
Nazorat inspeksiyasi
Toshkent viloyatida ko‘cha yoritgich elektrotexnika mahsulotlarida qonunbuzarliklar aniqlandi
✅
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi nazorat inspeksiyasining
Toshkent viloyati bo‘limi tomonidan Zangiota tumanida joylashgan korxonada davlat nazorati tekshiruvi
o‘tkazildi.
🔎
Tekshiruv davomida
“M.N.M” MCHJ t
omonidan ishlab chiqarilgan
ko‘cha yoritgich mahsulotlari amaldagi standart talablariga nomuvofiq ekani
aniqlandi.
❕
Aniqlangan holatlar yuzasidan
huquqbuzarlik alomatlari mavjud deb topilib,
korxonaning
standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya yo‘nalishi bo‘yicha
mas’ul shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi
MJtKning 212-moddasi 1-qismi hamda 213-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma
rasmiylashtirildi.
📄
Shuningdek, aniqlangan
qonunbuzarliklar bo‘yicha tegishli mansabdor shaxslarga nisbatan moliyaviy jarima chorasi
qo‘llanildi.
📰
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi nazorat inspeksiyasi
fuqarolarga elektrotexnika mahsulotlarini xarid qilishda ularning sertifikatlanganligi, xavfsizlik talablari va markirovka ma’lumotlariga alohida e’tibor qaratishni
tavsiya etadi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
👇
🌐
Website
|
💬
Telegram
|
💬
Facebook
|
📷
Instagram
Zomin tumaniga madaniy sayohat tashkil etildi
✅
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi xodimlari uchun
Jizzax viloyatining Zomin tumaniga madaniy sayohat
tashkil etildi.
🟧
Sayohat davomida ishtirokchilar viloyatning
boy tarixiy va madaniy merosi bilan
yaqindan tanishdilar.
🗻
Xususan,
Zomin tog‘-o‘rmon davlat qo‘riqxonasi, Zomin xalq bog‘i hamda Zomin tumanida barpo etilayotgan «Zomin» turistik-rekreatsion zonasi (TRZ) hududidagi osma dor yo‘liga
sayohat amalga oshirildi.
📰
Mazkur
ma’naviy tadbir xodimlarga yuqori kayfiyat va yangi ilhom
bag‘ishladi. Shuningdek, ularning
kasbiy faoliyatga bo‘lgan munosabatini yanada mustahkamlash, xizmatga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini oshirishga
xizmat qildi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
👇
🌐
Website
|
💬
Telegram
|
💬
Facebook
|
📷
Instagram
Farzandlaringiz uchun plastik o'yinchoq xarid qilishda e`tiborli bo‘ling!
✅
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining
Qashqadaryo viloyati bo‘limi mutaxassislari tomonidan Toshkent shahridagi "A.S" MCHJ savdo tarmog'ida Xitoyda ishlab chiqarilgan “BIRDS ANIMAL” nomli bolalar plastik o‘yinchog‘i bo'yicha
nazorat xaridi o‘tkazildi.
❕
Laboratoriya sinovlari natijasida mazkur mahsulot
“Bolalar o‘yinchoqlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi texnik reglament talablari, yuza qismi tashqi ta`sirga javob bermasligi,
ushbu holat bola salomatligiga jiddiy xavf tug’dirishi buning oqibatida bolalarda toksik va allergik kasallanish holatlari kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
✍️
Mazkur holat O‘zbekiston Respublikasining
“Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining buzilishiga
sabab bo‘lmoqda.
🔵
Aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish maqsadida
"A.S" MCHJ savdo tarmog'iga “BIRDS ANIMAL” plastik o'yinchoq mahsulotini savdodan chiqarish bo‘yicha
taqdimnoma kiritildi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
👇
🌐
Website
|
💬
Telegram
|
💬
Facebook
|
📷
Instagram
Farg‘ona viloyatida ishlab chiqarish korxonalari faoliyati o‘rganildi va hamkorlik istiqbollari belgilab olindi
✅
Texnik tartibga solish agentligi direktori
A.Jumanazarov
boshchiligida tizim tashkilotlarining Farg‘ona viloyati filiallari mas’ullari ishtirokida hududdagi bir qator ishlab chiqarish korxonalariga tashrif amalga oshirildi.
✅
Jumladan, Farg‘ona shahrida joylashgan velosiped va nogironlar aravachasi ishlab chiqaruvchi
“Sayqal”
korxonasiga, Quvasoy shahridagi meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan
“MARWIN FRUITLINE” MChJ
ga hamda Marg‘ilon shahridagi tekstil mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va eksportyor
“Marg‘ilon Umar Teks” MChJ
ga tashrif buyurilib, korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
✅
Mazkur jarayonda korxona rahbarlari va mas’ul xodimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish hamda xalqaro standartlarni joriy etish masalalari yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borildi.
✅
O‘rganishlar natijasida sohada jiddiy muammolar mavjud emasligi qayd etildi. Shuningdek, kelgusida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
✅
Uchrashuvlar chog‘ida korxona vakillariga mahsulot va ishlab chiqarish jarayonlarini xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish, eksport salohiyatini oshirish hamda zamonaviy sifat menejmenti tizimlarini joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
✅
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 16 fevraldagi
PF–25-son Farmoni
mazmun-mohiyati, uning doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar va tadbirkorlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Ayniqsa, korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning xalqaro bozorlarga chiqishini rag‘batlantirish va sifat infratuzilmasi talablariga mos faoliyat yuritish masalalariga alohida urg‘u berilib, ushbu yo‘nalishlarda amaliy ko‘mak va samarali hamkorlikni kengaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilab olindi.
🌐
standart.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
“RAHBAR KUBOGI – 2026” MUSOBAQASI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI
⚽️
Texnik jihatdan tartibga solish agentligida tashkil etilgan “Rahbar kubogi – 2026” sport musobaqasi g‘oliblari o‘z munosib sovg‘alarini qabul qilib oldilar.
Mazkur musobaqa Agentlik tomonidan tashkil etilib, unda markaziy apparat hamda tizim tashkilotlari jamoalari faol ishtirok etdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
🥇
1-o‘rin — Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi jamoasi
🥈
2-o‘rin — O‘zbekiston milliy metrologiya instituti jamoasi
🥉
3-o‘rin — Markaziy apparat xodimlari jamoasi
🏆
G‘oliblar Agentlik rahbariyati tomonidan sertifikatlar, maxsus sovg‘alar hamda kubok bilan taqdirlandilar.
🌐
standart.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
Sifatsiz o'yinchoqlardan ogoh bo'ling.
https://t.me/departamentrasmiy/7751
Prezidentimiz yangi qiyofa kasb etgan O‘zbekiston ovozi ko‘chasi bilan tanishdi.
—
Президент нашей страны ознакомился с обновленной улицей Узбекистон овози.
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X
“Hisense” AST-12UW4SVETD15
va “AUX” ASW-12HA4/CAR konditsionerlarida kamchiliklar aniqlandi
✅
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining
Toshkent shahar bo‘limi tomonidan poytaxtdagi savdo nuqtalarida sotilayotgan Xitoyda ishlab chiqarilgan “Aux” hamda “Hisense” rusumli konditsionerlarga nisbatan nazorat xaridi
o‘tkazildi.
🔵
Tekshiruv natijalariga ko‘ra,
“AUX” ASW-12HA4/CAR konditsionerlari “Texnik vositalarning elektromagnit mosligi to‘g‘risida”gi texnik reglament
talablariga mos kelmasligi aniqlandi.
📰
Shuningdek,
“Hisense” AST-12UW4SVETD15 rusumli konditsionerlar ham belgilangan standartlarga to‘liq javob bermasligi ma’lum bo‘ldi. Xususan, qurilmaning iste’mol qilinadigan nominal quvvati belgilangan me’yorlardan yuqori
ekani qayd etildi.
📌
Ushbu holatlar mazkur mahsulotlarning
amaldagi texnik va xavfsizlik talablariga to‘liq mos emasligini
ko‘rsatadi.
📣
Fuqarolardan
maishiy texnika xarid qilishda mahsulotning muvofiqlik sertifikati hamda texnik hujjatlariga alohida e’tibor qaratish
so‘raladi. Aniqlangan
kamchiliklar yuzasidan tegishli choralar
ko‘rilmoqda.
☎️
Hurmatli iste’molchilar!
Agar siz
sifatsiz yoki soxta mahsulotlarga
duch kelsangiz,
1880 qisqa raqami orqali
Texnik jihatdan tartibga solish inspeksiyasiga murojaat qilishingiz mumkin.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
👇
🌐
Website
|
💬
Telegram
|
💬
Facebook
|
📷
Instagram
Andijonda sanoat korxonasi faoliyati o‘rganildi: sifat va eksport imkoniyatlariga e’tibor
Texnik tartibga solish agentligi direktori o‘rinbosari J. Shakarov Andijon viloyatida joylashgan “ADM Electrics” MCHJ korxonasida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan bevosita tanishdi.
🔴
Tashrif davomida avtomobillar uchun kabel to‘plamlari (wiring harness) ishlab chiqarish bosqichlari ko‘zdan kechirildi. Mahsulotlarning sifati, ularning amaldagi texnik talablar va me’yorlarga muvofiqligi atroflicha tahlil qilindi. Korxona rahbariyati hamda mutaxassislari bilan o‘tkazilgan muloqotda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mahsulot sifatini xalqaro darajaga olib chiqish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.
🟢
Suhbat jarayonida korxona vakillariga mahsulot va ishlab chiqarish jarayonlarini xalqaro standartlarga moslashtirish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda zamonaviy sifat menejmenti tizimlarini joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
🟤
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 16 fevraldagi PF–25-son Farmoni mazmun-mohiyati, uning doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar va tadbirkorlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Ayniqsa, korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning xalqaro bozorlarga chiqishini rag‘batlantirish va sifat infratuzilmasi talablariga mos faoliyat yuritish masalalariga alohida urg‘u berildi.
🟡
Uchrashuv yakunida korxonada zamonaviy sinov laboratoriyasini tashkil etish, xodimlarning malakasini oshirish hamda xalqaro standartlarni joriy etishda doimiy amaliy va uslubiy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.
🌐
standart.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
Nukus tumanidagi korxonada jiddiy qonunbuzarliklar aniqlandi
📌
Qoraqalpog’iston Respublikasi, Nukus tumanida joylashgan,
temir-beton mahsulotlar ishlab chiqaruvchi “NUKUS BALIK” MChJda
davlat nazorati tadbiri o‘tkazildi.
✅
O‘tkazilgan tekshiruv davomida O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi hamda “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonunlari talablariga rioya etilmagani aniqlandi.
📰
Xususan,
mahsulotlar belgilangan tartibda tamg‘alanmagan,
shuningdek, sifat guvohnomasi rasmiylashtirilmasdan realizatsiya qilingan.
📚
Aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan
korxona rahbariga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib,
tegishli hujjatlar sudga yuborildi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
👇
🌐
Website
|
💬
Telegram
|
💬
Facebook
|
📷
Instagram