Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Hilola Umarova

hilola_umarova
👩‍💼 Umarova Xilola Uktamovna 🇺🇿 Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori
Subscribers
15 795
24 hours
-22
30 days
-460
Post views
9 815
ER
62,14%
Posts (30d)
10
Characters in post
821
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Education
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 21, 02:09
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Oʻzbek_tili
Bugun oʻzbek tilimiz uchun muhim kun, qutlugʻ sana! Bundan roppa-rosa 37 yil avval – 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. Ushbu tarixiy voqea milliy o‘zligimizni anglash va mustaqillik sari intilishdagi muhim qadam edi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan har yili 21-oktabr sanasi O‘zbek tili bayrami kuni sifatida nishonlanmoqda.
Barchangizni milliy gʻururimiz — oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun, ona tilimiz bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Barchamiz oʻzbek tilimizni hurmat qilaylik, oʻrganaylik, uni ilm-fan, texnologiya tiliga aylantiraylik.
Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov yozganidek: “ona tilimiz oʻlmaydi”, mangu yashaydi!
@hilola_umarova

October 19, 08:01
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

Aqlli ta’lim muhitlari bo‘yicha 10-xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi
🤩
Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida Aqlli ta’lim muhitlari bo‘yicha 10-xalqaro konferensiya (ICSLE 2026) o‘z ishini boshladi.
👍
“Kelajak ta’lim muhitini loyihalash va rivojlantirish” mavzusiga bag‘ishlangan mazkur nufuzli anjuman dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchi olimlar, tadqiqotchilar, ta’lim sohasi ekspertlari va xalqaro tashkilotlar vakillarini bir maydonga jamlamoqda.
💫
Konferensiya Xalqaro aqlli ta’lim muhitlari assotsiatsiyasi (IASLE), O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti va Global aqlli ta’lim tarmog‘i (GSENet) hamkorligida tashkil etilmoqda.
⏺
Ikki kun davom etadigan xalqaro anjumanda sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni ta’limga integratsiya qilish, innovatsion pedagogik yondashuvlar, intellektual ta’lim platformalari hamda kelajak ta’lim ekotizimlarini shakllantirishga oid dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
#ICSLE26
#konferensiya
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
You Tube
|
Facebook

October 08, 06:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

#auditoriyamiz_afsonalari
“Auditoriyamiz afsonalari” loyihasi uchun tayyorlangan navbatdagi videoni e’tiboringizga havola etmoqchimiz.
Bu safargi qahramonimiz – o‘zbek adabiyotshunosligi, ilmiy folklorshunosligi va she’riyatida o‘chmas iz qoldirgan shoira hamda jonkuyar olima
Muzayyana Alaviya.
Universitetimizda tahsil olgan olima yarim asrlik umrini xalq og‘zaki ijodini oʻrganishdan tashqari, folklor durdonalarini to‘plash va o‘rganishga bag‘ishladi.
U Surxondaryo, Qashqadaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarining eng chekka qishloqlariga ilmiy ekspeditsiyalar qilib, u yerdagi keksalar, momolar va baxshilardan yo‘qolib borayotgan qadimiy lapar, marosim qo‘shiqlari va dostonlarni yozib oldi. Olimaning “
Oq olma, qizil olma”
, “
Intizor”
, “
Dalli”
kabi yuzlab qo‘shiq va dostonlar kiritilgan kitoblari o‘zbek folklori xazinasining durdona manbalariga aylandi.
Muzayyana Alaviya
o‘zbek xalq og‘zaki ijodi durdonalarini yo‘qolib ketishdan asrab qolgan va ularga qayta hayot bag‘ishlagan matonatli olima va ma’rifatparvar ayoldir
. Bunday fidoyi olimalarimiz yanada koʻpaysin!
Video sun’iy idrok yordamida tayyorlandi.
@hilola_umarova

October 03, 15:31
Media unavailable
7
Show in Telegram

Lider talabalarimiz bilan uchrashdik
​Nizomiy Ganjaviy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetimizning faol, tashabbuskor yoshlari bilan uchrashdim.
Menga ularning gʻoya va takliflarini tinglash yoqadi. Talabalar muammolarni yaxshi biladi va odatda yechimlar ham ularning oʻzida tayyor boʻladi.
​Shuningdek, yangi oʻquv yilida oʻz faoliyatini boshlagan Yoshlar ittifoqi aʼzolari hamda “Qizlarjon” klubi faollarining tashabbuslarini eshitdik.
Ayniqsa sport musobaqalari, hakatonlar, turli soha eskpertlari ishtirokidagi uchrashuvlar tashkil etish, startap loyihalari, kitobxonlikka oid tashabbuslar koʻpchilikka qiziq boʻldi. Ularni birgalikda amalga oshiramiz va barcha talabalarimizdan faollik kutamiz.
@hilola_umarova

October 01, 12:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

Kuni kecha jamoamizdagi ustozlar, professor-oʻqituvchilar, xodimlarimiz bilan kasb bayramimizni nishonladik.
Bugungi kunda universitetimiz rivojlanishning jadal bosqichiga kirgan, ta’lim sifati borasida xalqaro standartlar joriy etilmoqda, pedagogik ta’lim yo‘nalishida haqiqiy tayanch oliygohga aylandik. Ushbu yutuqlarda jamoamizdagi barcha fidoyi ustozlarning mehnati va hissasi beqiyosdir.
Barchangizni yana bir bor 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklayman.
@hilola_umarova

October 01, 09:19
Media unavailable
1
Show in Telegram

Qadrli ustoz va murabbiylar!
Barchangizni 1-oktabr –
O‘qituvchi va murabbiylar kuni
munosabati bilan samimiy tabriklayman.
Oʻzbekistonda muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan ta’limga, ustoz va murabbiylarga e’tibor yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.
Davlatimiz rahbari soha xodimlariga yoʻllagan tabrigida “
Men Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini aynan fidoyi ustozlar faoliyatida, ularning kasb mahorati, qalb saxovatida koʻraman
”, – degan e’tiroflari barchamizning zimmamizga ulkan mas’uliyat yuklaydi.
Men universitetimizda faoliyat olib borayotgan ustozlarni, kelajakda ustoz degan sharafli kasb egasi boʻlishni niyat qilgan talabalarimizni, shu bilan birgalikda respublikamizdagi barcha oʻqituvchi va murabbiylarni samimiy tabriklaymam. Sizlarga salomatlik, oilaviy xotirjamlik, sharafli va mas’uliyatli kasbingizda zafarlar tilayman. Hamisha shogirdlar, yaqinlar ardogʻida yashang!
Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, ustozni e’zozlash – bir kasb egasini emas, butun bir millat kelajagini e’zozlash deganidir.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, muhtaram ustozlar!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari – Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori
@hilola_umarova

September 30, 16:26
Media unavailable
1
Show in Telegram

Faxriy ustozlarimizni yoʻqladik
O‘qituvchi va murabbiylar bayramida faxriy ustozlar holidan xabar oldik.
Uzoq yillar Davlat va huquq asoslari kafedrasiga rahbarlik qilgan, talabalarga saboq bergan professor
Omina Karimova
hamda 90 yoshni qarshi olgan, Musiqa fakultetimizda dars bergan dotsent
Lola Oʻrmonova
xonadonida boʻldim, miriqib suhbatlashdim.
Jamoamiz bilan
50 nafarga yaqin
faxriylarimiz holidan xabar olgan boʻlsak, ular duosidan mamnun boʻlib qaytdik.
Ushbu fidoyi insonlar qimmatli bilimi, boy tajribasi va hayotining salmoqli qismini Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti ravnaqi, yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga bag‘ishlagan, universitetimiz rivoji yo‘lida sidqidildan mehnat qilishgan.
Barchangizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, xotirjam va fayzli hayot, farzandlar va shogirdlar ardog‘ida yashash baxtini tilayman.
@hilola_umarova

September 30, 14:05
Media unavailable
1
Show in Telegram

Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga
tabrik
—
Поздравление
учителям и наставникам Узбекистана
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 30, 13:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezidentimiz o‘qituvchi va murabbiylar bilan an’anaviy uchrashuv o‘tkazib, soha fidoyilariga davlat mukofotlarini topshirdi.
—
Президент нашей страны провел традиционную встречу с учителями и наставниками, вручил государственные награды самоотверженным представителям сферы.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 28, 15:51
Media unavailable
7
Show in Telegram

Universitet Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Universitet Kengashining ushbu sonida dastlab ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega bo‘lgan universitet jamoasi a’zolari tabriklandi hamda bir guruh professor-o‘qituvchilarni ilmiy unvonga tavsiya etish masalasi ko‘rib chiqildi.
Kun tartibiga muvofiq, iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etishga qaratilgan vazifalarning universitetdagi ijrosi muhokama qilindi.
Shuningdek, Aniq fanlar, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim hamda Tabiiy fanlar oliy maktablarida raqobatbardosh pedagog kadrlar tayyorlash jarayonini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Yig‘ilishda xalqaro ta’lim dasturlari, professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan o‘quv adabiyotlarini nashrga tavsiya etish, Buyuk Britaniyaning Warwick universiteti bilan akademik hamkorlik doirasida “Amaliy lingvistika va TESOL” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura dasturini tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, universitet professor-o‘qituvchilari faoliyatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirilgan KPI ko‘rsatkichlari va tartibi asosida baholash yuzasidan takliflar muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
You Tube
|
Facebook