natijada yiliga 1,1 million kub metr suvni tejash ko‘zda tutilgan.
🫥
Shuningdek, fabrikani uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida gaz generatori o‘rnatilgan. Bino tomi va devorlariga umumiy quvvati 3,5 megavatt bo‘lgan quyosh panellari joylashtirilgan. Mazkur texnologik yechimlar elektr energiyasi, issiq suv va bug‘ ta’minoti bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish hamda mahsulot tannarxini pasaytirishga xizmat qiladi.
🫥
Korxona faoliyati bilan tanishish davomida zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini qo‘llash, resurs tejamkor yechimlarni joriy etish va sanoat korxonalarining samaradorligini oshirish borasidagi tajriba muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
🌐
standart.uz
|
😎
Facebook
|
😎
Instagram
|
😎
YouTube
Xalqaro jurnalistik hamkorlik: tajriba va muloqot
✅
Samarqand viloyatida jurnalistika sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va o‘zaro tajriba almashishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari tahririyatlari hamda
Zarnews.uz
sayti xodimlari Belarus Respublikasi Jurnalistlar uyushmasi raisi, “Minsk-Novosti” agentligi bosh direktori Andrey Krivosheyev bilan muloqot qildilar.
✅
Uchrashuvda Texnik tartibga solish agentligi direktorining matbuot kotibi R. Rasulov ham ishtirok etdi.
Viloyat Matbuot uyida tashkil etilgan muloqot davomida mehmon tahririyatlar faoliyati bilan yaqindan tanишdi, shuningdek, matbuot muzeyiga tashrif buyurdi. Suhbat chog‘ida ommaviy axborot vositalari faoliyati, jurnalistika sohasidagi tajriba va kasbiy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
✅
Mazkur uchrashuv ikki mamlakat jurnalistlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda axborot sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish uchun muhim imkoniyat bo‘ldi.
🌐
standart.uz
|
😎
Facebook
|
😎
Instagram
|
😎
YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bagʻishlangan
yigʻilish oʻtkazdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев
провел совещание,
посвященное социально-экономическому развитию Кашкадарьинской области.
#Mirziyoyev
#safar
#Qashqadaryo
#yigilish
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Davlat tilida ish yuritish holati o‘rganildi
📌
Davlat tili bo‘yicha mas’ul mutaxassis
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining
Toshkent shahar bo‘limi faoliyati bilan tanishdi.
📝
H
ujjatlarni davlat tilida yuritish, ish qog‘ozlarini o‘zbek tilida to‘g‘ri rasmiylashtirish hamda hujjatlarda adabiy til me’yorlariga rioya etish
holatlariga e’tibor qaratildi.
🇺🇿
Shuningdek,
ish yuritish jarayonida davlat tilining mavqeyini mustahkamlash va amaldagi talablar
ijrosini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.
🌐
Website
|
💬
Telegram
|
💬
Facebook
|
📷
Instagram
Inspeksiyada til bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi
🇺🇿
Til — millatning ruhi, xalqning ma’naviy boyligi va milliy o‘zligimiz timsoli.
Ona tilimizga bo‘lgan
hurmatni yuksaltirish
, uning boy imkoniyatlarini keng targ‘ib etish maqsadida Inspeksiyada
til bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir
tashkil etildi.
📚
Tadbirda
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira, davlat mukofoti sovrindori Zilola Xo‘janiyozova
ishtirok etib,
ona tilining qadri, adabiyot va she’riyatning inson ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni
haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.
🖋️
Uchrashuv davomida
o‘zbek tilining betakror jozibasi
, so‘z san’atining qudrati hamda
ona tilini asrab-avaylash va uning nufuzini oshirish
har birimizning muhim vazifamiz ekani ta’kidlandi. Shoiraning she’rlari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
✨
Mazmunli va samimiy ruhda o‘tgan tadbir
xodimlarning ona tilimizga bo‘lgan ehtiromini yanada mustahkamlash
, milliy qadriyatlarimiz va
adabiy merosimizga hurmat tuyg‘usini oshirishga
xizmat qildi.
🌐
Website
|
💬
Telegram
|
💬
Facebook
|
📷
Instagram
🎙
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan nutqi mazmun-mohiyati Agentlik direktori matbuot kotibi R. Rasulov ishtirokidagi “O‘zbekiston 24” radiokanalining eksklyuziv intervyusida.
🌐
Website
|
💬
Telegram
|
💬
Facebook
|
📷
Instagram
O‘zbek tili — milliy g‘ururim!
🎤
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi xodimi
Eshqarayev Husniddin
“
O‘zbek tili — milliy g‘ururim!
” chellenjida ishtirok etib,
ona tilimizga bag‘ishlangan she’rni
ifodali o‘qidi.
🇺🇿
Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz va ma’naviy boyligimiz timsoli.
Uni
asrab-avaylash, e’zozlash va kelajak avlodlarga yetkazish
har birimizning burchimizdir.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
👇
🌐
Website
|
💬
Telegram
|
💬
Facebook
|
📷
Instagram
Qoraqalpog‘iston va Surxondaryoda “Vatanga muhabbat — eng muqaddas tuyg‘u” mavzusida diktant yozildi
✅
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyati
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi
, “O‘zMMI” davlat muassasasi hamda Standartlar instituti filiali xodimlari ishtirokida
“Vatanga muhabbat — eng muqaddas tuyg‘u”
mavzusida diktant yozish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🔗
Mazkur tadbir
xodimlarning davlat tilidagi savodxonlik darajasini yuksaltirish
, rasmiy ish yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish va
ona tiliga bo‘lgan hurmatini yanada oshirish
maqsadida tashkil etildi.
🗣
Diktant jarayonini olib borish uchun
40-sonli umumta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
taklif etildi.
📰
Bu kabi tashabbuslar xodimlarning
madaniy va ma’rifiy saviyasini oshirish
, shuningdek, ish faoliyatida
davlat tili qoidalariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash
ga xizmat qiladi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
👇
🌐
Website
|
💬
Telegram
|
💬
Facebook
|
📷
Instagram