
HR MKBANK
🤝
HR MKBANK – Qadriyatlar birlashtiradi!
Instagram:
https://www.instagram.com/hrmkbank?igsh=NW5oMGpldml2YjVm
Facebook:
https://www.facebook.com/hrmkbank
Rezyume qoldirish:
https://hh.uz/employer/4553560?from=share_android
📖
Bilim — o‘sish kaliti!
✅
MKBANKda
har bir xodimning kasbiy rivoji doimiy e’tiborda.
Bugun
Risk menejment jamoasi “Data analitika”
bo‘yicha yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirib, kasbiy salohiyatini yanada kengaytirdi!
↗️
Birgalikda o‘samiz!
💼
@hrmkbank
🤎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasida “Milliy liboslar kuni”!
🤎
🤎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi
Xodimlari qoraqalpoq milliy liboslarida ishga tashrif buyurishdi. Bu kun – xalqimizning boy madaniy merosi, milliy an’analari va ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan go‘zal liboslarimizni e’zozlash bayramidir.
💼
@hrmkbank
📚
“The Let Them Theory” — Mel Robbins
⭐️
Yangi hafta – yangi fikr bilan boshlaymiz.
Ba’zan biz atrofimizdagi insonlarni, ularning fikrlarini yoki harakatlarini nazorat qilishga urinib, o‘zimizni charchatamiz.
Mel Robbinsning “The Let Them Theory” kitobi shuni o‘rgatadi: boshqalarni o‘zgartirishga emas, o‘zingizni boshqarishga e’tibor qarating.
🔗
Kitobni o‘qish/yuklab olish.
💼
@hrmkbank
📌
Bugun Namangan viloyati hududiy boshqarmasida – Milliy liboslar kuni!
🤎
Milliy liboslarimiz — xalqimizning tarixidan, qadriyatidan va urf-odatlaridan so‘zlovchi bebaho merosdir. Har bir naqshda millatimiz ruhi, har bir rangda esa yurtimizning mehr va go‘zalligi mujassam.
🤎
MKBANK jamoasi
bugun o‘zining milliy liboslari orqali qadimiy an’analarimizni e’zozlab, madaniyatimizga bo‘lgan faxrini ifoda etmoqda.
🤎
Milliy libosni qadrlash – bu o‘zligimizni e’zozlashdir.
💼
@hrmkbank
✅
Kichkintoylarda yaxshilik va doʻstlik hisini uygʻotgan sayohatlar
✅
Bankning Bosh ofisi, hududiy boshqarmalari, BXM va BXOlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar hamda ularning oila aʼzolari uchun teatrlarga sayohatlar tashkil etilmoqda.
⭐️
Navbatdagi teatr tomoshalari 300 nafar bank xodimlari va ularning farzandlari qalbida sehrli maskanga mehr uyg‘otganiga ishonamiz.
Batafsil
💼
@hrmkbank
🏆
MKBANK jamoasi xalqaro EMBRAS Employer Brand Award 2025 tanlovida “ESG in HR management”
yo‘nalishida kumush sovrinni qo‘lga kiritdi!
Bu natija — har bir hamkasbimizning fidoyiligi, jamoamizning inson qadriyatlariga asoslangan yondashuvi va barqaror rivojlanishga sodiqligimizning yorqin samarasidir.
🌎
EMBRAS
— bu
HR
sohasidagi eng yaxshi amaliyotlarni tan oluvchi
xalqaro platforma
bo‘lib, unda O‘zbekiston va boshqa davlatlarning yirik kompaniyalari ham ishtirok etdi.
🥈
Bu e’tirof — MKBANK jamoasining mehnatsevarligi, yangilikka ochiqligi va inson qadriyatlariga sodiqligining yorqin ifodasidir.
💼
@hrmkbank
📣
Har oyning ikkinchi chorshanbasi “Korrupsiyaga qarshi kurash kuni”
❌
Korrupsiya - rivojlanishga toʻsiq! Uni yengish - faqat qonun bilan emas, balki ong va vijdon bilan ham amalga oshiriladi.
✅
Qadrli hamkasblar, Mikrokreditbankda har oyning ikkinchi chorshanbasi “Korrupsiyaga qarshi kurash kuni” sifatida belgilandi.
✅
Barcha xodimlarni “Korrupsiyaga qarshi kurash kuni”da faol qatnashish, shaxsiy masʼuliyatini his etish, bank va jamiyat manfaatlarini birinchi oʻringa qoʻyishga chaqirib qolamiz!
Batafsil
💼
@hrmkbank
📌
Bugun Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasida – Milliy liboslar kuni!
🤎
Har bir libos – xalqimizning boy tarixi, urf-odatlari va madaniyatining yorqin ifodasidir.
Xodimlarimiz bugun o‘z milliy liboslarida ish joyiga kirib, nafaqat go‘zallik, balki faxr va milliy qadriyatlarimizga hurmatni ham namoyon etdilar.
🤎
Milliy libos – bu nafaqat kiyim, bu bizning o‘zligimiz va ildizimizni eslatib turuvchi ramzdir.
💼
@hrmkbank
🔘
MKBANK xodimlari ma’naviyat maskanida
⭐️
“Mikrokreditbank” ATB tomonidan xodimlar hamda ularning oila aʼzolari uchun teatrlarga tashriflar amalga oshirilib kelinmoqda.
✅
27-sentabr sanasida Samarqand viloyat musiqali drama teatrida Mahmudxoʻja Behbudiy hayoti va ijodiga bagʻishlangan spektakl, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida “Ana” spektakli, Buxoro davlat musiqali drama teatrida esa “Buxoroga sayohat” spektakllari tomoshasiga
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro va Samarqand viloyatlaridagi hududiy boshqarmalar, BXO va BXMlarning 100 nafar xodimlari hamda ularning oila aʼzolari tashrif buyurib, dam olish kunlarini mazmunli oʻtkazishdi.
Batafsil
💼
@hrmkbank
✅
Korrupsiyaga birgalikda barham beraylik!
Hurmatli hamkasblar!
🔘
“Mikrokreditbank” ATBda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish boʻyicha samarali tizim yoʻlga qoʻyilgan. Bu boradagi faoliyat Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
➡️
Departamentning asosiy vazifasi - bankda shaffoflikni taʼminlash, har qanday korrupsion holatlarni aniqlash va oldini olish hamda xodimlar va mijozlarning huquqlari himoya qilinishiga koʻmaklashishdir.
⚡
Agar Siz korrupsiyaga oid holat, qonunbuzarlik yoki shubhali vaziyatlarga duch kelsangiz, bankimizning quyidagi ishonch raqami va aloqa kanallari orqali murojaat qilishingiz mumkin:
📩
Elektron pochta: mkbanticor@mkb.uz
📱
Telegram bot:
@mkbanticor_bot
📞
Ishonch telefoni: (+998 55) 503-77-11
🌐
Ramiy veb-sayt:
www.mkbank.uz
— “Antikorrupsiya” sahifasi orqali
💬
Murojaatlar anonim tarzda ham qabul qilinadi.
📣
Unutmang, korrupsiya haqida xabar bergan yoki uning oldini olishga koʻmaklashgan xodimlar yoki fuqarolarning xavfsizligi kafolatlanadi!
✅
Bankimizda shaffof va adolatli ish muhitini taʼminlash - barchamizning umumiy maqsadimiz!
⭐️
Agar siz korrupsiya holatlariga yoki noqonuniy harakatlarga duch kelsangiz, befarq qolmang - bu haqda bizga xabar bering.
❌
Har qanday vaziyatda ham korrupsiyaga yo‘q deng!
💼
@hrmkbank