Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Azimjon's Fikrlog

fikrlog
Fikrlar daftari Asosiy: @azim_pulat
Подписчики
19 749
24 часа
22
30 дней
-67
Просмотры
28 633
ER
144,98%
Посты (30д)
3
Символов в посте
288
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Психология
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Психология и консультация
Краткое описание
October 26, 12:26

Pulim ko’p bo’lsin desangiz: >
Onangizga bering
.

October 01, 07:04

Tabriklayman, Ustozlar!

September 27, 13:42

Rayhon hidi
Bu hid menga qulog'iga rayhon ildirib oladigan rahmatli momamni eslatardi.
Tengdosh, og'a-ini do'stimiz omonatini topshirdi, Alloh rahmatiga olsin.
U yuzida tabassum bilan yotardi, tiriklar ko'zida esa tim-tim yosh oqardi.
U jim yotardi, onasing ingroqlari esa qo'shni xonadan eshitilardi.
U gapirmasdi, ammo nasihatlari to’g’ri qalbga yetib borardi.
Tomorqada ekilgan hamma rayhonni olib kelib jasadi ustidan qo'yishdi.
Endi bu hid menga o'limni eslatardi.
Inna lillahi va inna ilayhi rojiʼun.

September 10, 06:10
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

"
Zamonaviy
" yaxshiroq degani emas.
Bir yarim yil avval darslarimiz uchun doska oldik. Qop-qorasidan,
eskicha
- bo'r bilan yoziladiganidan.
Bugun sinfxonalarning aksarida doskalar marker bilan yoziladi va kun ora markerlar yozmay qo'yadi - yangi olish kerak.
15 ming so'mga olingan bo'r 1.5 yil bo'ptiki hali tugagisi yo'q. Eskirmaydi ham.
Lattani kim xo'llaydi deb o'quvchilarni tambal qilib qo'ymadikmi? Aqlli doskalar axmoq avlodni tarbiyalamayaptimi?
Qog'oz kitob o'qib, qalamda fikrlash eskirmaydi.
Yangini yaxshiroq deb aldanmang.

August 21, 11:05

youtu.be/eVklHjJzpyM

August 12, 06:12

Agar ko'p...
Gapirasang ———- Podkast ol.
Hayol sursang —— Hikoya yoz.
Savol bersang —- Tadqiqot qil.
Bahslashsang — Qonun o'rgan.
Qayg'ursang —— Shifokor bo'l.
E'tibor bersang - Dizayner bo'l.
Tushuntirsang ——-— Dars ber.
O'zgacha o'yla ———- Ixtiro qil.
Dangasa bo'lsang —- Dasturla.

August 09, 11:15

Yarim tunda uyg’onib ketdi.
Uyqim buzildi deb hafa bo’lmadi.
Tahajjud o’qidi - xursand bo’ldi.
Yaxshilikka niyat qildi.
Amalga oshmadi deb hafa bo’lmadi.
Niyati uchun savob olishi eslab xursand bo’ldi.
Kasal bo’ldi-yu, hafa bo’lmadi.
Kaforatdan umid qildi - xursand bo’ldi.
Boshlagan ishi o’xshamadi.
Hafa bo’lmadi. Istixora qilgandi - xursand bo’ldi.
Hafa bo’lma, xursand bo’l.
Tanlov o’zingda.

August 05, 12:55

boy bo'ling — isrof qilmang.
chiroyli ekan - ko'rsatmang.
aqqlimisiz — kamtar bo'ling.
gunoh bormi — tavba qiling.
nemat bormi - shukur qiling.
sinov yetdimi —- sabr qiling.
ilm oldingizmi — amal qiling.

July 13, 11:42

Boyroq
Tirik ——————- o’likdan
Erkin ————— qaramdan
Sog’lom ———— kasaldan
Qarzsiz ——— qarzdordan
Hunarli ——— hunarsizdan
Beruvchi ——— oluvchidan
Qanoatli —— qanoatsizdan
Iqtisodchi — soviruvchidan

July 12, 13:44

Shovqin nazariyasi
6 yilda 20ta davlatda bo'ldim.
Aholi qancha kambag'al bo'lsa, shuncha shovqin-suronda yashashini kuzatdim. Eng sukunat sevar xalqlar, ko'rganlarim orasida eng boylari bo'ldi.
Shovqin bizni kambag'alikka tortyaptimi yoki kambag'allik shovqin-sevar qilib qo'yyaptimi bilmayman. Ammo ular bog'likligiga ishonchim komil.
Toshkent eng shovqin shaharlardan biri.
Magazinda qulog'ingiz tagida "
BARBII
" deb baqiradimi-e, avtobusda Yulduz Usmonovani qo'shig'ini qo'yadimi-e. Qaysi taksiga o'tirmang musiqa tinmaydi.
Buyoqdan boshqa shovqin ham bor.
Jahon chempionati, keraksiz yangiliklar, baqiroq bloggerlar.
Agar kambag'allik muhit tanlasa, u shovqinli bo'lardi.