Π’Ρ‹Π±Π΅Ρ€ΠΈΡ‚Π΅ Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
ΠΈ язык интСрфСйса
ПокаТСм Π°ΠΊΡ‚ΡƒΠ°Π»ΡŒΠ½Ρ‹Π΅ для Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½Π°
Telegram-ΠΊΠ°Π½Π°Π»Ρ‹ ΠΈ возмоТности
Π Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
avatar

Hasanov kundaligi πŸ“˜

hasanovblog
Marketolog, brending mutaxassisi shaxsiy blogi! Bir yigitning muvaffaqiyatga erishish yoβ€˜lidagi kechinmalari haqida... πŸ‘‰ https://taplink.cc/hasanov_farrux
ΠŸΠΎΠ΄ΠΏΠΈΡΡ‡ΠΈΠΊΠΈ
1 220
24 часа
-1
30 Π΄Π½Π΅ΠΉ
-10
ΠŸΡ€ΠΎΡΠΌΠΎΡ‚Ρ€Ρ‹
517
ER
42,38%
ΠŸΠΎΡΡ‚Ρ‹ (30Π΄)
4
Π‘ΠΈΠΌΠ²ΠΎΠ»ΠΎΠ² Π² постС
490
Π˜Π½ΡΠ°ΠΉΡ‚Ρ‹ ΠΎΡ‚ Π°Π½Π°Π»ΠΈΠ·Π° ИИ ΠΏΠΎ постам ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
ΠšΠ°Ρ‚Π΅Π³ΠΎΡ€ΠΈΡ ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
Π‘Π»ΠΎΠ³ ΠΎ бизнСсС ΠΈ экономикС
Пол Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
ЖСнский
Возраст Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
25-34
Ѐинансовый статус Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
Π‘Ρ€Π΅Π΄Π½ΠΈΠΉ
ΠŸΡ€ΠΎΡ„Π΅ΡΡΠΈΠΈ Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
БизнСс ΠΈ ΡƒΠΏΡ€Π°Π²Π»Π΅Π½ΠΈΠ΅
ΠšΡ€Π°Ρ‚ΠΊΠΎΠ΅ описаниС
October 23, 09:16

Shaxsiyati, bilimi yoki mutaxassisligi ortidan jamiyatda oΚ»z oΚ»rni hamda obroΚ»sini topa olmayotgan insonlar β€” odatda bu boΚ»shliqni soxta boy boΚ»lib koΚ»rinish orqali toΚ»ldirishga urinisharkan.
​Hech boΚ»lmasa, bir muddat...
πŸ“Œ
telegram.me/hasanovblog

October 14, 03:48

Insonni saviyasini maqsadlari koβ€˜rsatadi. Oβ€˜qigan kitob yoki kurslari emas.
πŸ“Œ
telegram.me/hasanovblog

October 09, 04:21

Barcha muammolarning asl sababi
Ichingdagi barcha muammo, iztiroblarning asl sababi vaziyatni anglab yetgan paytingda oΚ»zingni goΚ»llikka, bilmaslikka solganing, qaygΚ»u vaqtida kulib, tabassum qilganing hamda soΚ»zlash kerak vaqtda sukut saqlaganingdir.
Ahmad Xolid Tavfiq.
πŸ“Œ
telegram.me/hasanovblog

October 01, 11:07

Insonni hali ongi yetib kelmagan nuqtadan orzu qilishga yoki maqsad qoΚ»yishga undash foydasiz. Avvalo uning ilmini, dunyoqarashini va tasavvurini oΚ»stirish kerak.
​Odamga hali oΚ»zi bilmagan, aqli yetib bormagan ufqlarini koΚ»rsatuvchi va oΚ»sha nuqtalarga yetaklovchi inson ustozdir.
​Xotirlab koΚ»rsam, menga ilm bergan, yoΚ»l koΚ»rsatgan insonlar soni 80 ga yaqinlashib qolibdi. Hozirgacha erishganlarim, bosib oΚ»tgan yoΚ»lim va erishgan natijalarimning sababchisi aynan shu ustozlarimdir.
​Dunyoda sizning oΚ»zidan oΚ»tib ketishingizni chin dildan istaydigan zotlar ota-onangizdan keyin ustozlaringizdir. Har safar biror muammo va chigal vaziyatga oΚ»ralashib qolganda taqillatib, toΚ»gΚ»ri maslahat olish mumkin boΚ»lgan eng ishonchli eshik ham ustozlar eshigidir.
​Sizning qanotingiz ostida oΚ»sish, siz ixlos qilgan va natijalaridan quvongan shogirdlaringiz safida boΚ»lish nasib qilsin, ilohim.
πŸ“Œ
telegram.me/hasanovblog

September 26, 08:29

Bepul narsaning qadri yo'qligini yana bir misoli.
Kecha Marketing Club’da tadbir bo'ldi. Tadbirga
300+ kishi
roΚ»yxatdan oΚ»tgan ekan, lekin amalda ularning atigi
15-20% igina
keldi.
"Nega kelmadingiz?" degan savolga esa:
"Auditoriyaning vaqtini inobatga olish kerak edi, ish kuniga qoΚ»ymaslik kerak edi"
degan eΚΌtirozlarni yozishibdi.
DoΚ»stlar, bu bepul tadbir. Unga hech kim homiylik qilmaydi, klub tashkilotchilariga bu loyiha hech qanday moddiy manfaat olib kelmaydi. Bu yerda hatto kurs ham sotilmaydi.
Qayerda va qaysi kuni bepul joy berilsa, oΚ»sha yerda oΚ»tkaziladi. Bu safar Webster Universiteti joy ajratib berdi.
Siz uchun mutlaqo bepulga mehnat qilayotgan insonlarga qanday qilib:
"Mening boΚ»sh vaqtimga moslanglar va men xohlagan spikerni olib kelinglar"
deb talab qoΚ»ya olasiz?!
Bilishni xohlagan va intilgan odam ishdan ham ruxsat soΚ»raydi, vaqt ham topadi. Kerak boΚ»lsa, xodimi uchun pulli kurslargacha toΚ»lab berishga tayyor qancha ishxonalarni koΚ»rdim.
OΚ»zimiz ham shogirdlar olganmiz. BaΚΌzan berayotgan ilmimizga ularning masΚΌuliyatsiz munosabatini va yana bunda sizni ayblashini koΚ»rib:
"Men bularga majburmanmi oΚ»zi?"
degan savol paydo boΚ»ladi.
Dunyoga boΚ»lgan qarashlarni sal oΚ»zgartirish kerak.
Siz uchun hech kim, hech narsaga majbur emas.
πŸ“Œ
telegram.me/hasanovblog

September 24, 12:24
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Marketing club loyihasining spikerlari to'liq tarkibi bilan tanishib olamiz.
➑️
Farrux Hasanov - "Front brending agentligi asoschisi va rahbari: Marketing tadqiqotlarini to'g'ri o'tkazish" mavzusida.
➑️
Mohitabonu Kenjayeva - KUCH marketing agentligi hamasoschisi: "Brend atributlari. Qanday qilib brendni rivojlantirish kerak?" mavzusida;
➑️
Sevara Asamova - Brend Strateg: "Raqobatchilardan ajralib turish uchun brend qanday gapirishi kerak?" mavzusida
Manzil:
Webster universiteti, Alisher Navoiy ko'chasi.
Sana:
25-sentabr, 14:30
Ishtirok etish bepul.
Ro’yxatdan o’tish uchun havola
πŸ‘‰
https://forms.gle/px29JuotmtpnppnG6
@marketingclub_event

September 18, 13:00

Inson yutuqqa erishganda β€” "men" deydi.
​Musibatga uchrab, ilojsiz qolganini tushunganda esa β€” Alloh deydi.
​Shuning uchun ham Xudo OΚ»zi sevgan bandasini musibatlar bilan OΚ»ziga qaytarib turarkan.
​Aslida esa, "Alloh" deyishni faqat musibatda emas, muvaffaqiyatda ham oΚ»rganishimiz kerak.
​
πŸ“Œ
telegram.me/hasanovblog

September 15, 12:59

OΚ»sish hech qachon yoqimli boΚ»lmagan va boΚ»lmaydi.
​Tishimiz chiqqan bolalik davri-yu, charchab qilingan darslar, kechalari uyqusiz oΚ»rganilgan koΚ»nikmalar-u, chekilgan mashaqqatlargacha...
​Umuman olganda, insonni haqiqiy oΚ»stiradigan har qanday jarayon uning nafsi uchun noqulay va odatda yoqimsiz kechadi.
​Siz oΚ»zingiz uchun qulay muhit, tinch va barqaror turmush tarzi yoki xotirjam daromad yoΚ»llarini topishingiz mumkin. Ammo bir narsani unutmang: komfort zona bor joyda hech qachon oΚ»sish boΚ»lmaydi.
​OgΚ»riqni his qilayotganingiz har doim ham oΚ»sayotganingizni anglatmaydi β€” bu boshqa masala.
Lekin
haqiqiy oΚ»sish hech qachon ogΚ»riqsiz boΚ»lmaydi.
​
πŸ“Œ
telegram.me/hasanovblog

September 14, 13:56
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

"Marketing tadqiqotlarini to'g'ri o'tkazish"
mavzusida Marketing Clubda chiqish qilyapmiz.
Manzil:
Webster universiteti, Alisher Navoiy ko'chasi.
Sana:
25-sentabr, 14:30
Ishtirok etish bepul.
Ro’yxatdan o’tish uchun havola
πŸ‘‰
https://forms.gle/px29JuotmtpnppnG6

September 12, 12:59

Oshqozon miyadan aqlliroq. Chunki u qayt qilishni biladi.
Miya esa har qanday chiqindini qabul qilishi mumkin.
Β©
Chingiz Aymatov
πŸ“Œ
telegram.me/hasanovblog