
"El-yurt umidi" Foundation
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha "El-yurt umidi" jamg‘armasining rasmiy Telegram sahifasi
👉
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar:
http://myurls.co/elyurtumidifoundation
👉
Website:
www.eyuf.uz
🇺🇿
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi jamoasi va stipendiatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni tavallud ayyomlari bilan chin yurakdan muborakbod etadilar!
🔗
Website:
Eyuf.uz
Telegram
|
Facebook |
Instagram|
YouTube
#OAV_biz_haqimizda
“Yoshlar“ telekanali bilan hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan
“Xorijdagi bir kunim“
dasturining ilk soni bugun efirga uzatiladi.
Koʻrsatuvning ishtirokchisi — “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, AQSHda jurnalistika yoʻnalishda taʼlim olayotgan
Nigina Muzaffarova
.
Dastur
bugun 17:50 da “Yoshlar” telekanalida
namoyish etiladi. Oʻtkazib yubormang!
🔗
Website:
Eyuf.uz
Telegram
|
Facebook |
Instagram|
YouTube
🇺🇿
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kun!
Davlatimiz rahbarining uzoqni koʻzlovchi strategiyasi va tashabbuslari tufayli soʻnggi yillarda
taʼlim, ilm-fan va inson kapitalini rivojlantirish
sohalarida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi.
Xususan, maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasi 2017—2024-yillarda
27 foizdan 76 foizga
oshdi. 18–23 yoshdagi aholining oliy taʼlim bilan qamrovi darajasi qariyb
6 baravarga
ortdi —
8,3 foizdan 47,7 foizgacha
. Soʻnggi yetti yilda boshqaruv kadrlari tarkibi ancha yosharib,
40 yoshgacha
boʻlgan rahbarlar ulushi
37 foizdan 65 foizga
oshdi.
Yuqori malakali mutaxassislar va yangi avlod yetakchilarini maqsadli tayyorlash platformasi sifatida Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan “El-yurt umidi” jamgʻarmasining yangilanishi va faoliyatining kengaytirilishi gʻoyat muhim qadam boʻldi. Bugungi kunda oʻzbekistonlik yoshlar Oksford va Garvarddan tortib Tokio va Berlingacha boʻlgan dunyoning nufuzli universitetlarida taʼlim olish imkoniyatiga ega. Ular STEM, energetika, transport, urbanizatsiya, huquq, davlat boshqaruvi, tibbiyot, agrotexnologiyalar kabi oʻnlab dolzarb yoʻnalishlarni oʻzlashtirishmoqda.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan
2018–2025-yillarda 2200 nafardan ortiq
stipendiatning dunyoning nufuzli universitetlarida taʼlim olishi qoʻllab-quvvatlangan. Ulardan
740 nafari
hozirda oʻqishini davom ettirmoqda.
Natijada oʻtgan yili yurtimiz yoshlari “TOP-500” talik oliygohlarga kirish boʻyicha
Markaziy Osiyoda 1-oʻrinni
egalladi. Bularning barchasi stipendiyalar, grantlar va xalqaro stajirovkalarni oʻz ichiga olgan isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlashning samarali tizimi yaratilgani tufayli roʻyobga chiqmoqda.
Hurmatli Prezident, tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Sizga mustahkam sog‘lik tilaymiz
,
har bir kuningiz ilhom, xalqning qoʻllab-quvvatlovi va Oʻzbekiston farovonligi yoʻlida yangi yutuqlarga toʻla boʻlsin!
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari — sizning qanotlaringiz boʻlib, tashabbuslaringizni qoʻllab-quvvatlashga, oʻz salohiyatini toʻla namoyon etishga va mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissasini qoʻshishga tayyor!
🔗
Website:
Eyuf.uz
Telegram
|
Facebook |
Instagram|
YouTube
#Jarayon
⚡️
“El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi
suhbat bosqichi
davom etmoqda.
Ushbu bosqichning asosiy maqsadi — nomzodlarning mustaqil fikrlash qobiliyatini, ijtimoiy taraqqiyotiga erishgan jamiyat gʻoyalarini anglab yetish darajasi hamda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayonlarga doir nazariy tayyorgarligi, yuksak maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini baholashdan iboratdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-77-son
Farmoniga
asosan, tanlovdagi suhbat jarayonlari yozib olinib,
onlayn
translyatsiya qilinmoqda.
“Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi
Qonunga
muvofiq, shaxsga doir maʼlumotlarni Internet jahon axborot tarmogʻi orqali tarqatish
subyektining
roziligi
bilan amalga oshiriladi. Yaʼni nomzodlarda “ovozsiz” yoki “ovozli” translyatsiyani tanlash imkoniyati mavjud.
❗️
Eslatib oʻtamiz, tasdiqlangan jadval asosida
suhbatlar 28-iyulga
qadar davom etadi.
🔗
Website:
Eyuf.uz
Telegram
|
Facebook |
Instagram|
YouTube
🇺🇿
Yangi
Oʻzbekiston bunyodkori — 8-yillik mehnat samarasi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 68 yoshni qarshiladi.
🔗
Website:
Eyuf.uz
Telegram
|
Facebook |
Instagram|
YouTube
#Jarayon
⚡️
“El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi
suhbat bosqichi:
navbatdagi kun tafsilotlari.
✔️
Tasdiqlangan jadval asosida suhbatlar
28-iyulga
qadar davom etadi.
🔗
Website:
Eyuf.uz
Telegram
|
Facebook |
Instagram|
YouTube
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi koʻmagida AQShdagi Templ universitetida taʼlim olayotgan stipendiat
Izzat Abdullayev
Bolalar kontentini rivojlantirish markazida oʻz
amaliyotini
boshladi.
Izzat universitetda kino va media yoʻnalishida oʻqiydi. Uning gʻoyalari koʻp, orzulari katta, maqsadi aniq. Eng muhimi, xorijda olgan bilimlarini Oʻzbekistonda qoʻllab, bolalarga oid loyihalar amalga oshirmoqchi.
🔗
Website
:
Eyuf.uz
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
#Jarayon
⚡️
“El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi
suhbat bosqichi
ning navbatdagi kuni oʻz nihoyasiga yetdi.
Har bir nomzod davlat boshqaruvi tizimi mutaxassislari, akademik va ekspert hamjamiyati hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan tashkil topgan komissiya bilan individual suhbatdan oʻtdi.
Ish yoki oʻqish tufayli xorijda boʻlib turgan nomzodlarga suhbatdan
onlayn
tarzda oʻtish imkoniyati berildi.
✔️
Tasdiqlangan jadval asosida suhbatlar
28-iyulga
qadar davom etadi.
🔗
Website:
Eyuf.uz
Telegram
|
Facebook |
Instagram|
YouTube
#ElYurtUmidiSuccessStory
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi sessiyasida ishtirok etdi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati
Diyor Isroilov
Bangkok (Tailand) shahrida boʻlib oʻtgan BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining “Markaziy Osiyoda investitsiyalarni jalb etish va hududiy investitsiya hamkorligini kuchaytirish” mavzusiga bagʻishlangan II sessiyada maʼruzachi sifatida ishtirok etdi.
Tadbir davomida Diyor Isroilov Oʻzbekiston Respublikasi ESCAP bilan oʻzaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, texnik koʻmak, institutsional salohiyatni oshirish va investitsiya faoliyatini raqamlashtirish borasida qoʻshma loyihalarni ilgari surish boʻyicha ochiqligini bildirdi.
Bugungi kunda Diyor Isroilov Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi Xorijiy investorlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, Investorlar markazi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
📹
Maʼruzani tinglash
🔗
Website:
Eyuf.uz
Telegram
|
Facebook |
Instagram|
YouTube
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlarining faoliyati qisqa satrlarda
✔️
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti doktorantura dasturi bitiruvchisi, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori
Adxam Xudaykulov
“The Transition Trap. Three Decades of Transition in Central Asia”
(“Oʻtish davri tuzogʻi. Markaziy Osiyoda oʻtish davrining uch oʻn yilligi”)
nomli monografiyasini
nashr etdi
.
✔️
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Berlin texnika universiteti doktoranti
Bonu Azizova
Shveysariyaning Syurix shahrida boʻlib oʻtgan Sustainable Built Environment 2025 (SBE25) xalqaro konferensiyasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Bonu Oʻzbekiston sharoitida past-uglerodli qurilish amaliyotlari va ekologik jihatdan barqaror uy-joy yechimlariga oid tadqiqot natijalarni taqdimot qildi.
✔️
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Londondagi Lafboro universiteti magistranti
Sirojiddin Gulomov
universitetda oʻtkazilgan hamkorlik loyihalari amaliy modulida oʻz jamoasi bilan gʻolib deb topildi. Loyihasi doirasida ular Minority Rights Group International tashkiloti tomonidan taqdim etilgan muammoni tahlil qilib, unga ijodiy hamda innovatsion yechimlar ishlab chiqdi.
“Bu loyiha menga nafaqat xalqaro tashkilotlar bilan amaliy ish yuritish tajribasini berdi, balki inson huquqlari sohasida global yondashuvlar, inklyuziv siyosatlar va real hayotdagi muammolarga innovatsion yondashuvlar haqida chuqurroq tushuncha hosil qilishimga sabab boʻldi. Shu kabi amaliy loyihalar kelajakdagi diplomatik va xalqaro munosabatlar sohasidagi faoliyatimda asosiy poydevor vazifasini oʻtaydi”, — dedi Sirojiddin Gulomov.
✔️
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, AQSHning Janubiy Florida Universitetining magistranti
Shoxzod Murotov
Muma biznes kollejida oʻtkazilgan “Xalqaro biznes muhitida yetakchilik” (Leadership in Global Business Environments) kursini muvaffaqiyatli tamomlab, eng faol va iqtidorli talabalar qatoridan joy oldi.
✔️
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari — Edinburg universiteti bitiruvchisi
Hadicha Suyarova
hamda Lids universiteti bitiruvchisi
Abdulaziz Suyarov
“Tanaffus”
podkastining navbatdagi sonida ishtirok etib, taʼlimdagi oʻzgarishlar, sunʼiy intellekt texnologiyalarining sohaga joriy etilishi bilan bogʻliq imkoniyatlar va xatarlar hamda bu boradagi xorijiy tajriba haqida oʻz fikrlarini bildirdi.
✔️
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Sidney universiteti talabasi
Komoliddin Mardonov
Global Marketing Institute tomonidan tashkil etilgan Digital Marketing Success Summitʼida ishtirok etib, SEO, ijtimoiy media marketing, email-marketing avtomatlashuvi, kontent strategiyasi va maʼlumotlar tahlili kabi yoʻnalishlar boʻyicha oʻz bilim va koʻnikmalarini oshirish imkoniga ega boʻldi.
🔗
Website:
Eyuf.uz
Telegram
|
Facebook |
Instagram|
YouTube