Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Azimjon's Fikrlog

fikrlog

Fikrlar, Hazillar, Sayohatlar
Asosiy kanal:
@lazyprogrammer

Subscribers
12 800
Post views
19 197
ER
152,36%
Posts
2 658
August 22, 01:48

Qishloqdagi 6 oy.
2020-yil Varshavaga ko’chganimda uy masalasi qiynagandi — narxlar qimmatlik qilardi.
Qishloqqa ko’chish
g’oyasi keldi — xona narxida butun uyni berardi. Yangi qurilgan mahallaga birinchilardan ko’chdim, yaqin atrofda odam ko’rinmasdi.
Narxni optimizatsiya qilaman deb, tasodifan samaradorligimni 10x oshirib yubordim.
6 oyda bir necha kitoblarni o’qib chiqdim, 500dan ortiq algoritmik masalalar yechib, blog’larim ham o’sha yerda rivojlandi.
Ko’p g’oyalar kelardi va ularni bajarishga vaqt ham yetardi. Ammo bu samaradorlik ortidagi yolg’izlik qiynardi. 6-oy zo’rg’a turdim.
Blez Paskal aytganidek — insoniyatning barcha muammosi uning bir o’zi bir xonada o’tira olmasligidan keladi.
Men esa bir xonada o’tirib, ko’p muammolarimni yechdim — 6 oy o’tirib chiqqandek bo’ldim.
Qiyin bo’ldi, ammo arzidi.

August 20, 12:14
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bizni aldashdi
Oddiylikni sog’indim…

August 19, 08:05
Media unavailable
1
Show in Telegram

ilm → manfaat → daromad.
Bu iqtibosdagi so'zlar tartibini o'zgartirib – birinchi ilm, undan keyin manfaat va so'ngida daromadni qo'ygan bo'lardim.
Daromad topish uchun shunchaki ilmning o'zi yetarli emas, ilm manfaat keltirishi kerak.
Daromad dunyoqarashni o'zgartirishiga kelsak, bu uni qanday sarflashimizga bog'liq.

August 18, 06:12
Media unavailable
1
Show in Telegram

@fikrlog
javohirlari
💎
1.
Nimadir qilishga arzisa…
2.
Vaqtincha ishlar qilmang
3.
O’rganishning zo’r usuli
4.
Ish uchun tarjiba kerak…
5.
Yozganman, o’chirganman
6.
Teskari qonun - paradoks
7.
Ekspert darajasiga chiqish

August 16, 07:16
Media unavailable
3
Show in Telegram

Ba'zi insonlar taqdim qilsh - o'rgatish uchun tug'ilgan. Sen ulardan birisan.
– internetda notanish inson
2021-yildan buyon O'zbek tilida yozaman, gapiraman - o'rgataman.
Sababi
haqida ilgariroq yozgan edim.
Ammo yilda bir kun bor – DevFest. Unda ingliz tilida gapiraman – 5 yildan buyon 7 marta ma'ruza berdim.
O'tgan yili bergan ma'ruzamni YouTube'ga
joylagandik
– 140 ming marta ko'rilibdi va kelib turgan izohlar odamni xursand qiladi.
Boshqa O'zbek tilidagi videolar ostida ham "
qani edi shu ingliz tilida bo'lsa edi
" degan izohlar yanada xursand qiladi.
Nasib qilsa yaqinda
@qirikki
da ko'proq jonli darslar o'tishni boshlayman – Toshkentda bo'lsangiz keling, bo'lmasangiz
42.uz
da online o'rganish imkoniyatini yo'lga qo'yamiz.
Bollar, biz yutamiz!

August 13, 12:40

London orzusi
10 yil ilgari Londonda talaba bo’lish uchun idish yuvishga ham rozi bo’lgan Azimjon, bugun Londonda Googleda dasturchi bo’lib ishlashga ham rozimas.
2020-yil Londonda bo’lib o’tadigan yozgi amaliyotlarga topshirishni boshladim — 200tacha kompaniyaga (ha, imkoniyatlar shunaqa ko’p).
Ulardan 150tasi hatto javob bermadi, 49tasi esa o’sha “
unfortunately
” xabarini yuborishdi. Faqat bir kompaniya - Bloomberg suhbatga chaqirdi. Londonga borishga bitta “yes” yetadi o’zi.
Nasib qilmagan ekan jarayonning eng oxirigi bosqchi -
tizim dizayni qismida
yiqildim.
1 yil o’tib, 2021-yil yanada qattiqroq tayyorlanib,
Bloomberga taklif oldim.
Bir paytni o’zida
Meta’ga ham.
2022-yil London orzusi ushaldi va u bilan birga FAANG uchun ham “
pochin ochildi
”.
2025-yil Googledagi so’ngi oyni Londonda o’tkazib, Londonda boshlangan “FAANG journey”ni Londonda tugalladim.
Londondagi 1 oylik ta’tilda 2025-2030 uchun yangi maqsadlar belgilab, keyingi 5 yillik uchun yangi rejalar tuzdim. Amalga oshirish uchun uyga — Vatanga qaytyapman.
Bollar, biz yutamiz!

August 05, 13:18

Hamma boylar ham havas qilishga arzimaydi.
Polshadagi deyarli barcha “fast food” franshizalari bir kompaniya ostida: KFC, Burger King va h.k. Chunki ularni barchasini bir kishi olib kirgan.
Shu inson bir kunda topadigan pulni ko’pchilik bir umrda ham topmasa kerak.
Xullas, shu aka so’radi:
- Boyib ketsangiz nima bo’ladi? sizga nima bo’lishi keyingi savol - Odamlarga nima bo’ladi?
- Men boyisam, odamlar semiradi, dedi.
O’ylab qarasam, bizda ham boy “
fast foodchi
”lar ko’p. Faqat ular internet uchun “
pishiradi
”. Pishirganini yeganlar vaqtincha xursand bo’lib - semirib ketayotganligini sezmaydi.
Ammo vaynchilar miyyangiz chiriganda boyagi akadek siqilmaydi, siqilsa ham foydasi yo’q — yurib turgan biznes to’xtatilmaydi.

July 30, 09:10

Kechiktirilgan azob.
Ovqatlanmasangiz, o’sha kundan ochlikni his qilasiz.
Uxlamasangiz, ertasidan miyyangiz tormozlanadi.
Tishingizni yuvmasangiz, 2-3 yilda sog’lom tishlardan ayrilasiz.
Jismnoniy harakatda bo’lmasangiz, 5-10 yilda bo’g’imlar ishlamay qoladi.
Ilm olmasangiz, bir umr aziyat chekasiz.
Ibodat qilmasangiz, abadiy afsuslanasiz.
Rohatini izlashdan avval, azobidan xabardor bo’ling.

July 28, 10:53


Vaqtincha
” ishlar qilmang.
Bu dunyodagi hayotimizning o’zi vaqtincha.
Nima qilsak ham, vaqtincha bo'lsa ham - shu ishni butun umr qilishga rozimanmi deb boshlash kerak.
Hech qaysi kashanda butun umr chekaman deb chekishni boshlamaydi, hech qaysi ovqat tashuvchi men butun umr ovqat tashiyman deb ish boshlamaydi.
Vaholangki “
vaqtincha
” — o’zimizga aytib kelayotgan eng katta yolg’on.
Vaqtincha FAANGda ishlayman deb 3 yil umrimni qanday o’tganini sezmay qoldim. Shukurki, hali ham butun umrlik ishlar qilishga kech emas.
Umr qisqa.
Butun umr qiladigan ishlar qilishni boshlang — “
vaqtincha
” ishlarga vaqt qolmasin.

July 27, 04:23

London seni tog’angmas.
Yashash qimmat — dunyodagi eng qimmat shaharlardan biri. Yoki ko’p pul bilan, yoki uni topadigan kasb-hunar bilan keling.
Idish yuvishga kelsangiz, bu tsikldan chiqolmay qolasiz. Bu yerdagi hech qaysi universitet qimmat kontraktiga arzimaydi, ayniqsa bakalavr uchun.
3 yil ilgari kelganimdagi London va bugungi London o’rtasida farq ko’rmadim — farqni faqat o’zimda ko’rdim.
London Britaniya poytaxti.
Ilm-fan, moliya, texnologiya markazi. Bu yerga idish yuvgani kelmang.
Nimadir bergani kelmasangiz, sizga ham hech narsa bermaydi — tog’angiz emas.