
Urolog Dr.Akbarshoh | UROLOG, ANDROLOG, ENDOUROLOG
Erektil disfunksiya tashxisini qo‘yish uchun shifokor nimalarni tekshiradi?
🧑⚕️
@dr_akbarshoh
Tushunarli bo‘yaptimi, savol tug‘ilsa Izohlarda yozing-chi!
🧑⚕️
@dr_akbarshoh
EREKTIL DISFUNKSIYA DARAJALARI VA MIEF-5 SO‘ROVNOMASI
Erektil disfunksiya darajasini baholash uchun butun dunyoda MIEF-5 (IIEF-5) — erektil funksiyani baholovchi xalqaro indeksning qisqartirilgan shakli qo‘llaniladi.
U jinsiy hayotning so‘nggi 6 oyi haqida beriladigan 5 ta savoldan iborat. Har bir javob 1 dan 5 ballgacha baholanadi.
So‘rovnoma nimalarni baholaydi?
1⃣
Ereksiyaga erisha olishingiz va uni saqlab qolishingizga qanchalik ishonasiz?
2⃣
Jinsiy olat jinsiy aloqaga kirishish uchun yetarlicha qattiq bo‘lishi qanchalik tez-tez kuzatiladi?
3⃣
Jinsiy aloqaga kirishgandan keyin ereksiyani saqlab qolish qanchalik tez-tez muvaffaqiyatli bo‘ladi?
4⃣
Jinsiy aloqa tugaguniga qadar ereksiyani saqlab qolish siz uchun qanchalik qiyin?
5⃣
Jinsiy aloqadan qanchalik qoniqasiz?
🧑⚕️
@dr_akbarshoh
Assalomu alaykum!
Baʼzi sabablarga ko‘ra biroz tanaffus bo‘ldi. Mavzuni davom ettiramizmi?
🔥
🧑⚕️
@dr_akbarshoh
SABAB FAQAT TANADA EMAS
Ereksiya uchun faqat yaxshi qon aylanishining o‘zi yetarli emas. Nerv tizimi, ruhiy holat, qabul qilinayotgan dorilar va kundalik odatlar ham muhim.
4⃣
Nerv tizimi
Umurtqa pog‘onasi kasalliklari va shikastlanishlari, kichik chanoq sohasidagi operatsiyalar, diabetik neyropatiya va ayrim nevrologik kasalliklar ereksiyani boshqaruvchi nerv signallariga ta’sir qilishi mumkin.
5⃣
Stress va xavotir
«Yana bo‘lmay qolsa-chi?» degan xavotirning o‘zi ham ereksiyaga xalaqit berishi mumkin. Stress, depressiya va juftlikdagi kelishmovchiliklarni ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak.
6⃣
Dorilar va turmush tarzi
Ayrim dori vositalari, chekish, spirtli ichimliklarni ko‘p iste’mol qilish, uyqusizlik, kamharakatlik va anabolik steroidlardan foydalanish ereksiyaga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Muammo muntazam takrorlansa, faqat ereksiyani tiklash emas, nima sababdan buzilayotganini aniqlash muhim.
🧑⚕️
@dr_akbarshoh
XO‘SH EREKSIYA NEGA BUZILADI?
Ereksiya – murakkab jarayon. Unda qon tomirlari, nerv tizimi, gormonlar va ruhiy holat birgalikda ishtirok etadi. Shuning uchun muammoning sababi ham har doim bitta bo‘lavermaydi.
1⃣
Qon tomirlari
Ateroskleroz, yuqori qon bosimi va xolesterinning oshishi jinsiy olatga qon kelishini yomonlashtirishi mumkin. Ayniqsa 40 yoshdan keyin bu omillarga e’tibor berish muhim.
2⃣
Gormonal o‘zgarishlar
Testosteron yetishmovchiligi, prolaktinning oshishi yoki qalqonsimon bez faoliyatidagi buzilishlar jinsiy istak va ereksiyaga ta’sir qilishi mumkin.
3⃣
Qandli diabet va semizlik
Qandli diabet vaqt o‘tishi bilan qon tomirlari va nervlarni zararlashi mumkin. Semizlik va metabolik sindrom ham erektil disfunksiya xavfi bilan bog‘liq.
Ereksiya bilan bog‘liq muammo muntazam takrorlansa, uni faqat jinsiy hayotdagi muammo deb qaramaslik kerak. Ba’zan organizm shu yo‘l bilan boshqa muammo haqida signal berayotgan bo‘lishi mumkin.
🧑⚕️
@dr_akbarshoh
Assalomu alaykum. Xayrli kech!
Reaksiya judayam kam. Davom etmay qo‘yaveraymi?
😅
Bepushtlikka duch kelgan erkaklarda sog‘liq bilan bog‘liq muammolar normal fertillikka ega erkaklarga nisbatan ko‘proq uchraydi.
2026-yilda qariyb 446 ming nafar erkak ishtirok etgan tadqiqotda bepushtlikka duch kelgan erkaklarda keyingi yillarda qandli diabet taxminan 28% ko‘proq, yuqori qon bosimi va yurak kasalliklari esa taxminan 20% ko‘proq uchrashi aniqlangan.
2023-yilgi meta-tahlil ham bepushtlikka duch kelgan erkaklarda qandli diabet, yurak-qon tomir kasalliklari va o‘lim xavfi yuqoriroq ekanini ko‘rsatgan.
2,4 milliondan ortiq erkak ma’lumotlari tahlil qilingan boshqa bir tadqiqotda esa bepushtlikka duch kelgan erkaklarda umumiy saraton kasalliklari taxminan 43% ko‘proq uchrashi qayd etilgan. Ayniqsa, moyak saratoni bilan bog‘liqlik yaqqolroq bo‘lgan.
Nega bunday?
Spermatozoidlar ishlab chiqarilishi uchun gormonlar, moyaklar, moddalar almashinuvi va ko‘plab genlarning normal ishlashi zarur. Butun organizmga salbiy ta’sir qiluvchi ayrim buzilishlar bir vaqtning o‘zida erkakning fertilligiga ham ta’sir qilishi mumkin.
Shuning uchun spermogrammada jiddiy o‘zgarishlar aniqlansa, faqat farzandli bo‘lish imkoniyatini baholash bilan cheklanmasdan, erkakning umumiy sog‘lig‘ini ham tekshirish maqsadga muvofiq.
🧑⚕️
@dr_akbarshoh