Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

HR MKBANK

hrmkbank
🤝 HR MKBANK – Qadriyatlar birlashtiradi! Instagram: https://www.instagram.com/hrmkbank?igsh=NW5oMGpldml2YjVm Facebook: https://www.facebook.com/hrmkbank Rezyume qoldirish: https://hh.uz/employer/4553560?from=share_android
Subscribers
4 966
24 hours
30 days
-1 924
Unusual 24 hours growth
Post views
2 357
ER
47,46%
Posts (30d)
7
Characters in post
681
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Economy and Finance
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Business & Management
Summary
September 02, 10:43
Media unavailable
2
Show in Telegram

#MKBANK
#bilimlarkuni
#maktab
Videolavha

“Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv raisi M.Avazov
o‘zi tahsil olgan Uchtepa tumanidagi
81-umumta’lim maktabi
ga tashrif buyurdi va
“Birinchi qo‘ng‘iroq”
tadbirida ishtirok etdi.
💼
@hrmkbank

September 02, 06:58
Media unavailable
8
2
Show in Telegram

#MKBANK
#bilimlarkuni
#maktab
📚
Yangi o‘quv yili — yangi orzular va katta maqsadlarning boshlanishi!
🇺🇿
Bugun yurtimiz bo‘ylab barcha umumta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi. Ayniqsa, minglab jajji o‘g‘il-qizlar uchun bu kun unutilmas hayajon va quvonchga boy.

Shunday qutlug‘ kunda
“Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv raisi M.Avazov
o‘zi tahsil olgan Uchtepa tumanidagi
81-umumta’lim maktabi
ga tashrif buyurib, “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
🔘
Tadbirda so‘zga chiqqan M.Avazov barcha o‘quvchilarni, ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan
1-sinf o‘quvchilarini
yangi o‘quv yili bilan tabriklab, ularga omad va zafarlar tiladi.
Eng quvonarlisi, tadbir davomida jajji bilimdonlarga
12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘alari”
topshirildi.
Shuningdek, Boshqaruv raisi o‘zi tahsil olgan maktab kutubxonasiga
100 dan ortiq badiiy adabiyotlar to‘plamini
sovg‘a qildi. Bu ezgu tashabbus yosh avlodning kitobga mehrini oshirish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi.
👏
Aziz bolajonlar, ilk qo‘ng‘iroq sadosi sizlarni buyuk orzular, yorqin kelajak va ulkan marralar sari boshlasin!
💼
@hrmkbank

August 27, 12:55
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

#Uzb35
#Mustaqillik35
🇺🇿
MKBANK xodimlari yuksak mukofot bilan taqdirlandi!
🎉
Yurtimizda Mustaqilligimizning 35 yillik
shukuhi kezmoqda.
🔘
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq ta’sis etilgan
“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni
bilan taqdirlangan “Mikrokreditbank” ATB xodimlariga mazkur yuksak mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.

Bank Boshqaruv Raisi esdalik nishonlarni o‘z egalariga topshirarkan, ularning yurtimiz ravnaqi va taraqqiyoti hamda bank rivojiga qo‘shayotgan munosib hissalarini alohida e’tirof etdi.
👏
Ushbu yuksak mukofot bilan taqdirlangan barcha hamkasblarimizni chin qalbdan muborakbod etamiz!
🎈
Yangi O‘zbekistonimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz bardavom bo‘lsin!
💼
@hrmkbank

August 24, 17:22
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

#MKBANK
#Shaxmat
#Sport
#JamoamizFaxri
#Mustaqillik35
📣
MKBANK xodimi — shaxmat musobaqasi sovrindori!
🎉
Poytaxtimizda Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan
“Chess Board Open Championship of “Uzbekhydroenergo” JSC”
ochiq chempionatida 120 nafardan ortiq ishtirokchi kuch sinashdi.

Quvonarlisi,
MKBANK sharafini himoya qilgan Sirdaryo hududiy boshqarmasi Xovos BXM xodimi Akmal Shermatov
banklar xodimlari orasida
2-o‘rin
, vazirlik va idoralar xodimlari o‘rtasida esa
faxrli 4-o‘rin
ni qo‘lga kiritdi.
🏆
Akmal Shermatovni ushbu munosib natija bilan samimiy tabriklaymiz!
Hamkasbimizga kelgusidagi musobaqalarda ham
yuqori marralar va omad
tilaymiz!
👏
MKBANK
xodimlar o‘rtasida sportga qiziqishni doim qo‘llab-quvvatlaydi.
💼
@hrmkbank

August 18, 04:28
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Uzb35
#Mustaqillik35

1991-yilda davlat mustaqilligining eʼlon qilinishi o‘zbek xalqining qaddini rostladi. Mustaqillik tufayli Oʻzbekistonni dunyo tanidi. Mustaqillik sharofati bilan Oʻzbekistonning istiqlol va taraqqiyot yoʻli tanlandi…
🎼
Quyidagi misralar esa har birimiz uchun Vatan nima degan savolning javobiga aylandi.
Men dunyoni nima qildim,
O‘zing yorug‘ jahonim.
O‘zim xoqon,
O‘zim sulton
Sen taxti Sulaymonim.
Yolg‘izim, Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O‘zing mening ulug‘lardan
Ulug‘imsan, Vatanim...
💼
@hrmkbank

August 13, 07:47
Media unavailable
2
Show in Telegram

#MKBANK
#KorrupsiyagaQarshiKurash
#Shaffoflik
#JamoatchilikNazoratі

Bugun MKBANKda 2026-yilning birinchi yarim yilligida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va bank faoliyatidagi korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish bo‘yicha o‘tkazilgan “Jamoatchilik eshituvi"dan lavha
💼
@hrmkbank

August 13, 05:01
Media unavailable
9
2
Show in Telegram


Jamoatchilik eshituvi: 6 oyda 2 750 nafar xodim o‘qitildi, 67 ta xizmat tekshiruvi o‘tkazildi
🔘

Mikrokreditbank”
ATBda 2026-yilning birinchi yarim yilligida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va bank faoliyatidagi korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish bo‘yicha qator tizimli choralar amalga oshirildi.

Jumladan, bankda korrupsiyaga oid xavflarni barvaqt aniqlash maqsadida ichki va tashqi muhitda anonim so‘rovnomalar o‘tkazildi. “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” shiori ostida o‘tkazilgan ichki so‘rovnomada
1 840 nafar bank xodimi
, tashqi so‘rovnomada esa
2 180 nafar fuqaro
— tadbirkorlar, bank-moliya sohasi vakillari va boshqa faoliyat subyektlari ishtirok etdi.

2026-yilning birinchi yarim yilligida aloqa kanallar orqali jami
96 ta murojaat va xabar
kelib tushdi.
Batafsil
💼
@hrmkbank

August 10, 09:37
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#MKBANK
#IlmiyYutuq
#PhD
#BizningJamoa
📣
MKBANK jamoasida yana bir ilmiy yutuq!
👏
Hamkasbimiz
Hasanov To‘lqin Axmatovich
ni iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (
PhD
) ilmiy darajasini qo‘lga kiritgani bilan samimiy muborakbod etamiz!

Ilmiy tadqiqot mavzusi:
“Davlatning ijtimoiy soha muassasalari moliyaviy resurslarini boshqarish samaradorligini takomillashtirish”

Ilmiy yo‘nalish va ixtisoslik:
08.00.07 — “Moliya, pul muomalasi va kredit”

Ilmiy daraja:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2026-yil 10-iyuldagi bayonnomasiga asosan berildi.

Ta’lim muassasasi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi
👨‍🎓
Albatta, ushbu ilmiy daraja —
katta mehnat, izlanish, bilim va fidoyilikning munosib natijasidir.
To‘lqin Axmatovichning ilmiy izlanishlari nafaqat uning shaxsiy muvaffaqiyati, balki butun bank jamoasi uchun ham faxrli yutuqdir.
🎓
Hurmatli To‘lqin Axmatovich!
Sizni ushbu muhim ilmiy yutuq bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Kelgusidagi
DSc ilmiy izlanishlaringizda
, kasbiy faoliyatingizda yangi marralar, ulkan muvaffaqiyatlar va ilmiy zafarlar tilaymiz.

Ilmingiz ziyoda, izlanishlaringiz samarali, yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin!
💼
@hrmkbank

August 06, 13:25
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

📚
“Kitob o‘qish soati”da “Dunyoning ishlari” asari mutolaa qilindi

Navbatdagi
“Kitob o‘qish soati”
uchun O‘tkir Hoshimovning qalblarni ezgulikka chorlaydigan va kitobxonlar qalbidan chuqur joy olgan
“Dunyoning ishlari” asari tanlandi.
💬
Mutolaa davomida xodimlar asarda ulug‘langan ona mehri, insoniylik, mehr-oqibat, fidoyilik va hayotning eng muhim qadriyatlari haqida fikr almashdilar.

Ishtirokchilar asar yuzasidan tuzilgan test savollariga javob berib, o‘zlarini ta’sirlantirgan parchalarni o‘qib berish orqali o‘z bilim va mulohazalarini namoyon etdi.
Tadbir yakunida
eng faol kitobxonlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
👏
Quvonarlisi, bank xodimlari har o‘qilgan sahifa yangi g‘oya, yangi ilhom va yangi marralar sari dadil qadam ekanligini ta’kidlashdi.
🗣
MKBANK — Birgalikda kitob o‘qiymiz!
💼
@hrmkbank

August 06, 07:56
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Uzb35
#Mustaqillik35
"Mustaqillikni asrash va uni yanada mustahkamlash — har birimizning muqaddas burchimizdir"
Shavkat Mirziyoyev
💼
@hrmkbank