
Urolog Dr.Akbarshoh | UROLOG, ANDROLOG, ENDOUROLOG
Lazzatli hayot!
10+ yildan ortiq tajriba
100.000 + ortiq mammun bemorlar
5000+ dan ortiq operatsiya
☎️
Admin:
https://drakbarshoh.taplink.ws
+998909551700
Admin:
@dr_akbarshoxadmin
Aloqadan so‘ng yana aloqa qilish kuchiga erishish
Ko‘pchilik erkaklar yaqinlikdan so‘ng tabiiy tarzda holsizlanadi yoki tana qisqa muddatli dam olishga ehtiyoj sezadi. Bu fiziologik holat bo‘lib, tananing kuchni tiklash mexanizmi hisoblanadi.
Biroq, organizmni sog‘lom saqlash va keyingi aloqalarda bardamlikni oshirish uchun qon aylanishni yaxshilaydigan maxsus
massaj va mushak mashqlari
tavsiya etiladi.
🔹
Qanday foydasi bor:
— qon oqimini faollashtiradi;
— erkaklik salohiyatini tabiiy tarzda qo‘llab-quvvatlaydi;
— mushak to‘qimalarining sog‘lom holatini saqlaydi;
— tiklanish jarayonini tezlashtiradi.
🔹
Qanday amalga oshiriladi:
Aloqadan so‘ng tana to‘liq bo‘shashgach, pastki qorin, son va chanoq atrofidagi mushaklarga yengil, qon yurishini rag‘batlantiruvchi massaj qilinadi. Harakatlar yumshoq, qon aylanishni yaxshilovchi shaklda bo‘lishi kerak.
Mashqni bir necha daqiqa davomida o‘ng va chap qo‘l bilan almashlab bajarish mumkin. Bu nafaqat mushaklarni tiklaydi, balki umumiy energiya almashinuvini ham yaxshilaydi.
🔹
Qo‘shimcha maslahatlar:
— Mashqni chuqur nafas olish bilan uyg‘unlashtiring.
— Suv ichishni unutmang — bu qon aylanish uchun muhim.
— Yetarli uyqu va sog‘lom ovqatlanish ham muhim rol o‘ynaydi
Channel photo updated
Erkaklar quvvatini juda-juda kuchli ravishda koʻtarib yuboradigan tabiiy mahsulotlardan biri - bu
kabutar goʻshtidir
🥸
Qaynatib shoʻrva qilasiz, shoʻrvasi ichiladi va goʻshtini ham yeysiz
❗️
Hoz kabutarlar ayni koʻpaygan, Chortoqingizda
👀
Uylanmaganlarga qatiyan tavsiya etilmaydi
😁
😁
Urolog Dr.Akbarshoh | UROLOG, ANDROLOG, ENDOUROLOG
pinned «
Erkaklar quvvatini juda-juda kuchli ravishda koʻtarib yuboradigan mahsulotni zoʻrini aytaymi
⁉️
Qani shu postga 100 ta reaksiya bosib, komentga ha deb qoʻyingchi
🔽
@dr_akbarshoh-lazzatli hayot
»
Erkaklar quvvatini juda-juda kuchli ravishda koʻtarib yuboradigan mahsulotni zoʻrini aytaymi
⁉️
Qani shu postga 100 ta reaksiya bosib, komentga ha deb qoʻyingchi
🔽
@dr_akbarshoh
-lazzatli hayot
Urolog Dr.Akbarshoh | UROLOG, ANDROLOG, ENDOUROLOG
pinned «
Nega aktiv emassiz, hafa qilib Endi aktiv boʻlmaganni kanaldan badargʻa qilaman
🤨
🤨
»
Foydali nonushta nima uchun muhim?
🔋
Energiya beradi – organizm kechasi 8–10 soat davomida ovqatsiz qoladi. Nonushta hujayralarga kerakli quvvatni yetkazib beradi.
🧠
Diqqat va xotirani yaxshilaydi – miya samarali ishlashi uchun glyukoza zarur, bu esa sog‘lom…
Foydali nonushta nima uchun muhim?
🔋
Energiya beradi – organizm kechasi 8–10 soat davomida ovqatsiz qoladi. Nonushta hujayralarga kerakli quvvatni yetkazib beradi.
🧠
Diqqat va xotirani yaxshilaydi – miya samarali ishlashi uchun glyukoza zarur, bu esa sog‘lom nonushtadan olinadi.
⚖️
Vaznni nazorat qiladi – nonushta qilmagan odamlar odatda foydasiz "tamaddi"lar bilan qorin toʻydirishadi va bu bora-bora zaxira yogʻlar yigʻadi.
💪
Metabolizmni faollashtiradi – kun davomida moddalar almashinuvi yaxshi ishlashiga yordam beradi.
😊
Kayfiyatni ko‘taradi – oqsil va vitaminlarga boy ovqat serotonin ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Bugun nonushtaga nima yedingiz?
Komentga yozib qoldiring.
@dr_akbarshoh
— lazzatli hayot
😙
🧠
Kunduzgi uyqu — miyangiz uchun qisqa “restart”
(qayta tiklanish)
Tushlikdan keyin diqqat pasayishi — bu tabiiy holat. Chunki bizning tanamizda kun davomida hushyorlik darajasi pasayadigan vaqt bo‘ladi. Shu paytda qisqa muddatli uyqu — miyani qayta “zaryad” qilishning eng samarali usuli.
🔹
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadi:
• 10–30 daqiqalik uyqu diqqatni jamlash va reaksiyani tezlashtiradi (NASA, Harvard).
• Hatto qisqa uyqu ham xotirani mustahkamlaydi (Saarland University).
• Stress kamayadi, kayfiyat ko‘tariladi (UC Berkeley).
• Kun davomida uxlab oladiganlarda yurak xastaliklari xavfi 30–37 % gacha past bo‘ladi (Yevropa kardiologiya jamiyati).
🔹
Ammo me’yordan oshirmang:
⏰
Eng maqbul davomiylik: 15–30 daqiqa.
🌇
Soat 16:00 dan keyin uxlamang — kechasi uxlashga xalaqit beradi.
💡
Layfxak:
Tushlikdan keyin kofe iching va darhol 20 daqiqaga uxlashga yoting. Siz uyg‘ongan paytda kofein ta’sir qila boshlaydi — natijada ikki baravar tetiklik his qilasiz.
Dr.Akbarshoh - lazzatli hayot!
🥗
RAK KASALLIGI RISKINI KAMAYTIRADIGAN MAHSULOTLAR
(Ilmiy tadqiqotlar asosida)
Sog‘lom ovqatlanish — nafaqat salomatlik kafolati, balki ayrim rak turlarining oldini olishda ham muhim rol o‘ynaydi. Ilmiy izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, quyidagi mahsulotlar tanovul qilinadigan ratsionda muntazam ishtirok etsa, xavf kamayishi mumkin:
🥦
Sabzavot, meva, dukkaklilar va butun don mahsulotlari
✔️
O‘simlik mahsulotlari ko‘p bo‘lgan ovqatlanish — rakning og‘iz, halqum, o‘pka va oshqozon kabi turlarini kamaytirishga yordam beradi.
✔️
Ayniqsa, karam, brokkoli, gulkaram, bryussel kabi sabzavotlar tarkibidagi moddalarning himoya xususiyatlari o‘rganilgan.
✔️
Loviya, no‘xat, yasmiq, soya — bu mahsulotlar tolaga boy va ichaklar uchun foydali. Kolorektal rak xavfi pastroq bo‘lishi mumkin.
✔️
Butun don mahsulotlari (jo‘xori, jigarrang guruch, butun bug‘doy) — sog‘lom ichaklar uchun zarur va dunyo sog‘liq tashkilotlari tomonidan tavsiya qilingan.
🍅
Antioksidantlarga boy mahsulotlar
✔️
Pomidor va undan tayyorlangan mahsulotlar — tarkibida likopin bor. U prostata bezi raki xavfini pasaytirishi mumkin (ammo bu to‘liq isbotlanmagan).
✔️
Sabzi, ismaloq, qovoq va boshqa yorqin sabzavotlar — hujayralarni himoya qiluvchi karotinoidlarga boy.
☕️
🫖
Ichimliklar haqida
✔️
Kofe (me’yorda ichilsa) — jigar va bachadon ichki devori (endometriya) raki xavfini kamaytirishi mumkin.
✔️
Yashil choy — ba’zi oshqozon-ichak raklariga qarshi foydali bo‘lishi mumkin (ayniqsa Osiyo mamlakatlarida o‘rganilgan).
✔️
❗
*Eslatma:* Juda issiq (65 °C dan yuqori) ichimliklar — qizilo‘ngach raki xavfini oshirishi mumkin. Bu Xalqaro rak tadqiqot agentligi tomonidan ogohlantirilgan.
📌
Muhim:
Har qanday holatda, muvozanatli ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi — eng yaxshi profilaktikadir!