Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Hilola Umarova

hilola_umarova
👩‍💼 Umarova Xilola Uktamovna 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori
Подписчики
16 600
24 часа
35
30 дней
-444
Необычный рост (24 часа)
Просмотры
4 950
ER
29,82%
Посты (30д)
9
Символов в посте
850
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Образование
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
September 07, 07:13
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

Talabalikning ilk kuni bilan barcha birinchi bosqich talabalarimizni tabriklaymiz!
👍
Bugun birinchi bosqich talabalari uchun hayotning yangi va unutilmas sahifasi ochilmoqda. Yangi muhit, yangi doʻstlar, yangi bilimlar va katta maqsadlar sari ilk qadam aynan bugundan boshlanadi.
🎉
Aziz talabalarimiz, oldinda sizni izlanishlar, imkoniyatlar va unutilmas talabalik yillari kutmoqda.
💥
Har bir dars, har bir yangi tajriba va har bir kichik yutuq kelajakdagi katta muvaffaqiyatlaringizga poydevor boʻlsin.

Talabalik hayotingizga xush kelibsiz! Yangi bosqichingiz muborak boʻlsin!
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
You Tube
|
Facebook

August 31, 13:04
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Oʻzbekiston
🇺🇿
#Vatan
#Mustaqillik
Aziz yurtdoshlar,
hurmatli ustoz-murabbiylar, qadrli talabalar!
Sizlarni jonajon Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!
Joriy yil universitetimiz jamoasi uchun tarixiy ahamiyatga ega boʻldi desam yanglishmagan boʻlaman. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti muhtasham binosi ishga tushirilgani alohida ta’kidladilar.
Hurmatli Prezidentimiz boshchiligida Yangi Oʻzbekistonda keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilda “
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
shiori ostida oʻtgan mustaqilligimizning 35 yilligi iqtisod, ijtimoiy hayotimizda katta yangiliklarga boy boʻldi.
Prezidentimiz tomonidan inson qadrini yanada yuksaltiradigan 7 ta milliy dastur amalga oshirilishi ma’lum qilindi. Birinchi milliy dastur bilim va malakani kelgusi taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirishga qaratilgani barchamizga faxr hamda zimmamizga katta mas’uliyat yuklaydi.
Eng ulugʻ va eng aziz bayramimizda barchangizni yana bir bor tabriklab, sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va muvaffaqiyatlar tilayman!
Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari – Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori
@hilola_umarova

August 31, 03:01
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#auditoriyamiz_afsonalari
Har yili mustaqillik bayrami arafasida davlatimiz rahbari Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurib qatagʻon qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etadi. Bu marhumlar xotirasiga hurmat, mustaqillik uchun jon bergan millat oydinlari ruhini yod etishdek goʻzal an’ana.
Yoshlar, vatandoshlarimiz qatagʻon dahshatlarini his etishi, anglashi uchun Oʻzbekiston xalq shoiri
Shukrullo
Yusupov hayotini oʻrganishi kerak deb oʻylayman. Boisi u eng matonatli, to‘g‘riso‘z va fojiali taqdirni boshdan kechirgan o‘zbek adabiyotining nodir vakillaridan biridir. Shukrullo qariyb bir asrlik umri davomida oʻtgan asrdagi o‘zbek ziyolilarining boshiga tushgan qatag‘on va adolatsizliklarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, asarlarida ochiq-oydin yoritgan ulkan yurak egasi.
“Auditoriyamiz afsonalari” ruknida tayyorlagan navbatdagi videomiz O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo Yusupov haqida boʻlib, uning aynan bizning universitetimizda tahsil olgani barchamizni faxrlantiradi. Video orqali uning darsliklarga kiritilmagan matonatli hayot yo‘lidan ayrim voqealarni eslaymiz.
Video sun’iy idrok yordamida tayyorlandi.
@hilola_umarova

August 28, 12:15
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

O‘zbekistonda oliy ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha professional kadrlar tayyorlash tizimiga asos solinadi
Bugun, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti hamda Buyuk Britaniyaning
Oliy ta’lim sifatini ta’minlash agentligi (QAA)
o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur kelishuv doirasida universitetda
sifatni ta’minlash menejerlari uchun Professional rivojlanish markazi
tashkil etiladi.
Markaz faoliyati orqali oliy ta’lim muassasalarining sifatni ta’minlash bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, ularning malakasini xalqaro standartlar asosida oshirish, ichki sifatni baholash hamda akkreditatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni joriy etish ko‘zda tutilgan.
Mazkur hamkorlik O‘zbekistonda
oliy ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha professional salohiyatni mustahkamlash
va xalqaro tajribani milliy ta’lim tizimiga tatbiq etishga xizmat qiladi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
You Tube
|
Facebook

August 27, 15:13
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

QAA vakillari bilan hamkorlikning yangi bosqichi muhokama qilindi

Universitetimiz rektori
Xilola Umarova
Buyuk Britaniyaning
QAA
Bosh ijrochi direktori
Karl Leydeker
bilan uchrashdi.
🤝
Uchrashuvda universitetning QAA xalqaro akkreditatsiya jarayoni, xususan, ichki baholash hisobotini tayyorlash, zarur hujjat va dalillarni shakllantirish, ta’lim sifatni ta’minlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
💝
Shuningdek, QAA bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalqaro tajribadan foydalangan holda universitetda ta’lim sifatini doimiy takomillashtirish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.

Eslatib o'tamiz, ayni paytda universitetimizda QAA tomonidan institutsional akkreditatsiyadan oʻtishning uchinchi bosqichi amalga oshirilmoqda
.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
You Tube
|
Facebook

August 26, 11:22
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Yangi Toshkentdagi yangi oʻquv binosi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi
Yangi Toshkent hududida barpo etilgan Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetining zamonaviy oʻquv binosi mahalliy va xorijiy hamkorlar, professor-oʻqituvchilarga yaqindan tanishtirildi.
Tashrif davomida mehmonlarga talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, zamonaviy oʻquv va laboratoriya xonalari, trening markazlari hamda axborot-resurs markazi namoyish etildi.
Shuningdek, yosh bolali talabalar uchun tashkil etilgan bolalar maydonchalari ham mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi.
Yangi oʻquv binosida yaratilgan zamonaviy muhit, qulay sharoitlar va taʼlim olish uchun keng imkoniyatlar universitetning yangi bosqichdagi taraqqiyotini namoyon etmoqda.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
You Tube
|
Facebook

August 26, 05:01
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

23-avgust sanasi Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti uchun tarixiy kun boʻldi. Oʻzbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Shavkat Mirziyoyev hamda Ilhom Aliyev universitetimizning yangi kampusini ochib berdilar.
Qisqa muddatda katta qurilish ishlari olib borilib, bino oʻz vaqtida topshirildi. Buning uchun katta mehnat qilindi.
Yangi kampusimiz talaba va professor-oʻqituvchilarimizga yangi oʻquv yili hamda mustaqilligimizning 35 yillik bayrami arafasida eng katta sovgʻa boʻldi.
@hilola_umarova

August 23, 17:32
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Nizomiy nomidagi Pedagogika universitetining yangi kampusini ochdilar.

Президенты Шавкат Мирзиёев и Ильхам Алиев открыли новый кампус Педагогического университета имени Низами.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

August 23, 17:01
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Yangi Toshkentda Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy pedagogika universitetining yangi kampusini ochish marosimida
ishtirok etdilar.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев и Президент Азербайджана Ильхам Алиев
приняли участие
в церемонии открытия нового кампуса Национального педагогического университета Узбекистана имени Низами в Новом Ташкенте.
#Mirziyoyev
#tashrif
#Ozarbayjon
#universitet
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

August 12, 10:08
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
👍
Universitetimiz rektori Hilola Umarova hamda “Efekta” kompaniyasining tijorat strategiyasi bo‘yicha katta vitse-prezidenti bilan uchrashuv o'tkazildi.

Muloqot chog‘ida kompaniyaning sun’iy intellekt asosidagi ingliz tilini o‘qitish platformasi katta qiziqish uyg‘otganini ta’kidlanib, ushbu texnologiyani bo‘lajak pedagoglarni tayyorlash jarayonida ham qo‘llash taklifi ilgari surildi.
🤝
Shuningdek, pedagogika oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari uchun "Efekta" texnologiyalaridan foydalanish va sun’iy intellekt asosida til o‘qitish metodikasi bo‘yicha malaka oshirish dasturlarini tashkil etish, pedagogik ta’lim uchun maxsus raqamli kontent va metodik materiallarni birgalikda ishlab chiqish, sun’iy intellektdan ta’lim jarayonida samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish istiqbollari ham ko‘rib chiqildi.
📌
Ma'lumot uchun:
“Efekta Education” sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ta’lim yechimlarini ishlab chiquvchi xalqaro ta’lim-texnologik kompaniya bo‘lib, innovatsion o‘qitish platformalarini taklif etadi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
You Tube
|
Facebook