
Hakim Shoshiy
🎁
IKKITA PLANSHET SOVG'A
Amaliy Nahv va Amaliy Sarf kursini oxirigacha tugatib, sertifikatda
eng yuqori natija ko'rsatgan ikki o'quvchiga Samsung Galaxy Tab S6
Lite planshet beriladi.
▪️
AT-TANAL yo'nalishi bo'yicha — bitta planshet
▪️
CEFR yo'nalishi bo'yicha — bitta planshet
Sertifikat olgan barcha o'quvchilarga esa TANAL Intensive va CEFR
Intensive kurslarimizga chegirma beriladi.
📚
QANDAY YO'L
Amaliy Nahv va Amaliy Sarf — bitta yaxlit yo'l, A0, A1 va A2
darajalarini qamrab oladi.
Uch oy davomida arab tilining barcha ko'nikmalari ustida ishlaymiz:
o'qish va tushunish, tinglash, gapirish, yozish. Grammatika esa
ularning hammasini bog'lab turadigan poydevor bo'ladi.
To'rtinchi oy — Booster: bilimingizni imtihon formatiga o'tkazasiz.
Yo'lni o'zlashtirgan o'quvchi B1 darajaga chiqadi. Darajani biz emas —
sertifikat imtihoni belgilaydi.
Vaqtlari to'qnashmaydi — ikkalasiga birga yozilsangiz bo'ladi.
📱
NIMASI BOSHQACHA
171 ta o'quvchidan so'radim: nega arab tilini yarim yo'lda tashlab
ketdingiz? Eng ko'p javob — "vaqt yetmadi" va "yolg'iz qolib tashlab
qo'ydim".
Shuning uchun kursni shunday qurdim: har dars, har vazifa va har
javob platformada qayd etiladi. O'z kabinetingizda o'sishingizni
ko'rib borasiz. Hech kim yolg'iz ishlamaydi — har o'quvchining sherigi
bo'ladi.
Batafsil ma'lumot va ro’yxatdan o’tish:
@nahvacademy_manager
Diqqat, "
Yuz hadis 7.0”
loyihasiga qo'shilmoqchi bo'lganlar:
Eslatma:
-
Loyihaga qabul bo'lish uchun eng kamida "
Durusul lug'ah
" 1-kitob darslarini o'qigan yoki shu darajadagi bilimda bo'lish talab etiladi.
- Guruhga qo'shilish sharti, profilida ismi yozilgan bo'lishi. Nuqta vergul, gulchalar qabul qilinmaydi
.
- Erkaklar uchun
guruh
[to’ldi]
- Ayollar uchun
guruh
[to’ldi]
"Yodlashga yuz hadis" loyihasi 7.0 Buxoriy va Muslimdagi yodlashga oson 100 hadis jamlangan bir risola bor. Istaganlar bilan har kuni yoki kun ora o'sha risoladan bittadan hadis o'rganamiz. Bunda:
▪️
Hadis yodlanadi;
▪️
Tarjima qilinadi;
▪️
Ma'nosi tushuniladi;…
Faqir miskinlarni yaxshi ko’rish
اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ فِعْلَ الْخَيْرَاتِ، وَتَرْكَ الْمُنْكَرَاتِ، وَحُبَّ الْمَسَاكِينِ، وَإِذَا أَرَدْتَ بِعِبَادِكَ فِتْنَةً؛ فَاقْبِضْنِي إِلَيْكَ غَيْرَ مَفْتُونٍ
U zot namozlarida shunday der edilar:
"Ey Alloh! Men Sendan yaxshi ishlarni qilishni, yomon ishlarni tark etishni va miskinlarni sevishni so'rayman. Bandalaringga (biror) fitna (sinov) iroda qilsang, meni fitnaga uchratmagan holda O'z huzuringga ol!"
Termiziy rivoyati [3233].
Telegram
|
YouTube
Arab tilini o'rganishni boshlab, keyin yarim yo'lda to'xtatganmisiz?
O'quvchilar orasida so'rovnoma o'tkazdim — 171 ta javob keldi. Savol
oddiy edi: nima uchun natijaga yetmadingiz?
Eng ko'p takrorlangan javoblar:
▪️
Vaqt yetmadi, hayot aralashdi — 48 kishi
▪️
Juda qiyin tuyuldi — 33 kishi
▪️
Yolg'iz qolib, tashlab qo'ydim — 31 kishi
▪️
Metod menga mos kelmadi — 29 kishi
Diqqat qiling: hech kim "qobiliyatim yetmadi" demagan. Ya'ni to'siq
bilimda emas, o'rganish tartibida.
Men Sherzod Ahmad — Ko'kaldosh madrasasi bitiruvchisiman, arab tilidan
uch yildan ortiq dars beraman. Shu vaqt ichida aynan yuqoridagi masala
ustida ishlab, o'quvchilarim uchun platforma tayyorladim.
Bugun 18-avgust kuni uni ochiq taqdim qilaman:
▪️
Nega yarim yo'lda to'xtab qolinadi
▪️
Qanday tartibda o'rganish kerak
▪️
O'sishni qanday o'lchash mumkin
Bugun 18-avgust, soat 21:00. Kirish bepul.
Qo'shilish:
https://t.me/sherzodahmad_bot?start=efir_hakimshoshiy
Uyat so’z hamma tilda ham uyat.
Bittadan ko’proq til biladigan odamlarda uchraydigan bir holat bor. O’z tilida aytishga tortinadigan so’zlarni boshqa tildagi variantini aytib foydalanadi, yoki o’z tilidagi so’kinish so’zlardan chetlanib xuddi shu ma’nodagi chet tili iborasidan foydalanadi.
Bu narsa “foreign language effect” (Chet tili effecti) deb ataladi. Ya’ni, inson ona tilida uyat so’zlarni aytsa, ona tili uning ongida o’ta mustahkam o’rnashgani bois, aytuvchiga o’sha uyat so’z ham o’ta ta’sirli va o’ta qabih effekt beradi. Shu sabab u o’ziga yengilroq bo’lgan, chet tilidagi so’zlardan foydalanadi; toki o’zini yengilroq, kamroq aybdor his qilishi uchun.
Aslida o’sha yomon-qabih so’zlar o’sha chet tilida ham shunday yomon va qabih. Faqat bu inson o’sha chet tilini o’z ona tiliday mustahkam singdirmagan, o’zlashtirmagan. Faqat kitoblar yoki kinodan o’zlashtirgani tufayli til bilan o’zi o’rtasida masofa-to’siq bor. Go’yoki u uchun bu o’yinchoq, o’lik til.
Ishonmasangiz o’sha chet tilini o’zida singdirgan insonlarga qarang, ular ikki tilda ham uyat va qabih so’zlardan chetlanadilar. Chunki ikkisi ham ularda mustahkam joy olgan va effekti bir xilda kuchli ta’sir qiladi.
Xulosa muqaddima, uyat so’z hamma tilda uyat.
Telegram
|
YouTube
"Yodlashga yuz hadis" loyihasi 7.0
Buxoriy va Muslimdagi yodlashga oson 100 hadis jamlangan bir risola bor. Istaganlar bilan har kuni yoki kun ora o'sha risoladan bittadan hadis o'rganamiz. Bunda:
▪️
Hadis yodlanadi;
▪️
Tarjima qilinadi;
▪️
Ma'nosi tushuniladi;
▪️
Hadisdan foydalar olinadi.
- Loyihaga qabul bo'lish uchun eng kamida "
Durusul lug'ah
" 1-kitob darslarini o'qigan yoki shu darajadagi bilimda bo'lish talab etiladi.
- Qabul uchun havola juma (22.08.26) kuni tashlanadi;
Telegram
|
YouTube
Bu Allohning yaratmishidir, endi sizlar undan boshqasi nimani yaratganini ko’rsating-chi?! [31:11]
Telegram
|
YouTube
Instagramda biror manfaatli videoni boshqalar ham ko’rishini istasangiz, lekin layk bosganlik javobgarligidan qo’rqsangiz o’sha videoni oxirigacha ko’ring yoki takror-takror ko’ring. Insta algoritmi shunda o’sha videoni qiziqarli ekan deb hisoblab ko’proq odamga ko’rsatadi.
Rabiy' ibn Xusaym aqli zaif bir kishiga xabis nomli eng a'lo navli shirinlik berardi. Unga: «U bechora nima yeyotganini ham bilmaydi-ku?!», deyishdi.
Shunda u: «Lekin Alloh biladi-ku!», dedi.
«Siyaru a'lomin-nubalo» [7/290].
Telegram
|
YouTube