
"El-yurt umidi" Foundation
☕️
“
Samarkand Tea Time with EYUF Alumni
”
— bitiruvçilar uçraşuvi bölib ötadi
30-oktabr kuni Samarqand şahrida “El-yurt umidi” jamğarmasi stipendiatlari va bitiruvçilari bilan norasmiy uçraşuv — “
Samarkand Tea Time with EYUF Alumni
” taşkil etiladi. Uşbu uçraşuv dunyoning turli burçaklarida taʼlim olgan stipendiatlar (Alumni) bilan oçiq muloqotlar anʼanasini davom ettiradi.
Iştirokçilar özaro tajriba almaşiş, islohotlar va zamonaviy çaqiriqlarni muhokama qiliş, taʼlim hamda kadrlar tayyorlaş sohasini rivojlantiriş uçun yangi yeçimlarni taklif etiş, şuningdek, hayotiy tanlov, Vatanga qaytiş va kasbiy muvaffaqiyatlar haqidagi şaxsiy hikoyalari bilan bölişiş imkoniga ega böladilar.
✨
“
Samarkand Tea Time with EYUF Alumni
”
— bu bir insonning tajribasi köpçilik uçun ğoya, qöllab-quvvatlaş va ösiş nuqtasiga aylana oladigan öziga xos muloqot maydonidir.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
El-yurt.uz
⚡️
Samarqand “Global Talent Forum”ga mezbonlik qiladi
Xorijda olingan bilimlarni qanday qilib mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiladigan resursga aylantiriş mumkin?
Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlaş böyiça “El-yurt umidi” jamğarmasi taşabbusi bilan
29–30-oktabr kunlari Samarqand şahrida
bölib ötadigan “Global Talent Forum”da aynan şu masala diqqat markazida böladi. Anjuman mavzusi —
“Özgarayotgan dunyoda
inson kapitalini şakllantiriş”
.
Sunʼiy intellekt kasblar qiyofasini özgartirmoqda, texnologiyalar öquv dasturlaridan özib ketmoqda, iqtisodiyot esa yangi könikmalarni talab qilmoqda. Davlatlar uçun bunday özgarişlar şaroitida işlay oladigan — texnologiyalar yaratadigan, ilm-fanni rivojlantiradigan va murakkab boşqaruv qarorlarini qabul qila oladigan kadrlarni tayyorlaş salohiyati tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Özbekiston uçun uşbu muloqot bevosita
Prezident Şavkat Mirziyoyevning
islohotlar kursi bilan çambarças boğliq. Sifatli taʼlim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş, yoşlarni qöllab-quvvatlaş va xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlaş mamlakat taraqqiyotining keyingi bosqiçi uçun mustahkam zamin yaratmoqda. Asosiy masala —
taʼlimga yönaltirilgan sarmoyalarning iqtisodiyot va jamiyat hayotida sezilarli samara berişini
taʼminlaşdan iborat.
Samarqanddagi forum uşbu milliy vazifani xalqaro tajriba bilan uyğunlaştiradi. Davlat tuzilmalari, taʼlim muassasalari va xalqaro stipendiya dasturlari vakillari bir davra atrofida jam böladilar. Ular iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş, mamlakatlar örtasida hamkorlikni yölga qöyiş hamda egallangan yangi bilimlarni ona vatanda qöllaş uçun zarur şaroitlar yaratiş masalalarini muhokama qiladilar.
Mamlakatning kelajakdagi ehtiyojlarini inobatga olgan holda taʼlim yönalişlarini qanday tanlaş kerak? Xorijiy universitetlar bitiruvçilariga Vatanga qaytganidan söng öz salohiyatini röyobga çiqarişga nima yordam beradi? Taʼlim dasturlarining milliy raqobatbardoşlikka qöşayotgan hissasini qanday baholaş mumkin? Uşbu savollar isteʼdodlarning xalqaro mobilligi va kadrlar tayyorlaş böyiça munozaralar mazmunini belgilab beradi.
Forumda
IHTT, Turkiya Oliy taʼlim kengaşi, Xalqaro taʼlim instituti, “Bolaşaq” dasturi, DAAD, Britiş Council, JICA, EducationUSA
va boşqa taşkilotlar vakillari iştirok etişi kutilmoqda. Iştirokçilar isteʼdodlarni qöllab-quvvatlaş böyiça turli yondaşuvlarni taqdim etadilar hamda kelgusi ön yillik uçun hamkorlik istiqbollarini muhokama qiladilar.
“El-yurt umidi” jamğarmasi uçun mazkur forum jahon taʼlimi imkoniyatlarini Özbekiston ehtiyojlari bilan boğlaşdek aniq maqsad yölida xalqaro hamkorlikni kengaytiriş imkoniyatidir. Dasturdan
ikki tomonlama muzokaralar
,
hamkorlar bilan uçraşuvlar
hamda
“El-yurt umidi” jamğarmasi stipendiantlarining yillik uçraşuvi
ham örin olgan.
Samarqand muloqoti markazida insonlar hamda ularning bilimi, tajribasi va taşabbuskorligini mamlakat taraqqiyotiga yönaltirişga xizmat qiladigan şart-şaroitlar böladi.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
El-yurt.uz
👍
✅
✅
✅
#OAV_biz_haqimizda “Biz birgamiz“ ko‘rsatuvining navbatdagi mehmoni — “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati, Uorvik universiteti (Buyuk Britaniya) magistraturasi bitiruvchisi Fotima Matmusayeva
📆
17-oktabr, 14:40
📺
“O‘zbekiston“ telekanali, o‘tkazib…
#Stipendiatlar_hayotidan
⚡️
Fermerlar uçun robot: “El-yurt umidi” stipendiatlari HackHarvard yönalişlaridan birida ğolib böldi
“El-yurt umidi” jamğarmasi stipendiatlari, Arizona davlat universitetida tahsil olayotgan
Asadbek Röziyev
,
Samandar Xolmuminov
va
Asror Öralov
iştirokidagi jamoa HackHarvard xalqaro xakatonining
“Save the Earth” barqaror rivojlaniş yönalişida birinçi örinni
egalladi. Jamoaga ğalabani fermerlarga kömaklaşişga möljallangan qişloq xöjaligi roboti loyihasi olib keldi.
Jamoa öz roboti uçun maşinaviy öqitiş va sunʼiy intellekt algoritmlarini işlab çiqdi. Loyihadan közlangan maqsad — fermerlar mehnatini yengillaştiriş hamda qişloq xöjaligini yanada samarali va barqaror qilişdir.
Uşbu işlanma ASUS kompaniyasi homiylik qilgan “Save the Earth” yönalişida birinçi örinni qölga kiritdi. Yoş tadqiqotçilar sunʼiy intellekt sohasidagi bilimlar eng amaliy vazifalardan biri — yer bilan işlaşda qanday qilib yeçim asosiga aylanişi mumkinligini körsatib berişdi.
Maʼlumot uchun
: Xakaton 16–18-oktyabr kunlari AQŞning Garvard universitetida bölib ötdi. Unda Xitoy, Argentina, Hindiston va Kanada kabi önta davlatdan 250 dan ortiq iştirokçi qatnaşdi.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
El-yurt.uz
⚡️
Prezident Şavkat Mirziyoyev Qamaşi tumanidagi “Çim” mahallasida amalga oşirilgan bunyodkorlik işlari va aholi bandligini taʼminlaş çoralari bilan
tanişdi.
Taşrifi samimiy uçraşuvlarga boy böldi.
—
⚡️
Президент Шавкат Мирзиёев
ознакомился
с созидательной работой и мерами обеспечения занятости населения в махалле «Чим» Камашинского района. Визит был насыщен теплыми встречами.
#Mirziyoyev
#safar
#Qashqadaryo
#mahalla
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
El-yurt.uz
#Til_bayrami_muborak
#onatilim2026
Nikolas Kontovas, Oksford universiteti turkolog-olimi, Bodleian kutubxonasi Şarq qölyozmalari bölimi kuratori:
— Özbekiston — yoş davlat, lekin uning madaniyati va maʼnaviy ildizlari köp asrlik tarixga ega. Bu merosning eng yorqin timsollaridan biri — özbek tilidir.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
El-yurt.uz
Prezident
Şavkat Mirziyoyev Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi doirasida umumiy qiymati 6 milliard dollardan ziyod bölgan 161 ta loyihani işga tuşiriş va qurilişiga start beriş marosimida
iştirok etdi.
—
В рамках поездки в Кашкадарьинскую область Президент Шавкат Мирзиёев
принял участие
в церемонии ввода в строй и начала строительства 161 проекта на общую сумму более 6 миллиардов долларов.
#Mirziyoyev
#tashrif
#Qashqadaryo
#loyihalar
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
El-yurt.uz