
Hilola Umarova
👩💼
Umarova Xilola Uktamovna
🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Siz azizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Bugun yurtimizda ta’lim-tarbiya tizimiga, ustoz va murabbiylarga bo‘lgan e’tibor yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Jamiyatimizda o‘qituvchining o‘rni va ta’siri tobora ortib, maqomi yanada mustahkamlanmoqda. Bu esa Davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning amaliy samarasidir.
Prezidentimizning shu yilning sentabr oyida ustozlar bilan qilgan muloqotida ham siz azizlar uchun yangi imtiyozlar va yangiliklar e'lon qilindi. Bu tarixiy yangiliklar va o‘zgarishlarga esa pedagoglarimiz doimo fidoyilik va yuksak mas’uliyat bilan javob berib kelmoqda.
Aziz pedagoglar!
Sizlar — jamiyatimizning tayanchi, kelajak bunyodkorlari bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalovchi ulug‘ zotlarsiz. Sizning mehringiz va saboqlaringiz tufayli yoshlarimiz barkamol inson, Vatanimizga sadoqatli farzand bo‘lib ulg‘aymoqda.
Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ijodiy yutuqlar, sharafli va mas’uliyatli kasbingizda zafarlar tilayman.
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hilola Umarova,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига
табрик
—
Поздравление
учителям и наставникам Узбекистана
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Bugun
BAA Prezidenti Devonining Ta’lim masalalari bo‘yicha maslahatchisi Luay Jerudi
boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildik.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlik aloqalari, istiqbolli loyihalar va kelajakdagi rejalar haqida fikr almashildi.
So‘nggi yillarda BAA bilan ta’lim sohasida hamkorliklarimiz samarali tashkil etilmoqda. Misol uchun: xalqaro maktab tashkil etish bo‘yicha hamkorlik, Abu-Dabi ta’lim kolleji bilan pedagoglar malakasini oshirish, Prezident maktablari o‘quvchilarining BAAdagi xalqaro tanlovlarda ishtirok etishi, “Yangi O‘zbekiston” universiteti va Xalifa universiteti o‘rtasida talabalar almashinuvi, “Raqamli avlod qizlari” loyihasida Emirates National School maktabi o‘quvchilarining ishtiroki kabilar shular jumlasidandir.
Uchrashuvda kelishilganidek, kelgusida ikki davlat o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorliklarni yanada kengaytiramiz.
@hilola_umarova
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев АҚШда меҳнат ва истиқомат қилаётган ватандошларимиз, ушбу мамлакатнинг нуфузли университетларида таҳсил олаётган "Эл-юрт умиди" жамғармаси стипендиатлари билан
учрашди.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев
встретился
с соотечественниками, работающими и проживающими в США, а также стипендиатами Фонда «Эл-юрт умиди», обучающимися в ведущих американских университетах.
#Mirziyoyev
#tashrif
#AQSh
#vatandoshlar
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X
Qahramonlar oramizda!
Ba’zan qahramonlarni uzoqdan yoki olis o‘tmishdan izlaymiz. O‘z sohasida fidoyilik bilan ishlayotgan halol, maqsadlari buyuk insonlar atrofimizda ham ko‘pligini, ular bugunning haqiqiy qahramonlari ekanini unutib qo‘yamiz.
Yaqinda Yurtboshimizning o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqotida buxorolik ingliz tili oʻqituvchisi
Billura Ikromova
faoliyati alohida e’tirof etilib, unga
Prezident sovg‘asi – BYD Chazor avtomobili
topshirilgan edi.
Billuraning bu yutuqlari ortida hayratlanarli hikoyasi, qiziq hayot yoʻli bor. Tafsilotlarni oldindan aytib qoʻymoqchi emasman. Qolganini yaqinda o‘zingiz tomosha qilasiz.
Filmni yurtimizdagi barcha
fidoyi pedagoglar, ilm olish uchun xorijga yo‘l olgan yoshlarimiz, katta orzularga ega ayol-qizlar, ularning yaqinlari
ko‘rishini istar edim.
Bu
“Najot”
loyihasi doirasida tayyorlagan ilk hujjatli-badiiy film.
Maqsadimiz: ta’lim, ilm-fan sohasidagi fidoyilarni koʻrsatish, yangi qahramonlarni kashf etish
.
Loyiha davom etishi, ayniqsa chekka hududlardagi nomlarni tanitishini istaysizmi? Atrofingizdagi qaysi ustoz, o‘quvchi, olim, umuman ta’lim va ilm-fanga daxldor, uning rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan insonlar loyihada chiqishga munosib, deb o‘ylaysiz? Fikrlaringizni film ostidagi izohlarda qoldiring. Biz uchun har bir taklif, fikr qadrli.
Filmning oflayn va onlayn taqdimoti 27-sentabr kuni boʻlib oʻtadi. Vaqt juda oz qoldi.
Filmni 2 kundan soʻng tomosha qilishingiz mumkin:
https://youtu.be/w2f4UQSGsXw
@hilola_umarova
Hurmatli Prezidentimizning o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvi, muloqotlari nihoyatda samimiy ruhda o‘tdi. Ayniqsa yosh muhandis, o‘qituvchi
E’zozbek Ozodov
ning hikoyasi ko‘pchilikni ta’sirlantirdi.
E’zozbek yaqinda
“Eng yaxshi muhandis”
ko‘rik tanlovida g‘olib bo‘lib,
Prezident sovg‘asi – BYD Chazor elektromobili
bilan taqdirlangan edi.
Bugun ana shu o‘zbekistonlik yosh bir o‘qituvchimizning tadqiqotlari nafaqat yurtimiz, boshqa mamlakatlarda ham qiziqish uyg‘otmoqda. Keling, qolganini
E’zozbekning o‘zidan eshitaylik, mamlakatimizda shunday farzandlarimiz ko‘payishi uchun yanada ko‘proq harakat qilaylik.
@hilola_umarova
Bugun “Yangi O‘zbekiston” universitetining ilk bitiruvchilari uchun diplom olish
marosimini oʻtkazdik.
Yodimda, 2021-yil hurmatli Prezidentimizning tashabbusi va qarorlari bilan Toshkent shahrida “Yangi Oʻzbekiston” universiteti tashkil etilgan, ilk talabalarimizni qabul qilib olgan edik.
Oradan 4 yil oʻtib, bugun “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida ilk bitiruvchilarimizga diplom topshirib, katta hayotga kuzatdik. Universitetning
Dasturiy ta’minot muhandisligi, Mexanika muhandisligi hamda Kimyo va materialshunoslik muhandisligi
yo‘nalishlarida tahsil olgan
129 nafar bitiruvchiga
diplomlar topshirildi.
Ayniqsa, top-10 bitiruvchiga diplom va Prezidentimiz sovg‘asi ham topshirilgani hayajonli boʻldi. Ushbu esdalik sovg‘ada eng bilimli 10 nafar bitiruvchi bilan davlat rahbarining surati va imzosi aks etgan.
Universitet jamoasi qisqa davrda xalqimiz va davlatimiz rahbari ishonchini oqlab, katta natijalarga erisha oldi, oliygohning bir qancha yoʻnalishlardagi tajribasi butun mamlakatimiz OTMda tatbiq etilmoqda.
Hozirda universitetning
96 nafar talabasi
doimiy ish bilan ta’minlangan. Ular allaqachon
Epam Systems, Kiberxavfsizlik markazi, Fan va
olimpiadalar markazi, Al-Xorazmiy universiteti, Ucell, MobiUz, Payme, Ipoteka bank, “O‘zsanoatqurilishbank” AJ, “O‘zmilliybank” AJ, “Ipak yo‘li bank” AJ, Biznesni rivojlantirish banki
ATB,
Ko
r
zinka.uz
, TBC Bank
kabi yirik mahalliy va xalqaro tashkilotlarda ish boshlagan.
Hurmatli bitiruvchilar va ularning ota-onalari, universitet jamoasi, barchangizni yana bir bor tabriklayman. Qadrli bitiruvchilar, bilim va tajribangizni mamlakatimiz ravnaqi yoʻlida sarflab, Prezidentimiz va xalqimiz ishonchini oqlashingizga ishonaman.
@hilola_umarova
Давлатимиз раҳбари Бўстонлиқ туманидаги замонавий болалар оромгоҳи билан танишди.
—
Глава государства ознакомился с современным детским лагерем в Бостанлыкском районе.
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент вилоятининг Бўстонлиқ туманига ташриф буюриб, “Ренессанс” болалар соғломлаштириш оромгоҳида яратилган шароитлар билан
танишди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев посетил Бостанлыкский район Ташкентской области и
ознакомился
с условиями, созданными в детском оздоровительном лагере «Ренессанс».
#Mirziyoyev
#tanishuv
#Toshkentviloyati
#oromgoh
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X
Таълим. Кеча ва бугун.
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X