Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

HR MKBANK

hrmkbank
🤝 HR MKBANK – Qadriyatlar birlashtiradi! Instagram: https://www.instagram.com/hrmkbank?igsh=NW5oMGpldml2YjVm Facebook: https://www.facebook.com/hrmkbank Rezyume qoldirish: https://hh.uz/employer/4553560?from=share_android
Подписчики
4 906
24 часа
-2
30 дней
-91
Просмотры
1 978
ER
40,32%
Посты (30д)
7
Символов в посте
620
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Экономика и финансы
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Бизнес и управление
Краткое описание
October 21, 11:07
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

#Davlat_tili
✏️
MKBANKda "Qadring baland bo'lsin, Ona tilim!" shiori ostida Ommaviy diktant tanlovi o‘tkazildi
✅
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi va
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati
bilan bank xodimlar o‘rtasida
“Umummilliy diktant”
loyihasi doirasida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Ishtirokchilar diktant yozish orqali lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida o‘z savodxonligini sinab, imlo va tinish belgilarini qo‘llashga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Bu loyiha davlat tilida ish yuritishda hujjatlarning aniq, ravon va xatosiz tayyorlanishi, yozma savodxonlikni mustahkamlash, ona tilimizning qoida va me’yorlariga yanada e’tiborli bo‘lish imkonini berdi.
👏
Xodimlar diktant yozishni yoshlik va maktab davrlarini eslatuvchi begʻubor damlarga qiyoslashdi.
🇺🇿
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!
💼
@hrmkbank

October 21, 10:26
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#Davlat_tili
🇺🇿
21-oktabr — Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!
✅
MKBANKda til bayrami munosabati bilan "To‘g‘ri yozamiz!" chorlovi tashkil etildi!
✏️
Mazkur chorlov orqali bankimiz xodimlari o'zlarining o'zbek tili bo'yicha bilimlarini yana bir karra imtihondan o'tkazishdi.
🎉
Qadring baland bo'lsin, Ona tilim!
💼
@hrmkbank

October 20, 09:38
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#MKBANK
#BoshqaruvRaisiKubogi2026
#MiniFutbol
⚽️
MKBANKda “Boshqaruv raisi kubogi – 2026” musobaqasi yakunlandi!
✅
Mini-futbol bo‘yicha
“Boshqaruv raisi kubogi – 2026” musobaqasining
eng qaynoq lahzalari videolavhamizda
💼
@hrmkbank

October 20, 07:36
Файлы недоступны
9
2
Открыть в Telegram

#MKBANK
#BoshqaruvRaisiKubogi2026
#MiniFutbol
⚽️
MKBANKda “Boshqaruv raisi kubogi – 2026” musobaqasi yakunlandi!
✅
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi va
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati
bilan “Mikrokreditbank” ATBda bank Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusiga ko‘ra o‘tkazilgan mini-futbol bo‘yicha
“Boshqaruv raisi kubogi – 2026” musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.
✅
Bosh ofis tarkibiy bo‘linmalari hamda Amaliyot boshqarmasi xodimlari ishtirokida tashkil etilgan
mazkur musobaqa 24 ta jamoa 6 ta guruhga boʻlingan holatda qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi.
Unda ishtirokchilar nafaqat sport mahorati, balki jamoaviy hamjihatlik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini ham namoyon etdi.
👏
Millionlar o‘yinini barchanimizning sevimli boshlovchimiz Mirzahakim Toʻxtamirzayev boshqarib bordi.
🏆
Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘oliblar bilan tanishing:
🥇
1-o‘rin
Ichki audit departamenti
🥈
2-o‘rin
Amaliyot boshqarmasi
🥉
3-o‘rin
Risk menejmenti departamenti.
➡️
Bunday sport tadbirlari xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning jismoniy faolligini oshirish va bank jamoasida sog‘lom raqobat hamda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig'iga muvofiq davlat banklarida haftaning bir kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi...
🔘
Musobaqani tashkil etishda ko‘maklashgan va faol ishtirok etgan barcha xodimlarga minnatdorlik bildiramiz!
✔️
MKBANK — bir jamoa, bir maqsad sari!
💼
@hrmkbank

September 30, 14:39
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

✅
MKBANKda 1-oktabr
— Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan
bayram tadbiri o‘tkazildi
✅
Tadbirda bankda mehnat qilayotgan bir guruh ustoz xodimlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
🔘
Bilamizki, 1-oktabr jamiyat taraqqiyotida ustoz va murabbiylarning muhim oʻrni borligini taʼkidlaydigan ezgulik bayramidir.
🎉
Qalbi ezguliklarga yoʻgʻrilgan aziz ustozlar, mehridaryo muallimlar!
Barchangizni 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
👏
Sizning yuksak masʼuliyatli, mashaqqatli va sharafli mehnatingizda zafarlar, oilaviy hayotingizda esa baxt, omad yor boʻlishini tilab qolamiz!
💼
@hrmkbank

September 30, 12:49
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

📣
MKBANKda maʻnaviy-maʻrifiy uchrashuv oʻtkazildi
✅
MKBANKda
davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan soʻzlangan nutqi
ning mazmun-mohiyatini keng targʻib etish va xodimlar oʻrtasida uning ahamiyatini tushuntirishga bagʻishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
✅
Uchrashuvda soha eksperti Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bosh mutaxacsisi. “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi
Pardaxol Norqobilova va
Falsafa fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), "Maʼrifat" targʻibotchilar jamiyati aʼzosi
Maftuna Namozovalar
o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
🔘
Tadbir davomida mutaxassis va olimlar tomonidan mavzuga oid maʻruzalar qilinib, Prezidentimiz nutqida ilgari surilgan muhim gʻoya va tashabbuslarning mazmun-mohiyati atroflicha yoritib berildi.
👏
Bunday maʻnaviy-maʻrifiy tadbirlar xodimlarning tarixiy xotira, milliy qadriyatlar va Vatanga daxldorlik tuygʻusini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
💼
@hrmkbank

September 29, 06:18
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

#MKBANKHR
✅
MKBANK — “Kelajak tadbirkori – 2026” yarmarkasida!
24-sentabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida
“Kelajak tadbirkori – 2026”
kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari hududiy yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
👍
Yarmarkada yoshlar mavjud vakansiyalar, ishga qabul qilish jarayonlari hamda bank sohasida karyera qurish imkoniyatlari bilan tanishtirildi.
✅
MKBANK — imkoniyatdan karyera sari!
💼
@hrmkbank

September 22, 06:02

Channel photo updated

September 22, 05:56

Channel photo removed

September 22, 04:44
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

♟
MKBANK xodimlari o‘rtasida onlayn shaxmat musobaqasi o‘tkazildi
⚡
Xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, mantiqiy fikrlash va intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida bank xodimlari o‘rtasida
onlayn shaxmat musobaqasi
tashkil etildi.
🔘
5 bosqichdan iborat musobaqada 30 nafardan ortiq xodimlar o‘rtasida juftliklar
random tartibida
aniqlandi. Har bir bosqich yakunlari bo‘yicha g‘oliblar keyingi bosqichga yo‘l oldi. Yakuniy bosqichda esa saralangan ishtirokchilar o‘zaro kuch sinashdi.
📣
Musobaqada ishtirokchilar o‘zlarining strategik fikrlashi, tezkor qaror qabul qilishini namoyish etdilar va quyidagilar g‘olib deb topildi:
🥇
Dasturiy ta'minot va sun'iy intellektni rivojlantirish departamenti —
Djurayev Nodir
🥈
Ijro nazorati departamenti —
Jumayev Mirzohid
🥉
Budjet kontrolling va iqtisodiy tahlil departamenti —
Qilichev Umarali.
👏
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda xodimlar nafaqat o‘zaro raqobatlashdi, balki jamoaviy do‘stlik va sog‘lom raqobat muhitini ham mustahkamladi.
✅
MKBANK — bilim, tafakkur va rivojlanish sari birgalikda!
💼
@hrmkbank