
Hasanov kundaligi 📘
Shaxsiyati, bilimi yoki mutaxassisligi ortidan jamiyatda oʻz oʻrni hamda obroʻsini topa olmayotgan insonlar — odatda bu boʻshliqni soxta boy boʻlib koʻrinish orqali toʻldirishga urinisharkan.
Hech boʻlmasa, bir muddat...
📌
telegram.me/hasanovblog
Insonni saviyasini maqsadlari ko‘rsatadi. O‘qigan kitob yoki kurslari emas.
📌
telegram.me/hasanovblog
Barcha muammolarning asl sababi
Ichingdagi barcha muammo, iztiroblarning asl sababi vaziyatni anglab yetgan paytingda oʻzingni goʻllikka, bilmaslikka solganing, qaygʻu vaqtida kulib, tabassum qilganing hamda soʻzlash kerak vaqtda sukut saqlaganingdir.
Ahmad Xolid Tavfiq.
📌
telegram.me/hasanovblog
Insonni hali ongi yetib kelmagan nuqtadan orzu qilishga yoki maqsad qoʻyishga undash foydasiz. Avvalo uning ilmini, dunyoqarashini va tasavvurini oʻstirish kerak.
Odamga hali oʻzi bilmagan, aqli yetib bormagan ufqlarini koʻrsatuvchi va oʻsha nuqtalarga yetaklovchi inson ustozdir.
Xotirlab koʻrsam, menga ilm bergan, yoʻl koʻrsatgan insonlar soni 80 ga yaqinlashib qolibdi. Hozirgacha erishganlarim, bosib oʻtgan yoʻlim va erishgan natijalarimning sababchisi aynan shu ustozlarimdir.
Dunyoda sizning oʻzidan oʻtib ketishingizni chin dildan istaydigan zotlar ota-onangizdan keyin ustozlaringizdir. Har safar biror muammo va chigal vaziyatga oʻralashib qolganda taqillatib, toʻgʻri maslahat olish mumkin boʻlgan eng ishonchli eshik ham ustozlar eshigidir.
Sizning qanotingiz ostida oʻsish, siz ixlos qilgan va natijalaridan quvongan shogirdlaringiz safida boʻlish nasib qilsin, ilohim.
📌
telegram.me/hasanovblog
Bepul narsaning qadri yo'qligini yana bir misoli.
Kecha Marketing Club’da tadbir bo'ldi. Tadbirga
300+ kishi
roʻyxatdan oʻtgan ekan, lekin amalda ularning atigi
15-20% igina
keldi.
"Nega kelmadingiz?" degan savolga esa:
"Auditoriyaning vaqtini inobatga olish kerak edi, ish kuniga qoʻymaslik kerak edi"
degan eʼtirozlarni yozishibdi.
Doʻstlar, bu bepul tadbir. Unga hech kim homiylik qilmaydi, klub tashkilotchilariga bu loyiha hech qanday moddiy manfaat olib kelmaydi. Bu yerda hatto kurs ham sotilmaydi.
Qayerda va qaysi kuni bepul joy berilsa, oʻsha yerda oʻtkaziladi. Bu safar Webster Universiteti joy ajratib berdi.
Siz uchun mutlaqo bepulga mehnat qilayotgan insonlarga qanday qilib:
"Mening boʻsh vaqtimga moslanglar va men xohlagan spikerni olib kelinglar"
deb talab qoʻya olasiz?!
Bilishni xohlagan va intilgan odam ishdan ham ruxsat soʻraydi, vaqt ham topadi. Kerak boʻlsa, xodimi uchun pulli kurslargacha toʻlab berishga tayyor qancha ishxonalarni koʻrdim.
Oʻzimiz ham shogirdlar olganmiz. Baʼzan berayotgan ilmimizga ularning masʼuliyatsiz munosabatini va yana bunda sizni ayblashini koʻrib:
"Men bularga majburmanmi oʻzi?"
degan savol paydo boʻladi.
Dunyoga boʻlgan qarashlarni sal oʻzgartirish kerak.
Siz uchun hech kim, hech narsaga majbur emas.
📌
telegram.me/hasanovblog
Marketing club loyihasining spikerlari to'liq tarkibi bilan tanishib olamiz.
➡️
Farrux Hasanov - "Front brending agentligi asoschisi va rahbari: Marketing tadqiqotlarini to'g'ri o'tkazish" mavzusida.
➡️
Mohitabonu Kenjayeva - KUCH marketing agentligi hamasoschisi: "Brend atributlari. Qanday qilib brendni rivojlantirish kerak?" mavzusida;
➡️
Sevara Asamova - Brend Strateg: "Raqobatchilardan ajralib turish uchun brend qanday gapirishi kerak?" mavzusida
Manzil:
Webster universiteti, Alisher Navoiy ko'chasi.
Sana:
25-sentabr, 14:30
Ishtirok etish bepul.
Ro’yxatdan o’tish uchun havola
👉
https://forms.gle/px29JuotmtpnppnG6
@marketingclub_event
Inson yutuqqa erishganda — "men" deydi.
Musibatga uchrab, ilojsiz qolganini tushunganda esa — Alloh deydi.
Shuning uchun ham Xudo Oʻzi sevgan bandasini musibatlar bilan Oʻziga qaytarib turarkan.
Aslida esa, "Alloh" deyishni faqat musibatda emas, muvaffaqiyatda ham oʻrganishimiz kerak.
📌
telegram.me/hasanovblog
Oʻsish hech qachon yoqimli boʻlmagan va boʻlmaydi.
Tishimiz chiqqan bolalik davri-yu, charchab qilingan darslar, kechalari uyqusiz oʻrganilgan koʻnikmalar-u, chekilgan mashaqqatlargacha...
Umuman olganda, insonni haqiqiy oʻstiradigan har qanday jarayon uning nafsi uchun noqulay va odatda yoqimsiz kechadi.
Siz oʻzingiz uchun qulay muhit, tinch va barqaror turmush tarzi yoki xotirjam daromad yoʻllarini topishingiz mumkin. Ammo bir narsani unutmang: komfort zona bor joyda hech qachon oʻsish boʻlmaydi.
Ogʻriqni his qilayotganingiz har doim ham oʻsayotganingizni anglatmaydi — bu boshqa masala.
Lekin
haqiqiy oʻsish hech qachon ogʻriqsiz boʻlmaydi.
📌
telegram.me/hasanovblog
"Marketing tadqiqotlarini to'g'ri o'tkazish"
mavzusida Marketing Clubda chiqish qilyapmiz.
Manzil:
Webster universiteti, Alisher Navoiy ko'chasi.
Sana:
25-sentabr, 14:30
Ishtirok etish bepul.
Ro’yxatdan o’tish uchun havola
👉
https://forms.gle/px29JuotmtpnppnG6
Oshqozon miyadan aqlliroq. Chunki u qayt qilishni biladi.
Miya esa har qanday chiqindini qabul qilishi mumkin.
©
Chingiz Aymatov
📌
telegram.me/hasanovblog