Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Hakim Shoshiy

hakimshoshiy

O'qi, olim bo'l!
Tolibi ilm sahifasi
Tolibi ilmlarga homiylik qilmoqchilar uchun hamyon: (TRC20)
TFWd9N6xXxVcgXHkwuzApZPZxTzBadZq8N

Subscribers
6 280
Post views
4 551
ER
75,35%
Posts
1 155
October 20, 04:20

Diqqat, "Yuz hadis 3.0” loyihasiga qo'shilmoqchi bo'lganlar: Erkaklar uchun guruh Ayollar uchun guruh Eslatma: Guruhga qo'shilish sharti, profilida ismi yozilgan bo'lishi. Nuqta vergul, gulchalar qabul qilinmaydi.

October 20, 03:04

Diqqat, "
Yuz hadis 3.0”
loyihasiga qo'shilmoqchi bo'lganlar:
Erkaklar uchun
guruh
Ayollar uchun
guruh
Eslatma: Guruhga qo'shilish sharti, profilida ismi yozilgan bo'lishi. Nuqta vergul, gulchalar qabul qilinmaydi.

October 19, 05:15

حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ إِدْرِيسَ - يَعْنِي الشَّافِعِيَّ - عَنْ مَالِكٍ ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ كَعْبِ بْنِ مَالِكٍ ، أَنَّهُ أَخْبَرَهُ، أَنَّ أَبَاهُ كَعْبَ بْنَ مَالِكٍ كَانَ يُحَدِّثُ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ : " إِنَّمَا نَسَمَةُ الْمُؤْمِنِ طَائِرٌ يَعْلُقُ فِي شَجَرِ الْجَنَّةِ حَتَّى يَرْجِعَهُ اللَّهُ تَبَارَكَ وَتَعَالَى إِلَى جَسَدِهِ يَوْمَ يَبْعَثُهُ ".
Mo’minning ruhi toki qayta tiriladigan kunda Alloh taolo uni tiriltirguniga qadar qush bo’lib jannatdagi daraxtda oziqlanib turadi.
[Ahmad, 15778]
Ushbu hadisni Imom Ahmad Imom Shofeiydan, Imom Shofeiy esa Imom Molikdan,u kishi tobeindan, u kishi sahobadan, sahoba esa Rosululloh ﷺ dan rivoyat qilgan. Uchta mazhabboshi imomlar bir-biridan hadis rivoyat qilishgan. Huddi hadisni bizgacha yetib kelishi uchun imomlar bir saf bo’lib qo’l ushlashib turishgandek go’yo.
P.s.: Imom Ahmad Shofeiydan 20 ta hadis rivoyat qilgan ekanlar. Buxoriy rohimahulloh esa “Sahihi Buxoriylarida” [5105] Imom Ahmaddan 3 ta hadis yozganlar.
Telegram
|
YouTube

October 18, 10:09

Ilm olish bir rohat. Bu rohat ichida eng rohatli joyi, ikki yerda o’qib yurgan narsamni bir biriga aloqasini topib qolsam va bu ikki ma’lumot bir biriga ulanib birlashib ketsa… Oh-oh. Bu payt miyyamda qanaqa hujayralar paydo bo’ladi bilmayman)
Bugun shunday bo’ldi:
Avval bir qissa o’qigandim. Unda bir
tolib
uzoq yerdan Imom Molik oldiga ta’lim olgani keladi. Banogoh, dars vaqtida Madinaga fil hayvoni kelgani haqida xabar yetib keladi. Madina yerlarida fil noyob maxluq bo’lgani bois hamma uni ko’rgani oshiqadi, shu jumladan Imom Molik darsida o’tirgan talabalar ham. Hammalari darsni tashlab tashqariga yugurib chiqib ketishadi. Magar o’sha talaba bundan mustasno. Shunda Imom Molik u talabaga: “Sen nega bormayapsan?” deb so’rasa, yigit unga “Men Madinaga Molikdan dars olaman deb kelganman, filni ko’rgani emas”, deb javob bergan ekan.
Shu kunlarda Imom Molikning Muvattosini o’qiyotgandim. Muvatto kitobining bir qancha rivoyatlari bizgacha yetib kelgan. Men o’qiyotganim nusxam esa Muvattoning Yahyo Laysiy rivoyati edi. Ya'ni Muvatto kitobini Yahyo Laysiy orqali bizgacha yetib kelgan varianti.
Bugun bilib qoldim, o’sha fil voqeasidagi talaba mana shu kitobning roviysi bo'lmish
Yahyo Laysiy
ekan...
Yana bir holat:
Haykal va sanamlarga ishlatadigan “but” degan so’zimiz Buddaviylik dinidagi “Budda”dan olingan ekan.
Sababi hindistonda butga sig’inish shu qadar avjiga chiqib ketgan-ki, natijada butlarni ichida eng mashhuri bo’lmish “Budda” nomi shu timsollarga ishlatilib ketgan ekan. Budda desa shu haykallar tushuniladigan bo’lgan. Eronga “bud” so’zi bo’lib o’tgan, bizni xalqlarga kelib “but” bo'lib ketgan.
Huddi har qanday tez pishar ovqatni “rolton”, har qanday tokda suv qaynatadiganni “tefal” deganga o’xshab har qanday haykalga “but” deyiladigan bo’lib ketgan ekan...
Telegram
|
YouTube

October 16, 06:50

من جمال اللغة العربية:
عَيْنِي تَقَرُّ بِكُمْ عِندَ تَقَرُّبِكُمْ

October 15, 21:35

Double standards
- Istagan odam Tailandga boradi, o’zining ishi. Istagan odam Antalyaga boradi, o’zining ishi, istagan joyiga boraversin. Lekin bir kishi umraga borgudek bo’lib qolsa, “shu pulga ko’chani asfalt qilib bersa bo’masmidi”, degan gap bo’ladi.
- Istagan odam o’zi yashamasa ham dang’illama dacha qurishi mumkin. O’zini puli, istasa havoga sochmaydimi. Lekin masjid quraman desa, “maktab qursang bo’maydimi?” deyiladi.
Ushbu oyat esimga keladi:
وَجَعَلُوا۟ لِلَّهِ مِمَّا ذَرَأَ مِنَ ٱلۡحَرۡثِ وَٱلۡأَنۡعَـٰمِ نَصِیبࣰا فَقَالُوا۟ هَـٰذَا لِلَّهِ بِزَعۡمِهِمۡ وَهَـٰذَا لِشُرَكَاۤىِٕنَاۖ فَمَا كَانَ لِشُرَكَاۤىِٕهِمۡ فَلَا یَصِلُ إِلَى ٱللَّهِۖ وَمَا كَانَ لِلَّهِ فَهُوَ یَصِلُ إِلَىٰ شُرَكَاۤىِٕهِمۡۗ سَاۤءَ مَا یَحۡكُمُونَ﴿ ١٣٦ ﴾
Ular Allohga Uning O‘zi yaratgan ekinlar va chorvalardan nasiba ajratdilar va o‘zlaricha:
«Bu Allohga, bu esa butlarimizga», dedilar.
Bas, butlariga bo‘lgan narsa Allohga etmas. Allohga bo‘lgan narsa esa, butlariga etadir.
Chiqarilgan hukmlari qanday ham yomon-a?! [6:136]
(Arab mushriklarining ekinlardan, chorva hayvonlaridan Allohga nasiba ajratish odatlari bor edi. Shu bilan birga, butlariga ham o‘sha ekinlardan va chorva hayvonlaridan nasiba ajratar edilar. Agar Allohga ajratgan narsalari butlariga ajratgan narsalariga qo‘shilib ketsa, «mayli» deb qo‘yar edilar. Ammo butlariga ajratgan nasibadan Allohga ajratilganiga qo‘shilib ketsa, «Alloh bunga muhtoj emas», deb qaytarib olishardi. Bu ish aslida mantiqsiz, qo‘polroq qilib aytadigan bo‘lsak, ahmoqona ish edi.)

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Telegram
|
YouTube

October 11, 08:50

Rosululloh ﷺ suv idishlarning og’zidan ichishdan qaytarganlar. [Buxoriy, 5625]
عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمَا قَالَ : نَهَى النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنِ الشُّرْبِ مِنْ فِي السِّقَاءِ.
Telegram
|
YouTube

October 10, 06:25

Suhbatda farosat
- Gaplashayotgan suhbatdoshim menga qarab emas telefon chuqalab o’tirsa, unga gapirishda davom etmayman. Chunki uning bu qilig’i “seni gaping qiziq emas” deganini bildiradi.
- Suhbatdoshim gapidan oldin yon-atrofga qarab qo’ysa, uning bu gaplari omonat, hech kimga aytmaslik kerakligini bildiradi.
- Suhbatdoshim gapirib turganimda soatiga qarasa, gapni qisqa qilaman. Chunki biror yerga shoshilyapti. Yoki meni oldimdan ketgisi kelyapti.
- Suhbatdoshimni qoldirib boshqa bir uchinchi shaxs bilan pichirlashib gaplashmayman. Bu uni hijolatga qo’yadi, turli yomon gumonga ham olib borishi mumkin.
Onlineda:
- Suhbatdoshim yozgan xabarimni 2 kun ochmasa uni albatta o’qidi deb hisoblayman.
- Suhbatdoshim muhim xabarimga javob bermasa hech qachon o’sha xabarimni belgilab turib nuqta “.” yoki so’roq belgisi “?” ni quruq o’zini jo’natmayman. Balki “Yuqoridagi xabarimga qarab yuborasizmi?” deyman.
- Hech qachon salom berib qo’yib, bezrayib turmayman. Imkon qadar bitta xabarda nima istashimni to’liq aytaman.
- Suhbatim bitgach qarshi tomondan ham xabarlarimni o’chirib tashlamayman. Huddi birovni uyiga kirib tortmasidagi maktublarni olib yirtib tashlagandek gap bu. Magar, o’ta jiddiy zarurat bo’lsagina o’chiraman.
Telegram
|
YouTube

October 08, 12:36

"Yodlashga yuz hadis" loyihasi 3.0 Buxoriy va Muslimdagi yodlashga oson 100 hadis jamlangan bir risola bor. Istaganlar bilan har kuni yoki kun ora o'sha risoladan bittadan hadis o'rganamiz. Bunda:
▪️
Hadis yodlanadi;
▪️
Tarjima qilinadi;
▪️
Ma'nosi tushuniladi;…

October 06, 07:02

"Yodlashga yuz hadis" loyihasi 3.0
Buxoriy va Muslimdagi yodlashga oson 100 hadis jamlangan bir risola bor. Istaganlar bilan har kuni yoki kun ora o'sha risoladan bittadan hadis o'rganamiz. Bunda:
▪️
Hadis yodlanadi;
▪️
Tarjima qilinadi;
▪️
Ma'nosi tushuniladi;
▪️
Hadisdan foydalar olinadi.
Oxiriga yetib borganlar uchun shahodatnoma va rahmatlar topshiramiz. Moddiy taqdirlash yo'q bu safar) Eng katta taqdirlashni oxiratda olasiz hali.
- Loyihaga qabul bo'lish uchun eng kamida
"Durusul lug'ah"
1-kitob darslarini o'qigan yoki shu darajadagi bilimda bo'lish talab etiladi.
- Qabul uchun havola dushanba (20.10.25) kuni tashlanadi;
Telegram
|
YouTube