
Hasanov kundaligi 📘
Tafakkur, fikrlar, xulosalar...
📘
Bir yigitning muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi kechinmalari haqida...
👉
https://taplink.cc/hasanov_farrux
Energiya haqida chiqargan asosiy xulosam!
Hozirgina uyqudan uyg'ondingiz, lekin holsizsiz. Xuddi tun bo'yi uxlamagandek.
Yoki tongda hammasi yaxshi ediyu, ammo quvvat bor yo'g'i tushgacha yetdi. Tushdan keyin uyqu bosadi, hech bir ishni bitira olmadingiz. Yokida asli jismoniy holat yaxshi, lekin ichingizda bo'shliq bor, qo'l ishga bormayapti.
Umuman olganda kun oxirida bugun o'tgan kuningizga nazar tashlaysiz. "Nima qildim", degan savolga javob topa olmaysiz. Shunaqa holat sizda ham bo'lganmi?
Jismoniymi, ruhiymi, hissiymi yoki aqliy farqi yo'q, qaysi bir turdagi energiya yetmay qolsa, ishga ta'sir qilaveradi. Va men quvvatga bo‘y bo‘lishning asosini bilib oldim.
Quvvatga boy bo'lish uchun mehnat qilish kerak!
Ha, dam emas, sayohat emas, o'yin-kulgu emas aynan mehnat kerak ekan!
Dofaminni sifatsiz manbaalardan: reelslar, energetik, fast food taomlar, o'yinlardan emas, sifatli manbalardan, mehnat qilib olish kerak.
Sifatli ish ortidan qozonilgan garmonlar sizga ko‘proq quvvat, baxt va xotirjamlik beradi. Va bular ichida eng muhimi jismoniy quvvat hisoblanarkan.
Siz qanday fikrdasiz?
📌
telegram.me/hasanovblog
Foydali tavsiya
HR sohasida 8 yildan ortiq tajribaga ega
Avazbek aka
yangi kanal ochibdilar.
Unda HR sohasini bepulga 0 dan o‘rgatmoqchi ekanlar.
Ya’ni, xodimlarni ishga olish, uning motivatsiyasi va samaradorligini oshirish, maoshini to‘g‘ri belgilash, KPI, bonuslar va boshqalar haqida yozadilar.
Oldi-qochdi va keraksiz gaplar yo‘q. Hammasi oddiy va tushunarli.
Har bir post — tayyor instrument: o‘qiysiz, tushunasiz, olib, real hayotda ishlatolasiz.
Hozir kanalga qo‘shilib olsangiz, faqat yutasiz.
Chunki kanal hali yangi, hamma postni o‘qib borishga ulgurasiz.
Mana, kirib ko‘ring va obuna bo‘ling:
@HR_javob
📌
telegram.me/hasanovblog
"Zamonlar o‘zgarur" degan gap yolg‘on,
Mudom mohiyatni qolurlar asrab.
Har qanday zamonda osh oshab nodon,
Har qanday zamonda osilar Mashrab!
Kor o‘sha — o‘zgarib turadi arkon,
Kor o‘sha — o‘zgarib turadi arqon.
©
Isroil Subhoniy
📌
telegram.me/hasanovblog
Nima istayotganini bilmaganni – qadri bo‘lmaydi!
– "Sen nima buyurtma berasan?"
– "Farqi yo‘q, nimadir aytaveringlar..."
...
– "Seni qachon chaqirsak bo‘ladi?"
– "Qaysi kun bo‘lsa ham chiqaveraman..."
...
– "Qayerda o‘tiramiz?"
– "Bilmadim, farqi yo‘q..."
...
Va oxiri siz bilan umuman hisoblashmay qo‘yishadi. Chunki o‘z fikri, o‘z pozitsiyasi bo‘lmagan odam bilan hech kim jiddiy munosabat qurmaydi.
Shuning uchun o‘z qaroringiz, fikringiz, istaklaringiz, maqsadlaringiz bo‘lsin!
📌
telegram.me/hasanovblog
Agentlik egalari yoki endi agentlik ochmoqchi bo'lgan marketing sohasidagi mutaxassislar bu tadbirni o'tkazib yubormang!
2024-yilda "Yil agentligi" bo'lgan 605 marketing agentligi rahbari 5-iyul kuni o'z tajribalarini ulashadilar.
Otabek akani va agentliklari tarixini anchadan beri biladigan inson sifatida ayniqsa 129,000 so'mga albatta borishni tavsiya qilaman.
Joy ham kam ekan:
https://t.me/marketingclub_event/1527
Ularni "komfort zona" o'ldirdi!
Yangi Zelandiya janubidagi Stivens orolida Xenicus lyalli nomli qush turi yashagan. Bu qush turi 1894-yilda sodir bo‘lgan voqea sabab
butunlay qirilib ketgan
.
Gap shundaki o'sha yilda orolga inson bilan uning mushugi tasodifan borib qoladi. Ungacha orolda hech qanday yirtqich bo'lmaganligi sababli qushlar parvoz qilishni unutib, yerda yashashga moslashishgandi.
Qushlar yirtqichdan himoyalanishni unutganligi sababli tasodifan kelib qolgan birgina mushuk ularning barchasini qirib yuboradi.
Ularni aslida mushuk emas "komfort zona" o'ldirgandi!
Ichingizdagi yashab qolish uchun kurash instinkti o'lib qolmasligiga, komfort zonaga kirib qolmaslikka harakat qiling!
Aks holda birgina kichik muammo ham sindirib qo'yishi mumkin!
📌
telegram.me/hasanovblog
Bilib turibdi, ko‘rib turibdi, hisobini qilib turibdi...
📌
telegram.me/hasanovblog
Shaxsiy rekord!
Bir kunda uchrashuvlarga sarflangan vaqt: 12 soat (5 ta uchrashuv)
📌
telegram.me/hasanovblog
Tartib, intizom ijodni cheklamaydi!
📌
telegram.me/hasanovblog
PROAKTIV INSONLAR
🧠
Agentligimiz faoliyati boshlagandan buyon (ramziy 2022.12.12 sana) hozirgi kunga qadar jamoamiz bilan 20 dan ortiq loyihalarni amalga oshirdik. Hozirda jamoamizda 10 dan ortiq mutaxassislar faoliyat yuritishadi. Barchaning o'ziga xos xislati, kuchli tomonlari, xobbilari bor.
🚀
Jamoa a'zolarimizning eng katta ustunligi esa - uzoq muddatli, strategik fikrlay olish qobiliyati!
J
amoamiz a'zolarini yaqindan bilishni xohlasangiz, quyida ularning kanallarini berib o'tamiz:
Habibullo Sa'dulloyev:
@habibullo_sadulloyev
Alisher Aripov:
@inside_of_insights
Mehrojiddin Nazarov:
@blognazarov
Farrux Hasanov:
@hasanovblog
Abdurashid Abdualimov:
@abloguz
Madina Mavlonova:
@illustros
Proactive marketing agentligi farzandi, jamoamizning asosiy loyihasi esa bu albatta:
@cubicuzb
🧠
@proactiveuz