
Hakim Shoshiy
Arab tilidan noldan mutolaagacha men afzal ko’rgan yo’nalish
1-bosqich: O’qish va yozishni o’rganish
1. Muallimi soniy
2-bosqich: Til asoslari
2. Durusul lug’a 1 (دروس اللغة العربية)
3. Durusul lug’a 2 + Mabdaus sarf
3-bosqich: Ilk mutolaa
4. Qososun nabiyyin lil-atfol (قصص النبيين للأطفال)
4-bosqich: Tilni mustahkamlash
5. Durusul lug’a 3 + Mabdaun nahv
6. Durusul lug’a 4
5-bosqich: Nahvni chuqurlashtirish
7. Ad-Durusun nahviyya 1, 2, 3, 4 (الدروس النحوية)
6-bosqich: Sira kitoblari orqali mutolaa
8. Siyratu xotamin nabiyyin (سيرة خاتم النبيين)
9. Nurul yaqin (نور اليقين)
10. Ar-Rohiqul maxtum (الرحيق المختوم)
Eslatma:
- Hammada aynan shu tartibda bo'lishi shart emas. Ba’zi kitoblarni oldinroq yoki keyinroq o’qisa ham bo’ladi.
- Kimning ustozi bo’lsa, ustoz nima desa, shunga amal qilsin. Ustozning ko’rsatmasi har qanday ro’yxatdan ustun.
Alloh ilmingizni ziyoda qilsin!
Telegram
|
YouTube
#Shok_xabar
#Hammasi_oshkor_boldi
Birodaringda biror aybni ko'rsang, uni berkit...
Ustozlarga eslatma:
misollarni ortiqcha o'zgartirmaslik
Telegram
|
YouTube
Arab tilini o'rganmoqchilar uchun boshlang'ich kurs ochyapman.
Madina book 1-jilddan.
Yozilish va batafsil ma'lumot uchun izoh qismiga + belgisini qoldiring.
👇
[Joy to'ldi]
@Hakim_Shoshiybot
Yasagandan ham o'qigandan ham Alloh rozi bo'lsin.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday der edilar:
“اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنَ الْعَجْزِ، وَالْكَسَلِ، وَالْجُبْنِ، وَالْهَرَمِ”
“Allohim, men Sendan:
- ojizlikdan;
- dangasalikdan;
- qo'rqoqlikdan;
- o'ta keksalikdan panoh so'rayman”.
Buxoriy [2823] va Muslim [2706] rivoyatlari.
Telegram
|
YouTube
Ancha yillar oldin chiqarib qo'ygan "
Oson arab tili
" darslarimizda foydalangan "Durusul lug'a / Madina" kitobi endi O'zbekistonda diniy qo'mita ruxsati bilan maxsus galagramma bilan chop etilib, kitob do'konlarida sotilayotgan ekan. Alloh baraka bersin.
Ma'lumot o'rnida, aynan shu kitobdan dars o'tishga va o'quvchilarga shahodatnoma berishga kitob muallifidan ijoza ham olgandik bir paytlar.
Muallifni Alloh rahmat qilsin.
Bunaqasi bo‘ladi deb o‘ylamagandim…
Misrlik tilshunos olim, “Kayfa Tutqinu-n-Nahv” kitobi muallifi ustoz Ahmad Iskandarning o‘zlari vaqt ajratib, bizning “
Nahv+Mutolaa
” kursimiz haqida fikr bildiribdilar.
5 oy davomida o‘quvchilarimiz bilan “Kayfa Tutqinu-n-Nahv” va yana 7 ta kitobni o‘qidik. Oxirida esa ustoz Ahmad Iskandarning o‘zlari har bir o‘quvchini bittalab, jiddiy imtihon qilib tekshirib chiqdilar.
Va eng chiroyli joyi —
tekshiribgina qolmay, o‘zlari
ijoza berdilar
.
Tasavvur qilyapsizmi, kitobni yozgan muallifning o‘zidan ijoza olish…
To‘g‘risi, ustozning o‘zlaridan shunday iliq fikrlarni eshitish odamni boshqacha xursand qilar ekan.
🤍
Agar siz ham grammatika, mutolaa, speaking va istimo‘ni birga rivojlantirib, haqiqiy arab tilini o‘rganmoqchi bo‘lsangiz,
@mutolaa_academy
ga
“+”
qoldiring)
Sadaqa qilishga baxilligiz tutyaptimi, unda qarz bering!
Qarz berishning savobi o'sha pulni yarmini sadaqa qilib yuborganning savobiga teng. To'liq sadaqa qilgan ajri kerakmi - o'sha pulni ikki marta qarzga bering! [Ibn Moja rivoyati, 1987-hadis]