Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Azimjon's Fikrlog

fikrlog
Fikrlar daftari Asosiy: @azim_pulat
Subscribers
18 645
24 hours
-13
30 days
245
Post views
23 790
ER
127,59%
Posts (30d)
6
Characters in post
358
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Psychology
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Psychology & Counseling
Summary
July 13, 11:42

Boyroq
Tirik ——————- o’likdan
Erkin ————— qaramdan
Sog’lom ———— kasaldan
Qarzsiz ——— qarzdordan
Hunarli ——— hunarsizdan
Beruvchi ——— oluvchidan
Qanoatli —— qanoatsizdan
Iqtisodchi — soviruvchidan

July 12, 13:44

Shovqin nazariyasi
6 yilda 20ta davlatda bo'ldim.
Aholi qancha kambag'al bo'lsa, shuncha shovqin-suronda yashashini kuzatdim. Eng sukunat sevar xalqlar, ko'rganlarim orasida eng boylari bo'ldi.
Shovqin bizni kambag'alikka tortyaptimi yoki kambag'allik shovqin-sevar qilib qo'yyaptimi bilmayman. Ammo ular bog'likligiga ishonchim komil.
Toshkent eng shovqin shaharlardan biri.
Magazinda qulog'ingiz tagida "
BARBII
" deb baqiradimi-e, avtobusda Yulduz Usmonovani qo'shig'ini qo'yadimi-e. Qaysi taksiga o'tirmang musiqa tinmaydi.
Buyoqdan boshqa shovqin ham bor.
Jahon chempionati, keraksiz yangiliklar, baqiroq bloggerlar.
Agar kambag'allik muhit tanlasa, u shovqinli bo'lardi.

July 08, 13:54

Savdolashish yo'llari
Siz so’radingiz.
…va sotuvchi / ijarachi / sartarosh “yo’q” dedi.
Darrov “ho’p” deyishga shoshilmang. Doim yo’l topiladi.
1. To'liq to'lang. Ko’pchilik “bo’lib to’lash”ga o’tirib qolgan. Bu holatda naqd to’lab 20-40% arzonroqqa olasiz. Uy, moshina, texnika…
2. Oldindan to’lang. Tepada aytgan ofisni 3 oyga oldindan to’lab arzonlashtirdik. 12 oyga olsak 50%ga tushirsa ham bo’lardi.
3. Kamrog’ini xohlang. Soch oldirishda 2-marta bosh yuvishi kerakmasligini aytib arzonlashtirib ko’ring - menda doim ishlaydi.
4. Hozir xohlamang. Keyinroq boring - sotuv o’lganda, mijoz kamayganda, oy oxirida. Oy boshida hamma boy, keyinroqqa qoldiring.
5. Qat’iy bo’ling. Chegirma deb sifatsiziga uchmang. Tanlovni o’zingiz qiling, keyin savdolashing.
Muhimi hovliqmang.
Sizniki bo’lsa ketib qolmaydi.

July 07, 07:50

Savdolashing.
Sherigim bilan bitta sartaroshxonaga bordik.
Soch oldirdik va to’lov vaqti keldi. Xizmat uchun men 70 ming, sherigim esa 130 ming so'm to'ladi. Nega?
Sababi men kursiga o'tirishdan avval savdolashdim, sherigim esa kursidan turgach narxini so'radi.
60 ming so'm bilan nima o'zgaradi demang. Savdolashish - bu odat.
O'tgan hafta Toshkent citydagi NestOne binosidan ijaraga ofis oldik. Narxni $1,500dan boshlab avval $1,200ga, keyin $1,050ga tushirdik.
20 daqiqalik muzokara minglab dollar tejadi.

July 03, 09:04

Pulim ko’p bo’lsin desangiz:
>
Onangizga bering
.

June 30, 09:32

30-iyun.
Vaqtdan vaqtning farqi bor.
Yoshlikdagi vaqt qarilikdagi vaqtdan qadrliroq.
Ilm olish, yaxshi odatlar qurish, yaqin do’stlar orttirish uchun yoshlikdan yaxshiroq vaqt yo’q.
Majbur bo’lmasangiz bu vaqtni pulga almashmang. Shunchaki pul topish uchun vaqtingizni sarflamang.
Hali ko’p pul topasiz.
Yoshlikni qaytib topmaysiz.
Vaqtni sarmoya qiling, xarajat emas.
Yoshlarga maslahatim:
t.me/azim_pulat/s/42
Kuningiz bilan, yoshlar!

June 28, 15:39
Media unavailable
2
Show in Telegram

mushukkinam mitti mosh

June 26, 09:50

26-iyun.
Go’zal hayot uchun yuzlab to’g’ri qarorlar kerak.
Ammo uni ostin-ustun qilish uchun 1ta noto’g’risi kifoya va shulardan biri - giyohvandlik.
Yaqingacha Yevropadagi 90%, dunyo bo’ylab esa 70% ger*in ulushini Afg’oniston yetishtirib berardi.
2021-yil Tolibon hokimiyatga kelgach giyohvand moddalarni yetishtirishga chek qo’ydi.
Bu bilan sintetik moddalar bozori avj oldi. Xitoy mashinalari kabi dorilari ham kirib kela boshladi.
Bugun giyohvand so’zidagi “
giyoh” -

sintetik tabletka
”ga aylandi.
Manba

June 22, 12:38

Kasalliklar
Qalb:
• kibr
• riyo
• ujub
Tana:
• jarohat
• saraton
• semizlik
Ong:
• g’aflat
• jaholat
• shubha
Cho’ntak:
• qarz
• isrof
• sustlik
Munosabat:
• gina
• g’iybat
• minnat

June 17, 11:20

Ozuqalar
Qalb:
• Namoz
• Quron
• Alloh zikri
Tana:
• Uyqu
• Taom
• Harakat
Ong:
• Ustoz
• Kitob
• Tafakkur
Cho’ntak:
• Mehnat
• Ehson
• Sarmoya
Munosabatlar:
• Xabar olish
• Shirin so’z
• Yaxshiliklar