Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

"El-yurt umidi" Foundation

elyurtumidifoundation
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha "El-yurt umidi" jamg‘armasining rasmiy Telegram kanali Fb: https://www.facebook.com/eyufoundation Inst: https://www.instagram.com/elyurtumidifoundation www.eyuf.uz
Подписчики
33 600
24 часа
30 дней
-300
Необычное падение (24 часа)
Просмотры
4 000
ER
11,9%
Посты (30д)
58
Символов в посте
1 036
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDСтуденты за рубежом
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
June 12, 04:02
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram


Narkojinoyatlarga qarshi javobgarlik keskin kuchaytiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik tahdidlaridan himoya qilishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan
taqdimot bilan tanishdi
.

Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan qonun bilan Jinoyat kodeksiga
“Aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar”
nomli yangi bob kiritilmoqda.
Taqdimotda
“Narkotiklar va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar to‘g‘risida”g
i yangi qonun loyihasi ham muhokama qilinib, unda
giyohvandlikka qarshi kurashning 7 ta ustuvor yo‘nalishi, internet orqali sodir etilayotgan narkojinoyatlarga chek qo‘yish, yoshlar va xotin-qizlarda “giyohvandlikka qarshi immunitet”ni shakllantirish, profilaktika va reabilitatsiya tizimini takomillashtirish
masalalari nazarda tutilgani qayd etildi.

Shuningdek,
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, voyaga yetmaganlarga transport vositalarini boshqarishga ruxsat berish oqibatida yuz berayotgan og‘ir holatlarning oldini olish va bu boradagi javobgarlikni kuchaytirish yuzasidan takliflar
ham ma’qullandi.
Prezidentimiz giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashni zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarni ushbu illatdan asrash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
🔗
Website:
El-yurt.uz
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

June 11, 14:00
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#OAV_biz_haqimizda
⚡️
Onkologiyaga qarshi kurashish: Fransiya tajribasi asosida xalqaro mahorat darsi boshlandi
🔗
Website:
El-yurt.uz
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

June 11, 13:20
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev onkologik va gematologik tibbiy yordam hamda palliativ xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по совершенствованию…

June 11, 13:08
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev onkologik va gematologik tibbiy yordam hamda palliativ xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar
taqdimoti
bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился
с презентацией
предложений по совершенствованию системы онкологической и гематологической медицинской помощи и паллиативной службы.
#Mirziyoyev
#taqdimot
#tibbiyot
#onkologiya
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

June 11, 11:43
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#Xalqaro_hamkorlik
⚡️
Toshkentda fransiyalik onkologlar ishtirokida xalqaro mahorat darsi boshlandi
Bugun, 11-iyun kuni Toshkentda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Fransiyaning AP-HP (Assistance Publique – Hôpitaux de Paris) davlat shifoxonalari tizimi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa hamkorlar bilan birgalikda tashkil etgan
koʻkrak bezi saratonini tashxislash va davolash masalalariga bagʻishlangan uch kunlik xalqaro mahorat darsi
oʻz ishini boshladi.
Dasturda respublikaning barcha hududlaridan
70 nafarga
yaqin mutaxassis, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda uning hududiy filiallarining onkomammologlari, kimyoterapevtlari, radioterapevtlari va radiologlari ishtirok etmoqda.
Mahorat darsining tashkil etilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi
“Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”
gi qarorida belgilangan vazifalarning amaliy ifodasi boʻldi. Soʻnggi yillarda onkologik kasalliklarni erta tashxislash, oldini olish va davolash masalalari davlatimiz rahbarining alohida eʼtibor markazida turibdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi va dasturiy hujjatlarida tibbiy yordam sifatini oshirish, tashxislash va davolashning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, ilgʻor xalqaro amaliyotlar asosida tibbiyot kadrlarini tayyorlash zarurligini bir necha bor taʼkidlagan.
Bundan tashqari, tadbir doirasida
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi
va Fransiyadagi oʻnlab tibbiyot muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlarini birlashtirgan, Yevropaning eng yirik universitet shifoxonalari tizimi boʻlgan
AP-HP oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
. Bu voqea tomonlar oʻrtasidagi hamkorlikni alohida tadbirlar formatidan uzoq muddatli institutsional sheriklik bosqichiga olib chiqishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Hujjatda maqsadli stajirovka va malaka oshirish dasturlarini tashkil etish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, akademik almashinuvlar uyushtirish hamda tibbiyot sohasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish koʻzda tutilgan.
🔗
Website:
El-yurt.uz
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

June 11, 10:17
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#Hamkorlik
⚡️
“El-yurt umidi” jamgʻarmasida suv resurslarini barqaror boshqarish sohasi uchun kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori
Gulnoza Ismailova
Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi direktori
Jaloliddin Usmanov
bilan uchrashdi.
Tomonlar suv xoʻjaligi va suv diplomatiyasi sohalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash masalalarini, shuningdek, suv resurslarini boshqarish borasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston uchun suv resurslarini samarali boshqarish barqaror rivojlanishning muhim omillaridan biridir. Soʻnggi yillarda
Prezident Shavkat Mirziyoyev
tashabbusi bilan suvni tejash, zamonaviy sugʻorish texnologiyalarini joriy etish,
mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish va suv diplomatiyasini
mustahkamlashga davlat darajasida alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bunday sharoitda inson kapitalini rivojlantirish suvning oʻzidan kam boʻlmagan muhim manbaga aylanmoqda. Gidrologiya, suv menejmenti, iqlim siyosati, raqamli texnologiyalar va xalqaro hamkorlik sohasida zamonaviy bilimlarga ega xalqaro darajadagi mutaxassislarni tayyorlash mamlakatning uzoq muddatli istiqbolda suv xavfsizligini taʼminlashining zarur shartidir.
Shu munosabat bilan uchrashuv davomida dunyoning yetakchi xorijiy universitetlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va ixtisoslashgan tashkilotlarida
maqsadli stajirovkalar hamda malaka oshirish dasturlarini
tashkil etishga alohida urgʻu berildi.
Suv resurslari va barqaror rivojlanish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalar, ixtisoslashgan yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalar, jumladan, Oksford universiteti, IHE Delft suv taʼlimi instituti, Oregon shtati universiteti bilan hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, soha uchun kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda bu yoʻnalishda tadqiqotlar olib borish maqsadida “El-yurt umidi” jamgʻarmasining xorijda tahsil olayotgan stipendiatlarini Suv sohasida barqaror rivojlanish markazida amaliyot oʻtashga jalb etish imkoniyati ham koʻrib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar kadrlar tayyorlash, xalqaro akademik aloqalarni kengaytirish va suv resurslarini barqaror boshqarish sohasidagi tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan amaliy hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
🔗
Website:
El-yurt.uz
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

June 11, 07:21
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#Muhim Suhbat natijalaridan norozi nomzodlar 11-iyun soat 12:00 ga qadar Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishlari mumkin. Murojaatlar “El-yurt umidi” jamg‘armasining apellyatsiya@eyuf.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi. Murojaatda quyidagi…

June 10, 05:03
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🔺
“Raqamli dunyoda xotin-qizlar ishtiroki va АT sohasidagi imkoniyatlar” – o‘z sohasining yetakchi vakillari bilan bevosita uchrashuv va muloqot imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
12-iyun kuni
, soat 14:30 da sizni
GAP" ayollar IT-klubining navbatdagi uchrashuvi
ga taklif etamiz.
AT sohasiga qiziqadigan xotin-qizlar uchun tashkil etilayotgan ushbu uchrashuvda АT sohasidagi imkoniyatlar, jumladan, “Sabriya” loyihasi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi grantlari va “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga ariza topshirish jarayoni hamda muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun zarur tavsiyalar haqida so‘z boradi.
🗣
Spikerlar bilan tanishing:
⚫️
Kamola Sobirova – Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi
⚫️
Gulnoza Ismailova – "El-yurt umidi" jamg'armasi ijrochi direktori
⚫️
Jahongir Akbarov – Inklyuziv loyihalar va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo'limi boshlig'i
⚫️
O'g'iloy Urazova – Oila va xotin-qizlar qo'mitasining xotin-qizlar faolligi, ilm-fan va gender tenglik bo'limi boshlig'i
⚫️
Janonaxon Berdiyeva - "El-yurt umidi" jama'armas stipendiyasi sohibasi.
⚫️
Sevinch Mavlonova – "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofotining sovrindori, "Yangi O'zbekiston" universiteti talabasi
📌
Tadbir davomida ishtirokchilar:
– soha mutaxassislaridan foydali tavsiyalar va ilhomlantiruvchi tajribalarni tinglash;
– “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali grant yutib, xorijda ta’lim olgan tengdoshlarining shaxsiy tajribasi bilan tanishish;
– ta’lim, karyera va shaxsiy rivojlanish yo‘lida yangi imkoniyatlarni kashf etish imkoniga ega bo‘ladilar.
🎁
Shuningdek, tadbir davomida interaktiv sessiya tashkil etilib, faol ishtirok etgan qatnashchilar esdalik sovrinlarini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
🗓
Sana: 12-iyun

Vaqt: 14:30
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:
https://forms.gle/7WeGikFRoPXLV5vQ9
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
LinkedIn
|
X

June 09, 14:40
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

#Hamkorlik
⚡️
Bugun, 9-iyun kuni
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi
bilan
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi
oʻrtasida kadrlar salohiyatini yuksaltirish, xalqaro hamkorlikni va ilmiy-tahliliy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Shuningdek, uchrashuvda yosh kadrlarning amaliy tayyorgarligiga alohida eʼtibor qaratildi. Jamgʻarma stipendiatlari uchun agentlik tizimida va iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi korxonalarda, kelgusida ishga joylashish istiqbolini koʻzlagan holda, amaliyotlar tashkil etish rejalashtirilmoqda.
👉
Batafsil
🔗
Website:
El-yurt.uz
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

June 09, 14:08
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#Xalqaro_hamkorlik
⚡️
Turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash: “El-yurt umidi” jamgʻarmasi B.H.M.S. bilan kelishuv imzoladi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi va Shveysariyaning mehmonxona biznesi hamda boshqaruvi sohasidagi yetakchi maktablaridan biri –
B.H.M.S. Business & Hotel Management School
oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu hujjat jamgʻarma vakillarining 2026-yil may oyida
Shveysariyaga xizmat safari
chogʻida erishilgan kelishuvlarning amaliy natijasi boʻlib, turizm, mehmondoʻstlik, restoran biznesi va pazandalik sanʼati sohalarida xalqaro darajadagi mutaxassislar tayyorlash uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
👉
Batafsil
🔗
Website:
El-yurt.uz
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube